O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

maktab

madrasa

qorixona

daloilxona

mavjud edi. 
Maktablar boshlang’ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda 
bolalarga yozish va o’qish o’rgatilgan, din haqida dastlabki 
ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi 
hisoblangan, 
qorixona
va 
daloilxona (
«
Daloil al-xayrot
») quyi diniy 
xizmatchilarni tayyorlagan. 
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil 
etilgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, 
faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan 
ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dastlabki o’qish 


ko’nikmalarini 
egallaganlaridan 
so’ng 
«
Haftiyak
»ni 
(fors. 
“Qur’onning ettidan bir qismi”) o’qishni boshlaganlar
Maktabni tamomlagan o’quvchilar ta’limni davom ettirish uchun 
madrasalarga kirganlar. 
Madrasa odatda ikki bo’limdan, ya’ni: quyi (
ibādat al-’islām
) va 
yuqori (mas’ola) bo’limlardan iborat bo’lgan. Lekin barcha 
madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganini qayd etish 
lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo’lim «
mushkulāt
» deb 
yuritilgan. 
Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai. 
«Qur’on» 

dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha 
musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida «qiroat» 
ma’nosini anglatadi. Qur’on 114 suradan iborat. Qur’on kishilarni 
birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning 
uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy 
qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonning ma’naviy 
kamolga etishida qay darajada muhim o’ringa ega ekanligiga amin 
bo’lamiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek, «Quron»da uylanish, er-xotin, ota-
ona va farzandalar munosabatlari, farzand tarbiyasi masalalariga 
katta ahamiyat berilgan. Jumladan, har bir muslim va muslimaning 
oila qurishi Ollohning farzi ekanligi ta’kidlanib, «Qur’oni 
Karim»ning «Baqara» surasi 223-oyatida shunday bayon etiladi: 
«Hotinlaringiz sizlarning ekinzor erlaringiz bo’ladi. Ziroat erlari 
urug’ sepganda Samara beradi. Xotin ham ekinzordir va hosili 
farzand. Bas o’z xotinlaringiz farzand niyatida aloqa qiling va 
kelajakda o’zlaringiz uchun farzand tarbiyalang. Xudodan qo’rqing, 
uning nazariga ilinmangiz. Bas, tug’ilish va visol uchun berilgan 
quvvatni bekor qoldirmang va zoe qilmang. Ey, Muhammad saodat 
mujdasini iymonlilarga bergin». 
Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-
Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi
rivojiga qo’shgan hissasi. 
Islom olamida Qur’ondan keyingi 
o’rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisoblanadi. 
Haqiqiyligi puxta o’rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahih 
deyiladi. Sahih so’zining ma’nosi sog’lom, to’g’ri, xatosiz degani. 


Hadisni rivoyat qiluvchi kishi isnod, hadislarni to’plagan muallif esa 
muhaddis deb yuritiladi. 
Hadislarni to’plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg’ambar 
alayhissalomni 
ko’rgan 
va 
bilganlardan 
yozib 
olingan 
ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to’plovchilar ibn Shahob 
az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa’d al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo’lgan. 
Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn 
Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom 
ibn Majj’ Kazviniy, Abu Iso Muhammad as- Samarqandiy, imom at-
Termiziylardir. Yuqorida nomlari zikr qilingan muhaddislarning 
hadis to’plashdagi xizmatlari juda katta. Bu ulug’ alloma birgina "Al 
jome’ as-sahih" («Ishonchli majmua») asari ustida o’n olti yil ish 
olib borgan. Va olti yuz ming hadisni to’plab, 7275 tasini tanlab 
olgan. Shuningdek, «Al-jome’ as-sahih» asaridan odob-axloq 
mavzuiga bag’ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga 
keltirgan. Bu kitob Al-adab al-mufrad («Adab durdonalari») deb 
nomlangan bo’lib, bu asar 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan. 
At-Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, “Al-
Jomi’ as-sahiyh” (“Ishonchli to’plam”) eng asosiy o’rinni egallaydi. 
Ushbu asar yuqorida qayd qilganimizdek “al-Jomi’ al-kabiyr” 
(“Katta to’plam”), “Sahiyh at-Termiziy”, “Sunan at-Termiziy”, 
(“Termiziy sunnatlari”) kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Tarixchi 
ibn Hojar al-Asqaloniyning yozishicha at-Termiziy ushbu asarini 
270 hijriy (884 melodiy) yilda, ya’ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-
fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin 
yozib tugatgan. 
Abu Iso at-Termiziy yozib qoldirgan “al-Jome’ as-sahih”, “ash-
Shamoil an-nabaviya” kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib insonlarni halol, adolatli, 
e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-
shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmatda va e’tiborli bo’lishga 
chorlaydi. 


1.
O’rta Osiyoda qanday musulmon maktablari paydo bo’ldi? 
2.
Qur’oni Karimda qanday ma’naviy-axloqiy masalalar o’z 
ifodasini topgan? 
3.
Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziylar haqida 
nimalarni bilasiz? 
4.
«Qur’oni Karim va hadislar haqida nimalarni bilasiz?» 
mavzusida besh daqiqa mobaynida o’z fikrlaringizni daftarga 
yozing. O’ylagan fikrlaringizni hech qanday to’xtovsiz bayon eting. 
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko’rsatma: 
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo’yicha 
o’z fikrlarini yozish so’raladi. 
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. 
Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi 
fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug’iladi. 
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to’rt talaba 
o’z yozganlarini o’qib bergach, o’qituvchi qolgan talabalardan 
aytilganlariga o’xshamaydigan fikr kimda bo’lsa bildirishlarini 
so’raydi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


III BOB. SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK 
FIKRLARNING RIVOJLANISHI
Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari: 
«Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er 
satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi 
va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar. 
Didaktik qarashlari: 

Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U 
birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va
sinov metodlariga asos soldi.

U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik 
shakllarda ifodaladi. 

Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab 
raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. 

Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, 
«Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi. 
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. 
Asarlari: 
«Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar 
shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va 
boshqalar. 
Pedagogik qarashlari:

Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: 
Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – 
esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. 

Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, 
ilhomlantiruvchi so’zlar va majbur etish. 

Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, 
so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, 
hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va 
ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. 

Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba 
orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan 
jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar 
zaruriy bo’lib chiqadi.


 Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. 
Asarlari:
«Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar. 
Ilmiy-pedagogik qarashlari:

Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U 
insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik 
va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. 

Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muhim 
rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya. 

Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari 
haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’kuvchiga 
bilim berishda: 
- o’quvchini zeriktirmaslik; 
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni 
o’rgatavermaslik; 
- uzviylik, izchillik; 
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va 
xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari. Asarlari:
«Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», 
«Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-
Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar. 
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:

Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha 
nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, 
irodasizlik kabilardir. 

U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa 
tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va 
amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni 
kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo 
qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish 
zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish 
zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga 
band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga 213ori shorkali 
bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos 


bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor 
berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini 
hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib 
borish. 
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida 
ta’lim-tarbiya masalalari. Maqollar:
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da». 
«Ho’kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan 
yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til».
«Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi». 
«Ko’kka suzsa yuzga tushun». 
«Bir qarg’a bilan qish kelmas». 
«Keng to’n to’zimas, kengashli bilig artamas”. 
«Kichikda qatiqlansa ulg’adu sevinur». 
«Erdamsizdan qurt chertilur».
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandnoma 
asar sifatida.
«Qutadg’u bilig» 

baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan 
ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasihat, 
ta’lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk 
insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. 
«Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy 
kitob tuzish tartibiga rioya qilingan holda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning 
mundarijasi beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bo’lib, hamd, 
na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o’n ikki burj, tilning 
ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning 
ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi 
fasllardan iboratdir. O’n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea 
bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to’rt qahramon – Kuntug’di – 
adolat ramzi, vazir – Oyto’ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning 
o’g’li O’g’dulmish – aql ramzi, sifatida, O’zgurmish – vazirning 
qarindoshi – qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida xayotiy 


masalalar bir-biriga bog’langan holda bayon etilib, kitobni 
yozishdan o’z oldiga ko’ygan maqsadga bo’ysundiriladi. 

O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar, 
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’lar. 

O’quv qut beradi, bilim – shon-sharaf, 
Shu ikkov tufayli ulug’dir inson. 

Yaxshi nom oladi, ko’r, ezgu kishi, 
Yomonlar nasibi – el-yurt qarg’ishi. 

Kishiga chiroydir uyat-andisha, 
U asrar nojo’ya ishdan hamisha. 

Yomonlik qilganning ulushi – o’kinch, 
Yomonga yaxshi bo’l, mayli har qachon. 

Oq sut bilan kirsa qaysi bir qiliq, 
O’lim tutmaguncha o’zgarmas yo’riq. 
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik 
qarashlar. 
Asar o’n to’rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki to’rt 
bobi an’anaga ko’ra muqaddima bo’lib, beshinchi bobdan asosiy 
qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, bilimning ahamiyati, 
jaxolatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va 
baxillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muhim xususiyatlari 
tarannum etiladi. 
Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol 
etishning asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning 
uchun adib asarda axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi sanalgan tilni 
tiyish, mol dunyoga muhabbat qo’yishning oqibatlari, saxovat va 
baxillik, kamtarlik, jinoyat yo’lidan saqlanish haqida, harom va 
halollikning farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va 
sadoqat kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi. 

Ulug’likka etsang unutma o’zing, 
Agar atlas kiysang, unutma bo’zing. 

Qora bosh yag’isi qizil til turur, 
Necha bosh edi u, yana ham eyur. 

Ming er do’sting ersa o’qish ko’rmagil, 
Bir er dushman ersa, ani ozlama. 

Ulug’lar ne bersa, emasmen dema, 


Ilig sur, og’iz ur, emasang ema. 

Tiling bekta tutg’il tishing sinmasun, 
Qolu chiqssa bekta tishing siyur. 

Harislik ma erg’a yovuz xislat bo’l, 
Harislik so’ng g’am, o’kinch hasrat ul. 
Kaykovusning 
“Qobusnoma” 
asarining 
tarbiyaviy 
ahamiyati. 
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi 
bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. 
Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarni sening uchun kitobga 
yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, 
hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir 
yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi 
bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini 
bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi 
yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko’zda tutilgan:
1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. 
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni 
ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish 
zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr 
etilgan. 
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o’n xislatni har bir kishi 
o’zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r kishi bilan 
urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik: 
riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik: yolg’onchi 
kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; 
g’ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda 
o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu 
aybni yo’qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki 
ortiqcha yomonlamaslik; muhtoj bo’lgan odamni gina, qahr bilan 
qo’rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga 
mehribon bo’lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy 
tavsiyalarni keltiradiki, inson o’z hayotida har bir daqiqada bunday 
hatti harakatlarga duch keladi. 


1. Al-Xorazmiyning didaktik qarashlarini bayon eting. 
2. Abu Nasr Forobiyning ta’lim va tarbiyaga bergan ta’rifini 
izohlang. 
3. Abu Rayhon Beruniyning shaxs rivojiga doir nazariyasini 
tushuntirib bering. 
4. Abu Ali ibh Sinoning tarbiyaga doir qarashlarini izohlang. 
5. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit-turk» asarida 
ifodalangan hikmatlarni tahlil eting. 
6. Yusuf Xos Xojibning pandnoma tavsisfidagi qarashlarini 
izohlang. 
7. Ahmad Yugnakiy ilm olish haqida qanday fikrlarni ilgari 
surgan? 
8. Kaykovusning javonmardlik tarbiyasiga doir qarashlarini 
bayon eting. 
IV BOB. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA 
MOVARAUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB 
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik 
fikrlar rivojiga ta’siri. 
Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va 
qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o’zgarish, ularning 
mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo’jalik va madaniy 
hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham 
o’zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir 
bo’lgan jiddiy o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan 
jonlanishiga turtki ham bo’ldi. 
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va 
qishloqlarda xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz 
mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab 
inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning
 
ayrim 
tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. 
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli 
darajada etib kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq 
markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va 
«Xoniya»
 
kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli 
tahsil ko’radi. 
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. 
So’fiylar 
inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni 
o’tishi kerak, deydi. 
Birinchi bosqich – 
shariat
. Diniy marosimlar va shariat 
aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun 
bo’lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi. 
Ikkinchi bosqich – 
tariqat
: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni 
o’ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo 
to’g’risida o’ylash, ya’ni tariqat – fano, o’zdan kechish, ko’ngilni 
poklab, ruhni nurlantiruvchi yo’l, faoliyat shakli. 
Uchinchi bosqich – 
ma’rifat
: hamma narsaning, butun 
borliqning asosi – xudo ekanini, o’zining mohiyati xudo mohiyati 
bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u 
havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo’lib ko’rinadi, shunda u 
orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo’ladi. 
To’rtinchi bosqich – 
haqiqat
. Bunda so’fiy xudoning dargohiga 
erishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson 
foniy, ya’ni «analhaq» bo’la oladi.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan 
davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat 
rivojiga qo’shgan hissasi. 
Amir Temur hayotlik davridayoq uning 
harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag’ishlangan maxsus 
asar yaratilib, u «Temur tuzuklari»
 
nomi ostida shuhrat topadi. Bu 
asar shaxsan Temurning og’zidan yozib olingan deb hisoblanadi. 
Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining 
tutumi (yo’nalishi) va vazifalari, (vazir va qo’shin boshliqlarini 
saylash, sipohlarning maoshi) mamlakatni idora etish tartibi, davlat 
arboblari va qo’shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, 
vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko’rsatgan 
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon 
etiladi. 


Amir Temur umr bo’yi quyidagi o’n ikki tamoyilga amal 
qilgan: 
o
Har yerda va har vaqtda islom dinini qo’llab-quvvatlagan.
o
Davlat ishlarini kengash asosida boshqargan. 
o
Salatanat ishlarini murosayu madora orqali yurgizgan. 
o
Davlat ishlarini qonun-qoida va tuzuklarga asoslanib 
boshqargan. 
o
Amirlar va sipohiylarga hurmat ko’rgazgan. 
o
Adolat va insofga tayangan. 
o
Fuqarolarga izzat-hurmat ko’rgazgan. 
o
Azmu jazm bilan ish tutgan. 
o
Raiyat ahvolidan doimiy ogoh bo’lgan. 
o
Turku tojik, arabu ajamning turli toifalariga hurmat 
ko’rsatgan. 
o
Do’stlarni unutmagan va ularga yordam bergan. 
o
Har joyda sipohiylarni hurmat qilgan. 
“TEMUR 
TUZUKLARI”DAGI 
O’GITLARNI MOHIYATI 
VA VAZIFASIGA KO’RA 
QUYIDAGI 
GURUHLARGA 
AJRATISH MUMKIN:
“TEMUR 
TUZUKLARI”DAGI 
O’GITLARNING AXLOQ 
VA ODOBGA DOIR 
TURLARI:
1. Din va shariatga doir. 
2. Davlat va uni idora etishga 
doir. 
3. Kengash o’tkazishga oid. 
4. Podsho va vazirlarga doir.
1.
Adolat va adolatsizlik. 
2. So’z va ishonch birligi. 
3. Do’st va dushmanlik. 
4. Botirlik va qo’rqoqlik. 
5. So’z va shirin-suxanlik.
“Temur tuzuklari”dagi hikmatlardan namunalar: 
1.
Adovat emas, adolat engadi. 
2.
So’zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o’lsin. 


3.
Ota bo’lmagan, ota qadrini bilmas. 
4.
Do’shmandan qo’rqma, munofiqdan qo’rq. 
5.
Ishon. Ammo shubha qil. 
6.
Kuch – adolatdadir. 
7.
Do’stlik sinovda chiniqadi. 
8.
Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l. 
9.
Toy mingan – ot ham minadi. 
10.
Botir jangda bilinar, dono – mashvaratda. 
11.
Birliksiz kuch bo’lmas.
Mirzo 
Ulug’bekning 
pedagogik 
g’oyalari 
va 
ma’rifatparvarlik xizmatlari. 
Samarqandda o’z atrofida to’plangan 
olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Ulug’bek 1424-1428-
yillarda shahar yaqinida Qbirahmat anhori bo’yida rasadxona 
qurdirdi. Doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 
47 metr, balandligi 31 metr edi. Bobo’rning yozishicha, u uch 
qavatli bo’lgan. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan 
qoplangan. Binoning ichki sahni sudsi faxriy (sekstant) va koridorlar 
bilan to’rt qismlarga ajratilgan. Rasadxona ichki devorlarida koinot-
u Er sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo’lib, shu tufayli bu 
mavzu aholi o’rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat 
topadi. 
Samarqandda Ulug’bek rahbarligida barpo etilgan bu ilmiy 
dargoh matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda 
olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalarga erishadi. Rasadxonada 
olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita 
(qo’zg’almas) yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning 
astronomik jadvali tuziladi. O’rta Osiyo, YAqin va O’rta Sharq 
mamlakatlari bo’ylab joylashgan 683 geografik punktlarning 
Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. 
Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida 
matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi. 
«Ziji jadidi Ko’ragoniy» dan tashqari Ulug’bek «Tarixi arba’ 
ulus» (To’rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga 
bag’ishlangan beshta risola yozadi. 
Ulug’bek davrida maktab islohoti. 
Ulug’bek Movarounnahr 
shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat 


dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda 
Buxoroda, 
1417-1420-yillarda 
Samarqandda 
va 
1433-yilda 
G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi. Hatto Buxoro madrasasining 
darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning 
burchidir» degan kalima o’yib yozib qo’yiladi.
Alloma o’z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil 
etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o’tkazdi, mudarris 
(o’qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga 
stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga quyidagi 
fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, 
fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, 
geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta’lim 
bergan madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan: 
1. «Anda» (kichik) – o’qish muddati 2 yil. 
2. «Aust» (o’rta) – o’qish muddati 3 yil. 
3. «A’lo» (oliy) – o’qish muddati 3 yil. 
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda, 
bakalavriat va magistratura ko’zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o’rta 
asr Yevropa universitetlari uchun ham xos bo’lgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. 
Bobur 
1526-yilning 
21-aprelida 
Dehli 
hukmdori 
Ibrohim 
Lo’diy 
qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur Shimoliy 
Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur 
podshoh nomiga xutba’ o’qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar 
saltanatiga asos solinadi. 
Bobur 
podshoh 
Hindistonda 
bir-biri 
bilan 
dushmanlik 
kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham 
qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtiradi va 1530 yilgacha 
markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil 
(1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib 
olgunga qadar hukm surdi. 
Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari 
orkali boshlab berdi. 


«Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi 
asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratgan. 
Uning ijodiga mansub bo’lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar 
davomida maktablarda, madrasalarda savod o’rgatish kitobi sifatida 
foydalanilgan. 
Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, 
bastakor, ayni paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada 
uning nomini abadiylikka muhrlagan asar - “Boburnoma”dir. 
Quyida keltirilgan lavhalar bilan tarnishing va qaysi 
mutafakkir haqida fikr yuritilayotganlini aniqlang. 
1-lavha. 
U Farg’ona hokimining o’gli bo’lib, otasi vafotidan 
so’ng taxtni egallagan. O’z yurtiga qalandar sifatida qaytib kelishni 
orzu qilgan. Ham sarkarda, ham shoir, ham tarixchi, ham geograf 
sifatida nomi tilga olinadi.
2-lavha. 
U 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topgan. 10 
yoshga to’lganda uni Muhammad Sultonning qizi Og’obegimga 
unashtiradilar. Ona tomonidan Og’obegimning nasl-u nasabi Oltin 
O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo’lgani 
tufayli, u «ko’ragon» unvoniga sazovor bo’ladi. 
3-ilova. 
U
35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko’pdan-
ko’p harbiy yurishlar va jang-u jadallarni amalga oshirdi. Ko’p 
mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora 
dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan 
g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanami vujudga keltirdi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


V BOB. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA 
MOVARAUNNAHRDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI 
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik 
masalalari. 
Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy 
dunyosi, muhabbat va go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy-
xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir 
nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga 
berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida 
olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlik-ni, insondagi barcha 
imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo’lishi 
yo’llarini aks ettiradi. Inson ruhining go’zallikka intilishi va bu 
go’zallik uchun axloqiy jasorat ko’rsatishga tayyorlik Navoiyda 
shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug’vorlik 
ko’rinishida tasvirlanadi. 
Alisher Navoiyning yozishicha, faqat inson Allohning ilmu 
hikmatiga oshno qilingan (“Qilding ani orifi ul ma’rifat”), faqat 
odamga ma’rifat ganji ishonib topshirilgan. Navoiy Qur’on 
oyatlariga ishora etib, inson ulug’ligini bunday ta’rif etadi: 
“Karramno” – keldi manoqib anga 
“Ahsani taqvim” – munosib anga. 
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi kirdikoriga 
qarab baho bergan. Inson jamiyatga naf keltirishi, foydali ishlari 
bilan qadrli. Boshqalarga ziyon etkazadigan, jamiyat tengligi va 
osoyishtaligini buzadigan, siyrati suratiga to’g’ri kelmaydigan 
kimsalar chin inson emas. U jamiyatning har bir a’zosidan – shohmi, 
gadomi – inson nomiga munosib bo’lishlikni talab etadi. Navoiyning 
fikricha, yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g’am 
tashvishi bilan yashashdir: 
Odamiy ersang, demagil odamiy 
Oniki, yo’q xalq g’amidin g’ami. 
Alisher Navoiy “qanoat” to’g’risida. 
Qanoat buloqdur-suvi 
olgan bilan kurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan 
kamaymaydi, ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradi; 
daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkazadi. 


Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod 
bo’ladi... Qanoat qo’rg’ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan 
qutularsan, tog’likdir – u yerga chiqsang dushman va do’stga 
qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir – natijasi yuksaklik; 
zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotsizlik urug’ining mevasi farovonlik...
Alisher Navoiy “sabr” to’g’risida. 
Sabr achchiqdir – ammo 
foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi... Sabr 
shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o’rtoqdir – suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi; 
ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi. 
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir – 
qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda 
maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan 
qiynaladi, ammo so’ngida sog’lik yuz beradi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to’g’risida. 
Saxovat 
insoniyat bog’ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul 
shajarning mufid samaridur (hosilasidur). Odamiylik kishvarining 
bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjlari), balki ul mavj 
bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat sifatida) 
muruvvat karamning urug’ qayoshidur (qarindoshidir), balki 
tav’amon (umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli 
kishi) sharif xalqidin ayrilmaydurkim, u qayda bo’lsa Tengri 
panohida bo’lsin – izzat va sharaf oromgohida. 
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo’q, // Futuvvat – barcha 
qilmoqdur, demak yo’q. Shoir nazdida muruvvat odamgarchilik 
yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmatdir, o’zida bor 
narsalarni muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay kiydirishdir. 
Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko’rsatish, ammo evaziga hech 
narsa talab va ta’ma qilmaslikdir
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. 
O’rta asrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, 
xususan o’zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat 
obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. 
Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha, Navoiyning har yilgi 
daromadi o’n sakkiz ming 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə