O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

turlaridan
foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat. 
Joriy nazorat
o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir 
o’quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o’rganilgan 
mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari 
darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish 
fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni 
nazarda tutadi. Joriy nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv 
faoliyati bo’yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o’qitish 


jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o’zlashtirmagan 
o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlaydi, o’zlashtirmaslikni bartaraf etish 
bo’yicha choralar belgilaydi. 
Oraliq nazorat
– 
bu o’quvchilar tomonidan mazkur fanning 
muayyan bob yoki bo’limlarining o’zlashtirilganini tekshirish. 
Oraliq nazoratni o’qituvchi dars jadvali asosida darsda o’quv 
materialining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o’tkazadi.
Oraliq nazorat o’tkazishdan oldin o’quvchilar ogohlantiriladi. 
Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi. 
Yakuniy nazorat
– choraklik, yarim yillik, yillik va davlat 
attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo’linadi. YAkuniy nazorat 
og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari 
asosida o’tkaziladi. 
Nazoratning shakli o’quv ishini tashkil etish shakliga bog’liq 
bo’ladi. O’qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning 
asosiy 
besh shakli
mavjud:
nazoratning 
ommaviy 
(frontal) 
shakli
da o’qituvchi 
o’quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo’yicha savol beradi, 
o’quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so’rash ko’pchilik 
o’quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni 
faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o’quvchilarning bilim darajasini 
har tomonlama aniqlash uchun qo’llab bo’lmaydi. 
nazoratning guruhli shakli
da o’quvchilarning ma’lum bir 
qismi nazorat qilinadi. O’qituvchi tomonidan o’quvchilar guruhiga
vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal 
qilishda boshqa o’quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh 
ishlayotgan paytda qolgan o’quvchilar bo’sh qolmaydi, ular 
o’rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o’z ustilarida ishlab 
o’tiradi. 
nazoratning individual shaklidan
har bir o’quvchining bilim, 
ko’nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun 
foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida,odatda o’quvchilar javob 
berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
nazoratning 
kombinatsiyalangan 
(biriktirilgan)shakli
individual 
nazoratni 
ommaviy 
va 
guruhli 
shakllar 
bilan 
birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni 


barcha o’quvchilardan so’rash kerak bo’lgan vaqtda foydalanadi. 
Har bir o’quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha 
o’quvchini tekshirish mumkin bo’ladi. 
o’z-o’zini nazorat qilish shakli 
ta’lim jarayonida
ichki aks 
aloqaning bo’lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik 
mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o’qituvchining kasbiy 
mahoratiga bog’liq bo’ladi. 
Og’zaki tekshirish.
Bu metod bilimlarni nazorat qilish va 
baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 
Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi 
o’quvchilarga o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, 
savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda 
ularning o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og’zaki tekshirish 
o’quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida 
amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham 
ataladi. Og’zaki tekshirishda o’qituvchi o’rganilayotgan mavzuni 
alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o’quvchilarga 
savollar beradi. Biroq o’quvchilarning nutqini o’stirish hamda 
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo’lishlari uchun 
ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab 
qilish mumkin.
Yozma tekshirish
– o’quvchilarning bilim, ko’nikma va 
malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan 
biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. 
Mazkur usulning mohiyati shundaki, o’qituvchi alohida mavzu yoki 
o’quv dasturining ma’lum bo’limini o’tib bo’lganidan so’ng oz 
vaqtning ichida barcha o’quvchilarni tekshirishi mumkin. YOzma 
tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib 
boriladi. Ammo o’qituvi va o’quvchi o’rtasida bevosita aloqaning 
yo’qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo’lmaydi. 
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish
 
metodlari 
quyidagilar:
og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy 
topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini 
tekshirish.


Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish
.
Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning 
to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat 
bo’lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi 
fanlardan o’quvchilarning o’zlashtirishini hisobga olishda keng 
foydalaniladi. Bu usul yordamida o’quvchilarning olgan bilimlarini 
amaliyotda qo’llay olish malakasi aniqlanadi. 
Uy vazifalarini tekshirish
. O’quvchilarning o’zlashtirishini 
nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini 
tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish 
o’qituvchiga o’quvchilarning o’quv ishiga bo’lgan munosabatini, 
o’rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini 
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. 
O’quvchilarning 
bilim, 
ko’nikma, 
malakalari 
va 
kompetensiyalarini baholash mezonlari
. O’quvchilarning bilim, 
ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab 
mavzu bo’lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha 
yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish 
mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini 
baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, 
shuningdek, 
sinf 
(guruh)dagi 
o’quvchilarning 
o’zlashtirish 
darajasiga tayangan holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish 
mumkin: 
«5» baho qo’yiladi, agar
:
a) o’quvchi dasturdagi materialni 
to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha 
asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda 
erkin qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma 
ishlarda xatolarga yo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera 
olsa. 
«4» baho qo’yiladi, agar:
a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning 
mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob 
bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) 
og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, 
o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa 


hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa 
qo’yiladi. 
«3» baho yiladi, agar:
a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni 
o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o’qituvchining 
aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy 
tuzuilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma 
ishda xatolari bor bo’lsa. 

«2» baho qo’yiladi, agar:
a) o’quvchi o’rganilgan mavzu 
haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, b) yozma 
ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa qo’yiladi. 
Ta’lim sifati monitoring.
“Monitoring” atamasi ilk maratoba 
Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm 
konferensiyasini tashkil etish arafasida “nazorat” atamasiga muqobil 
sifatida ishlatila boshlangan.
“Monitoring – inglizcha atama bo’lib, “uzluksiz kuzatish” degan 
ma’nosini anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida 
eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil bo’lim sifatida 
qaraladi hamda ta’lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat 
natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi. 
Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitish sofati 
monitoring tizimi samarali yo’lga qo’yilgan. 
Umumiy 
o’rta 
ta’lim 
sifatini 
nazorat 
qilishning 
turlari 
quyidagilardan iborat: ichki nazorat – O’zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o’rta 
ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; 
tashqi nazorat – ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy 
xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-
jamoatchilik nazorati – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy 
xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar 
hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash – 
Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq 
ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro 
tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi 
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari 
quyidagilardan iborat: ichki nazorat; tashqi nazorat; davlat-
jamoatchilik nazorati; milliy va xalqaro darajada baholash. 


O’qituvchilar yoki maktab ma’muriyati, o’quvchilarning o’zlari, 
ota-onalar va jamoatchilik vakillari o’quvchilarning bilimlarini o’quv 
maqsadlari asosida tekshiradilar. Mazkur yo’nalish o’ziga xos bir 
qator afzalliklarga ega bo’lib, baholash bevosita o’quvchining sinfda 
amalga oshirilgan ishlari bilan bog’liq, bunda o’qituvchi turli 
uslublardan (masalan og’zaki so’rov o’tkazish, amaliy mashq 
bajarish, test va h.k.) foydalanib, o’quvchi tomonidan bajarilgan 
ishlarga baho qo’yadi. Baholash jarayoni tizimli ravishda o’quv 
choragi va o’quv yili davomida olib boriladi. Bunday baholashda 
o’qituvchilar, 
maktab 
monitoring 
guruhi 
o’quvchilarning 
o’zlashtirishi sifati, o’quv yutuqlariga asosiy me’yor bo’lgan davlat 
ta’lim standartlariga taqqoslagan holda individul baho beradilar. 
Baholashning ikkinchi turi hududiy xalq ta’limi boshqaruvi 
idoralari tomonidan amalga oshiriladigan hududiy o’qitish sifati 
monitoringi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar tomonidan davlat ta’lim 
standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarning 
o’zlashtirish dinamikasini tizimli kuzatiladi, o’quvchilar bilimidagi 
bo’shliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlanadi, boshqa 
maktablar hamda bartaraf etish chora-tadbirlari rejalashtiriladi. 
Shu sababli zamonaviy shaxsga, raqobatbardosh mutaxassisga 
qo’yilgan talablarning ortib borishi eng avvalo ta’lim muassasalari 
va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralaridagi alohida tuzilmalar 
tomonidan ta’lim sifati monitoringini tizimli va maqsadli amalga 
oshirishni talab etadi. Ta’lim muassasalarida monitoring – yaxlit 
tizimning holati va dinamikasini kompleks kuzatish, tahlil qilish, 
korrektsiyalash hamda prognozlash jarayoni hisoblanadi. 
Baholashning keyingi uchinchi turi – davlat attestatsiyasi va ta’lim 
muassasalarining akkreditatsiyasi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan 
yoki uning nomidan vakolatli tashkilotlar tomonidan o’tkaziladi. 
Ularda qatnashish huquqiga muayyan talablarga javob beradigan 
barcha o’quvchilar ega. Mazkur baholash muayyan ta’lim bosqichi 
yoki turi tugaganidan so’ng amalga oshiriladi. Ularning asosiy va 
ijtimoiy 
jihatdan 
muhim 
vazifalari bitiruvchilar 
va 
ta’lim 
muassasalarining davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarni 
bajarish holatini tahlil qilish imkonini beradi.


Umummilliy baholash – barcha o’quvchilarni yoki ma’lum bir 
guruhdagi o’quvchilarni tanlab olish yo’li bilan muntazam ravishda 
o’quvchilar o’quv yutuqlari darajasini milliy standartlarga nisbatan 
mosligi baholash hisoblanadi. Mazkur turdagi baholash o’quv 
dasturlari asosida olinib, imtixonlardan farq qiladi. Birinchidan, 
alohida olingan o’quvchilarning bilim va malakasi darajasi emas, balki 
tizimning ishlash natijalari o’lchanadi. Ikkinchidan, milliy baholash 
natijalari muayyan yoshdagi yoki sinfdagi o’quvchilarning umumiy 
o’zlashtirish darajasining “rentgen surati” sifatida foydalaniladi va 
milliy standartlarning ko’p muddatda monitoringini olib borishga 
xizmat qiladi. Tanlash yo’li bilan o’tkazilgan umummilliy baholash 
qisqa muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq o’tkazish 
imkoniyatini beradi. Uning natijalari ma’lum o’quv fanlari bo’yicha 
o’quvchilar o’quv yutuqlari to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni berishi 
mumkin. 
Xalqaro baholashni yaqin 15-20 yilda tashkil etish yo’lga 
qo’yilib, ularda bir necha mamlakatlar o’quvchilarining o’quv 
yutuqlari tanlov yo’li bilan baholanadi. Bunday keng qamrovli 
tadqiqotlarning asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan yoshdagi 
(masalan, 13 yoshdagi o’quvchilar) yoki sinfdagi o’quvchilarning 
bir yoki bir necha o’quv fanlari bo’yicha o’quv yutuqlarini baholash 
va bir qator mamlakatlar kesimida qiyoslashdan iborat. Misol 
tariqasida matematika va tabiiy fanlardan o’tkazib kelinayotgan - 
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study –
Xalqaro 
matematika 
va 
tabiiy 
fanlarning 
o’rganishdagi 
tendensiyalari)ni keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro 
tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8- va umumiy o’rta ta’lim 
muassasalarining bitiruvchilari (11- va 12-sinf o’quvchilari) qamrab 
olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46 mamlakat o’quvchilari 
qatnashganlar. 
Yana bir xalqaro o’quvchilar ta’limiy yutuqlarini xalqaro 
baholash dasturi – PISA (Programm for International Student 
Assessment) tadqiqoti hisoblanadi.
Bu tadqiqot birinchi marta 2000 
yilda o’tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o’quvchilari 
qatnashgan. PISA da asosiy e’tibor o’quvchilarning o’qish, 
matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan 


bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishlarini baholashga 
qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot – PIRLS da turli mamlakatlar 
boshlang’ich maktablari bitiruvchilarining matnni o’qish va uni 
tushunish darajasi baholanadi.
Mazkur tadqiqotlarning maqsadi – o’quvchilar yutuqlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda 
qiyoslash bo’lib, uning natijalariga ko’ra ta’lim siyosati masalalari 
hamda o’quvchilar o’zlashtirishidagi tafovutlarni yaxshiroq anglab 
etishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi. Xalqaro tadqiqotlar 
nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv jarayonlari 
natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan o’quvchilarga mehnat 
bozorida qanday bilim va ko’nikmalar kerakligi to’g’risidagi 
ijtimoiy buyurtmalarni hamda raqobatbardosh mutaxassislarga 
qo’yilgan talablarni kengayib borayotganligidan darak beradi.
Ta’lim sifati monitoringini olib borishdan ko’zlangan maqsad 
o’quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari talablarining 
bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, ta’lim sifatiga ta’sir etgan 
omillarni aniqlash, ta’lim muassasalari, hududiy xalq ta’limi 
boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining 
faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, 
keyingi holatni bashoratlash natijasida ta’lim sifatini oshirishdan 
iborat. 
1.
Didaktik tashxis deganda nima tushiniladi? 
2.
Tashxislashning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
3.
Nazorat va hisobga olish deb nimaga aytiladi? 
4.
Nazoratning qanday vazifalari mavjud? 
5.
Tekshirish deb nimaga aytiladi? Tekshirishning qanday 
bo’ginlari mavjud? 
6.
Baholash deb nimaga aytiladi? Baho deb nimaga aytiladi? 
7.
Tashxislashning tamoyillarini izohlang. 
8.
Nazoratning turlari, shakl va metodlarini bayon eting, 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


9.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash 
mezonlarini tushuntirib bering. 
10.
Ta’lim sifati monitoring qanday bosqichlarda amalga 
oshiriladi? 


III BOB. TARBIYA NAZARIYASI 
3.1. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA 
QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI. 
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning 
maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya 
turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari. 
Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati. Tаrbiya 
pеdаgоgikаdаgi аsоsiy tushunchаlаrdаn biri sаnаlаdi. Jаmiyat vа 
pеdаgоgikаning tаriхiy rivоji dаvоmidа mаzkur kаtеgоriyani 
tushuntirishgа turlichа yondаshuvlаr yuzаgа kеldi. Eng аvvаlо, 
yuqоridа kеng vа tоr mа’nоdаgi tаrbiya fаrqlаnаdi.
Tаrbiya mаzmuni
dеgаndа, qo’yilgаn mаqsаd vа vаzifаlаr bilаn 
bоg’liqlikdа tа’lim оluvchilаrning egаllаshi lоzim bo’lgаn bilim, 
mаlаkа, e’tiqоd, shахs sifаti vа хаrаktеri, хulq-аtvоr tizimi 
tushunilаdi. 
Kеng mа’nоdа tаrbiya
shахsgа jаmiyatning tа’sir etishi, 
ijtimоiy hоdisа sifаtidа qаrаlаdi. Mаzkur hоlаtdа tаrbiya 
ijtimоiylаshtirish bilаn uyg’unlаshаdi. 
Tоr mа’nоdаgi tаrbiya
dеgаndа, pеdаgоgik jаrаyon 
shаrоitidа tа’lim mаqsаdini аmаlgа оshirish uchun pеdаgоg vа 
tаrbiyalаnuvchilаrning mахsus tаshkil etilgаn fаоliyati 
tushunilаdi. Ushbu hоlаtdа pеdаgоglаrning tаrbiyaviy fаоliyati 
tаrbiyaviy ish dеb аtаlаdi. 
Tаrbiyaning mаqsаdi 
– hаr tоmоnlаmа bаrkаmоl shахsni 
shаkllаntirish. 


Tаrbiyaning umumiy vаzifаlаri: 

jаmiyat
а’zоlаrining mаqsаdgа yo’nаltirilgаn rivоjlаnishi 
hаmdа ulаrning qаtоr ehtiyojlаrini qоndirish uchun shаrt-shаrоit 
yarаtish;

jаmiyat rivоji uchun zаrur bo’lgаn ijtimоiy mаdаniyatgа mоs 
еtаrlichа hаjmdаgi “insоn kаpitаli”ni tаyyorlаsh;

mаdаniyatlаrni uzаtib turish оrqаli ijtimоiy hаyotning 
bаrqаrоrligini tа’minlаsh;

mа’lum 
jins 
yoshi 
vа 
ijtimоiy-kаsbiy 
guruhlаrning 
qiziqishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа ijtimоiy munоsаbаtlаr dоirаsidа 
jаmiyat а’zоlаrining hаrаkаtini tаrtibgа sоlish.
Tаrbiya jаrаyonining qоnuniyatlаri vа tаmоyillаri. Tаrbiya 
jаrаyoni
o’qituvchi 
vа 
tа’lim 
оluvchi 
(tаrbiyachi 
vа 
tаrbiyalаnuvchi)lаr o’rtаsidа tаshkil etiluvchi hаmdа аniq mаqsаdgа 
yo’nаltirilgаn hаmkоrlik jаrаyonidir.
Tаrbiya jаrаyoni 
o’zigа хоs хususiyatlаr
gа egа: 

mаqsаdgа yo’nаltirilgаnligi; 

ko’p qirrаli jаrаyon;

uzоq muddаt dаvоm etishi;

uzluksizligi;

yaхlitligi;

vаriаtivligi; 

nаtijаlаrning оldindаn аniqlаnmаsligi; 

ikki tоmоnlаmаlilik;
Tаrbiya qоnuniyatlаri
– bu bir tоmоndаn, ijtimоiy hоdisа 
sifаtidа tаrbiyaning хususiyatlаri, ikkinchi tоmоndаn, shахsning 
rivоjlаnishi bilаn bоg’liq bo’lgаn bаrqаrоr аlоqаlаr.
Tаrbiya jаrаyonining quyidаgi 
qоnuniyatlаri 
mаvjud: 

ijtimоiy muhitning оb’еktiv vа sub’еktiv оmillаrigа 
bоg’liqligi; 

tаrbiyaning shахsning rivоjlаnishi bilаn birligi vа o’zаrо 
bоg’liqligi; 

fаоliyat vа munоsаbаtni e’tirоf etish shахsning ijtimоiy 
qimmаtli fаzilаtlаrini shаkllаntirishning nеgizi vа аsоsiy mаnbаi; 

tаrbiyalаnuvchilаrning o’zаrо tаrbiyaviy tа’siri, o’zаrо 
munоsаbаtlаri hаmdа fаоl fаоliyati o’rtаsidаgi bоg’lаnish; 



tаrbiya vа o’zini-o’zi tаrbiyalаshning intеnsivligi; 

tаrbiyalаnuvchining 
“ichki 
оlаmi”gа 
tа’sir 
etishning 
intеnsivligi; 

tаrbiyalаnuvchilаrdа vеrbаl vа sеnsоmоtоr jаrаyonlаrning 
rivоjlаnish dаrаjаsi vа pеdаgоgik tа’sirni hisоbgа оlish. 
Tаrbiya tаmоyillаri
– bu tаrbiyaviy ishning yo’nаlishigа, 
mаzmunigа, mеtоdlаri vа tаshkil etilishigа, tаrbiya jаrаyonining 
ishtirоkchilаri оrаsidаgi munоsаbаtlаrgа qo’yilаdigаn аsоsiy tаlаblаr 
ifоdаlаnаdigаn dаstlаbki qоidаlаrdir.
Tаrbiya jаrаyoni quyidаgi 
tаmоyillаr
аsоsidа bоshqаrilаdi: 

mаqsаdgа qаrаtilgаnligi vа g’оyaviy yo’nаlgаnligi; 

tаrbiyaning insоnpаrvаrlаshuvi; 

tаrbiyaning hаyot, mеhnаt bilаn bоg’liqligi; 

tаrbiyagа yaхlit(kоmplеks) yondаshuv; 

jаmоаdа tаrbiyalаsh vа jаmоаgа suyanib ish ko’rish; 

shахsgа tаlаbchаnlik bilаn hurmаtni birgа qo’shib оlib bоrish; 

o’qituvchilаr, jаmоаt tаshkilоtlаri vа оilаning tаlаb hаmdа 
tаrbiyaviy tа’sirlаrining birligi; 

tаrbiyalаnuvchining yosh vа individuаl хususiyatlаrini hisоbgа 
оlish; 

tаrbiya jаrаyonining tizimligigi vа uzluksizligi. 
Tаrbiya turlаrining umumiy tаvsifi. 
Tаrbiya turlаri turli 
sоhаlаrgа ko’rа tаsnif etilаdi. Ko’prоq umumlаshgаn tаsnif o’zidа 
аqliy, 
mеhnаt, 
jismоniy 
tаrbiyani 
qаmrаb 
оlаdi. 
Tа’lim 
muаssаsаlаridаgi tаrbiyaviy ishlаrning turli yo’nаlishlаri bilаn 
bоg’liqlikdа fuqаrоlik, siyosiy, bаynаlmilаl, ахlоqiy, estеtik, 
mеhnаt, jismоniy, huquqiy, ekоlоgik, iqtisоdiy tаrbiyagа bo’linаdi. 
Institutsiоnаl bеlgilаrigа bo’yichа оilа, tа’lim muаssаsаsi, tа’lim 
muаssаsаsidаn tаshqаri, diniy, bоlаlаr, yoshlаr tаshkilоtlаridаgi 
tаrbiya, mахsus tа’lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyagа bo’linаdi. 
Tаrbiya vа tаrbiyalаnuvchilаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr uslubigа 
ko’rа аvtоritаr, dеmоkrаtik, libеrаl, erkin tаrbiya; turli fаlsаfiy 
kоntsеptsiyalаr bilаn bоg’liqlikdа prаgmаtik, аksiоlоgik, jаmоаviy, 
individuаl tаrbiya fаrqlаnаdi. 


1.
Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering. 
2.
Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi? 
3.
Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalarini bayon eting. 
4.
Tarbiya jarayoni qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? 
5.
Tarbiya qonuniyatlarini shrhlab bering. 
6.
Tarbiya tamoyillarini izohlang. 
7.
Tarbiya turlarining umumiy tavsifini bayon eting. 
3.2. JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI 
SIFATIDA 
Tayanch tushunchalar:
jamoa, o’quvchilar jamoasi, jamoaning 
shakllanish 
bosqichlari, 
jamoaning 
shakllanish 
darajalari, 
konformizm, lider, norasmiy lider. 
Jamoa haqida tushuncha

Jamoa 
(lotincha «kollektivus» 
so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, 
birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy 
ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh 
demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil 
ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha 
kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy 
guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, 
o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa 
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
O‘quvchilar jamoasi
yuqori darajada uyushtirilgan birlashma 
hisoblanadi. 


5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi 
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni 
shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar 
pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. 
Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli 
yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini 
ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab 
bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar 
jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan 
ajratib turadi. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. 
Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, 
jamiyat va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, Davlat 
konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi 
bo’lmasligi zarur. 
Umumiy birgalikdagi faoliyat.
Kishilar aniq maqsadga 
birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun 
jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi 
«Jamoa» tushunchasi
Jamoa (lotincha 
“kollektivus” so'zi- 
ning tarjimasi 
bo'lib, yig'ilma, 
omma, birgalik- 
dagi majlis) bir 
necha a'zolardan 
iborat bo'lib, 
ijtimoiy 
ahamiyat ahamiyatga 
ega umumiy maqsad 
asosida tashkil 
topgan guruhdir
Bir necha kishilar- 
ning muayyan 
maqsad 
yo'lida birlashuvi- 
dan iborat guruh 
(ishlab chiqarish 
jamoasi, zavod 
jamoasi, o'quv yurti 
jamoasi, хo'jalik 
jamoasi) 
Yuqori darajada 
uyushtirilgan 
guruh. 
Chunonchi 
o'quvchilar 
jamoasi yuqori 
darajada 
uyushtirilgan 
birlashma 
hisoblanadi 


zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari 
birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni 
his qilishlari bilan ajralib turishadi.
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi. 
Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, 
ularning g’am-qayg’ularining aloqador birligi aks etuvchi maхsus 
munosabatlar yuzaga keladi.
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. 
Jamoada 
demokratik munosabatlar o’rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari 
jamoaning obro’li a’zolarini to’g’ridan-to’g’ri, ochiq saylab olish 
asosida shakllantiriladi. 
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim 
o’ziga хosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks 
etuvchi o’ziga хoslik, psiхologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi 
munosabatlarda ko’rinadi. 
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in – bu muayyan 
sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi 
tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat 
o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaхslararo aloqa va 
munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida 
maktab jamoasi shakllanadi.
Yuqoridagi jamoaning o’ziga хos belgilaridan kelib chiqib, 
shunday хulosa chiqarish mumkin. O’quvchilar jamoasi – bu
ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko’zda tutuvchi
birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo’yilgan 
organiga ega bo’lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan 
ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda 
tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo’lgan o’quvchilar 
guruhidir. 
Jamoani shakllantirish bosqichlari.
Jamoani shakllantirish 
muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq muddatli murakkab 
jarayondir.
O’quvchilar jamoasini shakllantirish 
to’rt bosqich
da amalga 
oshiriladi. 


Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. 
Mazkur bosqichda 
talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa 
rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali 
tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf 
yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi 
tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa 
a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni 
muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish 
orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida 
ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat 
natijasini 
birgalikda 
muhokama 
qilish, 
qilinajak 
ishlarni 
rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat 
biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, 
shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni 
paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil 
etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan 
bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy 
tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. 
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo 
bo’lishi ushbu davr uchun хarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) 
muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga 
muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga 
nisbatan хayriхohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar 
o’qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. 
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi.
Ushbu bosqich 
jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z 
navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi 
bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u 
bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa 
faoli bilan maхsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb 
etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli 
murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi. 
O’quvchilar 
amaliy 
faoliyatining 
doimiy 
ravishda 
murakkablashib borishi mazkur davrining muhim хususiyati 
sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar 
tomonidan 
mustaqil 
rejalashtirilishi, 
tadbirlarni 
o’tkazishga 


tiyyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama 
qilish jamoa faoliyatining ijodiy хususyat kasb etishini ko’rsatuvchi 
omillar sanaladi. 
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’хtab qolishi mumkin 
emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina 
хolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’хtatib 
qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-
qarshi qo’yish хavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning 
barcha a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur 
sanaladi. 
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi.
Jamoa faliyatida bu 
bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa 
«ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq shaхs»larga talab qo’ya 
boshlaydi. 
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning 
butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy 
fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi mazkur yo’nalishda 
maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy 
fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu 
tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari хatti-
harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar 
va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali aхborot 
vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, aхloqiy, estetik, ekologik, 
huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi. 
O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar 
ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo’shish imkonini 
beradigan 
o’zaro 
munosabatlarini 
shakllantirishga 
ta’sir 
ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. 
Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi.
Bu bosqich uning 
barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga 
talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir 
bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi 
bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga хos 
yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baхti yo’lida 
kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. 


To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak 
aхloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning 
hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun 
shaхsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini 
tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan 
shaхsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. 
To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab 
va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak 
va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit 
yaratiladi. 
O’quvchilar 
jamoasini 
shakllantirish 
shart-sharoitlari. 
O’quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart-
sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini 
tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish. 
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga 
qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona 
talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari 
ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi хulq-
atvor qoidalarni o’z ichiga oladi. 
O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda 
ijobiy natija beradi: 

qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaхsini hurmat qilish 
tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak; 

talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni 
hisobga olgan holda qo’yilishi lozim; 

jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim; 

o’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi 
hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda 
ma’naviy madaniyatni shakllantirishga хizmat qilishi shart. 
Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal 
qilishi ustidan nazorat o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli 
O’quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi 
shart-sharoitlar
ni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa 
faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish. 


shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, хulq-atvor 
jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni 
qayd etib borish va boshqalar. Qo’yilayotgan talablarning bajarilishi 
yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib 
borilishi va haqqoniy bo’lishi zarur. Olib borilgan nazorat 
natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda sinf faolini tarbiyalash 
bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani 
shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini 
tanlashdan boshlanadi. 
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga 
nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan 
jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini 
ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, хulq-atvorini kuzatib borishi har 
bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash 
zarur. 
Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi 
obro’sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning 
o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan 
maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. 
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani 
yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan 
hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O’qituvchi 
aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol 
rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining 
boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. 
Shu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini 
nazorat qilib borishi lozim. 
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o’rin 
tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-
quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo’lib, ularning mazmunida 
munosabatlar хususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin 
ifodalanadi. 


Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati 
(o’zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, 
hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga oladi. 
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda 
hodisalar bilan bog’liq sanalar (хususan, «Alifbe bayrami», 
«Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira va qadrlash 
kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat 
kiradi. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə