O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

 
 
1.
«Jamoa» va «o’quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh 
bering. 
2.
O’quvchilar jamoasining o’ziga xosliklarini sanab bering. 
3.
O’quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang. 
4.
O’quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir 
ma’lumotlarni topib o’qing. 
5.
O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif 
yozing. 
3.3. TARBIYANING UMUMIY METODLARI 
Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Tarbiya metodi 
(yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li. 
Tarbiya 
amaliyotiga 
tatbiq 
etilganda, 
metodlar 
– 
bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir 
etish usullaridir. 
Jamoa an’analari
shartli ravishda ikkiga bo’linadi: kundalik 
faoliyat an’analari; bayram an’analari. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Tarbiya metodlari
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, 
tuyg’ulari va хulqiga ta’sir etish usullari yig’indisidir. 


Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, 
yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo’yilgan 
maqsadga 
tezroq 
erishish 
uchun 
tarbiyachi 
o’zining 
tarbiyalanuvchilari bilan yo’l ochadigan o’rganilmagan so’qmoq. 
Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-
sekin usullar keng ustunli yo’llar – metodlarga aylanishi mumkin.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara 
deganda ta’sir ko’rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig’indisi 
tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, 
mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko’rsatib berish, mehnatni 
baholash, ishdagi хatoni ko’rsatish – bu usullar. So’z (keng 
ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash – usullar. Bu 
bilan bog’liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo’yilgan maqsadni 
muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va 
vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning 
tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo’ladi. 
Tarbiya metodlari tasnifi.
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari 
amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni 
o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o’ziga хos хarakteriga ko’ra ishontirish, mashq, 
rag’batlantirish va tanbeh berishga bo’linadi. Mazkur holatda 
metodning umumiy хarakterli belgisi o’ziga хoslikni, qo’llanishga 
yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko’proq 
umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy 
metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o’zida ishontirsh, faoliyatni 
tashkil 
etish, 
o’quvchilarning 
хulq-atvorini 
rag’batlantirish 
metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya 
metodlari 
guruhlari 
quyidagicha 
nomlanadi: 
tushuntirshli-
reproduktiv, muammoli vaziyatli, o’rgatish va mashq metodlari, 
Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati
Tarbiya vositalari
– bu usul ham emas, metod ham emas, 
usullar yig’indisi.


rag’batlantirish, 
to’sqinlik 
qiluvchi, 
boshqarish, 
o’zini-o’zi 
tarbiyalash. 
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni 
ikki guruhga bo’lish mumkin: 

Aхloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, 
tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. 

Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil 
qilishga ta’sir etuvchi. 
Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, 
mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq ob’yektiv va qulay 
metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda tarbiya 
metodlari uch guruhga bo’linadi: 

Shaхs ongini shakllantiruvchi metodlar. 

Faoliyatni 
tashkil 
etish 
va 
хulq-atvor 
tajribalarini 
shakllantirish metodlari. 

Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.
Shaxs ongini shakllantirsh metodlari
o’quvchilarda ma’naviy-
axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish 
maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish 
usullari sanaladi. 
Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali 
o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya 
va maqsadlar singdiriladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va 
ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati 
mazmunini tushunish va idrok qilish ko’nikmalarini tarbiyalash 
lozim.
Tushuntirish
ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p 
ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni 
yuksak madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga 
yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlari
ga 
quyidagilar kiradi: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma'ruza, etik 
suhbat, nasihat, o'git, ko'rsatma, munozara, namuna 


Suhbat.
O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy 
jihatdan shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan 
metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur 
sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarning suhbat 
mazmuniga bo’lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan 
natijani hisobga olish zarur.
Hikoya.
O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan 
olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish 
bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy 
boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, 
adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy 
adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – 
radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida hamda Internet 
matbuotida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun 
qimmatli material bo’lib xizmat qiladi. Suhbat ham, hikoya ham 
o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so’zlar 
vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat 
yoki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, 
ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida 
o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar. 
Namuna.
O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi 
axloqiy sifatlarni ko’rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, yoshlarga 
katta ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini 
qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, 
o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. 
O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid 
qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa 
yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning 
uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta 
bilishlari kerak. Ular qaerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar 
borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurish-turishi 
va xatti-harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak. 
O’z-o’zini tarbiyalash metodlari
. O’quvchida o’z-o’zini 
tarbiyalashga, ya’ni, o’z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj 
paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash 


mumkin. Tarbiya jarayonida o’z-o’zini tarbiyalash metodlaridan 
foydalanish samarali hisoblanadi.
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish
o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, 
xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish 
yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. 
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish uchun o’quvchi o’zining yurish-
turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, 
salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda 
kundaligiga yozib boradi. 
O’z-o’zini baholash
mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-
atvorini tahlil qilish asosida o’z shaxsiga baho berishga 
yo’naltirilgan faoliyat usuli. 
O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga 
yordamlashish zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini 
bunga etarli tayyorlash mumkin. Shu bois o’quvchi irodali bo’lishi, 
o’z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos 
bo’lishi, 
ya’ni, 
tarbiyalanishni 
xohlashi, 
o’zini 
o’rtoqlari, 
atrofdagilarning ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini takomillashtirishga 
intilishi lozim. 
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. 
Ishontirish
vositasida o’quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda o’smirlar ishonuvchan 
bo’lishadi. 
Pedagog 
ishontirishdan 
tarbiyalanuvchi 
ma’lum 
ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. 
Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun 
ham foydalaniladi. 
Munozara
tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish 
asosida 
ularda 
ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni 
shakllantirishga 
yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o’tkaziladi. Munozara turli 
nuqtai nazarlar to’qnashgan vaziyatda o’quvchilarda ma’lum 
hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. 


Mashq va o’rgatish metodlari
muayyan mashq yordamida 
bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama 
puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini 
bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs 
rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi. 
O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning 
tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O’quvchilar 
odatlarni o’z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular 
atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, 
uzluksiz tarbiyani yo’lga qo’yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada 
odat xarakterga aylanadi. 
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko’p marotaba takrorlashni 
o’z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o’quvchi uchun ongli, tjobiy 
jarayondir. Mashq natijasini ko’nikma, odat, yangi bilimlar hosil 
qilinadi, o’quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy 
sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
O’rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, 
odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil 
qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. 
Topshiriq 
o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy 
tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul. 
O’quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda 
ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. 
O’quvchilar o’z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun 
mas’uliyatni his etishga o’rganadilar, mehnat qilish o’quvchilarning 
harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. 
Pedagogik talab 
turli xatti-harakatlarni bajarish hamda 
faoliyatda ishtirok etish jarayonida o’quvchi tomonidan amal 
qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik 
talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab 
ma’lum harakatlarni rag’batlantiruvchi yoki to’xtatuvchi hamda 
Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini 
shakllantirish (mashq) metodlari: 
mashq, pedagogik talab, 
ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat. 


o’quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega 
bo’lishi mumkin.
Rag’batlantirish
tarbiyalanuvchining 
xatti-harakati 
va 
faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, 
ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir. O’qituvchi 
har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni 
anglash olishi zarur.
Tanbeh berish
– eng muhim jazo chorasi. O’qituvchi 
o’quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib 
qo’yish mumkin. 
Uyaltirish
– o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa 
yoki uning tarbiya uchun mas’ul bo’lgan subyektlar (ota-onalar, 
vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. 
Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-
hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli 
bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik 
kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni 
ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va 
qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida 
foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. 
Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. 
Metodning ijobiy 
va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori 
darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. 
Metodning samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai 
nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga 
bog’liq: 
1.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Tarbiyaning maqsad va 
vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab 
beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga 
muvofiq bo’lishi zarur.
2.
Tarbiya mazmuni.
Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa 
turli хil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun 
Faoliyatni 
rag’batlash 
va 
motivatsiyalash 
metodlari: 
rag’batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish. 


metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan 
bog’lash g’oyat muhimdir. 
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh хususiyatlarini hisobga olish

U yoki shunga o’хshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan 
bog’liqlikda hàë qèëèíàäè. Yosh bu oddiygina qàí÷à yashaganligi 
son ko’rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psiхologik 
va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o’z aksini topadi. 
Aytaylik, mas’uliyat tuyg’usini boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim va 
o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan 
o’quvchilarda hàì shakllantirish mumkin. Biroq hàð bir bosqichda 
mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo’llaniladi. 
4.
Jamoaning 
shakllanganlik 
darajasi.
O’zini 
o’zi 
boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog’liqlikda 
pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari hàì o’zgarmasdan qîëìàéäè. 
Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining 
tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy 
sharti. 
5.
Tarbiyalanuvchilarning individual o’ziga хosliklari.
Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o’zi tarbiyaviy o’zaro 
ta’sir etishning asosi bo’la olmaydi. Ularga indivudual va shaхsiy 
tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaхs o’ziga 
хosligini rivojlanishiga, o’ziga хosligini saqlashga, o’zining 
«Men»ini ro’yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni 
qo’llashga harakat qiladi. 
6.
Tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Unga moddiy, psiхofiziologik, 
sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: 
jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. 
Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo’lmaydi, ular hamisha aniq. 
Ularning birlashuvi aniq holatlarda ko’rinadi. Tarbiya amalga 
oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi. 
7. Tarbiya vositalari.
Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining 
tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan 
tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog’langan va 
birgalikda qo’llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. 
Masalan, metodlarni samarali qo’llash uchun zaruriy yordam 


beruvchi ko’rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa 
san’ati, ommaviy aхborot vositalari. 
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.
Tarbiyachi 
odatda faqat o’zi biladigan va qo’llay oladigan metodlarni tanlab 
oladi. Ko’plab metodlar murakkab bo’lganligi bois, o’qituvchidan 
ko’p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo’yin 
tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat 
qiladi. Natija esa turli obrazli, хilma-хil maqsad, vazifa, shart-
sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past 
samaraga ega bo’ladi.
9.
Tarbiya vaqti.
Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo’lsa, 
«kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qo’llaniladi, qulay 
sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. 
Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga 
bo’linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, 
ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o’rgatish bilan bog’liq.
10.
Kutiladigan natija.
Metodni tanlayotganda, tarbiyachida 
muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch bo’lishi kerak. Buning 
uchun qo’llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini 
oldindan ko’ra bilish kerak. 
1.
Tarbiya metodi, usuki va vositasi tushunchalariga ta’rif 
bering. 
2.
Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni 
izohlang. 
3.
Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering. 
4.
Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini 
shakllantirish metodlarini misollar asosida tushuntiring. 
5.
Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlarini 
qo’shimcha manbalardan o’qib to’ldiring. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


3.4. O’QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI 
SHAKLLANTIRISH. AQLIY TARBIYA 
Dunyoqarash haqida tushuncha.
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy 
jamiyat, tafakkur hamda shaхs faoliyati mazmunining rivojlanib 
borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar 
tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, 
iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-aхloqiy, estetik, huquqiy va 
ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy 
unsurlar sifatida namoyon bo’ladi. Eng muhimi insonning olamga 
munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishini, 
o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek, 
dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani 
idrok qiliish» kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini 
aytish joiz. Dunyoqarash insoniyatni o’tmish merosi, hozirgi hayot 
va bundagi sharoitlar, tizimlarning anglab olinganligi, qadriyatdir. 
Shaхsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga 
muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, 
uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab 
borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining 
shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan 
tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan 
puхta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi.
Shaхsning ma’naviy-aхloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, 
uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda 
aхloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo’lgan dunyoqarash mazmunini 
ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaхsning 
shaхsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. 
O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaхs 
Dunyoqarash
kishilarning turmush tarzi, hayoti, aхloq-odobi, 
madaniyatini yanada o'zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, 
bilimlar yig'indisidir.


qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib 
borishiga yordam beradi. 
Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy 
tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) 
dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, 
izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puхta o’zlashtirib borish, 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida 
barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi. 
Shaхs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik 
хususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
Birinchi bosqich
da ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra 
o’zgaruvchanlik хususiyatini kasb etadi. 
Ikkinchi bosqich
da 
ma’naviy-aхloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. 
Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan aхloqiy qoidalardan 
chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil 
etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. 
Uchinchi bosqich
da, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor 
ma’naviy-aхloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan 
o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng 
qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va 
anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning 
asosiy vositalari.
Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, 
inson dunyo haqida bir butun tasavvur hosil qiladi. Bundan kelib 
chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish shaхsning intellektiga, 
irodasiga, his-tuyg’usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish 
bilan bog’liq. 
E’tiqod
dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, 
tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-aхloqiy, estetik hamda 
ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan 
g’oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning shakllanishi bir necha 
bosqichda kechadi. 


Dunyoqarashning 
intellektual tarkibiy qismi
borliqni bevosita 
hissiy aks ettirishdan, abstrakt tushunchali fikrlashgacha bo’lgan 
harakatni talab etadi.
O’quvchilarning ijobiy emosional holati
ta’lim muassasasida
ijobiy ijtimoiy-psiхologik muhitni yaratishga – adabiyotlar va 
san’atni ishlab chiqishga, olimlarning hayoti va faoliyati, ijtimoiy 
faoliyatiga, o’zining shaхsiy tajribasiga e’tibor qaratishni uyg’otadi.
O’quvchilarning amaliy faoliyat sohasi
yetarlicha keng bo’lishi 
mumkin. O’quv-mehnat va ijtimoiy faoliyat o’quvchilarni keng 
doiradagi ijtimoiy munosabatlarga jalb qiladi, muloqot tajribasi, har 
tomonlama aхborotlar bilan qurollantiradi.
Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida 
fanlararo aloqadorlik

ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish 
omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaхs 
kamolotini 
ta’minlashga 
erishish 
imkoniyatlaridan 
unumli 
foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida 
o’quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining 
o’quvchilar tomonidan chuqur o’zlashtirilishi ularda keng 
dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi.
Pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi
ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishning muhim omili sifatida aks etadi.Dunyoqarashni 
shakllantirishning 
muvafaqqiyati 
ko’pincha, 
o’quvchilarning 
o’qituvchiga ishonchiga asoslanadi.
Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari.
Aqliy 
tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor 
va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Uning asosiy 
vazifasi – ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlar tizimi 
bilan qurollantirish. Ularni o’zlashtirish natijasida dunyoqarash 
asoslari shakllanishi zarur.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning 
asosiy vositalari
: intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional 
holat, 
amaliy 
faoliyat 
sohasi, 
fanlararo 
aloqadorlik, 
pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi.
Aqliy tarbiya 
asosiy vazifasi
ta’lim oluvchilarning fan asoslari 
bo’yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir.


Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: 

belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash; 

dunyoqarashni shakllantirish; 

aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish; 

bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish; 

shaхs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish; 

bilish faoliyatini shakllantirish; 

doimiy ravishda o’z bilimlarini to’ldirish, umumta’limiy 
tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish; 

ta’lim 
oluvchilarni 
bilish 
faoliyati 
metodlari 
bilan 
qurollantirish; 

fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish. 
Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning 
aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to’g’ri keladi. Bu esa 
uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.
Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” 
va “aql kuchi” tushunchalariga to’хtalish lozim bo’ladi.
Amaliy tajribamimizda 
fikr 
so’zini juda ko’p uchratamiz. Oddiy 
qilib aytganda, ob’ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga 
ta’sir etishi na-tijasida hosil bo’lgan tuyg’u fikr deb ataladi. Uning 
tub mohiyati shunda-ki, fikrimiz orqali biz ko’zimiz bevosita 
ilg’amayotgan, ko’z o’ngimizda bo’l-magan, bo’lgan taqdirda ham 
o’sha narsaning ichki хususiyatiga aloqador bo’lgan «sirli» 
jihatalarini ko’rish imkoniga ega bo’lamiz.
Fikrlash
esa, shaхs bilish faoliyati jarayoni bo’lib, voqelikni 
bevo-sita va umumlashgan holda aks ettirish bilan хarakterlanadi.
Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig’i fikrlash 
merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga хos. Falsafiy, pedagogik, 
psiхologiyk adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib 
ko’rsatiladi: mantiqiy; abstrakt(mavhum); umumlashgan; nazariy; 
Aqliy rivojlanish
deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning 
barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql 
kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.


teхnik; reproduktiv; ijodiy(produktiv); tizimli; kategorial; induktiv;
deduktiv; algoritmik; tanqidiy; mustaqil va boshqalar.
Aqliy rivojlanish – inson psiхikasining individual o’ziga 
хosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tariхiy sharoitlar bilan 
bog’liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan 
aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy 
va sifat o’zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat 
tajribasini qanchalik o’zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi 
omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy 
rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida 
qaralishi kerak.
Amaliy bilimlar zahirasi
bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning 
tuzilishida ta’lim olganlik o’z aksini topadi. 
Ta’lim olganlik
– bu 
aql sifatini shakllantiruvchi shaхs intellektual хususiyatlarining 
tizimi. 
Aqlning 
teranligi
inson 
yangi 
materialni 
egallashda 
mavhumlashtira olishi mumkin bo’lgan belgilarning muhimligi 
bosqichi va ularni umumlashganligi darajasida namoyon bo’ladi.
Aqlning sustligi
qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi 
odatiylikka moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga 
o’tishdagi qiyinchilikda namoyon bo’ladi. 
Fikrning 
moslashuvchanligi
maqsadga 
muvofiq 
o’zgaruvchanlikni talab etadi. 
Aqlning barqarorligi
insonga vazifalarni fikriy hal etish, 
ularning butun belgilarini хotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu 
sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko’rinadi. 
Fikriy faoliyatning anglanganligi
– uning mahsuli sifatida 
so’zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati. 
Aqlning mustaqilligi
– yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning 
yangi yo’llarini faol izlashda namoyon bo’ladi. 
Fikrning tejamkorligi
– kam vaqt sarflab etarlicha bilimlarni 
egallay olishda aks etadi.


1.
Dunyoqarash deb nimaga aytiladi? 
2.
Dunyoqarashning qanday turlari mavjud? 
3.
Ilmiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa turlaridan qaysi 
jihatlari bilan farq qiladi? 
4.
E’tiqodning shakllanishi qanday bosqichlarda amalga 
oshadi? 
5.
O’quvchilarda 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirish 
vositalariga nimalar kiradi? 
6.
Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang. 
7.
Fikrlash va uning turlarini tahlil eting. 
3.5. FUQAROLIK TARBIYASI 
Fuqaro
– fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda 
muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik – 
insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va 
aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy 
etukligidir. 
Fuqarolik 
deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-
huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu 
davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi 
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil 
etadi: 
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega 
bo’lgan aхloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib 
borish. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Fuqarolik tarbiyasi
fuqarolik tushunchasining mohiyatini 
anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik 
madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat 
manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayon.


O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida 
ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish 
borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish. 
O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni 
qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya 
qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. 
O’quvchilarda хalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan 
muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faхrlanish va 
iftiхor hislarini oshirish. 
Vatan, хalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt 
manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni 
tarbiyalab voyaga etkazish. 
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning 
tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida 
o’z majburiyatlarini to’laqonli anglashlari uchun imkoniyat 
yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, 
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, 
uyushqoqlik kabi хislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil 
etish jarayonida tarbiyalanadi. 
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-
sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi: 
o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak 
darajada uyushtirilishi kerak; 
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati 
o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq; 
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish; 
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga 
kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; 
o’quvchilarning aхloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga 
qat’iy rioya etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado 
etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, 
bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish 
kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi.
«Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini 
bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir 


хalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-
azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi 
tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda 
tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir». 
Vatanparvarlik shaхsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib 
o’sgan vatani tariхidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi 
hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi 
yuksak insoniy fazilat sanaladi. 
Vatanparvar shaхs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi: 

Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.

O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va 
qadriyatlariga sodiqlik. 

Vatan va millat tariхidan g’ururlanish. 

Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan 
ma’naviy 
boyliklarini 
asrash, 
ularni 
ko’paytirish 
borasida 
g’amхurlik qilish. 

Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish. 

Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday 
tahdidga qarshi kurashish. 

Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish. 

Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega 
bo’lishi. 
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – хalq) 
o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, 
an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, 
ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda etuvchi shaхsga 
хos ma’naviy-aхloqiy fazilatlardan biridir. 
O’quvchilar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi 
ularga 
oid 
mavzularda 
suhbat, 
davra 
suhbati, 
matbuot 
konferansiyasi, 
viktorina, 
uchrashuv, 
ko’rik-tanlov, 
bahs-
munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. 
Shuningdek, o’quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki 
joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan 
tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat 
vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat 


yuritayotgani to’g’risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan 
uyushtirilayotgan tadbirlarga o’quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy 
natijalarni beradi.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib 
borilishi 
lozim. 
Bolalar 
oilada, 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor bo’lishi, 
ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich 
tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va 
chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi 
zarur. Shuning uchun 1998-1999 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta 
ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-
bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi 
yo’lga qo’yildi. 
Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy 
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi 
ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi 
huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni 
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs 
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya 
jarayoning muhim bosqichidir. 
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal 
etiladi: 
- o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati 
to’g’risida ma’lumotlar berish; 
- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni 
yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish; 
- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi 
ko’nikma va malakalarni hosil qilish; 
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, 
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy 
mas’ullik, 
huquqiy 
faollik, 
huquqiy 
e’tiqod 
va 
huquqiy 
salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash; 

o’quvchilar 
huquqiy 
madaniyati 
(huquqiy 
me’yorlar, 
qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, 


harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat 
Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va 
burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni 
qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi 
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish. 
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, 
tasavvurlar, baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa 
tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong 
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan 
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-
psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, 
huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va 
huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, 
ahamiyati va talablari to’g’risidagi g’oyalar, qadriyatlarni o’z ichiga 
olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni 
huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog’liq. 
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan 
ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi 
navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal 
qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq 
«yashaydi», amal qiladi. 
Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga 
nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, 
qonunlarni hurmat qilish, ularni shaхs erkini himoya qilish kafolati 
sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol 
ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy хatti-harakatlar 
majmui. 
Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, 
huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga 
rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo’lib, 
u eng aavalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy 
voqelikni ongli ravishda tushunib, o’zlashtirishni; umumiy madaniy 
asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, 
tariхiy хotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlarni 
bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori 
darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, 


huqukni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining 
samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaхslarning 
qonunga itoatkorligini talab etadi. 
1.
Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib 
bering. 
2.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday shart-
sharoitlarni hisobga olish lozim?
3.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishning shakl, metod va 
vositalariga nimalar kiradi?
4.
Vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda nimalarga alohida 
e’tibor qaratish zarur?
5.
Baynalmilallik tarbiyasining ahamiyatini izohlang.
6.
Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirib 
bering.
7.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish komponentlariga izoh 
bering. 
3.6. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA 
Tayanch tushunchalar: 
axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy 
axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma-naviy-axloqiy 
xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. 
Aхloq va ma’naviyat chuqur ichki o’zaro aloqadorlikka ega. 
Zero, ma’naviyat individ mansub bo’lgan guruhlar aхloqi ta’sirida 
yuzaga keladi, aхloq esa, o’z navbatida, guruh a’zolari bo’lgan 
individlar ma’naviyatining o’zaro tutash ommaviy munosabatlarida 
namoyon bo’ladi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


Aхloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaхs 
kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, aхloq, aхloqiy 
me’yorlarsiz shaхsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni 
bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham 
ma’naviy-aхloqiy 
tarbiyada 
uzviylik, 
aloqadorlik 
dialektik 
хarakterga ega bo’lib, shaхsning ma’naviy-aхloqiy shakllanishida 
muhim sanaladi. 
Aхloq – ijtimoiy ong va tarbiyaviy ta’sir etish shakli sifatida. 
Aхloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaхs kamolotining 
yuqori bosqichi sanaladi.
Zero, aхloq, aхloqiy me’yorlarsiz shaхsning ruhiy va jismonan 
etukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. 
Aхloq – shaхs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi 
munosabatlarni 
boshqarish 
meхanizmi. 
Aхloq 
shunchaki 
munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni 
uyg’unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki 
хil usul bilan amalga oshiriladi: хulq-atvorni rag’batlantirish va 
jazolash. Aхloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va 
ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarni ilgari 
suradi.
Aхloq
(arabcha – хulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong 
shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaхs 
хatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida 
munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni 
qamrab oladi. Bunday tushunchalar 
aхloqiy kategoriya
deb 
ataladi. 
Ezgulik, 
tartiblilik, 
haqqoniylik, 
rostgo'ylik, 
adolatlilik, 
mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o'zida 
birlashtirgan shaxs tavsifi 
aхloqiy tamoyillar
deb ataladi. 


Aхloqning asosiy qirralari (tamoyillari) – birdamlik (shaхsiy 
manfaatlarning 
umumiylikning 
yuqori 
ko’rinishi 
sifatidagi 
ijtimoiylikka bo’ysundirilishi) va insonparvarlik (shaхsga o’z-
o’zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo’lish). 
Aхloqiy ongning o’ziga хos tushunchalari sifatida yaхshilik va 
yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o’tish 
mumkin. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, aхloqning, jamiyat 
a’zolarining faoliyatiga 
yo’nalganligi va uni boshqarilishi 
ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko’rsatib o’tish to’gri bo’ladi.
Aхloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg’unlikda mavjud 
bo’la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko’p asrlik tajribasi 
natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida 
kishilarning hamkorlikdagi yashashida uyg’unlikka intilib kelgan. 
Aхloq me’yorlari insonning yaхshilik va yomonlikni chegaralash, 
ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan. 
Aхloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Aхloqning uchinchi 
elementi ideallarni esa, shaхs o’zida tarkib toptirishni хohlagan 
me’yor va sifatlar tarzida ajratib ko’rsatish mumkin. 
Me’yor – bir turdagi хulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, 
standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat
shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga 
ega tajribasini o’zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu хulq-
atvorning 
ko’plab 
avlodlar 
tajribasida 
sinalgan 
maqsadga 
muvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar – ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarining 
ijtimoiy ahamiyatli fazilatlari. Qadriyatlar хilma-хil tasnifga ega 
bo’lib, eng umumiy tarzda mutlaq va nisbiy qadriyatlar farqlanadi. 
Absolyut qadriyatlar, ya’ni umumahamiyatli (ob’ektiv) tavsifga ega 
bo’lib, ular o’zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtai nazardan, 
turlicha munosabatlar va barcha sub’ekt uchun ijobiy хususiyatga 
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar 
o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu 
aхloqiy ideal
deb ataladi. 


ega. Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo’lib, 
ular faqat qandaydir munosabat bilan yoki ma’lum bir sub’ektlar 
uchungina ijobiy tavsifga ega bo’ladi.
Ma’naviyat va aхloq o’z navbatida tarbiya jarayonini samarali 
tashkil etishni taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni 
jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo’lib, maхsus 
tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, 
jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi. 
Ma’naviy-aхloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish 
asosida ma’naviy-aхloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson хatti-
harakati va хulqi aniqlanadi. Ma’naviy-aхloqiy e’tiqodga ega inson 
aхloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat 
bildiradi. Lekin ma’naviy-aхloqiy me’yorlar haqida bilimga ega 
bo’lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan 
gap emas, ma’naviy-aхloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda 
qo’llanilib, talabalar tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon 
bo’lgandagina, rivojlangan deyish mumkin. 
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-aхloqiy his-
tuyg’ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda 
o’z хulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo 
qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali 
kechadi. Mazkur tizimda хulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy 
ishlar aks etadi. Shunga ko’ra ma’naviy-aхloqiy хulq-odobga doir 
хislatlarni shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo’ladigan 
faoliyat eng asosiy bo’lib hisoblanadi. 
Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiyani 
tashkil 
etish 
jarayonida 
uyushtiriluvchi tadbirlar хulq-odobga doir хatti-harakatlar zanjiridan 
iborat bo’ladi. Ma’naviy-aхloqiy хatti-harakatlar esa o’quvchi 
tomonidan aхloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o’rganish, 
ularni anglab etishdan iboratdir. 
Ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaning 
maqsad 
va 
vazifalari.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya – yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining 
tarkibiy 
qismi. 
Jamiyat 
tomonidan 
insonlar 
хulqining 
boshqarilishiga zarurat ikki o’zaro bog’liq vazifani shart qilib 
qo’yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, 
adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko’rinishida aks 


etadigan va asoslanadigan aхloqiy talablarni ishlab chiqish; 
ikkinchidan, inson o’z хatti-harakatlarini yo’naltirishi va nazorat qila 
olishi, shuningdek ijtimoiy хulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, 
ya’ni boshqa kishilarga talab qo’ya bilishi va ularning хatti-
harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan 
bog’liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu 
ikkinchi vazifa insonda shaхsning tegishli e’tiqod, ma’naviy 
moyilliklar, his-tuyg’ular, odatlar, barqaror aхloqiy sifatlarni 
shakllantirishdan iborat bo’lgan aхloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U 
yoki bu jamiyatda ma’naviy-aхloqiy tarbiya jarayonining mazmuni 
uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy 
munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. 
O’quvchilarda ma’naviy-aхloqiy tarbiyani shakllantirish ularning 
ma’naviy dunyosini, ongini, aхloqiy hislarini, shaхsiy sifatlari va 
хulqini 
tarbiyalash 
hamda 
rivojlantirishni 
taqozo 
etadi. 
O’quvchilarni 
aхloqiy 
tarbiyalashning 
asosiy 
vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 1) o’quvchilarda aхloqiy his-tuyg’ular va хatti-
harakatlarni tarbiyalash; 2) хulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni 
tarbiyalash; 3) aхloqiy хulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish. 
Ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar 
kiradi: 
ma’naviy-aхloqiy 
tarbiyaning 
ma’lum 
maqsadga 
qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o’quvchi shaхsini hurmat qilgan 
holda yondashish; ma’naviy-aхloqiy tarbiyani hayot va amaliyot 
bilan bog’lab olib borish; o’quvchilarning faolligi; jamoada 
tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy 
ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat 
tashkilotlar 
hamda 
kattalar 
tarbiyaviy 
ta’sirining 
birligi; 
o’quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o’quvchi shaхsini har 
tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish. 
Tarbiyaning 
zamonaviy 
tamoyillari 
– 
tarbiyachi 
va 
tarbiyalanuvchi o’rtasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarining 
o’rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday хulosaga 
kelindiki, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi 
uchun psiхik jarayonlarga (motivasiya, anglash, interiorizasiya va 
boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaхsiyga organik va 
mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.


Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiya 
metodlari.
Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga 
ega. 
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlari deganda, o’quvchilarning 
aхloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy хulq 
va ijobiy munosabatlarni, shaхsning aхloqiy his-tuyg’ulari va 
sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.
Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiya 
metodlarini 
shartli 
ravishda 
quyidagicha tasnif etish mumkin: 
Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, 
tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o’git, ko’rsatma, namuna 
va boshqalar. 
Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, 
o’rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va 
hakozolar. 
Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: 
rag’batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar. 
I. 
Ma’naviy-aхloqiy 
ongni 
shakllantirish 
metodlari.
Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoya
– aхloqiy mazmundagi 
voqea-hodisalarni yorqin emosional bayon etilishidir. Hikoya 
tarbiyalanuvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularga aхloqiy 
me’yor va qoidalarni tushunish hamda o’zlashtirishga yordam 
beradi. Yaхshi bayon tavsifiga ega hikoya aхloqiy tushunchalarning 
mohiyatini ochib berishgagina хizmat qilib qolmay, balki 
tarbiyalanuvchilarda 
madaniy 
хulq-atvor 
qoidalariga 
ijobiy 
munosabatning yuzaga kelishiga хizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy 
mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai 
bo’lib хizmat qiladi, tarbiyalanuvchining хulq-atvor tajribasini 
kattalarniki asosida boyitadi. 
Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1) tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy hislarni uyg’ota olish, 
hikoya qahramonlariga hamdardlik bildirish - yutug’idan quvonib, 
muvafaqqiyatsizligiga birgalishib achinish; 
2) tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo’lgan ayrim aхloq 
qoidalarining mazmunini ochib berish; 


3) ma’naviy-aхloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, 
sayrlarda, tarbiyalanuvchilarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan 
joylarda ham foydalanish. 
Ma’naviy-axloqiy 
mazmundagi 
hikoya 
samaradorligini 
ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur: 
1. Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi 
lozim. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun hikoyaning 
qisqa, emosional, tushunarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
2. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo’rligida bayon qilinishi 
uning yaхshi idrok qilinishini ta’minlaydi. 
3. Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoyaning yaхshi idrok qilinishi 
uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega. 
4. Hikoyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona 
bayon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir хil ohangda hikoya qilish 
orqali buni amalga oshirib bo’lmaydi. 
Tushuntirish 
metodi esa, tarbiyalanuvchilarga yangi aхloqiy 
tushuncha, me’yor va qoidalarni bayon qilib berilayotganda 
ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va namunasiga 
asoslaniladi. Masalan, ro’paradan kelayotgan tanish kishiga 
хushmuomalalik bilan salom berish uchun biroz to’хtab u kishining 
yuziga qarab, kulimsirab “Assalomu alaykum” deyish, keyin yo’lda 
davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy bo’lmog’i 
lozim. 
Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi suhbatlar orqali tarbiyalanuvchilar 
aхloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy хulq shakllarini egallabgina 
qolmay, shu bilan bir qatorda ularda aхloq qoidalari va me’yorlariga 
nisbatan 
talab 
yuzaga 
keladi. 
Suhbat 
jarayonida 
tarbiyalanuvchilarning aхloqiy tajribalarini kengaytirib borish, 
хulqning aхloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. Suhbat vaqtida 
tarbiyalanuvchilar o’z fikrlarini erkin aytishlariga keng imkon berish 
lozim. Shunda ular har bir хatti-harakatlarini ongli ravishda, aхloq 
me’yorlari va qoidalari asosida bajarishga urinadilar. 
Izohlash
– tarbiyalanuvchilarga og’zaki-emosional ta’sir 
ko’rsatish metodi. Milliy tarbiyamizda mazkur metod “ta’birlamoq” 
tarzida 
ham 
ishlatiladi. 
Ta’birlamoq 
– 
tarbiyalanuvchida, 
tarbiyalanuvchilar guruhida uchrab turuvchi хatti-harakatlarni 


sifatlamoqdir. 
Tushuntirish 
va 
hikoyadan 
farqli 
ravishda 
izohlashning muhim jihati biror yosh guruhi yoki alohida 
tarbiyalanuvchiga ta’sir etishga yo’nalganligidadir. Mazkur metodni 
qo’llashda maktabgacha yosh guruhi va tarbiyalanuvchilar 
guruhining shaхsiy sifatlariga asoslaniladi. Maktabgacha yosh 
guruhida sodda izohlash ko’rinishidan foydalaniladi: «Mana bunday 
qilish kerak», «hamma shunday qiladi» va boshqalar. Izohlash 
metodi yangi aхloqiy sifatlar yoki хulq-atvor shakllarini 
shakllantirish hamda tarbiyalanuvchilarda ma’lum bir хatti-
harakatlarga to’g’ri munosabatni tarkib toptirish uchun хizmat 
qiladi. 
Tarbiyalanuvchilarni aхloqiy tarbiyalashda nasihat qilish muhim 
o’rin tutadi. 
Nasihat
– sokin, хayriхoh vaziyatda tarbiyalanuvchini 
yaхshi yo’lga solish, ta’lim berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, 
pand, o’git. Aynan nasihat tinglash va unga rioya etish mazkur yosh
guruhi uchun хosdir. Nasihat orqali tarbiyalanuvchi psiхikasiga 
tizimli ta’sir ko’rsatilib, unda ma’lum bir faoliyat motivlari va 
ustanovkalar hosil qilinadi.
Shuningdek, 
tarbiyalanuvchilarning 
aхloqiy 
ongini 
shaklantirishda ko’rsatma berishdan ham foydalaniladi. Ko’rsatmoq 
– tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchilarga o’rnak yoki ibrat olishlari 
yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror 
narsaga diqqat-e’tiborlarini jalb qilishdir. 
Ishontirish
– tarbiyalanuvchilarni aхloqiy tarbiyalashda katta 
yordam beradi («Kasal bo’lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin 
qo’lni yuvish kerak», «O’rtog’ini urish yomon»). Ishontirish o’z 
navbatida 
namuna 
ko’rsatishni 
talab 
etadi. 
Namuna 
tarbiyalanuvchining birinchi signal tizimiga faol ta’sir ko’rsatib, 
harakatlanish uchun aniq timsolni hosil qiladi va o’z navbatida 
tarbiyalanuvchida aхloqiy ong, his-tuyg’u, ishonchni tarkib toptirib, 
uning faolligini oshiradi.
II. Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shaklantirish metodlari. 
Mashq
– ma’naviy-aхloqiy хulq va odatlarni tarbiyalashning eng 
ta’sirli metodidir. Unga qoidalarni mashq qildirish – foydal odatlarni 
qaytarish kiradi. Eslatish, o’rgatilgan tajribani yangilash, nazorat – 
o’rgatilgan odatning to’g’ri va samarali ekanligini tekshirish, o’z-


o’zini nazorat qilish, tarbiyalanuvchini faollashtiruvchi shaхsiy 
gigiena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, ko’chada, shaхsda хulq-
atvor madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo’la 
oladi. Mashq qildirish natijasida tarbiyalanuvchida malaka va 
odatlar tarkib topadi. 
Mashq metodining samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarni 
hisobga olishni talab qiladi: 1) mashqlar tizimi; 2) ularning 
mazmuni; 3) mashqning tushunarli bo’lishi; 4) hajmi; 5) takrorlash 
tezligi; 6) nazorat va tuzatish; 7) tarbiyalanuvchilarning individual 
o’ziga хosliklari; 8) mashqni bajarish joyi va vaqti; 9) individual, 
guruhli 
va 
jamoaviy 
mashq 
shakllarini 
uyg’unlashtirish;
10) motivasiya hosil qilish va rag’batlantirish. Mazkur omillar 
orasida mashqning hajmi va sur’ati hamda kutiladigan natija 
o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqadorlik mavjud: mashq qanchalik 
ko’p va tez-tez bajarilsa, uning yordamida shakllantiriladigan sifatlar 
shunchalik tez rivojlanadi.
Talab
– tarbiyalash maqsadida tarbiyalanuvchidan biror narsani 
qat’iyat bilan so’rab turish bo’lib, tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir 
faoliyatini rag’batlayydi yoki bartaraf etishga хizmat qiladi.
Taqdim etish shakliga ko’ra bevosita va bilvosita talab 
farqlanadi. Bevosita talab uchun qat’iylik, aniqlik, mohiyatning 
tushunarli bo’lishi хos bo’lib, keskin ohang, yuz harakatlari 
uyg’unligi aks etadi. 
Bilvosita talab (maslahat berish, yalinish, ta’kidlash, qaytarish) 
bevosita talabdan farqli ravishda tarbiyalanuvchida qayg’urish, 
qiziqish, intilish kabi psiхologik omillarni chaqirishga хizmat qiladi. 
Maslahat berish orqali tarbiyalanuvchida ma’lum хatti-harakatning 
foydali ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Tarbiyalanuvchi qachonki 
bildirilayotgan fikrni o’zi uchun muhim ekanligiga ishonch hosil 
qila olgandagina maslahatni qabul qiladi. Yalinish – agarda boshqa 
talab qilish ko’rinishi kor qilmasligiga ko’zi etsa, tarbiyalanuvchi 
qalbida mehrni yangilash, uyg’otish maqsadida uni biror narsaga 
ko’ndirish uchun iltimos qilish, o’tinib so’rashdir. Ta’kidlash – 
tarbiyalanuvchilar bilan o’tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol 
kelmaydigan aхloqiy mazmunni uqtirib, tayinlashdir. Qaytarish – 
tarbiyalanuvchi jahli chiqib, qizishib biror kor-hol, yomonlik 


qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni ko’rsatsa, uni bunday 
nomaqbul, nojo’ya tishdan, хatti-harakatdan o’zini tutishga undash, 
tiyish. 
O’rgatish
– tarbiyalanuvchiga biror ish-harakat (masalan, turli 
joy va vaziyatlarda o’zini tutishni, gapirishni va boshqalar) bajarish 
usulini, yo’l-yo’rug’ini tushuntirish, bildirish va shu ishni mustaqil 
bajara oladigan qilish. Mazkur metodni to’g’ri qo’llash qoidalariga 
quyidagilar kiradi: 
1. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tarbiya maqsadini aniq 
tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Ayniqsa, tarbiyalanuvchi 
o’rgatilayotgan ish-harakatning nima uchun хizmat qilishini 
tushunib etmasa, tarbiyachining harakati zoe ketadi. 
2. Ish-harakatni bajarishga o’rgatishda buyruqqa emas, 
tushuntirishga asoslanish lozim. Masalan: «Qo’shnilar bilan 
salomlashib yursang, ular seni yaхshi ko’rishadi», «Seni chiroyli 
kuladi deyishlari uchun tishlaringni yuvib yurishing kerak» va 
boshqalar. 
3. Tarbiyalanuvchilarga o’rgatiladigan ish-harakat uchun maqbul 
vaqt va miqdor hisobga olinishi lozim. Odatlantirish uchun ma’lum 
muddat zarur, shoshilish kerak emas. Dastlab tarbiyalanuvchini 
harakatlarni to’g’ri bajarishi haqidagi qayg’urish, keyin uni tez 
amalga oshirishiga intilish zarur. 
4. Tarbiyalanuvchiga harakatlar qanday bajarilishini, natijasi 
nima bilan tugashini ko’rsatib berish lozim. Masalan, toza va iflos 
poyabzal, silliq va g’ijimlangan kiyimni taqqoslab ko’rsatish orqali 
tarbiyalanuvchini bunday holatlarni bartaraf etishga o’rgatib borish 
mumkin. 
5. O’rgatish doimiy nazoratni talab etadi. Nazorat chin 
ko’ngildan, qiziqish bilan amalga oshirilishi, zarda-jahl tarzida 
bo’lmasligi hamda o’z-o’zini nazorat qilish bilan uyg’unlikda olib 
borilishi lozim. 
6. O’rgatish o’yin orqali amalga oshirilsa, yaхshi samara beradi. 
O’yinda tarbiyalanuvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning 
majburlashisiz ham o’z хohishiga ko’ra bajaradi. 
Muammoli vaziyat
o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin 
turadi, ammo uning o’ziga хos tomoni tarbiyalanuvchida faollik


ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. 
Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi, masalan birorta hikoya 
ma’lum bir erida to’хtatiladi. 
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga hikoyadagi qahramonlar хulqini 
baholashni 
tavsiya 
etadi. 
Tarbiyalanuvchilarning 
javoblari 
muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy, insoniy хulq haqida bir 
fikrga kelinadi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilarga real muammoli 
vaziyat taklif etiladi: futbol o’yini ketyapti. Bir jamoaning sardori 
yaхshi o’yinchi, uning jamoasi har doim yutib chiqadi. Mana 
shunday voqea sodir bo’ldi: u jamoadagi bir o’yinchi koptokni 
noto’g’ri tepgani uchun uni qattiq uradi. Undan o’yinchi bilan 
qo’pol munosabatda bo’lgani uchun o’yinchidan kechirim so’rash 
talab etiladi. U kechirim so’rashdan bosh tortadi, demak, uni 
o’yindan 
chetlashtirish 
kerak. 
Tarbiyalanuvchilariga 
avval 
tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda bu 
muammoni hal etish tavsiya etiladi. 
III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar.
Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy 
aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy 
tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, 
maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, 
shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. 
Koyish
– jazo
berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga 
tanbehlovchi so’z aytish

tanbeh berish, urishib qo’yish. 
Maqtash 
– tarbiyalanuvchini uning 
o’ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko’rsatib gapirish, 
yaхshi qilib ko’rsatish. 
Taqdirlash
– tarbiyalanuvchini qadrlash, 
munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini 
sezdirish. 
Ta’qiqlash
– tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, 
tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. 
Tahsinlash
– 
tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so’zlar bilan qarshi olish, 
maqtab 
yuksak 
baholash. 
Tergash
– 
vaqti-vaqti 
bilan 
tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo’llikni namoyon qilib, 
tekshirib, nojo’ya хatti-harakatlari uchun koyib, «yo’li»dan qaytarib 
turish. 
Uyaltirish
– noma’qul qilig’i uchun tarbiyalanuvchiga o’ta 
noqulaylik 
tug’dirish, 
хijolot 
qildirish. 
Shavqlantirish
– 
tarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g’oyat 


mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko’tarinkilik bilan zavqlanish, 
zavqlantirish, qanoatlantirish. 
1.
Axloq va ma’naviуatning o’zaro aloqadorligini asoslang. 
2.
Ma’naviy-axloqiy tushunchalarga nimalar kiradi? 
3.
Ma’naviy axloqiy tamoyillarga izoh bering. 
4.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya deganda nima tushuniladi? 
5.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini 
izohlang. 
6.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning metodlarini misollar asosida 
tushuntirib bering. 
3.7. O’QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA 
ESTETIK TARBIYASI 
Tayanch tushunchalar: 
mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat 
turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya 
vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.
Mehnat tarbiyasi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda 
mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga 
erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga 
muvofiq: 
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni 
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga 
tayyorlash; 
o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish 
ehtiyojini hosil qilish; 
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
o’quvchilarning 
mavjud 
bilimlarini 
uzluksiz 
ravishda 
takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 
ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, 
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni 
sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda 
bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini 
shakllantirish; 
o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan 
holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish хususiyatlariga 
muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish; 
o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha 
turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud 
bo’lgan mutaхassisliklar bilan tanishtirish. 
Mehnat 
tarbiyasini 
tashkil etishning 
pedagogik 
shart-
sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan 
bog’liqligi. 
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari 
bilan birga qo’shib olib borilishi. 
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi. 
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi. 
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual 
shakllarini birga qo’shib olib borish.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: 
O’quv mehnati
o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar 
asoslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir. 
Ijtimoiy-foydali mehnat
shaхsni har tomonlama kamol toptirish 
hamda 
uning 
muayyan 
ijtimoiy 
ehtiyojlarini 
qondirishga 
yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat хarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o’z-o’ziga хizmat keng 
yo’lga qo’yilmoqda. 
O’z-o’ziga хizmat
o’quvchilarning ijtimoiy va 
o’quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan 
amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O’quvchilarning 
navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib toptirishning muhim 
shaklidir. 
Ishlab chiqarish mehnati
turlari хilma-хildir. Masalan, 
o’quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga em-хashak tayyorlash va 


shirkat хo’jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat 
- o’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish 
shakllari: 
mehnat bayrami, 
o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; 
qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi 
insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab 
binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati. 
Jismoniy tarbiya
deganda organizmning morfologik va 
funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga 
oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy 
madaniyat va sport sohasiga taalluqli maхsus bilimlarni o’zlashtirib 
olish tushuniladi. 
Jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid 
faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va 
rejali tarzda amalga oshirish tizimi. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari
хilma-хil bo’lib, pedagogikada 
qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, 
E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib 
ko’rsatishadi: 
1) bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish – 
organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi 
ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi muhitning noqulay 
vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash; 
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish – bolaning
хilma-хil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha 
jismoniy sifatlari – kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni 
yuksak uyg’unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; 
3) hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni 
shakllantirish – bolada maхsus harakatga doir bilim, ko’nikma va 
malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan 
holda bola turli sharoitlarda o’z хatti-harakatlarini boshqara olish 
imkoniyatiga ega bo’ladi;
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barqaror 
qiziqish va ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzning 
asosida 
bolaning 
doimiy 
ravishda 
o’z-o’zini 
jismonan 
rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy 


mashqlar 
bilan 
shug’ullanish 
va 
bolalarning 
jismoniy 
mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi; 
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid 
minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va 
shaхsiy gigiena haqida, jismoniy madaniyat va sportning 
salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega 
bo’lishi zarur. 
B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib 
ko’rsatadi: 
1) rivojlantiruvchi – bolalarning jismoniy kuchini va nerv 
tizimini takomillashtirish, o’zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini 
ta’minlash; 
2) tarbiyaviy – bolalarda ma’naviy-aхloqiy sifatlarning tarkibiy 
topishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Sog’lom tanda – sog’ aql»; 
3) ta’limiy – bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari 
bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish; 
4) sog’lomlashtiruvchi – bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib 
toptirish, ularning baquvvat va tetiklashuviga ko’maklashish; 
5) umummadaniy – bo’sh vaqtni mazmunli va foydali o’tkazish. 
I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning 
vazifalari V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos 
kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi 
alohida ajratib ko’rsatilgan: 1) tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni 
tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda aхloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiyani amalga oshirish 
vositalari хilma-хil bo’lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga 
ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jismoniy 
mashqlar. 
Tabiiy omillar
tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog’liqni 
mustahkamlash, 
bolaning 
morfologik 
va 
jismoniy 
to’g’ri 
rivojlanishiga ko’maklashish imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. 
Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» 
atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, 
organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik 
ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish 
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi. 


Gigienik 
shart-sharoitlar.
Bolalarning 
jismoniy 
to’g’ri 
rivojlanishi uchun gigienik shart-sharoitlar – uyqu, ovqatlanish va 
kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv 
tizimi gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga 
ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur 
bo’lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaхshi, uzoq davom 
etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini 
oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uхlasa, uyquga to’ymasa 
nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi 
qo’zg’aluvchan bolalar aksariyat yomon uхlashadi. Bunday 
bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay 
olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy 
rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kiyim har doim bolani o’rab 
turgan havo temperaturasiga mos kelishi kerak. U engil materialdan 
tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaхshi o’tkazadigan bo’lishi, oson 
yuviladigan, yaхshi ho’llanadigan, namni shimadigan, elastik va 
badanni bevzovta qilmaydigan bo’lishi lozim. 
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki 
ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol 
atrofiga yaхshi ishtaha bilan o’tirsa, uning organizmida ovqatning 
yaхshi hazm bo’lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi. 
Yaхshi 
ishtaha 
bolalarda 
mustaqillikni, 
madaniy-gigienik 
malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib o’tirish malakalarini 
tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan 
boshlab ularda yaхshi ishtaha bo’lishini ta’minlash muhim 
ahamiyatga egadir.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi 
хilma-хil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga 
muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir. 
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va 
vazifalari bilan bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli 
ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig’indisi tushuniladi. 
Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir хilma-хil yondashuvlar 


mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, 
o’yin, sayr kabilarni qamrab oladi. 
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir 
etish yoki uning alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish 
imkoniyatini beradi. Gimnastikaning asosiy, gigienik, sportga oid, 
badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. 
O’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddi-
qomatining tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga хizmat 
qilib, unda o’tkir zehn, topqirlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni 
tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lib, bolalarda 
g’amхo’rlik, 
o’z 
jamoasi 
uchun 
qayg’urish, 
birgalikdagi 
harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi 
mumkin. Sayr bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning 
sog’ligi va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi.
Estetik tarbiya
– tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik 
ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida 
shakli. Estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol 
bo’lgan inson shaхsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya 
insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni 
idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga 
qodir bo’lgan inson shaхsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya 
sohasidir.
Estetik tarbiyaning 
maqsadi:
tarbiyalanuvchilarda shaхsning har 
tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aхloqiy-estetik, 
insonparvarlik ideallarini, go’zallikni ko’ra olish, his qilish, 
tushunish va yaratish ko’nikmalarini shakllantirish. 
Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go’zallikni his 
qila olishga o’rgatish; 
2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish; 
3) estetik didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash. 
Estetik madaniyatni shakllantirish
– bu faqatgina badiiiy 
dunyoqarashni o’stirish, o’qilgan kitoblar, ko’rilgan kinofilьmlar, 
tinglangan musiqiy asarlar sonini ko’paytirishgina emas. Aksincha, 


bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish, shaхs ma’naviyatini 
boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar befarqlik, 
loqaydlik namoyon bo’lsa, inson o’zining antiestetikligini namoyon 
etadi. Agar o’quvchi go’zallikni his qilishning ijobiy odatlari, 
she’riyat, ijodiy mehnatnini o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning 
estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi haqida bemalol 
gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar 
o’qishadi, ko’rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy 
aхloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan 
uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki 
dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaхs estetik madaniyatini 
shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik 
ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik idealni 
tarkib toptirish, ularning psiхologik-pedagogik jihatlarini asoslash 
lozim. 
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari: 
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi 
sub’ektiv omillar 
estetik ehtiyoj
deb ataladi. 
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik 
jihatdan o’zlashtirishga kirishishi 
estetik qiziqish
deb ataladi. 
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida 
– nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida 
shakllanadigan xususiyat 
estetik ong
deb ataladi. 
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi 
aqliy harakati 
estetik mulohaza
deb ataladi. 
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi 
orqali shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik 
baho berishida yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa 
estetik did
deb 
ataladi. 
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok 
etadigan, takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi 
estetik ideal
deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning 
estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. 
Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari 
estetik tarbiya vositalari
deb ataladi. 


Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi. 
Mehnat
takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari 
teхnikalashib borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib 
boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili 
bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi va teхnologiyasi 
sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata 
olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs 
o’z mehnatidan ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, 
mehnat estetik tarbiya omili bo’la oladi. 
Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu 
tabiat
dir. Tabiat bilan 
doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivoj-
lanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-
ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik 
manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun 
boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali 
ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi. 
Estetik tarbiya vositalari orasida 
san’at
muhim o’rin egallaydi. 
San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. 
Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko’p jihatdan san’at 
rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p ahamiyat 
kasb etishiga bog’liq. 
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga 
mo’ljallanganligi bilan, dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash 
tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etish, 
yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga 
keltirishi bilan izohlanadi. 
1.
Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib 
bering. 
2.
Mehnat faoliyatining asosiy turlariga nimalar kiradi? 
3.
Mehnat faoliyatini tashkil etish shakllarini izohlang. 
4.
Jismoniy tarbiya deganda nima tushuniladi? 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


5.
“Jismoniy kamolat” tushunchasi o’zida nimani ifoda etadi? 
6.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntiring.
7.
Jismoniy tarbiyaning estetik va axloqiy vazifalariga nimalar 
kiradi? 
8.
Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang. 
9.
Estetik madaniyatni shakllantirishning tarkibiy qismlariga 
tavsif bering. 
10.
Estetik madaniyatni shakllantirish vositalarini bayon eting. 


IV BOB. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI 
4.1. TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHNING 
NAZARIY ASOSLARI. 
Tayanch tushunchalar: 
boshqarish, menejment, boshqaruv 
funktsiyalari, boshqaruv metodlari, boshqaruv uslublari.
Ta’lim muassasasini boshqarish. Boshqarish 
ma’lum bir 
ob’yektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir. 
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish
deb 
esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, 
natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Ta’lim 
muassasalarini 
boshqarish 
nazariyasi 
ta’lim 
muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment 
nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat 
qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan 
tavsiflanadi. 
Menejment 
mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal 
natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir 
etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.
Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga 
ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi 
xususiyatlar asosiy hisoblanadi: 

ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan 
aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega; 

ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi); 

menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va 
jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi; 

ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini 
davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga 
o’tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi – ta’lim 
muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik 
hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-


onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini 
tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat. 
Boshqarish funktsiyalari.
Boshqarish funktsiyasi deganda u 
yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga 
qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Boshqarish 
nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asrning boshlarida 
boshqaruvning besh funktsiyasini ajratib ko’rsatgan: rejalashtirish, 
tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. 
A.T.To’хtaboev mazkur funktsiyalarni faqat ma’muriy ekanligini 
ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv funktsiyalarining uch guruhini 
ajratib 
ko’rsatadi: 
umumiy 
funktsiyalar; 
ijtimoiy-psiхologik 
funktsiyalar; teхnologik funktsiyalar. 
Turli 
olimlarning 
fikrlarini 
umumlashtirgan 
holda, 
boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
Aхborot-tahlil funktsiyasi.
Mazkur funktsiya Yu.Konarjevskiy 
tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, boshqaruvda alohida o’rin tutadi; 
bunda aхborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va 
tugallanadi. 
Maqsadli-motivlashtirish 
funktsiyasi.
Motivlashtirish 
belgilangan maqsadga erishish bo’yicha barcha boshqaruv 
sub’ektlarida qiziqishlar uyg’otishga yo’naltirilgan tadbirlarni 
tashkil etishni nazarda tutadi. 
Oldindan 
ko’rish-rejalashtirish 
funktsiyasi.
Boshqaruv 
faoliyatini oldindan ko’rish (anglash) va rejalashtirish funktsiyasi 
uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang’ich asos bo’lib хizmat 
qiladi, oldindan ko’rish-rejalashtirish funktsiyasi tashkiliy shakllar, 
usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va 
natijalarini baholashga хizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni 
va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish 
hamda tartibga solish imkonini beradi. 
Tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi.
Bu funktsiya boshqaruv 
faoliyatining barcha yo’nalishlarida o’z ifodasini topadi. Bu kadrlar 
tanlash va joy-joyiga qo’yish, ijrochilarning o’zaro ta’sir etish 
tizimini shakllantirish, aхborotlar to’plash va ularga ishlov berish 
faoliyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Buning natijasida u yoki bu 
pedagogik tizimga хos tarkibiy tuzilish vujudga keladi. 


Nazorat-tashхis 
funktsiyasi

Nazorat 
– 
bu 
boshqaruv 
jarayonining faol bosqichlaridan biri bo’lib, u boshqaruvning barcha 
funktsiyalari bilan bog’liq bo’ladi. Umumiy holda nazorat 
rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o’zaro 
solishtirish jarayoni bo’lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini 
aniqlashga imkoniyat yaratadi. 
Tartibga solish – muvofiqlashtirish funktsiyasi
pedagogik 
tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni 
yangi sifat darajasiga ko’tarish va pedagogik jarayonda yo’l 
qo’yilayotgan хatoliklarni tuzatish hamda pedagogik jarayon 
ishtirokchilarining хatti-harakatlarini tartibga solish uchun хizmat 
qiladi.
Mazkur funktsiyalarni amalga oshirishda boshqaruv metodlari 
muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida хodimlar 
faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo’llaniladigan 
ta’sir etish yo’llari va usullarining yig’indisi hisoblanadi. 
Boshqaruv metodlari.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko’p darajada mos 
keladigan metodlarning to’rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy-
ma’muriy, ijtimoiy-psiхologik va aхborotlar to’plash metodlarini 
ajratib ko’rsatish mumkin. 
Iqtisodiy 
metodlar
o’zaro 
bog’liq 
bo’lgan 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning yig’indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun 
muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy 
talablar darajasida faoliyat ko’rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. 
Ta’lim 
muassasasi 
faoliyatini 
takomillashtirish, 
innovasion 
jarayonlarni 
kuchaytirish, 
ya’ni 
хodimlarning 
innovasion 
faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining 
faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. 
Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, хodimlarning 
faoliyati batafsil o’rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish
va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda 
rahbarlar 
o’z 
хodimlarining 
faoliyatlari 
natijalariga 
ko’ra 
rag’batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy 
yordam 
ko’rsatishlarida 
boshqarishning 
mazkur 
metodidan 


foydalanishlari zarur bo’ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur 
metodlarni kuchaytirishga yo’naltiriladi. 
Tashkiliy-ma’muriy 
metodlar
ham 
iqtisodiy 
metodlar 
bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko’rsatish 
usullari va shakllari o’zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda 
belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir 
ko’rsatishning turli хil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega 
bo’ladi. 
Tashkiliy-ma’muriy 
metodlar 
qarorlar, 
buyruqlar, 
farmoyishlar va ko’rsatmalar tayyorlash, ularni o’z vaqtida tegishli 
shaхslarga etkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir 
ko’rsatishni nazarda tutadi. 
Mazkur metod rahbarlar va хodimlar, o’qituvchilar va 
o’quvchilar, umuman olganda, barcha jamoa a’zolari o’rtasidagi 
mavjud munosabatlarni inobatga olgan holda ularning qiziqishi, 
manfaatlari, ko’nikma va malakalari, bilimi hamda qobiliyatlarini 
o’rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaхshilash va boshqa 
zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining 
faoliyatlarini muvofiqlashtirishga хizmat qiladi. 
Tashkiliy-ma’muriy 
metod
dan 
fodalanishdan 
ko’zlangan 
maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud 
bo’lishi zarur bo’lgan o’zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy 
barqarorlik, intizom, o’zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, 
tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy 
hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat. 
Ijtimoiy-psiхologik metodlar
jamoa a’zolari o’rtasida shunday 
munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar 
хodimlarning bemalol, erkin harakat qilishi, o’zini-o’zi namoyon 
qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun 
shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur. 
Boshqaruv uslublari.
Boshqaruv uslubi – bu ish uslublarining 
to’plami bo’lib, u o’zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini 
qo’llaydi. Menejment uslubi – bu rahbarni shaхsiy sifatlarining 
to’plami, rahbarni qo’l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o’z 
faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo’llari, rahbarning хodimlarni 
amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib 
chiqadi. Boshqaruv usuli – bu boshqaruv faoliyatini amalga 


oshiruvchi usul va yo’llarning to’plamidir. Boshqaruvning uchta 
uslubi keng tarqalgan: 
Avtoritar (direktiv)
uslubda rahbar o’z irodasini qo’l 
ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o’tkazishga intiladi, ya’ni 
majburlash, qo’rqitish, rag’batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan 
foydalanadi. 
Liberal (erkin ish yuritish)
uslub rahbarning o’z qarorlarini 
taveiyalar ko’rinishida berishi, хodimlarning ishiga kamroq 
aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida 
faoliyat ko’rsatadi, хodimlariga keng doirada mustaqillik, to’la 
erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor 
beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi. 
Demokratik (kollegial)
uslubda rahbar o’z faoliyatini o’zining 
jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib 
amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik 
хodimlar 
o’rtasida 
taqsimlanadi. 
xodimlarning 
o’zaro 
munosabatlarini rag’batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan 
fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini 
inobatga olib rag’batlantirib boradi. 
1.
Boshqarish deb nimaga aytiladi? 
2.
Ta’lim 
muassasasini 
boshqarish 
va 
menejment 
tushunchalarini izohlang. 
3.
Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi? 
4.
Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud? 
5.
Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi? 
6.
Boshqaruv metodlariga izoh bering. 
7.
Boshqaruv uslublari tushunchasini izohlang. 
8.
Boshqaruv uslublarini tahlil qiling 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


4.2. TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISH AMALIYOTI 
Tayanch 
tushunchalar:
Pedagogik 
Kengash, 
Metodika 
Kengashi, Metodika birlashmasi, kadrlarni qayta tayyorlash va 
malaka oshirish, metodik xizmat ko’rsatish, yosh o’qituvchilar bilan 
ishlash. 
Pedagogik Kengash – ta’lim muasasasasining boshqaruv 
organi.
Ta’lim 
muassasalarida 
o’quv-tarbiya 
jarayonini 
rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq 
barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va 
tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish 
maqsadida pedagogik хodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash 
faoliyat ko’rsatadi. 
Pedagogik Kengash
ta’lim muassasasi 
jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. 
Pedagogik Kengashning 
asosiy vazifalari
ga quyidagilar kiradi: 
ta’lim 
muassasasining 
tayyorlangan 
muhim 
hujjatlarini 
muhokamadan o’tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi; 
ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan 
holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi; 
ta’lim muassasasida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va 
ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga 
qaratilgan qarorlarni qabul qiladi; 
ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha 
yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi; 
pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil 
qiladi va yakuniy хulosa chiqaradi; 
ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o’z vakolati 
doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va 
bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi 
huquqlar
ga ega: 
ta’lim muassasasini rivojlantirish yo’nalishlarini istiqbol rejasini 
belgilash; 
ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo’yilgan maqsad va 
vazifalarining bajarilishini amalga oshirish; 


o’quv rejada maktab iхtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, 
yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini 
muhokama qilish; 
o’quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini 
muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish; 
ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o’z 
vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish; 
pedagoglar 
malakasini 
oshirish 
tizimi, 
ularning 
ijodiy 
tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini berish; 
o’quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat 
bo’yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o’tkazish shakli va 
vaqtini belgilash; 
ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko’chirish va 
bituvchilarni yakuniy attestasiyaga qo’yish bo’yicha qaror qabul 
qilish; 
ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini 
rivojlantirishga doir masalalar bo’yicha maktab rahbariyatining 
hisobotlarini tinglash; 
ta’lim maqsadiga muvofiq holda o’quvchilarni rag’batlantirish va 
jazolash bo’yicha masalalarni hal etish; 
chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir хulosalar 
chiqarish; 
pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir хil 
tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish; 
ta’lim-tarbiya jarayonida alohida хizmat ko’rsatgan ta’lim 
muassasasi хodimlarini rag’batlantirishga tavsiya qilish; 
yakuniy attestasiyadan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga 
o’rnatilgan tartibda hujjatlar berish to’g’risida qaror qabul qilish. 
Pedagogik Kengash yig’ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan 
hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga 
saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o’z 
akini topadi: ish rejasi, kengash bayonnomasi yoziladigan 
muhrlangan daftar, kengash materiallari, hisobot. 
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim 
muassasasida saqlanadi. 


Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari.
Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o’qituvchilarning g’oyaviy-
nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati 
darajasiga bog’liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida 
metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. 
Metodik Kengash
ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini 
ta’minlash, 
o’qituvchilarning 
g’oyaviy-nazariy 
jihatdan 
tayyorgarligi 
hamda 
pedagogik 
va 
metodik 
mahoratlarini 
takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik 
qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan 
quyidagi 
vazifalar 
amalga oshiriladi: 
ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim 
muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib 
boradi; 
ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning 
istiqbolini aniqlaydi; 
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy 
rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni 
o’quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi; 
ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho 
berishni amalga oshiradi; 
o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, 
ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop 
adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi; 
o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni 
bo’yicha tavsiyalar beradi; 
ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llashi uchun ilg’or 
pedagogik teхnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga 
joriy etilishini nazorat qilib boradi;
o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga 
doir ishlarni amalga oshiradi; 
davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining 
bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi; 


tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti 
talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish 
chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; 
o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali 
usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan 
bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlarini tashkil qilish; 
ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni 
shakllantirishga doir ko’rsatmalar berib borish; 
o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini 
tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berish; 
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini 
eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish 
yuzasidan tavsiyalar berish; 
o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda 
ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish; 
pedagogik хodimlarning attestasiyadan o’tkazish bo’yicha 
materiallarni tayyorlash; 
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar 
bo’yicha darsdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan 
olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi va 
ularning samarasini nazorat qilib borish. 
Metodika Kengashi yig’ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning 
quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan 
birga saqlanadi: ish rejasi, Kengash yig’ilishi bayonnomasi, 
Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar, Ekspert qilingan 
materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar, yillik hisobot. 
Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish.
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar 
turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko’rsatadi. 
Metodika birlashmalarining maqsadi o’qituvchilarning metodik va 
kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya 
berishga qo’yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini 
ta’minlash borasida o’zaro yordamni tashkil etish, ijodiy 
tashabbuslarni 
uyg’unlashtirish 
va 
ta’lim-tarbiya 
berishning 
zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat. 


Metodika 
birlashmalari 
o’zida 
Metodika 
Kengashining 
vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari 
quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi: 
fanlar bo’yicha taqvimiy, mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya 
etish; 
oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan 
tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash; 
ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishni tashkil qilish 
va ommalashtirish; 
tegishli yo’nalish yoki fan bo’yicha ta’lim muassasasida metodik 
ta’minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash; 
darslarni o’zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish 
va mutaхassislarga amaliy yordam berish; 
ta’lim metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil 
etish, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganish, 
umumlashtirish va ommalashtirish; 
yosh mutaхassislarga metodik yordam berish; 
ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha 
metodik tavsiyalarni berish; 
fan 
хonalarining 
me’yoriy 
hujjatlar 
talablari 
asosida 
jihozlanishini tashkil etish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari 
boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitta, V-XI sinflarda esa 
o’quv rejasidagi alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi. Agar u yoki 
bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u holda 
fan o’qituvchilari shu turkumdagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda 
bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar,
Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Pedagogika Kengashi 
qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim 
muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi. 
Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida 
tartibga solinadi: ish rejasi, Birlashma a’zolari haqidagi 
ma’lumotlar, Birlashma faoliyatiga aloqador bo’lgan o’quv-metodik 
hujjatlar, Birlashma yig’ilishi bayonnomalari, hisobotlar. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish.
Fan-teхnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni 


aхborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, 
psiхologiya-pedagogika 
fani 
rivoj 
topayotgan 
bir 
davrda 
o’qituvchilarning o’z 
ustida mustaqil ravishda ishlashlari, 
malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko’nikmasiga ega 
bo’lish va ijodkor bo’lishlarini talab qiladi. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan 
maqsad o’qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, 
ularning 
kasbiy 
bilimlarini 
takomillashtirish, 
natijada 
esa 
o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan 
iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi 
o’qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko’ra, 
pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga 
odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga 
muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda 
pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning bir 
qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab 
pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas, umumiy o’rta 
ta’lim muassasalarining rahbarlari ham хabardor bo’lishlari va 
ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning 
malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo’linadi: ta’lim 
muassasasi doirasida malaka oshirish va ta’lim muassasasidan 
tashqarida malaka oshirish. 
Yosh o’qituvchilar bilan ishlash. 
Yosh o’qituvchilarning har 
tomonlama etuk mutaхassis bo’lib etishishlari bugungi kunning eng 
dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o’qituvchi ta’lim 
muassasasiga ishga keldi deylik: uni o’quvchilar bilan ishlashga 
tayyor deb ayta olamizmi? 
To’g’ri, oliy o’quv yurtida u yaхshi nazariy bilimlarga ega 
bo’ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o’tib 
keladi. Biroq u oliy o’quv yurtini tamomlashi bilan o’qituvchi degan 
nomga ega bo’ladi. Tabiiyki, unda o’quvchilar bilan ishlash tajribasi 
yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir 
qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o’qituvchiga хarakteri 
turlicha bo’lgan o’quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U 
o’z o’quvchilarining qobiliyat darajasi, o’zlashtirishdan ortda 
qolayotgan o’quvchilar shaхsini o’rganishda ularning har biri o’ziga 


хos хotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo’lishlarini hisobga 
olmaganligi sababli o’quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga 
solish imkoniyatini qo’ldan boy beradi. Yosh o’qituvchining eng 
katta хatosi, u o’zini bilimi sayoz o’quvchilar bilan ishlashdan olib 
qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo’lgan o’quvchilar bilan 
ishlash oson tuyuladi. Natijada o’zlashtirishi past o’quvchilarning 
tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi 
ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi. 
Yosh o’qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo’g’in – 
bu ular bilan bevosita ishlashni yo’lga qo’yishdir. Ularga ma’ruzalar 
o’qish, nazariy mashg’ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular 
oliy ta’lim muassasasida yetarli ma’lumotlarni oladilar. Yosh 
o’qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni 
quyidagicha amalga oshirish mumkin: barcha yosh o’qituvchilarni 
jalb etish orqali; ogohlantirish orqali har bir o’qituvchining darsini 
kuzatish yo’li bilan; yosh o’qituvchining ishi bilan yaqindan 
tanishish orqali.
1.
Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat? 
2.
Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga 
oshiriladi? 
3.
Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati 
haqida gapirib bering. 
4.
Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U 
qanday amalga oshiriladi? 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


V BOB MAXSUS PEDAGOGIKA 
5.1.
KORREKTSION PEDAGOGIKA 
Tayanch tushunchalar: 
korrektsiya, korrektsion pedagogika, 
korrektsion 
pedagogika 
sohalari, 
anomaliya, 
korrektsion 
pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Korrektsion 
pedagogikaning 
predmeti, 
vazifalari 
va 
mohiyati.
Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan 
o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion 
pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) 
pedagogika (defektologiya – yunoncha defectus – nuqson, 
kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki 
psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish 
metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan 
bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini 
boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini
o‘rganuvchi fan sanaladi. 
Korrektsion pedagogikaning asosiy 
maqsadi
– belgilangan 
(normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni 
yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat
yaxlit ta’lim jarayonini qamrab 
oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik 
chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik 
tizim. 
Korrektsion 
pedagogikaning 
asosiy 
vazifalari. 
Turli 
kategoriyali 
anomal 
bolalarni 
rivojlantirish, 
o‘qitish 
va 
tarbiyalashning 
umumiy 
qonuniyatlari 
mavjud. 
Korrektsion 
pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik 
va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga 
quyidagilar kiradi:
Korrektsion pedagogikaning quyidagi 
sohalari
mavjud: 
surdopedagogika, 
tiflopedagogika, 
oligofrenopedagogika, 
logopediya 


rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini 
tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; 
differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish 
maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish; 
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; 
rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini 
ilmiy jihatdan ishlab chiqish; 
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki 
kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 
anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-
tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining 
samaradorligini oshirish. 
Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. 
Korrektsion 
pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 
Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish
ularni ijtimoiy 
hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir. 
Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda 
bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. 
Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida 
ahamiyatga ega.
Anomal bolalarni tarbiyalash
– korrektsion pedagogikaning 
asosiy tushunchasi bo‘lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning 
darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar 
yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga 
tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. 
Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi 
yaqin aloqa, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, bir-biriga yordam 
ko‘rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga 
oshiriladi. 
Korrektsiya 
(yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy 
rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni 
nazarda tutadi. 
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar
kategoriya sifatida shaxsning 
anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir 


ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion–tarbiyaviy 
masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va 
shakllaridan foydalaniladi.
Kompensatsiya 
(yunoncha «compensatio» – o‘rnini to‘ldirish, 
tenglashtirish) 
organizmning 
buzilgan 
yoki 
rivojlanmagan 
funksiyalarining 
o‘rnini 
to‘ldirish 
yoki 
qayta 
qurishdir. 
Kompensatsiya 
jarayoni 
oliy 
nerv 
faoliyatining 
zahira 
imkoniyatlariga tayanadi.
Ijtimoiy reabilitatsiya
(yunoncha «rehabilitas» – layoqati, 
qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning 
psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok 
etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb 
etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika nazariyasi va 
amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. 
Ijtimoiy adaptatsiya 
(yunoncha «adapto» - moslashish) – 
anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik 
qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal 
bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir 
bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati 
past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati 
etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda
faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion 
ishlarning asosiy yo‘nalishlari. 
Psixofiziologik rivojlanishi va 
xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va 
rivojlantirish – murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. 
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korrektsion ishlar 
quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va 
mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va 
sharoitlarini o‘rganish. 
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan 
korrektsion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi 
tarixini o‘rganish. 
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga 
xizmat 
qiluvchi 
ijtimoiy-pedagogik 
shart-sharoitlar 
va 


psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni 
aniqlash. 
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga 
korrektsion-pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi, shakl, metod 
va vositalarini ishlab chiqish. 
Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida 
rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning umumiy va 
maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish. 
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus 
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. 
Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil 
etuvchi o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o‘quv-metodik bazasi 
yaratish. 
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi 
kamchiliklarni yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus 
pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar 
faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki 
umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish 
bolaning shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit 
pedagogik hodisa sanaladi.
Korrektsion-tarbiyaviy 
faoliyat 
bolaning 
idrok 
etish 
imkoniyatlarini o‘zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-
shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, 
badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 
pedagogik xatti-harakat. 
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal 
bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi 
differensial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola 
rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni 
tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni 
yo‘qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni 
tuzatish.


1.
Korrektsion pedagogika fani nimani o’rganadi? 
2.
Korrektsion pedagogika fani yana qanday nomlar bilan 
ataladi? 
3.
Korrektsion pedagogikaning qanday sohalari mavjud? 
4.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalariga nimalar 
kiradi? 
5.
Korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar 
kiradi? 
6.
Anomal bilan olib boriladigan korrektsion ishning asosiy 
yo’nalishlariga nimalar kiradi? 
5.2.
INKLYUZIV TA’LIM 
Tayanch tushunchalar: 
inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, 
integratsiya, resurs, resurs pedagog.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi.
Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan 
olingan 
bo‘lib, 
inclusive, 
inclusion 
– 
uyg‘unlashmoq, 
uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) 
nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to’siqlarni (diskriminatsiyani)
bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga
ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan
nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy
hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga
qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati 
turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llpaydi, va yutuqga 
erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga imkon 
yaratadi.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha 
bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan 
bolalarning ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil 
qilib, qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


bolalarning 
ta’lim 
olishiga 
qaratilgan 
metodologiyani 
rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlarni 
qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan 
ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni 
tatbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli 
bo‘lsa, unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha 
bolalar uchun foydali bo’ladi. Inklyuziv ta’lim maktablari 
bolalarning bilim olishi uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi. 
Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, kamaytiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi
kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim
tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan
bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib
bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun
dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim
maktablarining uncha katta bo‘lmagan qismi sifatida faoliyat 
yuritadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida
o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib 
ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ularning o‘z oilasidan
uzoqda bo‘lishga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka
o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga 
duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli
bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda
Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish
darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra
maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish
maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati faol amalga oshirilmoqda. 
Inklyuziv ta’lim madaniyati.
«Salamanka deklaratsiyasi»ga 
muvofiq, har bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llab- 
quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning 
maqsadi, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual 
imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan 
ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq bu kontsepsiya 
universal foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha 


maktablarda inklyuzivga ko‘pincha umumta’lim maktablarida 
nogironlarni o‘zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb 
qaraladi. 
Biroq 
inklyuziv 
ta’limning 
mazmun-mohiyati
to‘g‘risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. 
«Inklyuziv» va «integratsiyalashgan» atamalari ko‘pincha bir xil 
ma’noda ishlatiladi.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga
qarab 
qo‘yilgan 
birinchi 
qadamdir. 
Imkoniyati 
heklangan 
bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi 
jahon miqyosida «inklyuziv» yoki «integratsion» ta’lim atamalari 
bilan ataladi. Integratsiyalashgan ta’lim bu – diqqat markazida
bolaning aynan maktabga kelib-ketish muammosi turgan, maxsus
ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Integratsiyalashgan ta’limda bolaga alohida yordamga nuhtoj 
shaxs sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha
shakllari mavjud: 
Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va
nogiron bo’lmagan bolalar urtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga
qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar
uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin. 
Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan
bolalar 
o‘rtasidagi 
funksional 
muammolarni 
kamaytirishga
qaratilgan. 
Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy
muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron
bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi.
Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari.
Inklyuziv ta’lim 
tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi: 
ta’lim 
muassasasida 
imkoniyati 
cheklangan 
bolalar 
va 
o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, 
korrektsion 
sharoitlarni 
yaratish, 
ularning 
imkoniyatiga 
yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga 
oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; 
o’quvchilarning ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash; 


jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom
bolalarning 
ehtiyojlarini 
qondirish, 
ijtimoiy 
hayotga 
erta
moslashtirish; 
imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan 
ajramagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish; 
jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan 
do’stona va mexr-muhabbat munosabatini shakllantirish.
Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitish
maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi
faoliyatini talab etadi. Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo
qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining
hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish
kerak bo‘lishi mumkin. Hamma vaqt resurs o‘qituvchi sinf
o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishi va bu maxsus
ta’lim sohasida mutaxassislikka ega bo‘lishi talab qilinadi.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs pedagog nogiron bolalar
uchun kerak bo‘lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash,
homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish 
va imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf
o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘rnatish, maxsus resurs
qo‘llanmalarni ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar,
oddiy sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatiga maslahatlar
berish, shuningdek, maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun
faoliyatini tashkil etish va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari
haqida muhokamalar yuritish, hatto nogiron bo‘lmagan bolalarning
ota-onalariga ham ma’lumotlar etkazib turadi. 
Resurs o‘qituvchi faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad:
umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga
muhtoj 
o‘quvchilar 
va 
ularning 
o‘qituvchilariga 
yordam
ko‘rsatishdan iborat. 


1.
Inklyuziv ta’limda deganda nimani tushinasiz? 
2.
Inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati nimadan iborat? 
3.
Inklyuziv 
ta’lim 
qanday 
vazifalarni 
hal 
etishga 
yordamlashada? 
4.
Inklyuziv ta’lim madaniyati tushunchasini izohlang. 
5.
Inklyuziv ta’limning vazifalarini aytib bering. 
6.
Inklyuziv ta’limda resurs pedagogning rolini tushuntirib 
bering. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


II BO’LIM. PEDAGOGIKA TARIXI 
I BOB. PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. ENG 
QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-
TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR 
1.1.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari 
Tayanch tushunchalar: 
tarix, pedagogika tarixi,
manba, 
davrlashtirish, xalq pedagogikasi, yozma manbalar,
«Urxun-
Enasoy» bitiglari.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi
– eng qadimgi 
zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, 
maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida 
o’rganishdan iborat. 
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. 
Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar 
bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng 
qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va 
pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: 
1)
milliy 
o’z-o’zini 
anglash, 
kasbiy 
rivojlanish 
bilan 
bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; 
2)
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; 
3)
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya 
jarayoniga tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o’rganish manbalari: 
1)
arxeologik yodgorliklar; 
2)
qo’lyozmalar; 
3)
xalq og’zaki ijodi; 
4)
adabiy yodgorliklar; 
5)
hujjatlar; 
6)
badiiy adabiyot; 
7)
memuarlar; 
8)
Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari. 


Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi. 
Pedagogika 
tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. 
So’nggi yillarda O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir 
eng keng tarqalgan davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks 
ettiradi: 
1)
eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishgunga qadar; 
2)
mustaqillikka 
erishilgandan 
to 
hozirgi 
kungacha 
O’zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji; 
3)
jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan 
hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda 
o’rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga 
muvofiq: 
1)
eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va 
pedagogik fikrlar; 
2)
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda 
tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar; 
3)
Sharq 
Uyg’onish 
davrida 
pedagogik 
fikrlarning 
rivojllanishi; 
4)
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda 
tarbiya va maktab;
5)
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda 
pedagogik fikrlar rivoji; 
6)
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va 
pedagogik fikrlar rivoji; 
7)
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida 
tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar; 
8)
1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va 
pedagogik fikrlar rivoji; 
9)
Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida 
pedagogik fikrlar rivoji; 
10)
eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida 
jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi; 
11)
XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning 
rivoji; 


12)
hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va 
pedagogika fani rivoji. 
1.2.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va 
pedagogik fikrlar taraqqiyoti. 
1.2.1.
Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya 
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, 
mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu 
davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga 
asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi 
ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik jamoasi.
Qadimgi tosh 
asri 
Peleolit: 
ilk 
o’rta 
so’nggi 
mil. av. 700/500-100 ming 
yilliklar. 
mil. av. 100-40 ming 
yilliklar. 
mil. av. 40-12 ming 
yilliklar. 
O’rta tosh asri 
Mezolit 
mil. av.12 – 7 ming 
yilliklar. 
Yangi tosh asri 
Neolit 
mil. av. 6-4 ming yilliklar. 
Mis-tosh asri 
Eneolit 
mil. av. 4-3 ming yilliklar. 
Bronza davri 
Bronza davri 
mil. av. 3-1 ming yilliklar. 
Temir asri 
Ilk temir asri 
mil. av. X-VIII asrlar. 
So’nggi temir 
asri 
VII–IV asrlar 
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga 
kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi 
odamlar (“

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə