O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Analitik 

ta’lim va 
tarbiya jarayoni 
mazmuni, 
mohiyati, sabab-
oqibat 
aloqadorligini 
o’rganish; 
pedagogik 
tajribani tahlil 
etish, 
umumlashtirish 
va baholash. 
Metodologik: 
pedagogik fanlarning 
umumnazariy 
asoslarini 
aniqlashtirish 
Прогностик 
- ilmiy asoslangan 
maqsadlarni belgilash 
va ta’lim-tarbiya 
tizimini rivojlantirish 
strategiyalarini 
belgilash; 
- ta’lim siyosatini 
samarali boshqarishni 
ta’minlash
Ташкилий 
- yangi pedagogik 
texnologiya, innovatsion 
shakl va vositalarni ishlab 
chiqish; 
- pedagogik tadqiqotlar 
natijalarini amaliyotga 
tatbiq etish; 
- ta’lim jarayonini 
boshqarishning ilmiy-
metodik ta’minotini 
yaratish 
VAZIFALARI 
Pedagogika fanining 
ob’yekti
– yaxlit pedagogik jarayon. 
Pedagogika fanining 
predmeti 
– ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, 
qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari. 


Rivojlanish 
Shakllanish 
Ma’lumot 
Tarbiya 
Ta’lim 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. 
Bizga yaxshi 
ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, 
tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan 
sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini 
ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan 
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-
riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, 
o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, 
shakllantirish, rivojlantirish. 
3-rasm. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 
Shaxs 
– psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari 
va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan 
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. 
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy 
tushuncha 
kategoriya
deb ataladi.


Tarbiya
– muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba 
asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-
atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni. 
Ta’lim
– o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va 
malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, 
ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini 
shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. 
Bilim
– shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, 
ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi 
tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. 
Ko’nikma 
– shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish 
layoqati. 
Malaka
– muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning 
avtomatlashtirilgan shakli. 
Kompetensiya
– egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni 
kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati. 
Ma’lumot
– ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va 
tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda 
tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Shakllantirish
– shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni 
belgilangan talab va me’yorlae asosida tarkib toptirish jarayoni. 
Rivojlanish
– shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida 
namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda 
etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Ijtimoiy tarbiya 
mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning 
muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni 
taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab 
tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash 
uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu 
nuqtai nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin 
aloqadorlik mavjud: 
Falsafa 
– shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, 
muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy 
jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 


Etika 
– shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy 
insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni 
tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik 
jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi. 
Estetika 
– shaxs tomonidan go’zallikning idrok etilishi, uni 
yaratishga intilishi, shuningdek, estetik didni tarbiyalashda muhim 
yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 
Iqtisod
– ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, 
o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va 
ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan 
jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat 
qiladi. 
Sotsiologiya 
– ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil 
etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali 
tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 
Fiziologiya 
– o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, 
anotomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich 
asoslarni o’rganishga yordam beradi. 
Gigiena
– o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni 
jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishga nazariy va amaliy g’oyalarni 
taqdim etadi. 
Psixologiya
– shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, 
hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. 
Tarix
– 
pedagogika 
fani 
taraqqiyoti, 
ta’lim-tarbiya 
jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, 
shuningdek, tarixiy tajribani yosh avlodga o’rgatish uchun manba 
bo’lib xizmat qiladi. 
Madaniyatshunoslik
– o’quvchilarda insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi 
tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini 
tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 
Tibbiy fanlar
– shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri 
rivojlani-shini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan 
ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, 


nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini 
o’rganishda ko’maklashadi. 
Pedagogika fanlari tizimi. 
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning 
intellektual, 
ma’naviy-axloqiy 
hamda 
jismoniy 
jihatdan 
rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga 
xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini 
inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik 
jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar 
tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir: 
Umumiy pedagogika
– pedagogikaning kontseptual masalalari 
va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. 
Pedagogika 
nazariyasi
– 
pedagogikaning 
umumnazariy 
masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid 
masalalarni o’rganadi. 
Pedagogika tarixi
– pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, 
maktab va ta’lim turlarining davriy xususiyatlari, o’ziga xoj jihatlari 
va ahamiyatini tadqiq etadi. 
Pedagogik mahorat
– o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga 
samarali 
tayyorlash 
taktikasi, 
pedagogik 
qobiliyatlarni 
shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish 
hamda nutq texnikasini egallash yo’llarini o’rganadi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
– maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy 
va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi. 
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi
– boshlang’ich sinf 
o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos 
psixologik 
hamda 
fiziologik 
xususiyatlarini 
tadqiq 
etish, 
shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy 
jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 
Korrektsion (maxsus) pedagogika
– jismoniy yoki ruhiy 
rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan 
bog’liq muammolarni o’rganadi. 
Metodika
– xususiy fanlarni o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, 
tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq etadi. 
Pedagogik texnologiya 
– ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida 


ta’lim 
va 
tarbiya 
jarayonining 
samaradorligini 
oshirish 
muammolarini o’rganadi. 
Ta’lim menejmenti
– ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil 
etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash 
masalalarini o’rganadi.
Ijtimoiy pedagogika
– shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy 
me’yordan og’ishishning pedagogik diagnostikasi, korrektsiyasi va 
reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish 
masalalarini tadqiq etadi. 
Oila pedagogikasi
– oilaviy ta’lim-tarbiya, oilada bolalarni 
yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota-onalarning 
pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini o’rganadi. 
Xalq pedagogikasi
– xalq og’zaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, 
milliy va bolalar o’yinlari, o’yinchoqlari kabilarda saqlanib qolgan 
pedagogik ma’lumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar majmuidir. 
Qiyosiy pedagogika
– qiyosiy aspektda turli davlat, hudud, 
umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogika 
nazariyasi va amaliyotining mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari 
va qonuniyatlarini o’rganadigan pedagogik fan sohasi. 
Pedagogik innovatika
– pedagogik innovatsiyalarning yuzaga 
kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadigan, shuningdek 
pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o’zaro 
aloqadorligini ta’minlaydigan fan. 
Pеdаgоgik аksiоlоgiya
ta’lim oluvchi vа tа’limni qаdriyat dеb 
e’tirоf etgаn hоldа, tа’limiy qаdriyatlаrni o’rganish hаmdа tа’lim-
tarbiyagа аksiоlоgik yondаshuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi 
pеdаgоgik bilimlаr sоhаsidir. 
Neyropedagogika
– bu bosh miya (o’ng va chap miya yarim 
sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to’g’risidagi 
bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llay 
olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey 
pedagogikasi
– 
pedagogika, 
psixologiya 
va 
muzeyshunslikning o’zaro uyg’unligi natijasida shakllangan fan 
sohasi bo’lib, muzey muhitida ta’lim-tarbiya berish yo’llarini tadqiq 
etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yo’nalish bilan shug’yllanadigan 
xodim muzey pedagogi deb ataladi. 


Pedagogik antropologiya
– falsafiy, ijtimoiy, psixologik 
antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi 
uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda 
ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o’rganuvchi fan 
sohasi. 
Pedagogik akmeologiya
– barcha yosh davrlari psixologiyasi 
bilan bog’liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish 
cho’qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, 
texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot 
metodlari. 
Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida
dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan
xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini
aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning 
ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik
bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o’tkazish 
mumkin emasligini uqtiradi. 
Ijodiy 
jarayonda 
bugungi 
kunda 
pedagogika 
fani
metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar
vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga 
harakat qilamiz. 
Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funktsiyani bajaradi:
deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi
– ob’yektni nazariy jihatdan ifodalashni ko’zlasa, keyingisi –
tadqiqotchi uchun aniq mo’ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu
ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki 
guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy. 
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
«metodologiya» 
tushunchasi 
ta’rifi; 
fan
metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik
bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy
faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot 
ob’yekti va predmetining metodologik tahlili. 
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi: 
pedagogikani ob’yektiv borliqni ma’naviy jihatdan
o’zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash; 


pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga 
muvofiqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot ob’yektini ajratish;
maxsus bilish metodlari va vositalarini qo’llash; atamalarning bir 
xil qo’llanilishi; 
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish; 
tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi,
tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya 
qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati; 
pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi; 
pedagogik fanlar tizimi, ularning o’zaro aloqasi. 
Tadqiqot muammosi bo’yicha qabul qilingan direktiv va 
me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini 
tashkil etadi. 
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy
faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek,
bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi.
Aniqrog’i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi 
nazariya demakdir. 
Ko’rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati – 
bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki
ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik
ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika
fanlari rivojining qonuniyatlari va yo’nalishlari, pedagogik
tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari,
ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi –
metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va
sifatini baholashda foydalanishni anglatadi. 
Pedagogika metodologiyasi
o‘zida pedagogikaning nazariy
asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik
hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini,
pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish 
usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga 
doir faoliyat tizimini o’zida mujassamlashtiradi. 


Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy
muammolar bilan almashtirishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chunki,
birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo’llash 
mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi – umumnazariy
savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan
aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar 
yechimiga qaratiladi. 
Pedagog 
kadrlar 
tayyorlash 
sifatini 
oshirish 
masalasi 
respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilarning diqqat 
markazida bo’lib kelmoqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini 
modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qilish texnologiyalari 
va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bog’langan. 
Ularning to’laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlarni amalga 
oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni 
keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. O’z navbatida 
pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi faktlar, yuqori 
natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida 
rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot 
metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o’z 
navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy 
prinsiplar majmuasiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar 
tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» 
tushunchasiga 
nisbatan 
turlicha 
yondashuvlar 
mavjudligini 
ko’rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining 
gnoseologik talqini ko’proq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur 
yondashuvga ko’ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan 
«gnoseologiya» (bilish to’g’risidagi fan), «nazariy bilish» kabi 
tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo’nalish tarafdorlari masalaga 
bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari 
to’g’risidagi ta’limot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin 
qiladilar. Shu o’rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o’zgartirish 
metodlari to’g’risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda 
qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab 
qo’yadilar.


Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq 
etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni 
hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish 
jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol 
toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni 
aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi 
holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining 
mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud 
ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, 
zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish 
zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali 
kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq. Mazkur 
jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda 
samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga 
muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga 
berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi 
pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini 
maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasida pedagogik yo’nalishda 
olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. 
Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga 
bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy 
aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik 
rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib 
borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini 
ta’minlashdagi 
o’rni 
va 
roli, 
shuningdek, 
dialektika 
kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. 
Pedagogika fani metodologiyasi
– jamiyatning rivojlanishi 
sharoitida uzluksiz taraqqiy etib boruvchi pedagogik muhit 
holatini haqqoniy aks ettiruvchi, pedagogika nazariyasi hamda 
amaliyoti, ta’lim olish hamda unga yondashuv mezonlari 
haqidagi bilimlar tizimi. 


Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, 
muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik 
hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, 
uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. 
Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq 
belgilanganligi; ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi; 
vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi; 
tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba-
sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, 
psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi 
qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini 
oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o’tish; tadqiqot 
natijalarining kafolatlanganligi. 
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib 
borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 
1. 
Pedagogik kuzatish metodi. 
2. 
Suhbat metodi. 
3. 
Anketa metodi. 
4. 
Intervyu metodi. 
5. 
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 
6. 
Test metodi. 
7. 
Pedagogik tahlil metodi. 
8. 
Bolalar ijodini o’rganish metodi. 
9. 
Pedagogik tajriba metodi. 
10. 
Matematik-statistik metod. 
Pedagogik kuzatish metodi
. Uni qo’llash jarayonida, ta’lim 
muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida 
tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va 
yakunida 
qo’lga 
kiritilgan 
ko’rsatkichlar 
o’rtasidagi 
farq 
to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish 
murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad 
asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani 
qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish 
ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga 
xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. 


Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo’ymaslik 
muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 
1)
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2)
kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; 
3)
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal 
etish; 
4)
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; 
5)
xulosa chiqarishga shoshilmaslik. 
Suhbat metodi.
Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega 
bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri baho 
berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik 
shart-sharoitlarni 
yaratish, 
tajriba-sinov 
ishlari 
subyektlari 
imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. 
Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda 
ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning 
imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon bilishga erishish muhimdir. 
Uning samarali bo’lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga 
muvofiq: 
1)
maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi 
savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o’rtasidagi 
mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 
2)
suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 
3)
suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga 
kelish; 
4)
suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega 
bo’lish; 
5)
suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 
6)
suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi 
uchun sharoit yaratish; 
7)
savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 
8)
olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish. 
Anketa metodi
(fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod 
yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan 
dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida 
respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa 
savollariga javoblar, ko’p hollarda, yozma ravishda olinadi. 


O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa 
savollari quyidagicha bo’ladi:
1)
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil 
javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob 
variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 
Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish 
zarur. Ular quyidagilardir: 
1)
anketa 
savollari 
tadqiq 
etilayotgan 
muammoning 
mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 
2)
anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak; 
3)
anketa savollari o’quvchilarning dunyoqarashi, yosh va 
psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 
4)
anketa savollari respondentlar tomonidan to’la javoblar 
berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 
5)
anketa 
o’quvchilarning 
pedagogik 
va 
psixologik 
tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 
6)
anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil 
etilishi shart. 
Intervyu metodi
respondent tomonidan tadqiq etilayotgan 
muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan 
munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga 
turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi. Intervyu 
jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan 
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. 
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi
. Pedagogik 
hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari 
faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga 
muvofiqdir. Mazkur metod O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to’g’risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini 
o’rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l 
qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish 
va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida 
qo’llaniladi. 


Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar 
quyidagilardan iborat: O’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv 
dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy 
varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig’ilishi bayonnomalari 
yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi 
smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quv-tarbiya 
ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi 
jihozlari (o’quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazo-
lar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo’nalishlarda o’quv-tarbiya ishlari 
samaradorligi darajasi, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, ko’nikma 
va malakalar hajmi, ilg’or pedagogik tajribalar mazmunini 
o’rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Test metodi.
Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan 
fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha 
o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikma, malakalar 
darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o’z mohiyatiga ko’ra 
quyidagi savollardan iborat:
2)
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil 
javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob 
variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 
3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar 
o’z yondashuvlariga ko’ra to’g’ri deb topgan javob variantini 
belgilaydilar). 
Test metodini qo’llashda aniqlanishi zarur bo’lgan bilim, 
ko’nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish 
maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar 
javoblarini aniq mezonlar bo’yicha tahlil etish imkoniyati 
mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod 
ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda 
javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif 
etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois 
respondent o’z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.


Pedagogik tahlil metodi.
Tadqiqotni olib borish jarayonida 
ushbu 
metodni 
qo’llashdan 
ko’zlangan 
maqsad 
tanlangan 
muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda 
o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari 
surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga 
xizmat qiladi. 
Bolalar 
ijodini 
o’rganish 
metodi.
Mazkur 
metod 
o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, 
shuningdek, ma’lum fan sohalari bo’yicha bilim, ko’nikma va 
malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni 
qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, 
yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat 
qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o’quvchiga xos 
bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni 
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1)
bilimlar bellashuvi; 
2)
fan olimpiadalari; 
3)
turli mavzulardagi tanlovlar; 
4)
maktab ko’rgazmalari; 
5)
festivallar; 
6)
musobaqalar. 
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko’rish», 
«tajriba qilib ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan 
muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud 
pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, 
ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega 
bo’la 
olishi 
hamda 
samaradorligini 
aniqlash 
maqsadida 
foydalaniladi. Muayyan muammo echimini topishga yo’naltirilgan 
pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan 
respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan 
foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus 
metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi 
zarur. 


1. Pedagogika fani nimani o’rganadi? 
2. Pedagogika fanining obyekti va predmetini izohlang. 
3. Pedagogika fanining asosiy vazifalariga izoh bering. 
4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi? 
5. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini asoslang. 
6. Pedagogik fanlar tizimini shartli ravishda asosiy, yordamchi 
va mustaqil fan sohasi yo’nalishlariga turkumlang. 
7. Pedagogika fani metodologiyasi tushunchasiga izoh bering. 
8. Pedagokaning ilmiy tadqiqot metodlari haqida gapirib bering. 
1.3. SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA 
IJTIMOYLASHUVI 
Tayanch tushunchalar:
pedagogik antropologiya, individ, 
shaxs, individuallik, o’sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, 
muhit, tarbiya, yosh davrlari. 
Shaxs haqida umumiy tushuncha.
Shaxs
tushunchasi insonga 
taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy 
xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning 
a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash 
tizimining 
bosh 
subyekti 
va 
obyekti, 
ta’lim 
sohasidagi 
xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida 
ta’riflanadi. 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Odam 
shaxs
bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini 
yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan 
boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 


Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual 
va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama 
rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda 
tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir 
fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi 
bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 
Shaxs rivojlanishi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida 
shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak 
bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va 
shaxsga aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida 
namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda 
etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan 
murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga 
o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib 
borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o’rtasidagi kurashdan 
iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan 
falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik 
mavjudot 
hamdir. 
Demak, 
uning 
rivojlanishida 
tabiat 
rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, 
uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda 
ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush 
taj-ribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir 
etadi. 
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, 
ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan 
tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol 
topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib 
o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. 
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun 
uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 


Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun 
uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini 
yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday 
qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
. Fanda, odamning 
shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri 
o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon 
davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning 
ta’siri kuchli bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? 
Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro 
munosabat qanday? 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi 
o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-
biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, 
tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan 
preformizm
oqimi 
namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho 
berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – 
bixeviorizm
XX asr 
boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy 
qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. 
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. 
Pragmatizm 
oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham 
shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular 
rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. 
Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) 
omilga bog’laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni 
ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining 
jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb 
ko’rsatadilar. 


Muhit 
deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi 
ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi 
yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa 
kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-
dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy 
etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga etishida nasl (biologik 
omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, 
maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek 
ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’-sirini aniqlashda ilg’or 
pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy 
hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning 
ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. 
Falsafiy-antropologik yondashuv o’zining tadqiqotchilik va 
tarbiyaviy funktsiyasiga ko’ra o’quvchining ma’naviy dunyosiga 
yo’naltirilgandir. 
Ana 
shu 
sababli 
mazkur 
yondashuv 
pedagogikadagi 
mavjud 
boshqa 
ilmiy 
yoki 
gnoseologik 
yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o’zaro bir-birini 
tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. 
Mazkur yondashuvning o’ziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining 
barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko’rinishida, balki 
mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik 
usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish 
lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o’z-
o’zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida 
aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu 
tarbiya
orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, 
ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq 
ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. 
Ikkinchidan, 
tarbiya 
tufayli 
tug’ma 
kamchiliklar 
ham 
o’zgartirilib, shaxs kamolga etadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham 
yo’qotish mumkin. 


To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya 
doimiy va uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham 
yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, 
ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan 
xulosani chiqarish mumkin. 
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir 
to’rt 
yondashuv
qaror topgan: 
1. 
Biologik yondashuv
– inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning 
butun xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson 
jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy 
ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 
2. 
Ijtimoiy yondashuv
– inson biologik mavjudot sifatida 
tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy 
muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. 
3. 
Psixologik yondashuv
– insondagi psixik jarayonlar (sezgi, 
idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi – 
qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. 
4. 
Yaxlit yondashuv
– shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning 
rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush 
tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – 
motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol 
o’ynaydi. 
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. 
Muayyan bir 
yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar 
yosh xususiyatlari
deb ataladi. Ana shu 
yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil 
etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. 
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir 
to‘rt – 
bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik 
(jismoniy) va psixologik xususiyatlar 
yosh xususiyatlari
deb 
ataladi.


Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli 
o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos 
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola 
orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi 
ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan 
Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o’tganlar. 
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. 
Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi 
mumkin. 
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust 
fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, 
serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish 
va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi 
kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki 
tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun 
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos 
xususiyatini o’rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament 
(lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” 
ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari 
majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish 
qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti 
quyidagi davrlarga bo’linadi: 
1.
Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir 
yoshgacha bo’lgan davr. 
2.
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3.
Maktabgacha bo’lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar (bolalar) –7 yoshdan 
11-12 yoshgacha. 
5.
O’rta va kata maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar, ilk 
o’spirinlar) – 12-17 yosh. 
Maktabgacha yosh
dagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti 
shartli ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi: 
-
go’daklik (1 yoshgacha); 


-
ilk yosh (1-2 yosh); 
-
ilk yosh guruhi (2-3 yosh); 
-
kichik yosh (3-4 yosh); 
-
o’rta yosh (4-5 yosh); 
-
katta yosh (5-6 yosh); 
-
maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim). 
Kichik maktab yoshi
da o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish 
faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, 
og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari 
qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli 
serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. 
Jismoniy 
o’sishiga 
xos 
bu 
xususiyatlar 
tarbiyachidan 
ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va 
o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. 
O’rta va katta maktab yoshi
(o’smirlik, ilk o’spirinlik 12-17 
yosh). 
O’smirlikning 
murakkabligi 
anotomik-fiziologik 
va 
psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. 
Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu 
davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga 
ta’sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari 
katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi 
bo’shashadi. 
Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga etgan davridir. Mazkur 
davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. 
O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray 
boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, 
his-tuyg’ularida 
ham 
o’zgarish 
yuz 
beradi. 
O’z-o’zlarini 
tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish 
kuchayadi. Bu davrda, ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi 
natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham 
o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan 
bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj 
kuchaya boradi. 
O’spirinlik
– bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri 
sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, 
shaxslik 
xislat-larini 
namoyish 
eta 
boshlaydilar. 
Shunda 


o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda 
o’z-o’zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez 
shakllanadi. 
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini 
tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. 
O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon etish, 
boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy 
muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. 
Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan 
o’lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri 
yo’nalish berishlari o’ta muhim. 
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda 
shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-
muloqoti muhimdir. 
Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan 
yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. CHunki 
o’spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo’lib, ularning bu 
hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi 
bo’lishining muhim shartidir. 
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari.
Gender” atamasi 
1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy 
iste’molga kiritilgan bo’lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy 
munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o’rganilgan bo’lsa-da, 
yangi atamaning paydo bo’lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni 
yuzaga 
keltirdi. 
“Gender 
tarixi”, 
“Gender 
psixologiyasi”, 
“Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender 
sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan 
tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, 
o’g’il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda 
pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini 
mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: 
«Gender» inglizcha so’z bo’lib, jinsga mansublikning ijtimoiy 
jihatlari ma’nosini anglatadi.... Bu tushuncha erkaklar va ayollar 
o’rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy 


taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini 
hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog’liqlik, 
xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender 
tushunchasiga o’ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender 
asoslari jins va u bilan bog’liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning 
psixologik ko’rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi 
biri tug’ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida 
rivojlanganligi to’g’risida keskin munozaralar bormoqda. O’g’il va 
qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi 
tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik 
farqlari ma’lum bo’ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 
2002) qizlar o’g’il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan 
ustunroq deb ta’kidlashadi. O’g’il bolalarda qizlarga qaraganda 
o’ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan 
qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O’zgaruvchan muhitga 
tez moslashishadi. O’g’il bolalar har bir holatni umumiy tarzda 
baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o’rganib, keyin unga baho 
berishadi.
Bugungi kunda o’g’il va qiz bolalarning rivojlanishidagi 
fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to’liq 
o’rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o’quvchilarning 
rivojlanishida hisobga olish lozim bo’lgan quyidagi gender 
xususiyatlarni sanab o’tish mumkin: 
qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ikki marta ko’proq savol 
berishadi;
qizlar to’g’ridan-to’g’ri o’zining istaklari haqida gapirmaydi, 
lekin tezda kelishib ketadi; o’g’il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta 
olishadi va o’z ңuqtai nazarida qolishni afzal ko’rishadi; 
mustaqil hal etish bilan bog’liq vazifalarni bajarishda o’g’il 
bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; 
Pedagogik ma’noda gender
– o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab 
ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, 
mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro 
teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.


o’g’il bolalar ko’proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig’iga 
e’tibor berishadi; qizlarga ko’proq psixologiya, adabiyot yoqadi; 
o’g’il bolalar dialog, munozarani afzal ko’rishadi; qiz bolalar 
monologlikka moyil, eshitishni va o’zida aks ettirishni yoqtiradi; 
o’g’il 
bolalar 
ko’proq 
virtual(mo’jiza)likka, 
xayolotga 
qiziqishadi; qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ratsional va 
pragmatik. Ular o’z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni 
tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga 
qarab amalga oshirishadi; 
o’g’il bolalar o’z tuyg’ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar 
o’z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt 
kutishadi. 
Shaxs ijtimoiylashuvi. 
Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, 
kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan 
muloqotda bo’lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, 
jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan 
namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni 
o’zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik 
tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo’lgan quyidagi 
holatlar aniqlangan: 
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan 
ikkinchi davrga o’tish jarayonida ro’y beruvchi ijtimoiy omillar 
(mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), 
voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o’rin tutadi;
bolaning kamol topishi, shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy, 
xususan, ota-onalar va bola o’rtasidagi munosabatlar, ularning 
o’zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega; 
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida 
boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv 
tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; 
shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik 
madaniyati unsurlarini o’zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy 
jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo’ladi – mazkur 
holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi; 
shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat 
rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri 


shaxsning ijtimoiylashuvida o’ziga xos ko’rinishda namoyon 
bo’ladi;
ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo’lmay, shaxs 
hayotining barcha davrlarini qamrab oladi. 
Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni 
qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy 
etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning 
ijtimoiylashuvi esa, inson o’zini jamiyatda shaxs sifatida anglab 
borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o’z-o’zini tarbiyalash 
jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o’z maqsadlarini mustaqil 
aniqlay olsa va ularga erishish yo’llarini belgilay olganida, o’z qadr-
qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o’z o’rniga ishonch hosil 
qilgan taqdirda amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni o’zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, 
qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va 
ijtimoiylashgan insonda namoyon bo’lishiga (uning xususiyatlari, 
sifatlari, o’ziga xosliklari) ko’ra murakkabdir. Ana shu sababli u 
o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning 
xilma-xil – madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik 
ko’rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu 
sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi 
va ehtiyojlarining o’ziga xosligini hisobga olib, pedagogik 
ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab o’tiladi. Bu 
insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va 
muhim 
pedagogik 
yangidan 
shakllanuvchi 
tajribalarni 
– 
tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik 
hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o’zgarib 
borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. 
Bu 
holda 
shaxsga 
nisbatan 
sust 
ravishda 
yondashuv 
kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik 
Shaxsning
ijtimoiylashuvi
– ta’lim-tarbiya ta’sirida inson 
psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy 
qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, 
dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. 


tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda faollik va 
mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o’z-o’zini shakllantiruvchi
shu bilan birga o’z hayot yo’li uchun javobgarlikni his etuvchi
sub’yekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi – insonga 
fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo’lib yetishishiga, jamiyatda 
o’z o’rnini va xulq-atvorini, o’z istak-maqsadlarini yo’nalishini 
anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan 
birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga 
yo’nalgan shaxs bo’lishiga yordam berishdir. 
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: 
ana’naviy – oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy 
faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni 
yaratish; 
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari 
tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit 
va imkoniyatlarni yaratish; 
shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, 
ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; 
refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini 
loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni 
taraqqiy ettirish. 
O’quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy 
kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan 
ijtimoiy vaziyatlarga yo’nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab 
etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo’lga qo’yishda 
o’z 
ifodasini 
topadi. 
Ijtimoiy 
kompetentlikning 
asosiy 
funktsiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs integratsiyasi 
va umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy 
mexanizmlari
mavjud: 
ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv 
Ijtimoiy tajriba
o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral 
natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va 
aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. 


Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy 
tajriba o’quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o’zaro 
harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va 
ustanovkalar yig’indisini o’zida aks ettiradi. Ana shu sababli 
shaxsda o’z-o’zini tashkillashtirish va o’z-o’zini korrektsiyalash 
madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan “o’z-o’zini boshqarish 
tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash 
maqsadga 
muvofiqdir. 
O’z-o’zini 
boshqarish 
tajribasini 
shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni 
sub’yekt-sub’yekt 
munosabatlariga 
jalb 
etish; 
sub’yektda 
tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o’z-
o’zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni 
kiritish mumkin. 
Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani 
shakllantirish ikkita o’zaro aloqador yo’nalishda amalga oshadi. 
Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda 
ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga 
yo’naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan 
shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega 
ega o’z-o’zini 
boshqarishda aks etuvchi o’zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi 
xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-
atvor me’yorlarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikni o’zida aks ettiradi. 
O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik 
hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq 
intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan sohalar 
uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini 
yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga 
xizmat qiladi. 
O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining rolini aniqlay 
olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; 
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash, 
individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: 


ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda 
namoyon etish. 
1. “Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi? 
2. Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil 
etadi? 
3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering. 
4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 
5. Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang. 
6. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering. 
7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima 
tushuniladi? 
8. Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering. 
1.4. YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON 
Tayanch tushunchalar: 
jarayon, pedagogic jarayon, pedagogik 
tizim, yaxlit yondashuv, komponent, yaxlit pedagogic jarayon, 
qonuniyat, tamoyil. 
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
. Pedagoglik kasbining 
paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab 
uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni 
chegaralangan bo’lsa, keyinchalik ta’lim va tarbiya bir-biriga 
qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qituvchi o’qitadi, tarbiyachi esa 
tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning
ishlarida argumentlarni asoslashda ob’yektiv nuqtai nazardan ta’lim 
va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi.
I.F.Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad 
yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi. 
Nemis pedagogi A.Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi 
sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya 
prinsiplari ham bo’ladi, yoki aksincha”. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D.Ushinskiy
g’oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab 
faoliyatining ma’muriy, o’quv va tarbiya elementlarini bir butun 
tizim sifatida tushundi. K.D.Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari
uning 
izdoshlari: 
N.F.Bunakov, 
P.F.Lesgaft, 
K.BElniskiy,
V.PBaxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida 
shug’ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham 
ichki, ham tashqi jihatlarini tahlil qiladi va quyidagi xulosalarga 
keldi: “Ta’lim, o’qitish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va 
boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va 
vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yaxlit pedagogik 
jarayondir”.
Pedagogik jarayon
kattalarning pedagogik faoliyati va 
tarbiyachilarning boshqaruvchilik roli tufayli hayotiy faoliyat 
natijasida 
bolaning 
o’zini-o’zi 
o’zgartirishining 
maqsadga 
yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir. 
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib 
boruvchi tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, 
pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq 
o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi. 
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, 
siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas 
bog’langan. Uning mohiyati, mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy 
jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish 
munosabatlarining real o’zaro harakatiga bog’liq bo’ladi. 
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – 
yaxlitlik
, undagi 
barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati. 
Yaxlitlik
asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-
lash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi. 
Pedagogik jarayon
pedagogik fanlarning eng muhim
asosiy tushunchalaridan biri.


Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi 
yig’indisidir. Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi 
va rivojlanishi jarayonlari 
birlashadi

Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi 
barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik 
jarayonning murakkab ichki munosabatlari: 

uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi; 

undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi; 

umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon 
bo’ladi. 
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro 
aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi 
yagona tizim sifatida qarash mumkin. 
Tuzilish
(struktura) – bu 
tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning 
tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani 
bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil 
etiladi. Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, 
metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati 
shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi. 
Jarayonning 
aniq maqsadli tarkibiy qismi 
pedagogik 
faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh 
maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – 
alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga 
qamrab oladi. 
Mazmunli tarkibiy qism
umumiy maqsad bilan birga, xuddi 
shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi. 
Faoliyatli tarkibiy qism
– jarayonni tashkil etish va 
boshqarishda belgilangan natijalarga erishishga doir pedagoglar va 
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. 
Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda tashkiliy yoki 
tashkiliy-boshqaruvga doir qism, deb ham nomlanadi. 
Pedagogik jarayon
da ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga 
quyidagilar kiradi: pedagoglar; tarbiyalanuvchilar; tarbiyaviy 
shart-sharoitlar. 


Jarayonning 
natijaviy tarkibiy qismi
uni amalga oshishi 
samaradorligini aks ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda 
muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi. 
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-
nent)larni quyidagicha strukturalashtiradi: 

tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar; 

ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga 
oshishini ta’minlovchi pedagogik kadrlar; 

tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar; 

ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar); 

moddiy-texnik ta’minot; 

tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy 
ta’minoti; 

shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-
moiy); 

tashkil etish va boshqarish. 
Amerikalik pedagog F.G.Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining 
asosiy tarkibiy qismlari deb hisoblaydi: 

tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va asosiy 
vazifalar; 

ta’lim 
oluvchilar 
hamda 
tizimning 
asosiy 
vazifasi 
hisoblanuvchi o’qitish; 

tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni 
amalga oshiruvchi boshqarish; 

turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim 
oluvchilar guruhining tuzilishi va taqsimlanishi; 

mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega 
bo’lishlari shart; 

o’qituvchilar; 

o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filmlar, 
laboratoriyalar va boshqalar; 

o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino; 

texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va 
usullar; 

bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, 
imtihonlar, tayyorgarlik sifati qoidalari; 



bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot 
ishlari; 

ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari. 
Pedagogik jarayon qonuniyatlari
– bu obyektiv mavjud 
bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum 
aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni. 
Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va 
dinamik tizimda ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi. 
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning 
yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan 
ba’zilarini ko’rib o’tamiz. 
I.P.Podlasiy tasnifi bo’yicha: 
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy 
sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, 
milliy-madaniy o’ziga xosliklari bilan aniqlanadi. 
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro 
bog’liqligini, ularning ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini 
belgilab beruvchi aloqadorlik. 
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning 
turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir. 
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning 
ob’ekti(shaxs) bir paytning o’zida subyekti sifatida aks etsa, tarbiya 
muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o’zining faol xulq-
atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini 
namoyon etadi. 
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim 
odamlar – o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida 
kechadi. 
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo 
aloqalarning intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik jarayon qonuniyatlari
– bu ob’yektiv mavjud 
bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum 
aloqadorliklar yig’indisi.


Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining 
keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki 
bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs 
rivoji darajasi va sur’ati: irsiyat; tarbiya va ta’lim muhiti; pedagogik 
ta’sir etish usul va vositalarining qo’llanishiga bog’liq bo’ladi. 
O’quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik 
ta’sirning samaradorligi: ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi 
qayta aloqalarning intensivligi; ta’lim oluvchilarga ko’rsatiladigan 
korrektsiyali 
ta’sirlarning 
asoslanganligi 
hamda 
xarakteri, 
qimmatiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi 
qonuniyati – o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligi: hissiy 
idrokning sifati va intensivligi; idrok etilganning mantiqiy 
anglanishi; anglanganning amaliy qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi. 
Tashqi(pedagogik) va ichki(bilish) faoliyatning birligi qonuniyati 
– pedagogik jarayonning samaradorligi: pedagogik faoliyatning 
sifati; tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o’quv-tarbiyaviy faoliyatining 
sifatini shart qilib qo’yadi.
M. Kodjaspirov bo’yicha

Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim 
va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog’liqligi. 
Inson 
tabiati 
bilan 
bog’langanlik 
qonuniyati: 
shaxsni 
shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli; ta’lim 
va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o’ziga 
xosliklariga bog’liqligi. 
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati: 
tarbiya, o’qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o’zaro 
bog’liqligi; 
o’quv-tarbiyaviy 
jarayonda 
shaxs 
va 
ijtimoiy 
guruhlarning o’zaro aloqasi. 
M.Kodjaspirovning 
mazkur 
tasnifi 
YU.K.Babanskiyning 
tasnfiga juda yaqin. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari, 
aynan akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli 
ochib berilgan: 
Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlariga bog’liq holda amalga oshadi. 


Tarbiya, o’qitish, ma’lumot va rivojlanishning o’zaro bog’liqligi 
qonuniyati. 
Tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning birligi qonuniyati. 
Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli 
qonuniyati. 
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olish. 
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorlik 
qonuniyati. 
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o’zaro 
aloqadorlik qonuniyati. 
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillari. 
Yaxlit pedagogik 
jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli 
qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifatida 
e’tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, 
qonuniyatlar ob’yektiv, eng muhim, barqaror, o’zgarishdagi, shu 
bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik 
jarayon qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan 
muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(prinsiplar) 
deb ataymiz. 
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli 
tasniflari adabiyotlarda o’z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab 
o’rganib chiqilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko’rish 
mumkin. Shu sababli biz quyida ko’pchilik tomonidan tushunarli 
deb topilgan ikkita (Yu.K.Babanskiy, B.T.Lixachev) tasnifini 
keltirib o’tishni ma’qul deb topdik. 
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining
Yu.K.Babanskiy 
bo’yicha tasnifi: 

pedagogik jarayonning maqsadga yo’naltirilganligi; 

ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi; 
Pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida uni samarali tashkil 
qilishga nisbatan muayyan qo’yiladigan muhim talablar 
tamoyillar
deb ataladi.



ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini 
hisobga olish, tushunarlilik; 

tizimlilik va ketma-ketlik; 

onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijod-
korligi; 

ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish 
mehnati bilan aloqasi; 

ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri; 

ko’rgazmalilik; 

ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini 
hurmat qilish; 

ta’lim va tarbiyaning qo’lay metod, shakl va vositalarini 
tanlab olish; 

sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining 
amaliy natijalari; 

tarbiyaga kompleks yondashuv.
B.T.Lixachev tasnifi: 

o’quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy-qadriyatli maqsadga 
yo’nalganligi; 

ta’lim oluvchilar faoliyatining turli turlarining o’zaro 
harakatini tashkil etishga kompleks yondashuvni amalga oshirilishi; 

butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning hayot bilan bog’liqligi; 

ta’lim va tarbiya jarayonida har tomonlama barkamol shaxsni 
shakllantirish, jamoada ta’lim va tarbiya; 

ta’lim oluvchilarga talabchanlik va hurmatning birligi; 

ta’lim oluvchilar hayotiga rahbarlik qilishda ularning 
tashabbuskorliklarini hasobga olish; 

barcha ta’lim oluvchilar hayotini estetizatsiyalash; 

ta’lim va tarbiyaning boshqaruvchilik roli; 

ta’lim oluvchilarning bilish, mehnat va boshqa faoliyatlarini 
rag’batlantirishni hisobga olish, ularda ishga bevosita qiziqish 
uyg’otish orqali axloqiy-irodaviy kuchini faollashtirish; 

ta’lim oluvchilarda barcha turdagi fikrlashni rivojlanishini 
hisobga olish, ketma-ketlik va tizimlilik; 

ko’rgazmalilik; 



tushunarlilik; 

sababiylik.
Umuman olganda, yagona pedagogik jarayon va uning tarkibiy 
qismlarining umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish 
ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligiga xizmat qiladi. 
1.
Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasiga izoh bering. 
2. Yaxlit pedagogik jarayonning komponentlariga nimalar kiradi? 
3. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari deb nimaga 
aytiladi? 
4. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlariga tavsif bering. 
5. Yaxlit pedagogik jarayonning tamoyillari tushunchasiga ta’rif 
bering. 
6. Yaxlit pedagogik jarayonning tamoyillariga izoh bering. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


II BOB. DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI 
2.1. Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni 
yaxlit tizim sifatida 
Tayanch tushunchalar: 
didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, 
didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari,
ta’lim 
qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Didaktika
pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda 
o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. 
Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini 
anglatadi. 
Didaktika 
«yunoncha» 
so’zdan 
olingan 
bo’lib, 
«didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, 
deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va 
metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. 
Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy 
tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk 
didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma 
narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi. 
Didaktika 
– ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va 
tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi 
ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. 
«Didaktika» 
atamasi
ilk bor nemis pedagogi Volfgang 
Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb 
nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan. 
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi
sifatida
birinchi marta chex 
pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika»
(1657-yil) asarida ochib berilgan. 


Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, 
o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish 
qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy 
shakllari yoritiladi.
O’qitish jarayoni pedagogning o’rgatuvchilik faoliyatini va 
o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichiga 
oladi. Shu o’rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. 
Ta’limda o’qituvchining boshqaruvchilik roli o’z kasbining ijtimoiy 
asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning 
asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik 
hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlarni 
egallashni shart qilib qo’yadi. 
Bularning 
barchasi 
o’qituvchining 
ta’limiy, 
tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o’z aksini topmog’i 
lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim 
jarayonida o’qituvchi o’quvchilariga qo’lga kiritilgan bilimlarni 
o’rgatadi. O’quv faoliyatida ularni ko’nikma va malakalar bilan 
qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o’quvchilarda dunyoqarash va 
axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni 
shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O’qituvchining 
Didaktika
“nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday 
o‘qitish?” “qayerda o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi. 
Didaktikaning ob’yekti
– o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy 
tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib 
toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan 
ta’lim berishdir.
Didaktikaning predmeti 
sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) 
va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro 
harakati aks etadi. 


faoliyati o’quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga 
katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun 
o’quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o’quvchilar bilan 
birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O’quvchilarga qiyinchiliklarni 
yengib o’tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun 
ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O’z navbatida o’quvchilarning 
faoliyati o’quv jarayonida o’rganishga, bilim, ko’nikma hamda 
malakalarni egallashga, o’zini jamiyatga foydali faoliyatga 
tayyorlashga yo’naltiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning 
faoliyati ko’p qirrali yo’nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat 
bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o’zaro bog’liqlikda 
joylashadi. 
Didaktika 
o’qitishning 
umumiy 
qonuniyatlarini 
o’rganadi. Aniq bir predmetni o’qtishning o’ziga xos xususiyatlari 
xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. 
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. 
Muayyan fanga xos 
bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot 
jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə