O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

 
Maktabgacha 
ta’lim 
Umumiy 
o’rta 
ta’lim 
O’rta 
maxsus 
ta’lim 
Oliy 
ta’lim 
Amerika 
Qo’shma 
Shtatlari 
Germaniya 
Yaponiya 


III BO’LIM. PEDAGOGIK MAHORAT 
1-BOB. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUShUNCHA, 
UNING O’QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI VA 
AHAMIYATI 
Tayanch 
tushunchalar:
Pedagogik 
faoliyat, 
mahorat, 
pedagogik mahorat, pedagogik madaniyat, pedagogik qobiliyat, 
insonparvarlik, kasbiy bilimdonlik. 
Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida. 
«Ta’lim 
to’g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim 
sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va 
yo’nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo 
o’qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik 
darajasiga bog`liq. Zero, o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni nechog`lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan
bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir. 
Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo’lishi buyuk 
pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog`liq. 
U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, 
ma’naviy qiyofasini ham yo’qotgan bolalar bilan ishlab, ularning 
benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo’ldi. Shaxsiy tarbiyaviy 
usuli bilan butun olamga mashhur bo’lganligining o’zi ham 
A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho’qqisiga 
erishganligining yaqqol dalilidir. YUNESKO qarori bilan uning 100 
yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi. 
A.S.Makarenko 
bo’lajak 
pedagog 
talabalik 
davridayoq 
pedagogik mahorat sirlarini o’rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday 
deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, 
jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi lozimki, 
uning har bir harakati tarbiyalasin».

Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti 
olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar 
davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud 


bo’lgan ilg`or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. 
Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u 
barcha pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi. Bu 
fanning tuzilish prinsipining o’ziga xosligi shundaki, u pedagogda 
shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga 
bog`liq bo’lgan bilimlarni tanlab, ularni o’zida mujassamlashtiradi. 
Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, 
o’quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik 
mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va 
notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni 
o’rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik 
fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi. 
Pedagogik faoliyat bu mazmunini o’quvchilarni o’qitish, 
tarbiyalash, rivojlantirish tashkil qilgan faoliyatdir.
Shuni yodda tutish kerakki, pedagogik faoliyat bu bir tomonlama 
emas, balki ikkitomonlama (hamkorlikdagi) faoliyatdir. Unda ikkita 
faol tomon ishtirok etadi: o’qituvchi – o’quvchi (o’quvchi). Maqsad 
– o’quvchi, o’quvchi shaxsi, uning rivojlanishidir.
Mohir pedagog deb ta’lim-tarbiya jarayonini samarali 
tashkillay oladigan, buning uchun o’quvchi psixologiyasini yaxshi 
bilgan, o’zida pedagog uchun zarur bo’lgan kasbiy fazilatlarni 
mujassam 
etgan, 
ta’lim 
jarayonini 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalar qonuniyatlari asosida samarali tashkillay oladigan va 
olib boradigan pedagogga ayta olamiz (shu sababli pedagogik 
texnologiya va pedagogik mahorat fanlari bir o’quv faniga 
birlashtirilgandir).
Mahorat faoliyatda namoyon bo’ladi. Pedagogika fanida 
“pedagogik mahorat” tushunchasining turli ta’riflari mavjud: 
-
pedagogik mahorat pedagogik faoliyatning yuqori darajasi 
bo’lib, u pedagogning belgilangan vaqt ichida optimal natijalarga 
erisha olishida namoyon bo’ladi. (N.V.Kuzmina., N.V.Kuxarev);
-
“o’qituvchining ilmiy bilimlari, ko’nikmalari, metodik 
san’ati va shaxsiy fazilatlari sintezi” (A.I.Sherbakov);
-
“pedagogik faoliyatni egallanganlikning yuqori darajasi, 
ixtisoslikka doir bilim, ko’nikma va malakalar hamda kasbiy 
ahamiyatli sifatlar majmui” (Pedagogik lug’at); 


-
“kasbiy faoliyatning yuqori darajada tashkillanishini 
ta’minlovchi shaxs xususiyatlari kompleksi (o’qituvchi faoliyatining 
gumanistik yo’naltirilgani, kasbiy bilimlari, kasbiy qobiliyatlari va 
pedagogik texnikasi” (I.A.Zyazyun);
-
“pedagogik mahorat deganda o’qituvchining pedagogik–
psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko’nikmalarni mukammal 
egallashi, o’z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va 
intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik munosabatda bo’lishi, o’z fikr-
mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi” (I.P. 
Rachenko). 
-
pedagogik mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil 
eta olish, harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori 
samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari 
sintezi (N.N.Azizxo’jaeva); 
-
“pedagogik mahorat – o’qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, 
xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy 
(bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va 
hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo’lib, o’qituvchilarning 
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy 
mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi 
faoliyatdir” (A.Xoliqov); 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, “pedagogik mahorat” 
tushunchasiga quyidagi tarzda umumlashgan ta’rifni berish mumkin:
Pedagogik mahorat – bu o’quv jarayonining barcha shakllarini 
eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti 
maqsadlari 
tomon 
yo’naltirish, 
talabalarda 
(o’quvchilarda) 
dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur 
bo’lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. 
Pedagogik mahorat 
yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, 
uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy 
maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi; 
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-
psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish; 


- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, 
ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor 
axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish); 
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini 
boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni 
uddalash.
1-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari 
N.M.Egamberdiyevaning 
fikricha, 
pedagog 
shaxsining 
insonparvar yo’nalganligi quyidagilarda yorqin namoyon bo’ladi:
I. Ta’lim maqsadi, o’quv-tarbiya jarayonining shaxsga 
yo’naltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash: 1) shaxs 
pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi; 2) 
shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim 


tizimi maqsadi; 3) har bir o’quvchi qobiliyatli, ko’plab o’quvchilar 
iqtidorli; 4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy 
qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, 
fuqarolik va boshqalar) aks etadi. 
II. 
Pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish 
va 
demokratlashtirish: 1) pedagogik muhabbat, o’quvchilar taqdiriga 
qiziqish bilan qarash; 2) o’quvchiga yuksak ishonch bilan qarash; 3) 
hamkorlik, muloqot mahorati; 4) to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan 
voz kechish; 5) ijobiy rag’batlantirishning muhimligi; 6) o’quvchi 
shaxsiga ta’lim subyekti, faollik va erkin tanlash sohibi sifatidagi 
munosabat; 7) o’qituvchi va o’quvchi huquqlarini tenglashtirish; 
o’quvchining erkin tanlashga bo’lgan huquqi tushuniladi. 
III. Zamonaviy sharoitda to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan 
natija bermaydigan metod sifatida voz kechish. Majburlashsiz 
o’qitish quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) majburlovsiz, ishonchga 
asoslangan talabchanlik; 2) o’qitishga tug’ma qiziqishlarni 
ko’payganligi; 3) majburlashning o’rnini muvafaqqiyatga erishishga 
imkon beradigan istak bilan almashtirish; 4) o’quvchilarni erkinlik 
va tashabbuskorlikka qo’yib berilishi; 5) jamoa orqali bilvosita 
o’quvchilarning 
qo’llanilishi; 
6) 
o’quvchilarga 
ularning 
subyektivligi, o’z-o’zini namoyon etishi, ijtimoiylashuvi, madaniy 
tenglashuvi, hayotiy o’z o’rnini belgilashiga yordam ko’rsatish, 
pedagogik qo’llab-quvvatlash. 
IV. Individual yondashuvni yangicha talqin etish: 1) “o’quv 
fanidan o’quvchiga qarab borish emas, o’quvchidan o’quv faniga 
borish” tamoyilining bajarilishi; 2) o’quvchilarning qobiliyatlari va 
mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’qitish; 3) o’rtacha 
o’zlashtiruvchi o’quvchiga yo’nalganlikdan voz kechish; shaxsning 
eng yaxshi sifatlarini izlash; 4) shaxsni psixologik-pedagogik 
tashxis etish (qiziqishlari, qobiliyatlari, yo’nalganligi, Men-
qontseptsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o’ziga xosligi)ning 
qo’llanilishi; 5) shaxsning o’quv-tarbiya jarayonidagi o’ziga 
xosliklarini hisobga olish. 
V. Ijobiy ma’nodagi “Men-kontseptsiyasi”ni shakllantirish: 1) 
pedagogik muloqotning o’quvchilarda o’ziga ijobiy munosabatni 


rivojlantirishning yo’nalganligi; 2) hayotiy faoliyatning ijobiy yo’l-
yo’riq va motivlarini shakllantirish. 
Pedagogik mahorat o’z ichiga bolalar haqidagi, ularning 
psixologiyasi 
to’g`risidagi, 
maktab 
haqidagi, 
ta’lim-tarbiya 
jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi 
keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik 
madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni 
egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, 
yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan 
nariga o’tmaydi. 
Pedagogik 
mahoratning 
asosi 
pedagogik 
bilimdonlikdir. 
Pedagogik bilimdonlik deganda konkret tarixiy davrda qabul 
qilingan me’yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq 
pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan 
belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi. 
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik deganda esa, pedagogik voqelikni 
izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini 
qamrab oladi. N.Azizxo’jayeva takidlab o’tganidek, bu xislat 
pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi 
bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish 
qonuniyatlari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi, 
maqsadga muvofiq faoliyatni konstruktsiyalashni osonlashtiradi. 
Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va 
o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan 
holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo’llay olishdir. 
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga 
bo’lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ 
qobiliyatlar. 
Shaxsiy qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: 1) ta’lim oluvchilarga 
ijobiy yo’nalganlik – ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat 
olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan do’stona 
munosabat, xayrixohlik; 2 ) vazminlik, o’z hissiyotlarini nazorat qila 
olishi – har qanday vaziyatda o’zini yo’qotib qo’ymaslik. Lekin 
vaziyat talab qilganda o’qituvchi zaruriy tarzda o’z hissiyotlarini 
namoyish qiladi (quvonch, qayg’u, g’azab). Lekin vazminlik 
befarqlikka aylanib ketmasligi kerak; 3) o’z psixik holati, kayfiyatini 


boshqara olish – o’qituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush 
holat ro’y bergan bo’lsa ham o’zini tetik tutishi kerak. 
Didaktik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltirib o’tish 
mumkin: 1) tushuntirish qobiliyati – o’rganilayotgan materialni 
ta’lim oluvchilar uchun tushunarli qilib etkazish, buning uchun 
o’qituvchi ta’lim oluvchilar uchun yangi bo’lgan materialni 
“ularning ko’zlari bilan ko’ra bilishi kerak”; akademik qobiliyat – 
o’z 
fanini, 
sohasini 
chuqur 
bilishi, 
umumiy 
va 
ilmiy 
dunyoqarashning kengligi; nutq qobiliyati – o’z fikrlari, his-
tuyg’ularini tushunarli qilib ifoda etishi, muloqotning noverbal 
vositalari: mimika va pantomimikalardan o’rinli foydalana olishi.
Bunda suhbat predmetini bilish, etkazayotgan ma’lumotlariga 
nisbatan 
ishonch, 
nutqni 
“og’irlashtiruvchi” 
tuzilmalardan 
foydalanmaslik, qo’llanilayotgan atama va tushunchalarga izoh 
berish, nutq tezligi va ovoz balandligi nazarda tutiladi. 
Tashkiliy-kommunikativ 
qobiliyatlar 
quyidagi 
ko’rinishda 
namoyon bo’ladi: tashkilotchilik qobiliyati – o’quvchilar jamoasini 
tashkillay olish va o’z faoliyatini tashkillay olish; rejalashtirish, 
nazorat qilish; kommunikativ qobiliyat – o’quvchilarning yosh va 
individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda muloqotni to’g’ri 
tashkillash; pedagogik kuzatuvchanlik – o’quvchining ko’rinishidan 
undagi ichki kechinmalar, kayfiyatini bilib olish, sezgirlik; 
pedagogik takt – ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatishda aniq 
vaziyatdan, ta’lim oluvchi shaxsi xususiyatlaridan kelib chiqish va 
uning nafsoniyatiga tegmaslik; suggestiv qobiliyat – ta’lim 
oluvchiga emotsional-irodaviy ta’sir o’tkazish, talab qo’yish va 
talabning bajarilishini qat’iy nazorat qilish (bir tomondan 
qo’rqitishsiz, qistovsiz – boshqa tomondan bo’shlik qilmasdan); 
pedagogik prognoz – o’z harakatlari natijasini, shaxsida bo’lib 
o’tadigan o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish; diqqatni to’g’ri 
taqsimlay olish – bir paytning o’zida bir necha faoliyatni olib borish: 
materialni bayon qilish, o’z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan 
savollarga javob berish, ta’lim oluvchilar jamoasi hulqini nazorat 
qilib turish. 
Pedagogik adabiyotlarda o’qituvchining kasbiy va ijtimoiy 
moslashuviga 
ta’sir 
etuvchi 
mahsuldor 
sabablar 
(omillar) 


umumlashtirilib pedagogik madaniyat nomi bilan qayd etiladi. 
Boshqa tushunchalar singari pedagogik madaniyatning ham bir 
necha xil ta’riflari mavjud. Biroq barcha ta’riflarda pedagogik 
madaniyat tushunchasi uch ilmiy jihatdan, ya’ni aksiologik,
faoliyat va shaxsga yo’naltirilganlik nuqtai nazaridan talqin etilishi 
yaqqol ko’zga tashlanadi. Aksiologik yondashuvga ko’ra, pedagogik 
madaniyat – tarbiya haqidagi fan sifatida pedagogika tayanadigan 
pedagogik qadriyatlar majmuidir. Ushbu qadriyatlar moddiy va 
ma’naviy shakllarda mavjud bo’ladi. Shaxsga yo’naltirilgan
yondashuv nuqtai nazariga ko’ra, pedagogik madaniyat – bu 
pedagogik faoliyatdagi tarbiyaviy munosabatlarni amalga oshiruvchi 
subyekt sifatida kasbiy etuk pedagog shaxsining muhim sifati. 
Faoliyatli yondashuvga ko’ra, pedagogik madaniyat – bu pedagogik 
qadriyatlarning tadbiq etilishini ta’minlovchi, o’qituvchi kasbiy 
faoliyatining o’ziga xos usullari majmuidir. 
Pedagogik madaniyatning mufassal tavsifi L.D.Stolyarenko 
tomonidan quyidagicha ochib berilgan: “Pedagogik madaniyat – bu 
umuminsoniy madaniyatning bir bo’lagi bo’lib, unda eng avvalo, 
avlodlar almashinuvi va shaxsning ijtimoiylashuvi kabi tarixiy 
jarayon uchun xizmat qilishda insoniyat uchun zarur bo’lgan 
ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”. 
O’qituvchining 
pedagogik 
madaniyati 
quyidagi 
kasbiy 
ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi: 
1) shaxsga yo’nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik 
tuyg’usining mavjudligi; 
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, 
mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga 
nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik; 
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik 
tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o’z pedagogik 
faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira 
olish; 
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik
tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning 
va ma’naviy ehtiyojlarning ko’pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning 
mavjud bo’lishi, tashqi ko’rinish va nutq madaniyati. 


Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari. 
Pedagogik faoliyat 
yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, 
davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus 
tayyorlangan o’qituvchilar mehnati faoliyatidir.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan 
chuqur hurmatda bo’lmagan o’qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi 
va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo’lmaydi. Pedagogik 
jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo’lib, 
o’qituvchilarning 
faoliyat 
mezonini 
begilab 
beradi. 
O’qituvchilarning 
faoliyati 
pedagogik 
jarayonning 
harakat 
vositasidir. 
Pedagogik 
jarayonning 
obyektlari 
bo’lmish 
tarbiyalanuvchi insonga, o’quvchi va o’quvchilar guruhiga hamda 
alohida o’quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari ─ ota-onalar, 
o’qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa 
mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish 
faoliyatini bajaradilar. A.Xoliqov tomonidan e’tirof etilganidek, 
o’qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, 
mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o’zining hayotiy va 
amaliy faoliyatida nechog’lik qo’llay bilishi bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatning maqsadi asrlar davomida yuksak 
ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning umuminsoniy g’oyasi 
sifatida xizmat qilib kelayotgan tarbiyaviy ishni amalga oshirish 
bilan bog’liq.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə