O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

oqsoqol
(sardor) saylab 
olishgan. Bu guruh «
jamoa
», uning oqsoqoli esa «
qori jamoa
» deb 
nomlangan. Darsni boshlash uchun oqsoqol mudarrisning huzuriga 
borar va undan mazkur guruh bilan mashg’ulot o’tkazish uchun izn 
so’rardi. 
Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. 
Masjid va 
xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat o’g’il bolalar 


o’qitlgan. Qiz bolalar o’z davrining o’qimishli ayollari tomonidan 
uylarida ochilgan maktablarda o’qitlgan. Ayol muallimani o’lkaning 
turli hududlarida “otnoyi”, “otnbibi”, “bibiotn”, “bibixalifa” deb 
ataganlar. Qizlar maktabi o’g’il bolalar maktablariga nisbatan ancha 
kam bo’lgan, ko’p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotnlari 
maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.E.Bendrikov 
“Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni 
yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar 
maktabida yozuvga o’rgatlmagan”. Professor U.Dolimovning 
fikricha, bu so’zlar haqiqatdan ancha yiroq. O’zbek xalqi – 
o’tmishda eng ko’p shoiralar etshtrgan xalq, agar yozuvga 
o’rgatlmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo’lgan 
Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qo’ya bering, 
XIX asrning o’zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, 
Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otn, Qamarniso, Nozimaxon kabi 
o’nlab mashhur shoiralar qaerdan etshib chiqqan?! 
O’rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik 
namoyondalaridan biri – Jahon Otn Uvaysiydir. O’zining butun 
faoliyat davomida xalqimiz orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishga 
harakat qilgan Jahon otn xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, 
go’zal hayotga erishishning birdan-bir yo’li deb o’ylab, o’zining 
butun umrini yosh qizlarga talim-tarbiya berish bag’ishladi.
O’z maktabida qizlarga boshlang’ich talim berar ekan, Jahon Otn 
ularning zehnini o’strishga katta ahamiyat beradi. Otn o’z 
shogirdlariga savod o’rgatbgina qolmay, ular orasidan iqtdorli 
qizlarni tanlab sharq sheriyat bilan tanishtradi. Qizlarni nazm 
bo’stoniga etaklaydi. 
Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortq 
muallimalik qilib, qizlarga xat-savod o’rgatdi, tabi nazm qizlarga 
sheriyat ilmidan dars berdi. 
Dilshod o’z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod 
o’rgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intlar edi. Shu 
bilan birga, yosh istedodli qizlarga o’zbek, tojik mumtoz adabiyot 
namoyondalarining asarlarini ham o’rgatar va ularni nafosat ruhida 
tarbiyalab, o’z zamonasining ilg’or kishilari qilib etshtrishga harakat 
qilgan.


Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga 
doir dastlabki qo’llanma sifatida. 
Munis o’z davrining etuk 
murabiy shoiri sifatda bolalarning savodxonligini va husnixatni 
yaxshilash yo’lida ko’p izlanadi va yoshlarga husnixatdan talim 
berib, “bilgancha surib qalamni har yon, talim ishin aylar erdi oson” 
deydi. “Bilimning eshigi alifbe” deganlaridek, Muis ham talimdagi 
muvaffaqiyatlarning garovi savod ekanligini tushungan va shuning 
uchun “umumiy arqom” yozuv ilmini yaratshga bel bog’lagan. 
Munisning “Savodi talim” asari ana shu tarzda 1804 yil 6 
dekabrda vujudga keladi. Mazkur risola nazariy malumotlar va 
mashqlarni o’z ichiga olgan. Risola ikki qismdan tarkib topgandir. U 
“Savodi talim”ning nazariy qismida o’zigacha mavjud bo’lgan 
bolalarga xat-savod o’rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va 
kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan o’zi yaratayotgan 
risolani bir-biri bilan taqqoslab, eski risolaning o’sha kungi 
talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab 
beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har bir 
harfning yozilish uslubini marifiy-didaktk nuqtai nazardan sodda 
qilib tushuntrishga harakat qiladi.
Muhammad Sodiq Qosh-g’ariyning “Odob as-solihin” asari 
– yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba. 
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” (“YAxshi 
kishilar odobi”) asari kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada 
bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining 
majmuidir. Asar turkiy tlda yozilgan bo’lib, muqaddima, ett bob va 
xotmadan iborat.
Asarning muqaddimasida uning maqsadi sifatda insonga yaxshi 
xulq egallashi zarurligi takidlanadi va u odob qoidalarini egallab 
olmasa va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo’lmasa, nafaqat o’ziga, 
balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi 
masnaviyni keltradi: 
Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi, 
Balki butun dunyoga o’t qo’yadi.
“Odob as-solihin” asarida bayon etlgan botniy va zohiriy 
qoidalar: 
1. Salomlashish va ruxsat so’rash odobi. 


2. Muloqot odobi. 
3. Uxlash va yo’l yurish odobi. 
4. Suhbatlashish odobi. 
5. Er-xotn odobi. 
6. Tozalik qoidalari. 
7. Mehmon kutsh odobi. 
8. Ziyofat va ovqatlanish odobi. 
9. Safar qoidalari.
1.
O’rta Osiyoda qanqay xonliklar mavjud bo’lgan? 
2.
O’rta Osiyoda xonliklar davrida qanday ta’lim muassasalari 
faoliyat ko’rsatgan? 
3.
O’rta Osiyoda xonliklar davrida qurilgan qanday madrasalarni 
bilasiz? 
4.
O’rta Osiyoda qizlar maktabini ochgan qaysi otinlarni bilasiz? 
5.
Tarix fanidan olgan bilimlaringizga asoslanib, madrasalardagi 
o’qitish tizimi haqida qanday fikrlarni bayon eta olasiz? 
6.
Quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan 
ta’lim muassasalaridagi o’qitish mazmunini qisqacha bayon eting; 
 
Boshlang’ich 
maktab 
Qorixona Daloilxona 
Qizlar 
maktabi 
Madrasalar 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


VII BOB. XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA 
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI 
 
XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. 
O’lkani Rossiya imperiyasi bosib olgandan so’ng 1870 yillarda 
qizlar talimi bo’yicha bazi malumotlar mavjud. Turkistonda shahar 
va qisman qishloqlarda qizlar uchun boshlang’ich maktablar ham 
mavjud bo’lgan. Qishloq joylarda qizlar maktabi juda kam hollarda 
uchrar edi. Bazi hududlarda 100 ta maktabga bitta qizlar maktabi 
ham to’g’ri kelmas edi. Biroq bazi shaharlarda qizlar maktablarining 
soni o’g’il bolalar maktablarining chorak qismiga teng kelgan. 
Toshkent rus qo’shinlari tomonidan egallangan paytda shaharning 
bazi qismlarida qizlar maktablari va o’quvchilari soni o’g’il bolalar 
maktablarining ½ qismiga to’g’ri kelgan va ularda o’quvchilar soni 
nisbatan kam bo’lgan.
A.P.Xoroshkin va Toshkent shahrida yashovchi mullalarning 
xabar berishicha, 1864 yilda ruslar bilan bo’lgan urush uchun soliq 
joriy etsh bo’yicha ro’yxatga olish o’tkazilganda, 8000 ming nafar 
o’quvchi bolalar, 4000 nafar o’quvchi qizlar qayd etlgan. Birgina 
Sebzor dahasida 25 nafar o’g’il bolalar va 15 nafar qizlar, 
Shayxontohur dahasida esa 20 ta o’g’il bolalar va 10 ta qizlar 
maktablari mavjud bo’lgan. Otnbibi maktabida o’quvchi qizlar bilan 
birgalikda o’g’il bolalar ham birga talim olgan hollari ham bo’lgan. 
Qizlar maktablaridagi mashg’ulotlarda asosan fors-tojik va turkiy 
tldagi asarlar o’rgatlgan. Ushbu talim muassasalarida “Talimi 
bayonot”, “Muosharat odobi”, “Tarbiyali xotun” va boshqa Sharq 
axloqiy madaniyatni o’z ichiga oluvchi fanlar o’qitlgan. 
A.P.Xoroshxinning 1876 yildagi malumotga ko’ra, qizlar 7-11 
yoshdan o’qitlgan, 11-15 yoshdan esa tkuvchilikka o’rgatlgan. 
Bundan shu narsa kuzatladiki, qizlar maktablaridagi talim dasturlari 
o’g’il bolalar maktablari dasturlariga nisbatan kam qamrovli 
bo’lgan.O’rta Osiyoda o’g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi 
aralash 
maktablar 
bo’lganligi 
haqida 
malumotlar 
deyarli 
uchramaydi. 1906 yil Kaspiyorti viloyati maktablarining ahvoli 
haqida malumot bergan N.P.Ostroumov turkmanlar orasida, bazi 
joylarda o’g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi maktablar mavjud 


bo’lganligi, ularda atgi ikki yoki uch yil davomida talim berilishi 
haqida malumot beradi. 
Mustamlakachilik tzimini o’rnatlishi va o’lkada rus aholisi soni 
o’sib borishi bilan rus tlida so’zlashuvchi aholi qizlarini talimiga 
bo’lgan ehtyoj o’sib bordi. Qizlar uchun gimnaziya, Mariin bilim 
yurtlari kabi talim muassasalarini tashkil etldi va mazkur 
maskanlarda mahalliy aholi vakillarini talim olishlariga imkon 
berilishi kam miqdorda bo’lsada, qizlar talimiga ijobiy tasir o’tkazdi. 
XIX asr 70-yillarida Toshkent va Chimkentda qizlar uchun bo’lim 
hamda hunarmandchilik sinflari, Kazalinskda qizlar uchun 
yakshanba sinflari bo’lgan boshlang’ich bilim yurtlari tashkil etldi. 
Ushbu bilim yurtlarining barchasi muayyan rejalarsiz, asosan, 
o’lkadagi rus aholisining talim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish 
maqsadida tashkil etlgan edi. 
Chor Rossiyasining ta’lim siyosati. 
Yerli xalqning aksariy 
qismi, ba’zi rusparast boy-zodagonlarni hisobga olmaganda, o’z 
bolalarini rus-tuzem maktablariga berishning oqibatlaridan cho’chir 
edi. Bu maktablarda birinchi navbatda pravoslav mahzabinig 
asoslari, rus tili, podshoni ulug’lovchi madhiyalar o’rgatilgani uchun 
mahalliy xalq bu ochiqdan-ochiq dinbuzarlikdan qochib o’z 
farzandlarini rus-tuzem maktablariga bermasdi. Buni o’z vaqtida 
Sirdaryo viloyatidagi rus maktablarini taftish etgan chor amaldori 
N.K.Smirnov ham qayd etgan edi. U ruslashtirishga yo’naltirilgan 
ta’lim siyosatining muvaffaqiyatsizligi sabablarini quyidagicha 
izohlaydi va yozadi:
- yerli aholining shaharlardagi rus maktablarining qabul 
qilmaganligi sababi ularning dasturlarida musulmoncha savod 
darslari yo’qligi, darslar bolalar uchun tushunarsiz bo’lgan rus tilida
olib borilishi va o’qituvchilarning mahalliy tillarni bilmasligi; 
- (rus) bolalariga pravoslav dini asoslarini musulmon bolalar 
huzurida o’rgatish. 
Shuningdek, ruscha xat-savod oddiy turkistonlikka foyda 
keltirmas edi, chunki o’lkaning musulmon aholisi barcha narsani - 
xatlar, hisob-kitoblar va boshqa yozishmalarni mahalliy tilllarda va 
arab yozuvida amalga oshirar, musulmoncha xat-savodli kishi 
bunda, tabiiy, ko’proq yutar edi. 


Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi 
uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi. 
O’rta asr 
musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar 
o’rnashgan erlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif 
sohasida o’z siyosatning quroli qilib olishga harakat qildi 
(Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus 
maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari 
ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida 
hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha 
ko’proq o’rgatlar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini 
maktabga ko’proq jalb qilish edi. 
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870-yillardan 
ochila 
boshladi: 
1876-yili 
Toshkentda, 
Verniyda 
(hozirgi 
Olmaotada) erlar va Xotn-qizlar gimnaziyalari. 1879-yili esa 
Toshkentda o’qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham 
erli 
aholining 
bolalari 
qabul 
qilinar 
edi. 
O’qituvchilar 
seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1/3 o’rin ajratlgan 
edi. 
1880-yillarning boshlariga kelib rus maktablarida o’qiydigan 
o’zbek va tojik bolalari uchun islom dinini o’qitsh kerak, toki ota-
onalari bu maktablardan qo’rqmasinlar, degan fikr tarqalgan edi. 
Turkiston mamurlari bu fikrning qanchalik to’g’ri ekanligini 
tekshirishga qaror qildilar. 1884-yil 19-dekabrda Toshkentda, «eski 
shahar» qismida sinab ko’rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi 
ochilgan edi. 10 yillardan keyin Toshkentda bunday maktablar soni 
to’rttaga ko’paydi. Bu tpdagi maktablar o’lkadagi yirik shaharlar 
hamda qishloqlarda ham tashkil etla boshladi. O’lkada rus, rus-
tuzem maktablari ilk bor XIX asrning 70-yillarida yuzaga kelgan 
bo’lsa, 1904-yilga kelib ularning soni 57 taga etdi.
Rus-tuzem maktablarida o’quvchilarga rus muallimi rus tlini 
hamda arifmetkani va boshqa fanlarni o’rgatar, buning uchun o’qish 
vaqtning yarmi ajratb qo’yilgan edi. O’qish vaqtning qolgan yarmi 
«Musulmon domla» ixtyoriga berib qo’yilgan bo’lib, u eski usul 
maktablaridagidek 
bolalarga 
diniy 
darslar 
o’qitsh 
bilan 
shug’ullanardi.
Rus-tuzem maktablarida faqat o’g’il bolalar o’qitlar edi. Ota-


onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903-yilda 
Turkiston pedagogika to’garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem 
maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyat uzoqqa cho’zilmay, 
ikki yildan keyin yopilib qoldi. 
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining 
ochilishi.
Jadidlar harakat ijtmoiy-tarbiyashunoslik tafakkurining 
alohida bir oqimi sifatda Turkistonda yashovchi xalqlar orasida 
shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul”, 
“yangilik”, demakdir) maktablarining yuzaga kelishi mashhur qrim-
tatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir. 
1851-yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratk 
g’oyalarni musulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish 
yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning milliy 
mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali o’z navbatda 
jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p 
yurtlarda safarda bo’lgan Ismoilbek Gaspirali xalq taraqqiyoti 
birinchi navbatda maorifga bog’liq ekanligini anglab etb, 
jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalga oshirishni yangi usuldagi 
maktab tuzishdan boshladi. Gaspirali tomonidan ochilgan yangi 
usuldagi maktab tez orada shuhrat qozondi. Jadid maktablarining 
ommaviy tus olishiga asosiy sabab I.Gaspirali tomonidan 1883-
yildan boshlab nashr etla boshlangan “Tarjimon” gazetasi bo’ldi. 
Shu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi tashkil maktab uchun bir 
qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning yangi 
usuldagi maktab hayotga bag’ishlangan asarlari jumlasiga “Hujai 
Subyona”, “Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv 
qo’llanmalarini kiritsa bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv 
jarayonini tashkil etsh, darsliklarga qo’yiladigan talablar, musulmon 
o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktk va metodik ko’rsatmalar 
bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi. 
I.Gaspirali boshqa turkiy xalqlar qatori o’zbek millatdagi ijtmoiy 
fikrlar taraqqiyoti va shu jumladan, haqiqiy vatanparvar o’zbek 
ziyolilari, pedagoglarining kamol topishida ham o’chmas iz qoldirdi. 
1893-yili Ismoil Gaspirali Turkistonga kelib, chor huqumat 
amaldorlarini va Buxoro amiri Abdulahadni musulmon maktablarini 
isloh qildirishga ko’ndirmoqchi bo’ladi. 


Ismoil Gaspirali Buxorodan so’ng poezdda Samarqandga 
borgan, 
undan 
Toshkentga 
kelib, 
Turkiston 
general-
gubernatorligidagi, 
amaldorlar 
bilan 
o’z 
niyat-maqsadlarini 
o’rtoqlashgan. Biroq, Toshkentda uni yaxshi kutb olishmadi, 
loyihasi esa etborsiz qoldi rildi. 1893-yil 8-iyunda u yana 
Samarqand orqali Buxoroga qaytb borgan va amir bilan uchrashib, 
E.J.Laxzarining ko’rsatishicha, uni yangi usuldagi bir maktab 
ochishga ko’ndirgan. Ikkinchi usuli jadid maktabini 1898 yilda 
Qo’qonda Salohiddin domla ochdi. Shu yili To’qmoqda ham yangi 
usul maktabi paydo bo’ldi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla 
va Toshkentda Mannon qori yangi usul maktabini ochdilar. 1903 
yilda, umuman, Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid 
maktabi bor edi. Bulardan 6 tasi Buxoro amirligida va 8 tasi Xiva 
xonligi hududida edi. 
Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, 
Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil 
etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari. 
XX asr boshlarida 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona vodiysi shaharlarida o’nlab 


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə