O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

 
 
O’rgatish
– o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha 
pedagogning tartiblangan faoliyati. 
O’rganish
– anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar 
asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash 
jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi. 
O’qitish
– qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog 
bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati. 
Ta’lim
– o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, 
malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi. 
Bilim
– ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan 
inson g’oyalari yig’indisi;
Didaktikaning 
asosiy kategoriyalari
quyidagilardan iborat

o’rgatish, o’rganish, o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, 
kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, 
vosita, natija. 


Ko’nikma
– egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi 
ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini 
egallash. 
Malaka
– avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish,
ko’nikmaning takomillashgan darajasi. 
Kompetensiya – 
egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni
 
kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati.
 
Maqsad
– o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari 
kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi. 
Mazmun
– o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy 
bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari 
tizimi.
Tashkil etish
– qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish 
uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha 
tartiblangan didaktik jarayon. 
Shakl
– o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, 
mantig’i, mazmuni uchun qobiq. 
Metod
– o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga 
oshirish) yo’li. 
Vosita
– o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi,
yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar 
tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. 
Natija
– o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan 
maqsadlarning amalga oshganlik darajasi. 
Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
Paradigma (grekcha, 
paradeigma) so’zining o’zi keng ma’noda turmush va fikrlashining 
biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o’ziga xos 
tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. 
Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo’lishi faqat ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lmasdan, u butun madaniy 
Paradigma
– aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka 
muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim 
etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini 
hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya.


rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida 
insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o’rin egallaydi. 
Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir alohida inson 
hayotining o’ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz 
qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya 
o’z-o’zini realizatsiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish ehtiyojini 
insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o’z 
noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish 
mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni 
o’zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo’yniga 
olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko’radi. Shuning 
uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar 
bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan 
insonparvar munosabatlarni o’rnatish jarayonida sodir bo’ladi. 
Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g’oyalarning 
rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo’shishgan: yaqin 
zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni 
roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, 
fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, o’quv 
faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi 
tadqiqotlar, shular jumlasidandir. 
Zamonaviy 
pedagogik 
fanlardagi 
maqsadiga 
(ta’limiy, 
tarbiyaviy), ta’limning bosh maqsadi – madaniyatga yondashuvga, 
o’quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog 
va talabalar orasidagi o’zaro ta’sir etish tavsifiga ko’ra paradigmalar 
farqlanadi. 
An’anaviy (bilimga yo’naltirilgan) paradigma. 
Bilimga 
yo’naltirilgan paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan 
qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta’lim 
muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining 
Ta’limning keng tarqalgan 
beshta paradigmasi
mavjud: 
an’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik 
(insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulq-
atvorga doir); texnokratik; ezoterik. 


ko’proq mavjud unsurlari – ham individual, xuddi shunday ijtimoiy 
tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan 
zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko’nikma va malakalar, bundan 
tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon 
bo’ladi. Shuning uchun o’quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, 
bilim, ko’nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o’tuvchi, 
shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga 
asoslanadi. 
Bixevioristik 
(ratsionalistik) 
paradigma. 
Ratsionalistik 
paradigma an’anaviy paradigmaga qarama-qarshi o’laroq, o’zining 
diqqat markazida mazmunni emas, o’quvchilarning turli turdagi 
bilimlarni 
o’zlashtirishining 
samarali 
usullarini 
qo’yadi. 
Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya 
bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi – 
ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va 
natijalariga 
muvofiq, 
moslashuvli 
«xulq-atvor 
majmui»ni 
shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi 
reaksiyalar, insoniy xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg’usi va 
harakati»ni bildiradi. 
Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilarning 
maqbul 
xulq-atvorini 
shakllantirish 
maqsadida 
bilimlarni 
o’zlashtirish yo’li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday ta’lim 
muassasasi – bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy 
mexanizmi. Bunday o’qitishning asosiy metodlariga o’rgatish, 
trening, test nazorati, individual o’qitish, korrektsiyalash kiradi.
Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasi
ning diqqat 
markazida o’z-o’zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo’lgan, hayot 
sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati sifatidagi ta’lim oluvchi 
turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo 
muloqot, ijod, dialog, shaxs o’sishi uchun yordamga yo’naltirilgan. 
Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib 
turmaydi. Uning doirasida ta’limning xilma-xil modeli amalga 
oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida 
bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh 
vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) 
ekanligini 
e’tirof 
etish 
yagona 
yo’nalishda 
birlashtiriladi. 


Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta’lim 
tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof 
mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik 
paradigmasi ham o’qituvchi, ham o’quvchilarning erkinligi va 
ijodkorligini talab etadi. 
Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi 
paradigmasi quyidagi mezonlarga tayanadi: 
- ta’limning 
ijtimoiylashuvi 
– 
o’qituvchilarn 
tayyorlash 
jarayoniga nisbatan texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular 
tomonidan nisbatan o’zlashtiriladigan bilimlar majmuasining 
pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta’minlash, 
o’qituvchilarda 
umuminsoniy, 
umummadaniy 
qadriyatlar 
mazmunida ilgari surilgan g’oyalarga asoslangan ijtimoiy 
tafakkurni shakllantirish; 
- milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning 
mohiyatidan xabardor bo’lish; 
- ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol 
g’oyalariga asoslanish; 
- shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish hamda mustaqil ta’lim 
olishga bo’lgan layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish; 
- o’qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida 
o’qituvchi hamda talabalarning o’zaro hamkorlikda faoliyat olib 
borishlariga erishish; 
- ta’lim (xususan, kasbiy ta’limi) jarayonida o’quv dasturlarining 
talabalar qobiliyati hamda qiziqishlariga ko’ra tanlab olinishi 
borasidagi imkoniyatning mavjudligi; 
- pedagogik ta’limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya’ni, 
talabalar tomonidan o’zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji 
asosini ta’minlovchi invariant bilimlarning o’zlashtirilishiga 
erishish; 
- mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi 
hamda doimiy ravishda o’zgarib turuvchi ehtiyojlarga to’laqonli 
javob bera oladigan ta’limni shakllantirish shu asosda kasbiy 
moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash; 
- ta’limning uzluksizligi, ta’limning har bir jarayon bosqichining 
natijalanishini ta’minlovchi kasbiy ta’lim (kadrlar malakasini 


oshirish hamda ularni qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining 
yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta’limning u yoki bu 
bosqichida o’qitilishi yoki o’qishni boshqa tipdagi o’quv muassasida 
davom ettira olish imkoniyatini bera olishi; 
- ta’limning ekvivalentligi, ya’ni uning davlat ta’lim standarti, 
milliy madaniyati va mentalitet, shuningdek, xalqaro me’yorlarga 
muvofiq darajasi.
Ilmiy-texnik, texnokratik
paradigma
ning bosh maqsadi amaliy 
takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va 
o’zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson 
qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson 
o’zini o’zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o’rtacha namuna, 
standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina 
baholaydi. 
Texnokratik 
paradigma 
sharoitida 
o’quv-tarbiya 
jarayonining istalgan natijasi «ha – yo’q», «biladi – bilmaydi», 
«tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida 
baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’lumotlilik, 
tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, 
ideal mavjud bo’ladi. 
Ezoterik paradigma.
Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy 
ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so’zning yunonchadan 
so’zma-so’z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. 
Uning mohiyatini abadiy va o’zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil 
etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni 
shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish 
mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o’quvchining tabiiiy 
kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo’lish, 
Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon 
bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchining muhim muhofaza qiluvchi 
funktsiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik 
tayyorgarligini 
amalga 
oshirish 
va 
mavjud 
kuchlarini 
rivojlantirishdir.
O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O’qitish
– 
o’qituvchi va o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi 
faoliyati jarayoni bo’lib, bu jarayonda o’quvchilarni rivojlantirishni 


amalga oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalar
yuzaga chiqadi. 
O’qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi. 
O’qitish jarayonining 
ta’limiy vazifasi
o’quvchilarda bilim, 
ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. 
O’qitish natijasi sifatida bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, 
tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb 
etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik 
jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan 
nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va 
malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida 
ahamiyatga ega.
O’qitishning 
tarbiyaviy vazifasi
ta’lim jarayonida shaxsning 
ma’naviy-axloqiy 
va 
estetik 
tasavvurlari, 
xulq-atvori 
va 
dunyoqarashi shakllantirilishida o’z ifodasini topadi. Ta’limning 
tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. 
O’qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va 
o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish 
jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning 
idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O’qitishning 
rivojlantiruvchi vazifasi 
o’quvchi
nutqining, 
fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-
irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o’z aksini topadi. 
O’qitish jarayonida o’quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat 
O’qitish (didaktik) jarayoni
ning mohiyatini quyidagi formula 
yordamida to’liq anglash mumkin: 
DJ=M+A
O’f
+ A
o’fb 
Bu yerda: 
DJ – didaktik jarayon. 
M – motivatsiya. 
A
O’f
– o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati algoritmi. 
A
o’fb 
– o’quvchilarning billish faoliyatini boshqarish. 
 


usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa 
chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat 
maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini 
tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi. 
O’qitish 
jarayonining 
bosqichlari.
O’qitish 
o’qituvchi 
rahbarligida o’quvchining o’quv materiallarini rejali ravishda bilib 
olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo’lgan 
tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O’quvchi 
bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, 
malakalar hosil qilish yo’lidan borib, ushbu bosqichlardan o’tishi 
kerak. 
O’qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:
1) o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materialni idrok etish; 
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo’lishi; 
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va 
malakalarning hosil bo’lishi; 
4) hosil qilingan ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash 
(kompetentsiyalarni tarkib toptirish). 
Har bir bosqich uchun o’quvchilarning muayyan xarakterdagi 
bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o’qituvchi tomonidan 
alohida rahbarlikni talab etadi. 
O’rganilayotgan materialni idrok qilish.
O’quvchilarning 
o’rganilayotgan (yoki o’rganilishi lozim bo’lgan) materialni idrok 
qilishini tashkil etar ekan, o’qituvchi ularning hayotiy tajribasi va 
tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to’g’risida 
umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi
va ko’rsatadi.
O’rganilayotgan materialni fahmlab olish. 
O’rganilayotgan 
ob’yekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni 
ta’minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni 
davom etadi. O’qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy 
tushunchalarni tarkib toptirishdir.
Bilimlarni mustahkamlanishi, ko’nikma va malakalarnining 
hosil bo’lishi
. O’quv materialini idrok etish va faqmlab olish 
jarayonida o’zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va 
takomillashtirishni talab etadi.


Bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llay olish 
(kompetentsiyalarni 
shakllantirish).
Bilim, 
ko’nikma 
va 
malakalarni 
amalda 
qo’llash 
jarayoni 
ta’limning 
yakuniy 
mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
O’qitish va o’qish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida 
ularning o’zaro bog’liqligi
. Inson faoliyatining hamma asosiy 
turlari (mehnat, fan, san’at, o’yin, sport) uning tevarak-atrof olamni 
va o’z-o’zini bilish bilan bog’langan. O’qish tevarak-atrofdagi 
olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o’qituvchi rahbarlik 
qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko’nikma 
malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish, o’quv fanlari mazmunini 
o’zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir. 
O’rgatuvchilik faoliyati yoki o’qitish, o’quvchilarning o’quv 
faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi va ularni mashg’ulotlar 
uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va 
hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini 
tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo’yib 
borishda, ularni tekshirib borish kabilarda o’z ifodasini topadi. 
O’quv faoliyati yoki o’qish bilim, ko’nikma va malakalarni 
egallab olishning murakkab jarayoni bo’lib, o’quvchilarning 
intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g’ayratini talab etadi hamda 
ularning rivojlanishini rag’batlantiradi. O’qituvchining oqilona biror 
maqsadga qaratilgan rahbarligi va o’quvchilarning esa faol ongli 
ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo’lishi mumkin emas. 
Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o’qitish va o’qish) bir maqsad: 
ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda 
o’quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir. 
O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Ma’lumki, 
bilish faoliyatining sub’yekti o’quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-
pedagogik asoslarga ega ta’lim markazida uning shaxsi, ongi, ham 
o’rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: 
o’quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo’naltiruvchi 
o’qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek 
ahamiyat kasb etib kelgan. 
Ta’limda o’quvchilarning faoliyati haqida gap borganda 
o’quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. 


O’kuvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual 
mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida 
namoyon bo’ladi. Bu xususiyatlar o’quvchilarning faqatgina yuqori 
darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy 
faoliyati, ya’ni o’quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, 
hayotga bo’lgan faol munosabati uchun harakterlidir. SHu sababli 
bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini 
shakllantirish deb bemalol aytish mumkin. 
O’quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning 
kechish xarakteridir. O’quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, 
mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o’quvchi 
jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha kechishi; sub’yekt 
(o’quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan 
borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy 
reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga 
ega bo’lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri 
– uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko’nikma, malaka va 
kompetensiyalari xarakteriga ta’sir etadi.
O’quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo’li kabi haqiqat 
o’qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o’rganish 
ularning tarixiy yo’lini o’zlashtirish yordamida kechadi. 
Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi 
faoliyat sub’yektining atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri va muhim 
boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. 
O’quvchilarning ta’lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri 
shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga 
ega emas va o’quvchining o’zi hamma vaqt ham his etmaydi – 
javobi uchun yomon baho olgan o’quvchining xafa bo’lib, «men 
o’qidim, o’rgandim! Adolatdan emas» degan fikrni qat’iy takrorlashi 
bejiz emas.
Bilishga qiziqish o’qishning eng muhim va eng qimmatli motivi 
sifatida bolani maktabga, darslarga, o’z bilish faoliyatiga nisbatan 
ijodiy munosabatiga ko’maklashadi.
O’quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi 
o’ziga xos uzoq yo’liga ega bo’lishi mumkin. Ayrim o’quv-
harakatlari ta’sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. 


Hatto o’qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish 
shaxsning 
ma’naviy 
boyishiga 
ko’maklashuvchi 
umumiy 
yo’nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday 
motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning 
tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o’quv va h.k.) bilan 
birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir 
etadi.
Ma’lumki, o’quv jarayoni modeli o’zida uch tarkibiy qismni aks 
ettiradi: o’qituvchi faoliyati, o’quvchi faoliyati hamda o’qituvchi va 
ta’lim oluvchilarning jadal o’zaro faoliyati. O’qituvchining 
o’quvchilar bilan o’zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai 
nazaridan 
qator 
belgilariga 
ko’ra 
tasnif 
etish 
mumkin: 
yo’nalganligiga ko’ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); 
axborot jarayonining turiga ko’ra (o’zaro harakatni tashkil etishda 
axborot jarayonining yo’nalganlik darajasi); boshqarish va 
axborotlarni uzatish vositalari turiga ko’ra.
O’quvchilar bilimlarni o’zlashtirish jarayonida turli darajadagi 
faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o’quvchilarga 
bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash 
to’g’ri bo’lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha 
yondashish zarur: o’quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida 
unga munosabat o’zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan 
mo’tadillashgan bosqichga o’tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o’quv 
jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o’quvchining sub’yektiv nuqtai 
nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik. 
Yuqorida 
aytilganlarni 
umumlashtirib, 
bilish 
faolligi 
ko’rsatkichi 
sifatida 
mo’tadillik, 
ishtiyoq, 
o’rganishning 
anglanganligi, 
ijodiy 
namoyon 
bo’lishi, 
nostandart 
o’quv 
vaziyatlaridagi xulq-atvor, o’quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik 
va boshqalarni aytib o’tish mumkin (4-rasm). 
O’quvchilarning o’quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining 
namoyon bo’lishi – bu rivojlanib boruvchi, o’zgaruvchan jarayon. 
O’qituvchi yordamida o’quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan 
vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o’tib boradi. Ko’p 
jihatdan o’quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko’tarilishi 
yoki ko’tarilmasdan qolishi o’qituvchiga bog’liq.


4-rasm. O’quvchilarning bilish faoliyati ko’rsatkichlari 
Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko’rinadiki, o’quv 
jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabat sub’yekt-
sub’yekt tavsifiga ega bo’lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish 
mumkinki, ta’lim – bu keng tarzda sotsiumning bo’lajak a’zosini 
umumiy mehnat, hamkorlikka o’rgatish uchun zarur bo’lgan 
birgalikdagi faoliyat. 
Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy 
ta’lim jarayonini ko’rib chiqish asosida o’quvchilarning rollar orqali 
namoyon bo’lishi quyidagicha ko’rinish kasb etadi: 

o’quv 
jarayoni 
bilan 
dastlab 
tanishishda 
tomoshabin, 
kuzatuvchi; 

guruhli faoliyatning ishtirokchisi; 

namuna bo’yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so’ng 
faoliyat egasi; 

faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr 
egasi; 

o’z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o’z-o’zining faoliyati 
egasi. 
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari.
Pedagogikada qonuniyatlar – 
bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning 
asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik 
Bilish faolligi ko’rsatkichlari 
Mo’tadillik 
Ishtiyoq 
O’rganishning anglanganligi 
Ijodiy namoyon bo’lishi 
Nostandart o’quv vaziyatlaridagi 
xulq-atvor 
O’quv vazifasini hal etishdagi 
mustaqillik 


xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga 
oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko’rib bo’lmaydi. 
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: 
ta’limning maqsadi
jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; 
jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va 
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog’liqlikda 
aniqlashtiriladi; 
ta’lim mazmunini belgilashda
 
ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va 
maqsadlari; 
ijtimoiy 
va 
ilmiy-texnik 
taraqqiyot 
sur’ati; 
o’quvchilarning 
yoshi 
imkoniyatlari; 
ta’lim 
nazariyasi 
va 
amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi; 
ta’limning sifati
avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi 
bosqichda erishilgan natijalar; o’rganilayotgan material xususiyati 
va hajmi; o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: 
o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq; 
ta’lim 
metodlari 
samaradorligi
ta’lim 
maqsadiga; 
o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim 
muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog’liq; 
ta’limni boshqarish samaradorligi
ta’lim tizimida qayta 
aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning 
asoslanganligiga bog’liq; 
ta’limda rag’batlantirish samaradorligi
ichki va tashqi 
stimullarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq. 
Shuningdek, pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham 
mavjud: 
gnoseologik:
ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish 
ko’nikmalariga; ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati 
hajmiga; bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi ularning 
amalda qo’llanilishiga; o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro 
aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish hajmiga 
to’g’ridan to’g’ri bog’liq; 
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, 
mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik 
ta’lim qonuniyati
deb ataladi.


psixologik:
ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv 
faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga 
xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi 
darajasiga bevosita bog’liq; 
kibernetik:
ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va 
hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga; 
ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning 
samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga 
bevosita bog’liq; 
sotsiologik:
individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita 
muloqotda 
bo’ladigan 
individlarning 
rivojlanishiga; 
ta’lim 
samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro bir-
biriga o’rgatishning jadalligiga; o’qituvchi va o’quvchilar 
muloqotining sifatiga bevosita bog’liq; 
tashkiliy:
ta’lim natijasi o’quvchining o’quv mehnatiga, 
o’zining o’quv majburiyatlariga munosabatiga; o’quvchining 
ishchanlik qobiliyatiga; o’quvchilarning aqliy faolligini oshirish 
o’quv mashg’uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va 
mehnat mashg’ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog’liq.
 
Ta’lim tamoyillari.
Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali 
tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish 
mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik 
tamoyillari. 
Ta’limning xususiy qoniniyatlari
ga gnoseologik, psixologik, 
kibernetik, sotsiologik, tashkiliy qonuniyatlar kiradi. 
Ta’lim yamoyillari
o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va 
qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va 
metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir. 
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillar
ga quyidagilar kiradi: 
insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan 
uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy 
yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi. 


Ta’limni insonparvarlashtirish 
– uning mazmuni, tamoyillari, 
shakl va metodlarini yangilash, ularning o’zaro aloqasi va birligini 
ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va 
rivojlantirishga yunaltirishdir.
Shaxsning rivojlanishi va o’quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga 
ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning 
insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok 
etishga jalb etish, uning bilish bilan qo’shiluvi va madaniyatni 
o’zlashtirishi hamma-hammasi so’nggi yillarda sezilarli shakllandi. 
Mazkur yo’nalishda so’nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi 
aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat’iy 
belgilash, ularga qattiq ta’sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega 
bo’lmagan 
qarashlardan 
voz 
kechish 
yordamida 
ko’plab 
innovatsiyalar yo’naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-qarshi 
o’laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini 
hurmat qilishga yo’naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga 
asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, 
«ta’limni insonparvarlashtirish», ya’ni insonparvarlik tamoyili 
yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta’lim esa, shaxsga 
yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi. 
Ta’limning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili.
Ya.A.Komenskiy 
tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, tabiatda hayot bahordan 
boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik 
ekanligi g’oyasiga asoslanadi. O’quvchilarga ularning yosh 
davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu 
bilimlarning ular uchun tushunarli bo’lishini ta’minlaydi. Umuman 
olganda, ta’lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya’ni tabiati bilan 
uyg’un bo’lishi lozim. 
Ta’limning madaniyat bilan uyg’unlik tamoyili.
Ta’limni 
azaldan mazmuni inson ongida nafaqat olam manzarasini, balki 
insondagi rivojlanish, yuksaklikka harakat va o’sish holatida bo’lgan 
o’zining shaxs sifatidagi qiyofasini shakllantirishdan iborat. Ta’lim 
butun umr davom etadi va ta’lim olish chegaralanmaydi. U insonga 
o’z dunyosi va boshqa madaniyatlarni anglash, mazkur madaniyat 
vakillari fikrini eshita olish, ularni qadrlash, ularning dunyosini 


tushunish, o’zining shaxsiy fikriga tayanish, o’zining bu yorug’ 
olamdagi 
mavjudligini 
anglash 
va 
o’zining 
hayotdagi, 
madaniyatdagi o’rnini aniqlash imkonini beradi. Ta’limning bugungi 
kundagi ma’no-mantig’i ham ana shundadir. 
Ta’lim o’zini madaniyatlar dunyosida faraz qilish orqali insonda 
olam manzarasini yaratish, insonning tabiat, boshqa odamlarga, 
jamiyat, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlar tizimini shakllantirish 
sifatida qaraladi. Inson o’zining ongi, irodasi, his-tuyg’usi, bilish 
imkoniyatlari orqali madaniy qadriyatlarni o’zlashtiradi, buning 
natijasida individual ijodiylik shakllanadi. Bunday individualllikning 
namoyon bo’lishining o’ziyoq nafaqat madaniyatning merosiyligi, 
iste’mol qilinishi, balki rivojlanishini ham anglatadi. Bunday 
tushunish pedagogikadagi yangi paradigma – shaxsga yo’naltirilgan 
ta’lim asosini tashkil etuvchi jamiyatdagi yangicha qadriyatlar – 
shaxsning o’zini-o’zini rivojlantirishi, o’ziga-o’ziga ta’lim berish va 
o’zini-o’zi loyihalashning namoyon bo’lishini aks ettiruvchi 
madaniyat bilan uyg’unlik tamoyilini shakllanishiga olib keladi. 
Ta’limning 
ilmiylik 
tamoyili
– 
o’quvchining 
o’quv 
materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi 
uchun to’g’ri shart-sharoit yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat 
kasb etadi. Bu tamoyil ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika 
rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to’plagan tajribaga mos 
kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o’qishdan tashqari 
vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o’quvchilarni ob’yektiv 
ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va
rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu 
sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga 
yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi. 
Ta’limning 
fundamentalligi 
va 
amaliy 
yo’nalganligi 
tamoyili
ning 
ahamiyati 
shundaki,
umuiy 
o’rta 
ta’lim 
maktablaridayoq o’quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan 
o’tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot 
bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili sifatida ifoda 
etiladi. O’qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to’liq va 
chuqur bo’lishini ko’zda tutadi. U yuksak intellektual salohiyat, 
fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko’rinishda bo’lishi, bilimlarini 


doimiy ravishda to’ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi 
zamonaviy 
ilmiy-texnik 
taraqqiyotga 
asoslanganlik 
bilan 
tavsifalanadi. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin 
eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko’proq uning 
fikrlash layoqatiga bog’liq bo’ladi. Ta’limning fundamentalligi 
bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan 
o’zaro nisbatda bo’lishni talab etadi.
Ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi tamoyili
yaxlit pedagogik 
jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu 
tamoyil 
ta’lim 
jarayonida 
barkamol 
rivojlangan 
shaxsni 
shakllantirishni ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning 
samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi 
navbatda, o’quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual 
qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog’liq. 
Ta’limning tizimliligi va izchillik tamoyili
bayon qilinayotgan 
o’quv materialini mustahkamlash va ilgari o’tilgan materiallarni 
to’ldirishga xizmat qilishini, o’quvchilarning uzluksiz va tizimli 
suratda mustaqil ish olib borishlarini, o’quvchilarning o’zlashtirgan 
bilim va hosil bo’lgan ko’nikma, malakalarini hisobga olib borishni 
ham o’z ichiga oladi. 
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o’quv 
jarayoni 
ishtirokchilari 
bo’lgan 
subyektlarning 
o’zaro 
munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis – 
qisman) va xususiy o’quv vaziyatlari, predmet va hodisalar 
o’rtasidagi bog’liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin 
o’zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o’quv jarayoniga 
birlashtirishga imkon beradi. 
Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari
ga quyidagilar 
kiradi: ta’limning tizimliligi va izchilligi; ta’limda onglilik, 
faollik va mustaqillik; ko’rsatmalilik; ta’limning o’quvchilarga 
mos bo’lishi; ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va 
mustahkam o‘zlashtirish tamoyili; tushunarlilik. 


Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik 
asosida bo’lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy 
masalalarni o’rganmay turib hal etib bo’lmaydi. 
Tizimlilik va ketma-ketlik u yoki bu o’quv materialini 
o’zlashtirish sur’ati, uning elementlari o’rtasidagi o’zaro mosligini 
tahlil qilishga imkon beradi. Ta’limning tizimliligi va ketma-ketligi 
ma’lum fanlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini
shakllantirish, 
borliqni 
yaxlit 
idrok 
etish 
o’rtasidagi 
qaramaqarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi 
navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo 
hamda fanlar ichidagi bog’liqlikni ta’minlash evaziga namoyon 
bo’ladi.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili
o’qitishni 
shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy 
bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash usullarini ongli va faol 
egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish 
quyidagi 
omil 
va 
shartlarga 
bog’liq: 
o’quv 
motivlari, 
o’quvchilarning faollik darajasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning 
samarali tashkil etilishi, o’qituvchi tomonidan qo’llanuvchi ta’lim 
metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. 
O’quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega 
bo’lishi 
mumkin. 
Mazkur 
tamoyil 
o’quvchilarning 
tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ta’limda ko’rsatmalilik tamoyili
o’qitish jarayonini sifatini 
oshiradi, 
o’quvchilarning 
bilim 
olishlarini 
osonlashtiradi. 
Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin qoidasi” deb atagan. Unga 
binoan ta’limda inson sezgi orgalaridan foydalanish kerak. «Agarda 
biz o’quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, 
unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko’rish 
bilan ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda 
qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul 
qilish mumkin bo’lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan 
o’rganilsin».
Tajribalar asosida o’rganilayotgan narsani namoyish etish va 
jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o’zlashtirish darajasini 
birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish 


samarasi 15%, ko’rib qabul qilish esa – 25%ni tashkil etadi. Ta’lim 
jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida ma’lumotlarni 
qabul qilish samaradorligi 65 % gacha ortadi. 
Ko’rgazmalilikdan 
o’quv 
jarayoni 
barcha 
bosqichlarida 
foydalanish 
mumkin: 
yangi 
materialni 
o’zlashtirish, 
uni 
mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda o’quvchilarning 
dastur materiallarini o’zlashtirishlarini tekshirish va baholashda. 
Ta’limning o’quvchilarga mos bo’lish tamoyili
deganda o’quv 
materiallarining mazmuni uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf 
o’quvchilarining jismoniy rivojiga, umumiy tayyorgarligiga – 
saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo’lishi tushuniladi.
Yoshiga 
muvofiq 
yondashish 
o’quvchilarning 
psixik 
xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy 
sifatlari, ijtimoiy etukligini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda 
qo’yilayotgan 
talablar 
yoki 
ta’limning 
tashkiliy 
tuzilishi 
o’quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab 
ketsa, o’quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish 
o’quvchilarning murakkab ichki dunyosini o’rganish, yuzaga kelgan 
munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir 
bo’ladigan ko’p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi. 
Ta’limda bilim ko’nikma va malakalarni puxta va 
mustahkam o’zlashtirish tamoyili
muhim didaktik talab va 
qoidalarni, ya’ni o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli 
o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish 
hamda o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida 
qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada 
an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo’yiladi. 
Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental 
g’oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur 
o’zlashtirish, 
o’rganilayotgan 
materiallar 
mazmunini 
puxta 
anglashdan iborat. 
Ta’limning tushunarliligi tamoyili
o’quvchilarning mavjud 
imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog’lig’iga yomon 
ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz 
kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo’lishi o’quvchilarning 


yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o’qishning mazmunini 
to’g’ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o’quv fani bo’yicha 
o’quvchilar egallab olishi zarur bo’lgan bilim, amaliy ko’nikma va 
malakalari hajmini to’g’ri aniqlashdir. Bu tamoyil o’quv jarayonini 
o’quvchilarda qiyinchiliklarni engish istagini hosil qiluvchi va 
shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg’usini 
yuzaga keltirishga yo’naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda 
ko’zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o’quv 
masalalarini echishdagi ishonchsizlikni yo’qotishga yordam beradi. 
1.
Didaktika nimani o’rganadi? Mazkur sohaning ob’yekti va 
predmetini izohlang. 
2.
Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering. 
3.
Zamonaviy ta’lim paradigmalariga nimalar kiradi? 
4.
O’qitish jarayonining asosiy vazifalariga izoh bering. 
5.
O’qitish jarayonining bosqichlariga ta’rib bering. 
6.
O’quvchilarning bilish faoliyatining tuzilishi va o’ziga 
xosliklarini izohlang. 
7.
Ta’lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz? 
8.
Ta’limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud? 
9.
Ta’limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi? 
10.
Ta’lim tamoyillari deb nimaga aytiladi? 
11.
Ta’limning mazmunga doir tamoyillariga nimalar kiradi? 
12.
Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillariga izoh bering. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


2.2. TA’LIM MAZMUNI 
Tayanch tushunchalar: 
ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat 
ta’lim standarti, o’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari, o’quv-
metodik majmua.
Ta’lim mazmuni tushunchasi. 
Ta’lim mazmuni deganda 
o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va 
kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi.
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo’lib, uni 
aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)
jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik 
darajasi; 
2)
jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma; 
3)
ta’limninq maqsad va vazifalari; 
4)
innovatsion rivojlanish darajasi; 
5)
axborotlarning hajmi va ko’lami; 
6)
o’quvchilarning yosh xususiyatlari.
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning 
natijalariga qo’yiladigan talablarni tubdan o’zgartirishni talab 
etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini 
modernizatsiyalashni davrning o’zi pedagoglarning oldiga muhim 
vazifa qilib qo’ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini 
loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo’lsa, umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining maqsadini o’quvchilarning bilim, 
ko’nikma 
va 
malakalarni 
o’zlashtirish 
tarzidan 
o’z-o’zini 
rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli 
yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab 
etilmoqda. Chunki umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil 
etilayotgan o’quv-tarbiya jarayonining mohiyati o’quvchilarning 
Ta’lim mazmuni tarkibida
quyidagilar aks etadi: olam va 
inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; 
ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat 
tajribasi. 


ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o’quv fanlari 
bo’yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, 
ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo’lib qolmoqda. 
Bunday reproduktiv tarzda o’zlashtirilgan ma’lumotlar o’quvchining 
amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon 
bermaydi. Oqibatda o’quvchilarda juda ko’p axborotlarning behuda 
jamg’arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo’lishi va uning real 
voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko’zga tashlanmoqda. 
Aniqrog’i, o’quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning 
oldiga faqat ilgaridan to’plangan axborotlarnigina o’zlashtirish 
maqsadi qo’yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday 
tarzda belgilash o’quvchining faolligini cheklab qo’yadi, oqibatda 
uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi 
yo’qoladi. 
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo’li umumiy 
o’rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. 
Albatta, umumiy o’rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy 
etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur 
o’rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o’rta ta’lim uchun 
kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin 
bo’lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o’z 
o’rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ayniqsa, 
so’nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda 
«kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi 
atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda 
kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach 
(universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini 
aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni 
aniqlashtirish bo’yicha qizg’in munozaralar davom etmoqda.
Kompetent yondashuv o’quvchidan alohida-alohida bilim va 
ko’nikmalarni o’zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda 
egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog’liqlikda o’z navbatida 
o’qitish metodlarini tanlash tizimi ham o’zgarishga uchraydi. 
O’qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo’llash o’z navbatida 
ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarga muvofiq keladigan 
kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi. 


Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, kompetent yondashuv umumiy 
o’rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik 
voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat 
tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida 
ko’rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – 
«Bilim – Ko’nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – 
Ko’nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – 
Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
Umumiy o’rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish 
haqida 
gap 
ketganda, 
kasbiy 
ta’limdan 
farqli 
ravishda 
«umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga 
tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi 
o’quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o’zida to’liq aks ettira 
olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga 
qodirdir.
Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli 
produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo’lgan real voqelikning 
aniq belgilangan ob’yektlariga munosabatini taqozo etuvchi 
o’quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo’nalganligi, bilim, 
ko’nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks 
etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo’yiladigan talabdir. 
O’quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, 
o’zlashtirish uchun aniq mo’ljal (orientir). Biroq maktab ta’limi 
davrida 
o’quvchida 
«yuksak» 
kompetensiyalarning 
ayrim 
elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, 
balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun
mazkur 
kompetensiyalarni 
umumta’limiy 
nuqtai 
nazardan 
o’zlashtiradi.
Kompetentsiyaviy yondashuv
da ta’limning an’anaviy uch 
elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik 
(sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat 
tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish 
talab etiladi.


Umumta’limiy kompetensiyalar maktabda o’qitiladigan fanlarni 
o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida 
qaralishi hamda uning maqsadini to’liq ro’yobga chiqarishni 
ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni 
alohida ta’kidlab o’tish joizki, maktab ta’limi davrida o’quvchi eng 
asosiy – fuqarolik kompetensiyasini o’zlashtiradi va ta’limning 
keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik 
roli saqlanib qolishi zarur. 
Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. 
Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi 
umumiy tamoyillarga
muvofiq amalga oshiriladi: 
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, 
madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi 
tamoyili.
Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, 
ko’nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy 
bilim, 
madaniy 
hayot 
darajasi 
va 
shaxsning 
rivojlanish 
imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi. 
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik 
tamoyili. 
Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama 
yondashishni rad etadi. U aniq bir o’quv jarayonini amalga oshirish 
bilan bog’liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko’zda tutadi. 
Bu umumiy o’rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida 
taqdim etish va o’zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u 
bilan bog’liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. 
Ta’lim 
mazmunining 
yaxlit 
strukturaga 
aloqadorlik 
tamoyili.
Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy 
bilimlarning berilishi, o’quv fani, o’quv materiali, pedagogik 
faoliyat, o’quvchi shaxsi kabi komponentlarining o’zaro mosligini 
ko’zda tutadi. 
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili
. Bu 
tamoyil birinchi navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy 
madaniyatni faol ijodiy va amaliy o’zlashtirishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish bilan bog’liqdir. Buning uchun insonparvar 
g’oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o’z 
navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro 


bog’liqligi va o’zaro munosabatlari tamoyilining o’zgartirilishini 
talab etadi, uning asosini shaxsga yo’nalganlik tashkil etishi zarur. 
Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili
ta’limni 
insonparvarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi. U 
ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-
ketlikni o’rnatish va fanlararo aloqalarni o’quvchilarning idrok 
etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab 
yetishlariga tayanishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. 
Mazkur
tamoyil 
ta’lim mazmunini o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat 
bo’lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim 
avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi. 
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. 
Ushbu tamoyil 
o’rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va 
kompetentsiyalarni yagona tizimdagi o’rni, umumiy o’rta ta’lim, 
barcha o’quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda 
umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko’rib 
chiqishni ko’zda tutadi. 
Ta’lim mazmunining o’quvchilar yosh xususiyatlariga
mosligi tamoyili. 
Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda 
o’quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini 
hizobga olishni ko’zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos bilim, 
ko’nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks 
ettiriladi. 
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi 
mezon
larga 
asoslaniladi: 
ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli 
madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; 
ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; 
ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, 
o’quvchilar imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi; 
ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; 
ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy 
talablarga javob berishi; 
ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga 
olish. 


Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. 
Ta’lim 
mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat 
ta’lim standartidir. O’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari 
umimg tarkibiy qismiga kiradi. 
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda 
«me’yor», 
«namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart 
yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida 
ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o’quv 
ishlari normativlari moslashtiriladi, o’quvchilarning bilimlarini 
baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta’lim standartining 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni 
belgilash; 
milliy, 
umuminsoniy 
va 
ma’naviy 
qadriyatlar 
asosida 
o’quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy 
etish; 
o’quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o’rta ta’lim 
muassasalarining o’quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga 
qo’yiladigan talablarni belgilash; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va 
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 
ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka 
talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, 
shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning 
huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
Davlat ta’lim standartining maqsadi
– umumiy o‘rta ta’lim 
tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari 
hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy 
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan 
iborat. 


davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar 
tayyorlashga 
qo’yiladigan 
xalqaro 
talablarga 
muvofiqligini 
ta’minlash. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi 
asosiy prinsiplarga
asoslanadi: 
o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari 
ustuvorligi; 
umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; 
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat 
talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; 
umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari 
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
umumiy o’rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha 
hududlarda birligi va yaxlitligi; 
umumiy o’rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini 
tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 
o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish 
uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni 
rivojlantirishning ta’minlanganligi; 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni 
belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda 
foydalanish. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi 
tarkibiy qismlar
dan iborat: 
umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi; 
umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi; 
umumiy o’rta ta’limning malaka talablari; 
baholash tizimi. 
Umumiy o’rta ta’limning 
tayanch o’quv rejasi
umumiy o’rta 
ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv 
yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha 
taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
Tayanch o’quv reja umumta’lim fanlari bo’yicha belgilangan 
ta’lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv 
Tayanch o‘quv reja
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars 
jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 


soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning 
minimal hajmini belgilaydi.
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi etarli 
bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi 
bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining 
ruxsati bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik 
kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o’quv rejadagi 
umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni 
chuqurlashtirib o’qitish maqsadida 15%gacha o’zgartirish kiritish 
huquqi beriladi. 
O’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari 
bo’yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy 
maqsadlariga, o’quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga 
qo’yiladigan talablardan iborat. 
Baholash tizimi
– davlat ta’lim standarti bo’yicha umumiy o’rta 
ta’limning malaka talablarini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi 
Umumiy o‘rta ta’limning 
o‘quv dasturi
tayanch o‘quv rejaga 
muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, 
mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan 
kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning 
malaka talablari
quyidagilardan 
tashkil topadi: bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish 
va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni 
tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka – o‘rganilgan bilim 
va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay 
olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud 
bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay 
olish qobiliyati. 


darajasini hamda umumiy o’rta ta’lim muassasasining faoliyati 
samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. 
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari asosida o’quv materiallari 
o’quv-metodik majmuada o’z ifodasini topadi. 
Darslik
– davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv dasturi 
asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik 
talablarga javob beradigan, o’quv fanining mavzulari to’liq 
yoritilgan, uning asoslari mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan, 
o’quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim 
oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari 
amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi 
o’quv nashri. 
Darslik o’quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol 
ishtirok etishlari, o’quv materialini to’la o’zlashtirishlarini 
ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo’lida darsliklar 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
motivatsion vazifa
- bu vazifa o’quvchilarni ushbu fanni 
o’rganishga yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va 
qiziqishini shakllantiruvchi rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan 
iborat; 
axborot vazifasi
o’quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali 
usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon 
beradi; 
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi
– ta’lim jarayoni, 
uning natijalarini tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va 
tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni 
shakllantirish uchun o’rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda 
tutadi. 
O‘quv-metodik majmua
– darslik, mashq daftari, o‘qituvchi 
uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan 
iborat majmua. 


muvofiqlashtirish vazifasi
material ustida ishlash jarayonida 
ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, 
diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi; 
rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi vazifasi
darslik mazmunining 
o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishi, kitoblar bilan 
ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy 
qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat; 
o’qitish vazifasi
darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish 
uchun zarur bo’lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini 
ajratib ko’rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va 
ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko’zga tashlanadi. 
Mashq daftari
– darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, 
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilar tomonidan 
egallangan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash hamda o’quv 
fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va 
tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, 
mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan 
iborat bo’lgan didaktik vosita. 
O’qituvchi uchun metodik qo’llanma
– darslikdagi har bir 
mavzuni 
samarali 
o’qitish 
metodikasi, 
qo’shimcha 
sinov 
topshiriqlari va o’qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid 
boshqa metodik ko’rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, 
darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, 
darsning mazmuni, amaliy mashg’ulotlar, qo’shimcha topshiriqlar 
va boshqalar haqida metodik ko’rsatmalar aniq bayon qilingan kitob 
shaklidagi o’quv nashri. 
Darsliklarning 
multimediali 
ilovalari 

axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o’quv faniga oid 
materiallarni davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga mos ravishda 
yorita 
oladigan, 
o’quv 
fanini 
samarali 
o’zlashtirishga, 
o’quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko’maklashuvchi hamda 
video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug’atlarni o’z ichiga olgan, 
bilimlarni nazoratdan o’tkazish va mustahkamlashga yo’naltirilgan, 
o’quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo’shimcha 
materialga ega bo’lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o’z 
ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi. 


1.
Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi? 
2.
Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar 
mavjud? 
3.
Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi? 
4.
Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering. 
5.
Ta’lim 
mazmunini 
loyihalashda 
qanday 
mezonlarga 
asoslanish lozim? 
6.
Davlat ta’lim standarti nima va u qanday komponentlardan 
iborat? 
7.
Tayanch o’quv rejasiga izoh bering. 
8.
O’quv dasturida qanday masalalar o’z aksini topadi? 
9.
O’quv-metodik majmua nima va u o’z ichiga nimalarni 
qamrab oladi? 
2.3. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
Tayanch tushunchalar: 
metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, 
qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita
ta’limning texnik vositalari.
Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi
tushunchasi 
anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq 
talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu 
tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, 
ularning 
nuqtai 
nazarlarini 
yaqinlashtiradigan 
qandaydir 
umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko’pchilik mualliflar ta’lim 
metodini o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, 
deb hisoblashga moyildir. 
Shu qoidani boshlang’ich nuqta bilib, mazkur tushunchani 
yanada batafsil ko’rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga 
harakat qilamiz. 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


Metod
so’zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, usuli 
deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, 
ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko’rinadiki, bu o’rinda 
ham o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va u tashkil etgan 
o’quvchilarning faol o’quv-bilish faoliyati uyg’unlashadi.
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng 
qo’llanadi. 
Ta’lim usuli
– ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki 
alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o’zaro bir-biriga 
bog’langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga 
bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli 
metodlarda foydalanilgan bo’lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu 
metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi 
mumkin. 
Masalan, o’qituvchilar tomonidan ko’p qo’llaniladigan mashq 
manbasiga ko’ra amaliy metod hisoblansa, uni qo’llash esa bir 
nechta usullar (mashqning qoidasini o’qib berish (1-usul), bittasini 
namuna sifatida bajarib ko’rsatish (2-usul), o’qituvchining namunasi 
asosida o’quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), 
o’quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini 
tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. 
O’qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining 
o’rniga “uslub” tushunchasini ham qo’llaydilar. Ammo “uslub” 
Ta’lim metodlari
deyilganda, o‘rganilayotgan materialni 
egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish 
bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning 
o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi 
tushuniladi. 
Ta’lim usuli 
– o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida 
tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga 
bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir 
qismi hal qilinadi. 


tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o’zida to’liq aks ettira 
olmaydi. Chunki uslub ko’proq xususiy (so’z borayotgan holatda 
aynan o’qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo’lib,
 
aniq 
maqsadga erishish yo’li sifatida xizmat qila olmaydi.
Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch 
darajada qo’llaniladi: 
Umumpedagogik (makro) daraja. 
Mazkur darajaga muvofiq 
keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo’lib,
ularga 
muammoli, 
tabaqalashtirilgan, 
integratsion, 
shaxsga 
yo’naltirilgan, 
rivojlantiruvchi, 
modulli, 
masofali 
o’qitish 
texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur 
texnologiyalar 
innovatsiya 
tavsifiga 
ega 
bo’lib, 
novator 
o’qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi 
hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq 
etish imkoniyatiga ega bo’linganidan so’ng uni amaliyotchi 
o’qituvchilar o’z faoliyatida qo’llaydilar. 
Xususiy-metodik (mezo) daraja.
Ushbu daraja o’zida ma’lum 
bir o’quv fanini o’qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni 
o’zida aks ettiradi. Masalan, boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’qish 
darsini har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. 
Hozir ko’p ta’kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, 
texnologik xarita rejalashtirishga to’g’ri keladi. Natijada har bir 
fanni o’qitish texnologiyasi yuzaga keladi. 
Lokal daraja (mikro).
Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar 
o’quv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs 
sifatlarini shakllantirish, maxsus o’quv ko’nikma va malakalarini 
tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o’quvchilarning mantiqiy 
fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o’quvchilarning aqliy 
qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar. 
Pedagogik texnologiya – 
bu muayyan loyiha asosida tashkil 
etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu 
maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat 
japayoni mazmunidir. 


“Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi 
bilan ham bog’liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko’rsatish 
mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o’qitish?”, “Nima uchun 
o’qitish?”, “Nimaga o’rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, 
texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o’qitishga erishish 
mumkin?” degan savolni markazga qo’yadi. Metodika o’quv 
jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, 
texnologiya qay yo’sinda o’quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda 
amalga oshirishga diqqat-e’tiborni qaratadi.
Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha 
yondashuvlar.
Didaktik tadqiqotlar ko’rsatadiki, ta’lim metodlari 
nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda 
tanlangan yondashuvga bog’liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan 
xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to’xtalamiz.
Ta’lim metodlari tasnifi:
An’anaviy (manbasiga ko’ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, 
N.M.Verzilin va bosh.)
Оg’zаki 
Ko’rgаzmаli 
Аmаliy 
Kitоb 
bilаn 
ishlаsh 
Vidео-
mеtоd 
Hikоya 
Suhbаt 
Tushuntirish 
Mа’ruzа 
Munоzаrа 
Illyustrаtsiya 
Dеmоnstrаtsiya 
Mаshq 
Аmаliy 
Lаbоrаtоriya 
Didаktik 
o’yin 
O’qish 
O’rgаnish 
Rеjа tuzish 
Kоnspеkt 
qilish 
Ko’rish, 
O’rgаnish, 
Nаzоrаt 
qilish 
Metodika
– qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari 
o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir 
ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. 
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham 
bog‘liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, 
mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari 
yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.


O’quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko’ra ta’lim 
metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin). 
Tа’lim 
mеtоdining 
nоmlаnishi 
O’qituvchi fаоliyati 
O’quvchi fаоliyati 
Ахbоriy-
rеtsеptiv
O’quv ахbоrоtini 
uzаtish, 
o’rgаnilаyotgаn оb’еkt 
bilаn o’quvchi 
hаrаkаtini tаshkil etish 
Bilimlаrni idrоk etish, 
аnglаsh vа yoddа 
sаqlаsh. 
Rеprоduktiv
Bilimlаr hаmdа аqliy 
vа fаоliyat usullаrini 
hоsil qilishgа dоir 
tоpshiriqlаrni tuzish vа 
tаqdim etish 
Nаmunа аsоsidа 
bilimlаrni hаmdа аqliy 
vа fаоliyat usullаrini 
egаllаsh. 
Muаmmоli 
bаyon etish
Muаmmоni qo’yish vа 
uni hаl etish usullаrini 
оchib bеrish 
Tоpshiriqni idrоk etish 
vа uni qismlаrgа аjrаtish. 
Tоpshiriq qismlаrini 
mustаqil hаl etish vа o’z-
o’zini nаzоrаt qilish 
Evristik 
(qismаn-izlаnish)
Muаmmоni qo’yish vа 
uni hаl etishgа dоir 
qаdаmlаr kеtmа-
kеtligini rеjаlаtirish. 
O’quvchilаr fаоliyatini 
bоshqаrish 
Qo’yilgаn vаzifа bilаn 
bоg’liqlikdа muаmmоni 
hаl etish yo’llаrini 
mustаqil izlаsh vа 
o’qituvchining qismаn 
ko’mаgi yordаmidа 
muаmmоni hаl etish 
Tаdqiqоtchilikkа 
dоir
Mustаqil hаl etishgа 
dоir muаmmоli 
vаzifаlаrni 
shаkllаntirish. 
Muаmmоni hаl etilish 
jаrаyonini nаzоrаt 
qilish 
Muаmmоni mustаqil hаl 
etish. 


Asosiy didaktik maqsadlariga ko’ra ta’lim metodlari tasnifi 
(M.A.Danilov va B.P.Esipov): 

Yangi bilimlarni egallash metodlari; 

Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari; 

Bilimlarni amaliyotda qo’llash metodlari. 
Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov). 
Yaxlit 
yondashuv 
bo’yicha 
ta’lim 
metodlari 
tasnifi 
(Yu.K.Babanskiy): 

Bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat 
qilish metodlari. 

O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish 
metodlari. 

O’quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag’batlantirish 
metodlari. 

O’quv-bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish 
metodlari. 
Interfaol metodlar va grafik organayzerlar. 
O’rgаnilаyotgаnlаrini 
o’zlаshtirishgа dа’vаt 
qilish mеtоdlаri 
YAngi mаtеriаlni 
аnglаsh mеtоdlаri 
O’rgаnilgаnlаrini 
fikrlаshgа imkоn 
bеruvchi mеtоdlаr 
Erkin yozish. 
Klаstеr. 
Аqliy hujum. 
B-B-B chizmаsi. 
Chаlkаshtirilgаn 
mаntiqiy zаnjirlаr 
kеtmа-kеtligi. 
Sеmаntik хususiyatlаr 
tаhlili. 
Sеmаntik хususiyatlаr 
tаhlili. 
B-B-B chizmаsi. 
O’qitish bo’yichа 
qo’llаnmа. 
Bir-birigа o’rgаtish. 
Bir-biridаn so’rаsh. 
Ikki qismli kundаliklаr. 
Eng аsоsiy 
tushunchаlаr, 
tаkrоrlаsh. 
T-chizmа. 
Kоntsеptuаl jаdvаl. 
Vеnn diаgrаmmаsi. 
Nilufаr guli. 
Bеsh minutlik essе. 
O’n minutlik essе. 
O’rgаtish mеtоdlаri 
O’rgаnish mеtоdlаri 
Ахbоriy-mа’lumоtli 
Ijrо etish (bаjаrish) 
Tushuntirishli 
Rеprоduktiv 
Ko’rgаzmаli-аmаliy 
Ijоdiy-аmаliy 
Tushuntirishli-undоvchi 
Qismаn izlаnishli 
Undоvchi 
Izlаnishli 


Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni. 
Hikoya 
– o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va 
voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar 
yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil 
bayon qilinishi. Metodning samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining 
nuqt mahorati, so’zlarni o’z o’rnida, ifodali bayon qilishi, 
shuningdek, o’quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga 
olgan holda yondashuviga bog’liq. Shu bois hikoya mazmuni 
o’quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga 
xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida 
amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq 
belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga 
e’tiborni qaratadi.
Suhbat
– savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi 
bo’lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot 
ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko’p 
funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va 
boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida 
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi fikriga mos harakat 
qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga 
imkon beradi. 
Suhbat – faoliyatni endigina boshlagan o’qituvchi uchun 
murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni 
tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko’p vaqt talab etadi, 
uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning diqqatini jalb etish 
talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga ular 
yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning 
javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni 
sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv 
yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga oldindan 
ma’lum bo’lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida
tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga 
keladilar. 
Suhbatning 
induktiv 
shaklida 
alohida 
dalillar, 
tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. 


Suhbat ko’proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, 
bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish 
hamda o’zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni 
beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual 
va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi. 
Tushuntirish
o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, 
umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod 
hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo’llaniladi. Undan odatda, 
nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o’rganishda 
foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o’quv materialining bir qadar 
qiyin unsurlari ko’zga tashlanadi va shu asosda materialning 
mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko’p hollarda 
o’qituvchining ko’rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga 
bog’liq bo’ladi. 
Ma’ruza 
– yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon 
qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning 
ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi 
mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, 
ularning sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalar tashkil 
etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina 
qo’llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin.
Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib 
borishidan vujudga keladi va bir vaqida o’quvchilarni qisqacha 
yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi. 
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda 
ko’rgazmali 
metodlar 
ham alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya

metodi
namoyish metodiga chambarchas 
bog’liq bo’lsada, didaktikada alohida o’rganiladi. Illyustratsiya 
narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko’rinishlari – 
chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar 
yordamida ko’rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi
o’rganilayotgan obyekt 
harakat dinamikasini ochib berishda qo’l keladi va ayni chog’da 
predmetning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi haqida to’laqonli 
ma’lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish 


qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, 
qismlari, ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so’ngra 
ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o’rganishga o’tiladi. 
Ko’rsatish ko’p holatlarda o’rganilayotgan obyektlarning subyekti 
yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metod
– o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar 
echimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. 
Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil 
qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab er 
maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. 
Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi 
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki 
maxsus ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi. 
Mashq
– aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish 
ko’nikmalarini egallash yo’lidagi ko’p marta takrorlanishlar bo’lib, 
mashqsiz ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. 
Mashqlar og’zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini 
ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo’linadi. 
Laboratoriya ishlari
o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, 
qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda 
tajribalarni o’tkazish metodlari bo’lib, ular ko’proq tabiiy fanlar 
asoslarini o’rganishda qo’llaniladi. Bu metod o’quvchilarning 
asbob-uskunalar bilan ish ko’rish, o’lchash ishlarini amalga oshirish 
va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko’nikmalarini tezkor 
shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish 
maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni 
sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu 
harakatlar o’quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida 
mustaqil ravishda tajriba va o’lchash ishlarini tashkil etish bilan 
takomillashtirilib boriladi. 
Didaktik o’yin 
o’rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va 
faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi. Ayni vaqtda 
o’yin ham ijtimoiy faoliyat ko’rinishi sanaladi. 
Ta’lim 
metodlarini 
tanlash. 
Pedagogika 
fanida, 
o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish 


asosida ta’lim metodlarini tanlashga o’quvtarbiya jarayoni 
kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan 
yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi 
holatlar inobatga olinishi lozim: 

Tа’limning umumiy mаqsаdlаri. 

Fаnning vа o’rgаnilаyotgаn mаvzuning mаzmuni hаmdа 
o’zigа хоsliklаri. 

Birоr fаnni o’qitish mеtоdikаsining o’zigа хоsliklаri. 

Mаtеriаlni o’rgаnishgа аjrаtilgаn vаqt. 

O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi, vаzifаlаri vа mаzmuni. 

O’quvchilаrning yoshi vа bilish imkоniyatlаri. 

O’quvchilаrning tаyyorgаrlik dаrаjаsi. 

Tа’lim muаssаsаsining mоddiy tа’minlаngаnligi. 

O’qituvchining nаzаriy, аmаliy vа mеtоdik tаyyorgаrligi, 
pеdаgоgik mаhоrаtni egаllаgаnlik dаrаjаsi. 
Ta’lim vositalari.
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan 
birgalikda qo’llaniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni 
o’zlashtirish 
uchun 
o’qituvchi 
va 
o’quvchilar 
tomonidan 
foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. 
Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli 
amalga oshiradi.
Ta’lim vositalari o’zida o’quv-tarbiyaviy maqsadga erishish 
uchun zarur bo’lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks 
ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. 
Biroq agar metodlar «qanday o’qitish» savoliga javob bersa, 
vositalar esa, «uning yordamida niamani o’qitish» savoliga javob 
beradi. 
An’anaviy ravishda qo’laniladigan ta’lim vositalariga darslik, 
rasmlar, jadvallar, nutq, o’quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, 
Didaktik 
vositalar
deganda, 
o‘quv 
va 
ko‘rgazmali 
qo‘llanmalar, 
namoyishli 
qurilmalar, 
texnik 
vositalar 
tushuniladi.


axborot vositalari, o’quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish 
vositalari kiradi. 
Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivoj-
lantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o’quvchilarning 
o’quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish 
vazifalarini bajaradi. 
Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, 
ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini 
bajaradi. 
Fanni o’qitish bilan bog’liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. 
O’qituvchi o’zining ixtiyori bo’yicha ko’rgazmali material, o’quv 
qo’llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo’llashning 
yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks 
ettirishidir. 
Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan 
bog’liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) 
foyda-lanilsa, u holda o’quv qo’llanmalari, darsliklar va ta’limning 
texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik 
vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi. 
Ta’limning 
faollikni 
nisbatan 
kam 
talab 
etadigan 
metodlari(o’quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, 
ekskursiya) ta’limning ko’rgazmali vositalaridan foydalaniladi. 
Ta’limning ko’rgazmali vositalari pedagogning o’zi tomonidan 
tuzilgan bo’lishi mumkin. 
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o’lchov va 
mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan, ko’rgazmali 
vositalarning soni etarli bo’lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir 
ko’rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni 
rivojlantirmaydi. 
Ulardan 
haddan 
tashqari 
foydalanish 
o’quvchilarning o’rganilayotgan fanga engil-elpi qara-shiga olib 
keladi. Murakkab mavzularni o’rganishda 4-5 demonstratsiya 
optimal hisoblanadi. 
Ta’lim vositalari tasnifi
aniq va yagona bo’lishi mumkin emas. 
Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda 
qo’llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. 


O’qituvchining vazifasi – dars jarayonini faollishtirish uchun 
ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir. 
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko’ra yondashish 
mumkin: 
- faoliyat sub’yektiga ko’ra; 
- faoliyat ob’yektiga ko’ra; 
- o’quv axborotiga munosabatiga ko’ra; 
- o’quv jarayonidagi vazifasiga ko’ra. 
Faoliyat sub’yekti bo’yicha
ta’lim vositalari o’rgatish va 
o’rganishga bo’linadi. 
O’rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. 
Bunday qurollar o’qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va 
mustahkamlash uchun qo’llaniladi.
O’rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. 
Bunday vositalar o’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash 
uchun qo’llaniladi. 
Didaktik vositalar o’qituvchi va o’quvchi uchun xosligiga qarab, 
ikkiga bo’linadi. Birinchisiga ko’ra, narsalar o’qituvchi tomonidan 
ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo’llanilsa, 
ikkinchisi – bu o’quvchilarning individual vositalari, darsliklar, 
daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o’qituvchi va 
o’quvchilar faoliyat turiga ko’ra sport qurollari, botanika va 
geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo’linadi. 
Faoliyat ob’yektlari bo’yicha
ham ta’lim vositalari ikkiga 
bo’linadi: 
Material ta’lim vositalari. Bu o’quv qo’llanmalari, darsliklar, 
jadvallar, maketlar, modellar, o’quv-texnik vositalar, mebel, o’quv-
laboratoriya qurilmalari, ko’rgazmali vositalar bo’lishi mumkin. 
Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va o’quvchilar yangi 
bilimlarni egallashda qo’llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, 
diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar 
– bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o’qituvchi ularni o’rgatish uchun 
belgilangan shaklda ko’rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya – 
abstrakt simvollar tarzida ko’rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, 
chizmalar), verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko’rsatiladigan 
vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish). 


Material va ideal vosita bir-birini to’ldiradi. Material vosita 
qiziqish va diqqatni uyg’otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish 
bilan bog’liq bo’lsa, ideal vositalar – mantiqiy muhokama. 
Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog’liq.
O’quv axborotiga munosabatiga ko’ra
ta’lim vositalari yangi 
materialni 
o’rganish 
vositalari, 
takrorlash, 
mustahkamlash, 
umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o’quv 
jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot 
vositalariga bo’linadi.
O’quv jarayonidagi vazifasiga ko’ra
ta’lim vositalari 
kommunikatsiya (muloqot) va o’quv ishlari vositalariga tasnif 
etiladi. O’quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli 
mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya 
(muloqot) o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv faoliyati sanaladigan 
kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash 
(o’qituvchi 
nutqidagi 
atamalarda), 
uzatish 
(yozilish) 
va 
o’quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki 
eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko’ra 
ham tasnif qilinadi. Bunday bog’liqlikka ko’ra didaktik vositalar 
vizual (ko’rish) – haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli 
ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, 
magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko’rish-eshitish) – ovozli 
filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron 
darsliklar. 
Ta’limning texnik vositalari.
TTV – bu o’zida o’quv-
axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. 
Ularga 
quyidagilar 
kiradi: 
o’quv 
kinofilmlari; 
diafilmlar; 
kompyuterlar; 
magnitofon 
tasmalari; 
radioeshittirish; 
teleko’rsatuvlar. 
Ta’limning texnik vositalari
ni quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni 
nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar. 


Ta’limning texnik vositalari
quyidagi 
funktsiyalar
ni bajaradi: 

ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi; 

o’quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi; 

o’quvchilarni idrok qilishga yo’naltiradi; 

o’quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish 
hosil qiladi; 

dunyoqarashni, ishonchni, o’quvchilarning axloqiy qiyofasini 
shakllantirishga yordam beradi; 

o’quv ishiga nisbatan o’quvchilarda emotsional munosabatni 
oshirishni ta’minlaydi; 

bilimlarni nazorat, o’zini-o’zi nazorat qilishni ta’minlaydi. 
1.
Ta’lim metodlari deb nimaga aytiladi? 
2.
«Ta’lim usuli», «pedagogik texnologiya», «metodika» 
tushunchalariga izoh bering. 
3.
Ta’lim metodlari tasnifini izohlang. 
4.
Ta’lim metodlarining mazmun-mohiyatini bayon eting. 
5.
Ta’lim vositalari deganda nima tushuniladi? 
6.
Ta’lim vositalari tasnifini izohlang. 
7.
Ta’limning texnik vositalariga nimalar kiradi? 
2.4. TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. DARS – 
TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI. 
Tayanch so’zlar: 
tashkil etish, shakl, ta’limni tashkil etish 
shakli, ta’limni tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta’limni 
tashkil etishning yordamchi shakllari.
Ta’limni tashkil etishning shakllari. 
Ta’limni tashkil etish 
shakli
– bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan 
o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning 
turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi 
ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: 
in-
dividual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va 
sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari.
Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil 
etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi 
darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi 
belgilariga ko’ra quyidagi 
uch asosiy turga 
ajratiladi: individual; 
sinf-dars; ma’ruza-seminar. 
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi 
shakli 
ta’limning individual shakli 
hisoblanadi. O’qishni tashkil 
etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul 
bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng 
foydalanilib kelingan.
Аfzаlliklаri
Kаmchiliklаri
1) o’quv fаоliyati mаzmuni, 
mеtоdi vа sur’аtini to’lа 
individuаlаshtirish 
imkоniyatining mаvjudligi; 
2) аniq bir mаsаlаni hаl 
etishdа tа’lim оluvchining 
hаr 
bir 
hаrаkаti 
vа 
оpеrаtsiyalаrini 
kuzаtib 
bоrishgа imkоn bеrishi.
1) vаqtning tеjаmli emаsligi; 
2) 
o’qituvchi 
tа’sirining 
chеklаngаnligi 
(o’qituvchining 
vаzifаsi o’quvchigа tоpshiriq bеrish 
vа uni bаjаrilishini tеkshirishdаn 
ibоrаt);
3) 
bоshqа 
o’quvchilаr 
bilаn 
hаmkоrlikdа 
ishlаsh 
imkоniyati 
chеklаngаnligi 
(bu 
hоlаt 
ijtimоiylаshuv jаrаyonigа sаlbiy tа’sir 
ko’rsаtаdi); 
4) jаmоаdа ishlаsh tаjribаsining 
shаkllаnmаsligi. 
XVI asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati 
pasayib, uning o’rnini 
ta’limning individual-guruhli shakli
egallashiga imkon berdi.


Ulardan biri bolalarning 
guruhli (jamoali) ta’limi
sanaladi. U 
G’arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy 
qismlari) 
birodarlik 
maktablarida ilk bor qo’llanilgan va u sinf-
dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan 
Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy 
jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə