O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Zardusht 
(turli 
tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi 
noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi 
choragida yashagan. 
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - 
mehnat deb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib 
chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u beriladi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus 
ilohiy kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, 
gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini 
yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matnlarni yod 
bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha 
asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga 
keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi 
«Avesto» 
edi. «Avesto» 
so’zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi. 
Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil 
topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash 
ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik, hayot bilan o’lim, ezgulik 
bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida. 
Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, 
olijanob o’y-fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli 


turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan 
g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yolg’on gapirmaslik, 
so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq. 
Zardusht dini bo’yicha har bir inson hayot yo’lini o’zi 
belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal 
qiladi. 
Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni 
yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim. 
Zardo’shtiylik axloqining asosiy uchligi 
Inson 
Ezgu fikr 
Ezgu so’z 
Ezgu amal 
O’rxun-Enasoy 
yozma 
yodgorliklarida 
ta’lim-tarbiya 
masalalari. 
VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida 
o’yib 
bitilgan 
«Urxun-Enasoy» 
bitiglarida 
ham 
bolalarni 
vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash 
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida 
turk xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga 
qaram bo’lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni 
takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So’zimni tugal 
eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni yaxshilab 
eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak 
kiyimi nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq 
xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp 
kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, 
yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga 
aldanib, ey turk xalqi, o’lding». 
Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda 
bolalarni baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor 
qaratilgan. Bitigtoshlarda turk xalqining Tabg’ach xonligiga qarshi 
olib borgan urushlari ham ifoda etilgan. Biroq turk xonlari 


(To’nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg’ach 
xonlarining botirligi, siyosatdonligi, ishbilarmonligi, vatanparvar 
hamda elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlarni turk xalqida 
mujassam bo’lishini chin dildan istaydi. Shu bilan birga Tabg’ach 
xonlarining boshqa xalqlar ozodligi, iqtisodiyoti, madaniy hayotiga 
xavf solayotgani oshkora ko’rsatib berilgan. Agar ular bu qusurlarni 
bartaraf etishsa, ular bilan har tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yish 
foydali ekanligi ta’kidlanadi.
1.
Pedagogika tarixi qanday davrlashtiriladi? 
2.
Xalq pedagogikasida qanday didaktik g’oyalar ifodalanadi? 
3.
«Avesto»da ta’lim-tarbiyaning qanday modeli aks etgan? 
4.
Tarix va pedagogika tarixining umumiy hamda o’ziga 
xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasini to’ldiring. 
Quyida keltirilgan diagramma bilan tarnishing. Tarix va 
Pedagogika 
tarixining 
o’ziga 
xosliklarini 
diagrammaning 
kesishmaydigan joylariga yozing. Doiralarning kesishgan joyida 
ikkita fan uchun ham umumiy ma’lumotni yozing. 
5.
Quyida 
keltirilgan 
parchalarni 
o’qing 
va 
xalq 
pedagogikasidagi qaysi tarbiya metodi ifodalanganini aniqlang. 
1)
“Juvon o’lgur etimcha,
Charximni qilding parcha!
Charxim sinsa go’rga-ya,
Bir labimdan ayrildim,
Pedagogika 
tarixi 
Tarix
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


Oqbilakka etmasdan
Sen ham bo’lgin mendaycha!” 
2)
Iloho! Tuproq olsang oltin bo’lsin. 
3)
Barakalla, o’g’lim, yaxshi ish qilib kelibsan!... Indamay kela 
berganingda mening o’g’lim bo’lmas eding, men sendan xush vaqt 
bo’lmas edim. 
4)
Otam qadrin endi men ham bilaman,
Bosgan izin men ziyorat qilaman.
Bola bo’lar jondan aziz kishiga,
Yig’lama, Dilmurod, darrov kelaman. 


II BOB. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI 
YARMIGACHA O’RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA 
PEDAGOGIK FIKRLAR
Tayanch tushunchalar: 
islom dini, nusulmon maktablari, 
Qur’oni Karim

hadis ilmi.
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri. 
Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblangan arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar emas, balki 
ko’pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o’lmas 
yodgorlik bo’lib, u o’z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo’lni bosib 
o’tdi. Abbosiy xalifalar davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va 
adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning 
poytaxti Bag’dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning 
markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun 
asosiy vosita rolini o’ynadi. 
Chunonchi, G.N.Sharbatov ta’kidlaganidek, «arablar hamda 
madaniyat va ilmu fanda arab tilini xalqaro til tariqasida qo’llagan 
O’rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Sharqning boshqa xalqlari tomonidan 
yaratilgan ko’pdan-ko’p badiiy, tarixiy, jug’rofiy, ilmiy va diniy 
asarlar ham mana shu davrning mahsulidir». 
Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. 
VII 
asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda bir nechta 
turdagi ta’lim muassasalari (

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə