O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

qobiliyat, iqtidor, iste’dod, pedagogik 
qobiliyat, umumiy qobiliyat, maxsus qobiliyat, shaxsiy sifatlar, 
kasbiy sifatlar 
Qobiliyatning psixologik tavsifi. 
Qobiliyat – odam 
psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo’lib, bu
xususiyatlarni xaddan tashqari keng to’ldirish imkoni oqibatida 
qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu 
qobiliyat bilan hammasidan ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liq 
faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo’q emas.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar nati-
jasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga 
xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-
sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish 
mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, 
kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va 
rivojlanib boradi. 
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va 
malakalardir.
Ko’nikmalar – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil 
qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal 
usuli.
Malakalar – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida 
hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan 
komponentlari yig’indisi.
Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki 
ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur
bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida yuzaga 
chiqadigan farqlar qobiliyatlar to’g’risida mulohaza yuritish 
imkonini beradi.
Demak, shaxsniig faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish 
sharti hisoblangan, bilim ko’nikma va malakalarni egallash 
dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan 


individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu 
xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga 
muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari yig’indisi belgilangan vaqt 
oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur 
faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday 
holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa-psixologik sifatlar, 
ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin xususiyatli 
shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no 
anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos. 
Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar 
bo’lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xusu-
iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter fazilatlariga, 
hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish 
mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur 
xususiyatlari bilan qatorga qo’yish, ularni ayniylashtirnsh ham
nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza 
bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig’indisi faoliyat 
talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u 
holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb 
atash imkoniyati tug’iladi. 
Biz qobiliyatni shaxsni tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz 
mumkin emas, chunki, qobiliyatni biz “har bir insonning o’ziga xos 
psixologik hususiyatlari” deb aniqlashtirdik, shuning uchun bu har 
qanday shaxsda mavjud bo’lgan tabiiy xususiyat deb xulosa 
chiqarish aslo mumkin emas. Tabiiy bo’lib faqat anatomo-fiziologik 
hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning rivoji asosida yotgan iste’dod 
bo’lishi mumkin, qobiliyatning o’zi ham doimiy rivojlanish 
natijasida paydo bo’ladi. 
Ta’kidlash lozimki, qobiliyat o’zining mavjudligi bilan dinamik 
tushunchadir. Qobiliyat faqat harakatda, faqat rivojlanishda paydo 
bo’ladi. Psixologik jihatdan qobiliyat haqida, o’zining rivojlanishdan 
oldin mavjud bo’lganligidek hamda qobiliyat o’zining to’la 
rivojiga etib, o’zining rivojlanishi to’xtashi haqida so’zlash aslo 
mumkin emas. Chunki qobiliyat doimiy rivojlanishda bo’lishi kerak. 
Qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud deb, biz bu rivojlanishni u 
yoki boshqa amaliy yoki nazariy faoliyat jarayonida amalga 


oshishini nazardan chetda qoldirishimiz mumkin emas, albatta. 
Bundan xulosa qilinadiki, qobiliyat aniq faoliyatdan tashqarida 
paydo bo’lmaydi. Faqat uni psixologik tahlil yo’li bilan biz ularni 
bir-biridan ajrata olamiz. Qobiliyatni aniq faoliyat boshlanishidan 
oldin mavjud va faqat uning yakunida qo’llaniladi, degan xulosaga 
kelish aslo mumkin emas. Go’dakda absolyut eshitish qobiliyati, 
tovush balandligini bilish dunyoga kelishidan oldin mavjud 
bo’lmaydi. Ungacha faqatgina anatomo-fiziologik haqiqatdek
iste’dod nishonasi mavjud bo’lgan. Gap qobiliyat faoliyatda 
namoyon bo’lishida emas, balki ularning shu faoliyatda 
yaratilishidadir. 
Qobiliyatning rivojlanishi, umuman har qanday rivojlanish ham 
bir tekisda kechmaydi: uning harakat kuchi ziddiyatlikning 
kurashidir, shuning uchun rivojlanishning turli bosqichida qobiliyat 
va qiziqishlar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin. Lekin bo’lishi 
mumkin bo’lgan bunday ziddiyatlarni tan olish, qiziqishlarning 
paydo bo’lishi va rivojlanishi qobiliyatdan mustaqil yoki aksincha, 
qobiliyat – qiziqishlardan paydo bo’lib qolmaydi.
Qobiliyatlar sifatida ro’yobga chiqadigan psixik xislatlar 
majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan bel- 
gilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o’ziga hos 
tarzda qo’yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil 
qilib o’tamiz: 
1) matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, 
mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish -
 
amallarni 
kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa 
o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr yuritishdan o’tishlik, masala 
echishda fikr yuritishning epchilligi kabilar; 
2) adabiy qobiliyat; nafosat hislarining yuksak taraqqiyot 
darajasi, xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonliligi, «til 
zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o’zi ifodalashga 
intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar 
tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar 
o’zaro bir-biriga o’xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, 
texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o’xshash 


qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib, kasbiy ahamiyat 
kasb etishi mumkin. 
Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta’limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, 
“o’rta” tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan
bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu 
tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi 
signal sistemasidan iboratligi to’g’risidagi ta’limotiga asoslanadi. 
Birinchi signallar sistemasi obrazlar emotsiyalardan va ikkinchi 
sigiallar sistemasi esa obrazlar haqida so’zlar orqali signal berishdan 
iboratdir. Ikkinchi signallar sistemasi I. P. Pavlov tomonidan 
“signallarning signali” deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani 
osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin: 
1) shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining 
signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson “badiiy” tipga taal-
luqlidir; 
2) mabodo “signallarning signali” nisbatan ustuvor bo’lsa-bu 
shaxs “fikrlovchi tipga” munosibdir; 
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa 
(birortasining ustunligi sezilmasa) - bu inson “o’rta tipga” mansub 
odamdir. 
4) Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda 
yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi: 
1. “Badiiy tip” uchun bevosita u taassurotlar, jonli tasavvur, 
yorqin idrok, his-tuyg’ular (emotsiyalar) natijasida vujudga 
keladigan obrazlarning yorqinliga xosdir. 
2. “Fikrlovchi tip” uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilma-
larning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning us-
tunligi muvofiqdir. 
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to’plami deb atadi va 
uning ettita jihatini ajratib ko’rsatdi. Biz intellektning ushbu 
jihatlaridan 
oltitasini 
o’qituvchi 
pedagogik 
mahoratini 
takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. 
Psixolog olim Olga Matveeva ushbu jihatlarni psixologik 
texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o’qituvchining 
kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi 
qobiliyatlarni ko’rsatib o’tadi:


1.
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O’qituvchi 
o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy 
ruhiy iqlim yarata oladi.
2.
Voqealarni oldindan ko’ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat 
turi har bir o’qituvchining sergakligida, o’quvchilarning ruhiyatini, 
ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi. Shunda o’qituvchi 
kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3.
Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega 
bo’lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, 
deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o’qishadi, eshitgan 
narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo’shiqlarni sevib 
tinglaydi. 
4.
Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. O’qituvchining o’z hatti 
harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his 
qilgan holda yo’naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o’zi 
uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan 
rohatlanishni biladi. 
5.
Mantiqiy 
qobiliyat. 
Falsafiy 
mulohazalar 
yuritishni, 
raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, 
sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda 
asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi; 
6.
Shaxsning ichki qobiliyati. O’z-o’zini mukammal bilishi, 
tushunishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat 
mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat’iyatli, har qanday 
vaziyatda o’z fikr-mulohazasini erkin bayon eta oladi. 
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning 
xislatlari, fazilatlari orasida ma’lum turkumi yetakchilik, ustuvorlik 
qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki, 
pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida 
pedagogik odob (takt), bolalarni sevish, o’quvchilar jamoasini 
tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, 
bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga o’quvchanlik va shunga 
o’xshashlar tan olinadi. O’qituvchilik qobiliyatining yordamchi 
(ko’shimcha) fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik, nutqiy 
qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. 
Pedagogik qobiliyatlarning yetakchi (asosiy) va yordamchi 


(qo’shimcha) tarkiblari, jabhalari ta’lim jarayoni muvaffaqiyatini 
ta’minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga keltiradi hamda 
o’qituvchi shaxsi bilan bog’liq bo’lgan hamkorlik, individual 
faoliyatini tashkillashtiradi. Qobiliyatlardan muayyan darajada 
umumiy va torroq ma’noda maxsus sifatlarni ajratish orqali ma’lum 
turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin. Bundan kelib chiqqan 
holda qobiliyatlarni umumiy va maxsus qobiliyatlar guruhiga 
ajratish maqsadga muvofiq. Umumiy qobiliyatlar (sifatlar) maxsus 
qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda talqin qilish mumkin emas. 
Shaxsning umumiy qobiliyatlari hosil qiluvchi omillar yaqqol
psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko’lam 
jihatdan torrok bo’lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o’zlarida 
mujassamlashtiradi. 
Pedagogik qobiliyat va uning tuzilishi. 
Pedagogik qobiliyat – 
bu qobiliyat turlaridan biri bo’lib, kishining pedagogik faoliyatga 
yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana 
olishini aniqlab beradi. 
Pedagogik psixologiyada o’qituvchilik faoliyatida pedagogik 
qobiliyatlarning tutgan o’rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali 
tadqiqotlar olib borilgan. 
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o’tganidek, pedagogik 
jarayon o’qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi 
bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o’quvchi 
faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj 
sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida o’qituvchining 
roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining 
tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda 
o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab 
qo’yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi 
ehtiyojlar ko’lamining ortishiga bevosita bog`liq. 
XX asrning 70-80-yillarda o’qituvchining xarakter-xislatlari, 
pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib 
toptirish shartlari chuqur o’rganildi. Jumladan, rus olimasi 
N.V.Kuzmina o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning 
o’rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borgan. U o’z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni gnostik 


(bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), 
konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ularning har 
biriga chuqur psixologik ta’rif beradi. N.V.Kuzmina pedagogik 
qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham 
kiritadi, o’qituvchining bu hislati o’quvchining ichki kechinmalari, 
his-tuyg`ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi. 
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko’ra, pedagogik faoliyat – 
bu o’qituvchi oldiga jiddiy talablar qo’yadigan murakkab psixologik 
aktdir. Pedagogik faoliyat o’qituvchini chuqur va puxta bilimga, 
pedagogik qobiliyatga, mustahkam xarakterga, yuksak ma’naviyatga 
ega bo’lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov o’qituvchi shaxsi 6 ta 
kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi: 1) yuksak 
saviyadagi 
bilim 
va 
madaniyat; 
2) 
yo’nalishning 
aniq 
ifodalanganligi; 3) yuksak axloqiy hislarning mavjudligi; 4) yuqori 
darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik; 5) qat’iy 
va silliq xarakter; 6) pedagogik qobiliyatlar. 
Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni quyidagi 
turlarga ajratishni taklif etadi: 1) didaktik qobiliyatlar; 2) akademik 
qobiliyatlar; 3) pertseptiv qobiliyatlar; 4) nutq qobiliyatlari;
5) 
tashkilotchilik 
qobiliyati; 
6) 
avtoritar 
qobiliyatlar;
7) kommunikativ qobiliyatlar; 8) pedagogik xayolot; 9) diqqatni 
taqsimlay olish qobiliyati. 
F.N.Gonobolin 
pedagogik 
qobiliyatlarni 
tarkib 
toptirish 
bosqichlari, xususiyatlari va xossalari to’g`risida mukammal 
ma’lumotlar beradi. Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda 
pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga asoslanib 
sharhlab beriladi. 
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshishi 
ko’p jihatdan pedagogning maxsus pedagogik qobiliyatlarni 
egallaganligiga bog’liq: T.I.Gavakov pedagogik qobiliyatlarni 
quyidagi tarzda guruhlashtirishni taklif etadi: obyekt(ta’lim 
oluvchilar)ni his eta olish; kommunikativ (kishilar bilan aloqa 
o’rnatish, samimiylik, muloqotchanlik); pertseptiv (kasbiy etuklik, 
empatiya, pedagogik intuitsiya); shaxs dinamizmi (irodaviy ta’sir 
ko’rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyati); emotsional barqarorlik 


(o’z-o’zini boshqara olish qobiliyati); kreativ (ijodiy ishga 
qobiliyatlilik). 
Maxsus qobiliyatlar ham o’qituvchining o’rgatuvchilik, ham 
tarbiyaviy ishiga taaaluqlidir. O’qituvchining o’qitish, o’qish va 
o’rgatishga doir qobiliyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
o’rganiladiganlarini ko’ra olish va his eta olish qobiliyati; o’quv 
materialini mustaqil tanlay olish, ta’limning samarali metodlari va 
maqbul vositalarini aniqlay olish; o’quv materialini tushunarli bayon 
eta olish, uning barcha ta’lim oluvchilar uchun tushunarli bo’lishini 
ta’minlash; ta’lim oluvchilarning individualligini hisobga olish bilan 
bog’liqlikda o’qitish jarayonini tashkil eta olish qobiliyati; o’quv 
jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalana olish qobiliyati; 
ta’lim oluvchilarning har tomonlama rivojlanishini tashkil etish 
qobiliyati; 
o’zining 
pedagogik 
mahoratini 
takomillashtirish 
qobiliyati; o’zining shaxsiy tajribasini boshqalarga uzatish 
qobiliyati; mustaqil ta’lim olish va o’z-o’zini rivojlantirishga 
qobiliyatlilik.
Tarbiyaviy ishni tashkil etish bilan bog’liq pedagogik 
qobiliyatlar quyidagilarda yorqin namoyon bo’ladi: boshqa 
kishilarning ichki his-tuyg’ularini to’g’ri baholay olish, boshqalar 
haqida qayg’ura olish qobiliyati (empatiyaga qobiliyatlilik); taqlid 
uchun namuna bo’lishga qobiliyatlilik; tarbiyaviy jarayonda 
individual o’ziga xosliklarini hisobga olishga qobiliyatlilik; rag’bat 
va o’zaro bir-birini tushunish, muloqotni zarur uslubini tanlay 
olishga qobiliyatlilik; o’ziga hurmat bilan munosabatda bo’lish, 
tarbiyalanuvchilar orasida obro’ga ega bo’lish qobiliyati.
Pedagog olim I.P.Podlasiy pedagogik qobiliyatning tuzilishini 
quyidagi tarzda aniqlashtirgan: 
1)
tashkilotchilik – ta’lim oluvchilarni jipslashtirish, ularning 
faoliyatini rejalashtirish, jamoaviy ishga jalb etish, yakunlarini 
chiqarish; 
2)
diagnostik –o’quv materialini tanlay olish, o’quv materialini 
tushunarli, aniq, obrazli, ishonchli va tizimli bayon eta olish; 
o’quvchilarning bilishga qiziqishlari va intellektini rivojlantirishni 
rag’batlash, o’quv-biluv faolligini oshirish hamda tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish va ijodkorlikka qobiliyatlilik; 


3)
pertseptiv – ta’lim oluvchilarning ichki olamiga ta’sir 
ko’rsatish; ularning emotsional holatini xolis baholash, psixikasidagi 
o’ziga xosliklarni aniqlay olish ko’nikmasi;
4)
kommunikativ – ta’lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik 
maqsadga qaratilgan munosabatni o’rnata olish ko’nikmasi; 
5)
suggestiv (suggestiya - ishontirish) – o’quvchilarga 
emotsional ta’sir ko’rsatish; 
6)
tadqiqotchilikka doir – pedagogik jarayon va vaziyatlarni 
anglash hamda obyektiv baholay olish ko’nikmasi; 
7)
ilmiy-bilishga doir – tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan 
hajmdagi ilmiy bilimlarni egallay olish qobiliyati; 
8)
gnostik – obyekt, jarayonni va o’z faoliyati natijalarini tadqiq 
etish hamda olingan natijalar asosida uni korrektsiyalay olish 
qobiliyati.
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy 
tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o’qituvchining pedagogik 
qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. 
1. Didaktik qobiliyat – bu oson yo’l bilan murakkab bilimlarni 
o’quvchilarga tushuntira olishdir. Bunda o’qituvchining o’quv 
materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki 
muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, 
o’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota 
olishi ko’zda tutiladi. O’qituvchi zarurat tug`ilgan holatlarda o’quv 
materialini o’zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, 
murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila 
oladi. 
2. Akademik qobiliyat – barcha fanlar yuzasidan muayyan 
bilimlarga ega bo’lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo’lgan 
o’qituvchi o’z fanini o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha 
keng va chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib 
boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan 
ko’p narsalarni o’rganib boradi. 
3. Pertseptiv qobiliyat – qisqa daqiqalarda o’quvchilar holatini 
idrok qila olish fazilati, bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki 
dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini va uning 
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish bilan 


bog`liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o’qituvchi 
kichkinagina alomatlar, uncha katta bo’lmagan tashqi belgilar 
asosida o’quvchi ruhiyatidagi ko’z ilg`amas o’zgarishlarni ham 
fahmlab oladi. 
4. Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, 
temp, chastotaga ega bo’lgan nutq, shuningdek, o’qituvchi nutqining 
jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli 
o’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan 
bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o’quvchining 
javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo’lsa 
ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi 
gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar 
ifodasi o’quvchi uchun aniq, sodda, tushunarli bo’ladi. 
5. Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani 
uyushtirish 
va 
uni 
boshqarish 
iste’dodi. 
Tashkilotchilik 
o’quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos 
hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o’quvchilar jamoasini 
uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish 
bo’lsa, ikkinchidan, o’z shaxsiy ishini to’g`ri uyushtirish 
qobiliyatidir. 
6. Obro’ga ega bo’lishlik qobiliyati - o’zining shaxsiy xususiyati, 
bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro’ 
orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi – avtoritar qobiliyat, 
deb ham yuritiladi. Obro’ga ega bo’lish o’qituvchi shaxsiy 
sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy 
sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va 
hokazo), shuningdek, o’quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish 
mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o’quvchilarga ham yetkaza 
olishiga bog`liq bo’ladi. 
7. Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o’rnata 
olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o’quvchilarga to’g`ri 
yondashish yo’lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan 
samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning 
mavjudligi. 
8. Psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar – insonning
kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o’z 


harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rishda, o’quvchining 
kelgusida qanday odam bo’lishi haqidagi tasavvur bilan bog`liq 
bo’lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining 
qanday fazilatlarining taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda 
ifodalanadigan 
maxsus 
qobiliyat. 
Bu 
qobiliyat 
pedagogik 
optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog`liq 
bo’ladi. 
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha obyektlarga bir 
davrning o’zida o’z munosabatini bildirish. O’quvchi, o’qituvchi 
uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, uning kuchi, 
ko’chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy 
etgan bo’lishi muhimdir.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi materialni bayon qilish 
mazmunini va shaklini, o’z fikrini (yoki o’quvchi fikrini) diqqat 
bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni o’z diqqat-
e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini 
hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini 
e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z shaxsiy xatti-harakatlarini 
(mimikasi, pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi. 
10. Konstruktiv qobiliyat - o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish 
va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o’quvchi 
shaxsining 
rivojini 
loyihalashga, 
o’quv-tarbiya 
mazmunini, 
shuningdek, o’quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga 
imkon beradi. 
11. Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik bo’lib, o’z 
faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish 
hamda o’rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish 
qobiliyatidir.
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o’rganish qobiliyatlar 
shaxsning aql-idroki, his-tuyg`usi va iroda sifatlarining namoyon 
bo’lishidan iborat ekanligini ko’rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar 
umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash 
qobiliyatlari bilan bog`langan. Ular o’qituvchi faoliyatining 
samaradorligini oshiradi. Bunday o’qituvchilar o’z o’quvchilarini 
(talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va 
tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. 


Pedagogik qobiliyatlar o’qituvchi xarakter-xislatlari bilan 
bog`liq. Uyushqoqlik, qat’iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat 
darajasining ortishiga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, 
ko’ngilchanlik, adolatsizlik pedagog faoliyat samarasini pasaytiradi. 
Har bir o’qituvchi o’ziga xos individual-psixologik xislatlarga 
ega 
bo’ladi. 
Ulardan 
ba’zilari 
harakatchanroq, 
boshqalari 
sustkashroq, 
ba’zilari qattiqqo’lroq, 
boshqalari 
yumshoqroq 
bo’ladilar. Bu xususiyatlar yaxshi, ulardan oqilona foydalanishni 
bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bundan o’qituvchiga his-tuyg`ular, 
emotsiyalar yot bo’lishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, 
aksincha u quvonishi ham, g`azablanishi ham, qayg`uga tushishi 
ham, xafa bo’lishi ham mumkin va lozim. Shu o’rinda rus pedagogi 
A.S.Makarenkoning quyidagi fikrlarini yana takror keltirish 
o’rinlidir: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, 
quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi 
lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin”. Bu yerda gap 
o’qituvchining qandaydir bir andozadagi (qolipdagi) shaxsga 
barovarlashtirish zarurligi to’g`risida emas, balki uning o’z 
individual sifatlaridan ustalik bilan foydalanishi, o’zida shaxsning 
zarur xislatlarini tarkib toptirishi, o’z kamchiliklariga barham berishi 
to’g`risida boradi.
O’qituvchining 
kasbiy 
va 
shaxsiy 
fazilatlari 
tizimi. 
O’qituvchilik faoliyati “Inson-inson” kasb guruhiga kiradi. Pedagog 
professiogrammasiga e’tibor qaratilganda, biz mutaxassis yuksak 
axloqli, kuchli irodaga egalik, aniq maqsadga egalik, odamlarni 
tushuna olishi, e’tiborli bo’lishi, tasodifiy vaziyatlarga tez yo’nalgan 
bo’lishi, hissiy javobgarlikka ega bo’lishi lozimligini alohida 
ta’kidlab o’tish zarur. 
M.G.Davletshinning fikricha, pedagogik professiogramma 
(kasbiy tasnifnoma)da bo’lajak pedagoglarga xos quyidagi sifatlar 
aks etishi kerak:
- shaxsiy xislatlar (bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish, 
mehnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik va boshqalar);
- kasbga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni 
mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya 


asoslarini, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini 
bilishi va boshqalar);
- o’z kasbiga xos xislatlar (hozirgi zamon pedagogikasining 
metodologik bilimlarni egallashi, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tiborni 
taqsimlay olishi, pedagogik fantaziyaning rivolanganligi, pedagogik 
takt va hakozolar); 
- shaxsiy-pedagogik uddaburonlik (mashg’ulotlar uchun zarur 
materiallarni tanlay olish, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara 
olish, o’quv maqsadlarini rejalashtira olish va boshqalar); 
- muloqotga kirisha olish (kommunikativlik) malakaga egalik 
(bolalarni o’ziga alb etishni bilish, bolalar va ota-onalar bilan 
maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilish, 
bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilish va 
hakozolar); 
- gnostik (bilish) malakalariga egalik (bolalarning asab-psixik 
taraqqiyoti daraasini aniqlay olish, o’zining tajribasi va pedagogik 
faoliyati natialarini tanqidiy tahlil qila olishi va boshqalar); 
- ijodiy xislatlari (pedagogik mahoratni takomillashtirishga 
intilish, o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni 
amalga oshirish qobiliyati va hakozolar).
E.M.Ivanov kasbiy faoliyatga individ va mehnat jamoasining 
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy o’zaro harakati usuli sifatida qaraydi. 
B.G.Ananev, K.K.Platonov va M.O.Ochilovlar kasbiy faoliyatda 
individ va xodim shaxsini shakllantirishga ta’sir etishda 
o’zaroaloqadorlikning mavjudligini qayd etib o’tishadi. 
V.A.Slastyonin, S.B.Elkanov, A.J.Ajibaevalar “pedagoglik kasb 
tarbiyasi” tushunchasini quyidagicha izohlashadi: “Natijasi bo’lajak 
pedagog tomonidan kasbiy qadriyatlarni va ideallarni egallash, 
uning ma’naviy ehtiyojlarini va qiziqishlarini, ijtimoiy qimmatga 
ega motivlarni kengaytirish, hissiy, axloqiy va estetik tuyg’ularni, 
empatik qobiliyatlarni boyitish, amaliy pedagogik ko’nikma, 
malaka, odatlarni, o’z-o’zini refleksiya qilish tajribasini egallash 
kabi shaxs xususiyatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan 
tadrijiy dialektik harakatdir”. 
Pedagogik mutaxassislik – mazkur kasb doirasidagi, ta’lim 
natijasida egallangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisini


tavsif etuvchi, hamda ularning qo’yilishi va o’zlashtirayotgan 
malakasiga muvofiq muayyan kasbiy-pedagogik vazifalarni hal 
etilishini ta’minlovchi faoliyat turi. 
Pedagogik mutaxassislik – pedagogik ixtisos doirasidagi 
muayyan faoliyat turi. U aniq mehnat predmeti va mutaxassisning 
aniq funktsiyasi bilan bog’liq. 
Pedagogik malaka – mutaxassisning ma’lum turdagi vazifani hal 
etishdagi 
imkoniyatlarini 
ifodalovchi 
kasbiy-pedagogik 
tayyorlanganlik darajasi va ko’rinishi. 
Kasbiy faoliyat yaxlit tizim sifatida bir qancha tarkibiy qismlarni 
o’zida uyg’unlashtiradi. I.P.Podlasiyning kasbiy salohiyatning 
tuzilishiga doir tasnifidan kelib chiqib, N.M. Egamberdieva 
pedagogik 
ta’limdagi 
kasbiy 
etuklik 
(professionallashuv), 
ijtimoiylashuv, insonparvarlashuv va madaniy ijodkorlikning 
zamonaviy yo’nalishlariga muvofiq keluvchi quyidagi muhim 
tuzilishli tarkibiy qismlarni ajratib ko’rsatadi:

pedagogik madaniyat; 

pedagog ijodkorligi; 

pedagogik aql-idrok; 

kasbiy chuqur bilimga egalik; 

individual faoliyat uslubi; 

ijodiy tashabbusning rivojlanishi; 

individual faoliyat; 

insonparvarlikka yo’naltirilganlik; 

ijtimoiy faollik. 
Istalgan kasbiy faoliyat zaruriy kasbiy sifatlarni shakllantirish 
tizimi asosida amalga oshadi. Bundan kelib chiqadiki, istalgan 
faoliyat belgilangan sifatlar to’plamini talab etadi. A.V.Karpovning 
fikricha, kasbiy zaruriy sifat – bu uni belgilangan me’yor darajasida 
amalga oshirish uchun etarli va zarur faoliyat subyektining 
individual xususiyatidir. Uning ta’kidlashicha, kasb vazifasida 
faqatgina shaxsiy psixik emas, balki psixikadan tashqari – somatik, 
biologik, morfologik, tipologik, neyrodinamik xususiyatlar ham 
yuzaga chiqishi mumkin. Bundan tashqari olim kasbiy etuklikning 
tuzilishini ifoda etuvchi inidividual sifatlar guruhini ham belgilab 
beradi: 


- absolyut kasbiy zaruriy sifatlar – o’rtacha darajadagi faoliyatni 
bajarish uchun zarur xususiyat;
- o’zida faoliyatning yuqori va sifat ko’rsatkichlariga erishish 
imkoniyatini aniqlab beruvchi muhim kasbiy zaruriy sifatlar; 
- u yoki bu faoliyatni amalga oshirishga motivatsion tayyorlik; 
- anti kasbiy zaruriy sifatlar – ularning rivojlanishining minimal 
darajasini taklif etuvchi yoki biror va shunga o’xshash faoliyatda 
qarama-qarshi ko’rsatkich sifatida yuzaga chiquvchi xususiyatlar. 
N.M.Egamberdievaning fikricha esa, o’qituvchining pedagogik 
madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud 
bo’lishini taqozo etadi: 
1) shaxsga yo’nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik 
his-tuyg’usining mavjudligi; 
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, 
mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga 
nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik; 
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik 
tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o’z pedagogik 
faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira 
olish; 
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, 
tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning 
va ma’naviy ehtiyojlarning ko’p qirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning 
mavjud bo’lishi, tashqi ko’rinish va nutq madaniyati. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, pedagogning kasbiy 
va shaxsiy sifatlarini quyidagi turkumlash mumkin: 
Pedagogning kasbiy zaruriy sifatlari: mehnatsevarlik, ishchanlik, 
intizomlilik, mas’uliyatlilik, maqsadni aniq belgilay olish, unga 
erishish yo’llarini tanlay olish, tashkilotchilik, qat’iyatlilik, 
adolatlilik, mahorat, pedagogik takt, talabchanlik, ilg’or pedagogik 
texnologiyalarni egallash, o’z mehnati samaradorligini muntazam 
oshirib borish va boshqalar. 
Pedagogning 
shaxsiy 
sifatlari: 
insoniylik, 
samimiylik, 
mehribonlik, sabr-chidamlilik, tartiblilik, rostgo’ylik, vatanparvarlik, 
javobgarlik, burchga sadoqat, insonlarga hurmat bilan munosabatda 
bo’lish, iltifotlilik, qalban g’amxo’rlik ko’rsatish va boshqalar. 


O’qituvchining kasbiy bilimlari darajasi. 
O’qituvchining 
pedagogik qobiliyati tizimida kasbiy bilimlar asosida shakllanadigan 
qoida va tamoyillarning anglanishi muhim ahamiyati ega. Ana shu 
asosdan kelib chiqqan holda, o’qituvchining kasbiy bilimlari 
darajasini quyidagi tarzda turkumlash mumkin: 1) metodologik – 
umumfalsafiy doirada rivojlanish qonuniyatlariga doir bilimlar, 
tarbiya maqsadining shartlanganligi va boshqalar; 2) nazariy – 
pedagogika va psixologiyaning qonunlari, tamoyillari va qoidalari 
hamda faoliyatning asosiy shakllari; 3) metodik – o’quv-tarbiyaviy 
jarayonni tashkil etish darajasi; 4) texnologik – aniq sharoitlarda 
ta’lim-tarbiyaga doir amaliy vazifalarni hal etish darajasi; 5) kasbiy 
fikrlash – pedagogik maqsadlarga erishishda egallanadigan 
bilimlarni tanlash, tahlil etish va umumlashtirish va ularni 
texnologik shaklda taqdim etish qobiliyati; tanqidiy fikrlash – biror 
bir harakatga doir qaror qabul qilishda ratsional, refleksiv fikrlash; 
aqlning tanqidiyligi – bu insonning o’zining va boshqa fikrlarni 
obyektiv baholay olish, ilgari surilayotgan fikr va g’oyalarni har 
tomonlama va chuqur tahlil etish ko’nikmasi; ijtimoiy etuklik – 
jamiyat tomonidan qabul qilingan qadriyat, me’yor, ustanovka, xulq-
atvor namunalarini egallaganlikning yuqori darajasi; faoliyat 
strategiyasi – istiqboldagi rivojlanish va talab etiladigan natijaga 
erishishni strategik rejalashtirish mahorati; kasbiy salohiyati – 
belgilangan darajada o’zining majburiyatlarini bajara olish 
qobiliyatini aniqlab beruvchi tabiiy va o’zlashtirilgan sifatlar 
yig’indisi. 
S.A.Madyarova pedagogning kasbiy salohiyatining tuzilishini 
quyidagi tarzda turkumlashni taklif etgan (1-jadval). 
1-jadval 
Pedagog kasbiy salohiyatining tuzilishi
Kasbiy 
tayyorgarlik 
Pedagogik 
ijodkorlik 
Kasbiy 
yetuklik 
Pedagogik 
madaniyat 

kasbiy 
yo’nal-ganlik 

pedagogik 
intel-lekt 
- innovatsion 
fao-liyat 
- pedagogik 
fikrlash 
uslubi; 
- kasbiy shakl-
lanish 
- kasbiy kompe-
tenlik 
- insonparvar 
yo’nalganlik 
- pedagogik 
texnika; 


- kasbiy ixti-
soslik 

faoliyatning 
individual 
uslubi 
- kasbiy rivoj-
lanish; 
- muloqot 
mahorati; 

pedagogik 
fao-liyatga 
tayyorlik 
- mehnatga ijo-
diy munosabat 

kasbiy 
pozitsiya; 

maxsus 
faol-lik; 
- kasbiy orien-
tatsiya 
- ijodiy tashab-
buskorlikning 
rivojlanishi. 

kasbiy 
faollik. 

metodik 
maho-rat. 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. “Qobiliyat” tushunchasiga ta’rif bering. 
2. Pedagogik qobiliyat deganda nimani tushunasiz? 
3. Pedagogik qobiliyat qanday tuzilishga ega? 
4. Pedagogning kasbiy bilimlar darajasining tuzilishini bayon 
eting. 
5. Pedagogning kasbiy va shaxsiy fazilatlariga nimalar kiradi? 
6. Pedagogik salohiyatning tarkibiy qismlarini sanab bering. 
7. Innovatsion salohiyat deganda nimani tushunasiz? 
8. Innovatsion salohiyatning tuzilishini bayon eting. 
9. Pedagogik mahorat tizimida akmeologik qobiliyatlar qanday 
ahamiyatga ega? 
10. Autopsixologik kompetentlik nuqtai nazaridan kreativ 
qobiliyatlarga nimalarni kiritish mumkin? 


IV BOB. O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV 
QOBILIYATI 
Tayanch tushunchalar: muloqot, aloqa o’rnatish, muomala 
uslublari, yuzni o’qish san’ati, pedagogik ta’sir ko’rsatish, 
ishontirish, ma’qullash, pedagogik nizo, kommunikatsiya.
 
Kommunikativ qobiliyat va uning tuzilishi. 
Bugungi kunda 
mustaqil respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan 
olinayotgan ekan, uning kelgusidagi rivoji, gullab-yashnashi 
bugungi kun yoshlariga bog`liqdir. Demak, bugungi yoshlar har 
tomonlama rivojlangan, o’ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga 
va mehnatga o’z to’g`ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil 
faoliyat ko’rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor 
bo’lmog`i lozim. O’quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi 
so’zsiz o’qituvchiga, uning o’quv-tarbiya jarayonini to’g`ri boshqara 
olishiga va o’quvchilar bilan o’rnata oladigan muomala va 
munosabatlariga bog`liq. 
Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o’zaro harakat sohasida 
maxsus ko’rinishga ega bo’lgan muloqotga qobiliyatlilikdir. 
Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir 
qancha turlari ajratib ko’rsatiladi: 1) insonning insonni tushuna 
olishi (insonni shaxs sifatida, uning alohida jihatlarini, motiv va 
ehtiyojlarini baholash, tashqi xulq-atvorini ichki olami bilan 
bog’liqlikda ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gavda harakatlarini “o’qish” 
ko’nikmasi) 2) insonni o’z-o’zini anglay olishi (o’z bilimi, 
qobiliyati, o’z xarakteri va boshqa qirralarini baholash, inson 
boshqalar tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va atrofdagilar ko’zi 
bilan baholash); 3) muloqot vaziyatini to’g’ri baholay olish 
ko’nikmasi (mavjud holatni kuzatish, uning namoyon bo’lish 
belgilari haqida ko’proq axborotlarni ajarata olish, ularga e’tiborni 
qaratish, yuzaga kelayotgan vaziyatning ijtimoiy va psixologik 
mohiyatini to’g’ri idrok etish va baholash).
Tahlil etish gnoseologiya, psixologiyada bilish va amaliy 
faoliyatga doir barcha harakatlarni o’z ichiga oladi, pedagogikada 
esa, tadqiq qilinayotgan narsa-hodisalarning alohida tarkibiy 


qismlarga ajratish qonuniyat va usullarini o’zida aks ettiruvchi bilish 
jarayoni sifatida ifoda etiladi. O.O.Kaщenkoning fikricha, o’z-o’zini 
tahlil etish falsafa va psixologiyada o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini 
bilish, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini baholashning tarkibiy qismi 
sifatida aks ettirilsa ham mustaqil kategoriya sifatida ishlatilmaydi. 
Biroq o’z-o’zini anglashning shakllanishi va rivojlanishi o’z-o’zini 
tahlil etish asosida amalga oshishini esda tutish zarur. CHunki aynan 
pedagogik voqelikda o’z-o’zini tahlil etish ko’nikmalarini 
rivojlantirishning ahamiyati ularning o’zi haqidagi tasavvurlari, 
qiziqishlari, motiv, ehtiyojlari tizimi sifatida tushuniladigan “Men-
kontseptsiyasi”ning rivojlanishiga undovchi ichki omillarning eng 
asosiylaridan biridir. 
O’z-o’zini tahlil etish usullari quyidagilarga e’tibor qaratishni 
talab etadi: 
1) ijtimoiylikka yo’naltirilgan o’zaroharakat vaziyatlaridan 
shaxsiy xulq-atvor, tarbiyalanuvchi shaxsi, uning o’ziga xosliklari, 
qadriyatlari tizimi kabilarni obyekt sifatida ko’rib chiqish; 
2) o’z xulq-atvori, shaxsiy fazilatlarini tahlil etish mezonlari 
tizimini aniqlash; 
3) noma’lumdan ma’lumni ajratib olish; 
4) qarama-qarshiliklarni aniqlash. 
O’z-o’zini tahlil etish o’z-o’zini anglashdan avval kelib, aynan 
uning asosida shaxsning o’zi haqidagi tasavvurlari umumlashgan 
ko’rinishga o’tadi. O’z-o’zini anglash natijasida shaxsda o’zining 
kimligini anglash, o’zining jamiyatdagi o’rnini tushunib etish, 
boshqalarning ko’z o’ngida kim sifatida gavdalanishini his etish 
kabilar shakllanadi. O’z-o’zini anglash o’z-o’ziga munosabat 
sifatida shakllanuvchi hissiy va mantiqiy jihatlarni o’zida aks 
ettiradi. 
Ma’lumki, o’z-o’zini anglash usullari ham mantiqiy, ham 
emotsional darajada o’z-o’zini tahlil etish natijasida olingan 
axborotlarni aniqlashtirish va umumlashtirishni talab etadi.
Xulosa qilib aytganda, o’z-o’zini tahlil etish va o’z-o’zini 
anglash pedagogda o’zi va boshqalarning u haqidagi tasavvuri 
sifatidagi kasbiy “Men qiyofasi”ning shakllanishiga olib keladi. 


Pedagogik (kommunikativ) ta’sir ko’rsatish metodlari. 
Ta’lim va tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir 
ko’rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, 
rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. 
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o’qituvchining tarbiyalanuv-
chiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo’ladi. 
O’quvchining u yoki bu xatti-harakati o’qituvchi nazoratida bo’lib, 
ijobiy jihatlari rag’batlantirib boriladi yoki aksincha nojo’ya xatti-
harakati to’xtatib qo’yiladi. 
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo’lib, o’quvchilarda 
mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish 
hissini 
takomillashtiradi. 
Bu 
maqsadlar 
ularning 
shaxsiy 
intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo’ladi. Ushbu 
usul maktab o’quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy 
fazilatlaridan biri bo’lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi. 
Rag’batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng 
an’anaviy usuli bo’lib, o’quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir 
etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, 
axloqiy hislat, topshiriqlarning so’zsiz bajarilishi uchun o’quvchi 
rag’batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o’z 
burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul 
axloqiy ta’sir ko’rsatishni ta’minlaydi, uni qo’llash jarayonida 
o’qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab 
etiladi. 
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning eng muhim 
usuli bo’lib, o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish 
natijalariga qarab muntazam rag’batlantirib borishda namoyon 
bo’ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo’nalishda 
amalga oshirilishini ta’minlaydi, o’quvchilarning bir-birlariga 
do’stona munosabatini shakllantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik 
tajribalarini o’rganish pedagogik ta’sir etishda ikki metod: 
ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko’rsatadi. 
Ishontirish - o’quvchilarga xatti-harakatlarning to’g`riligi va 
zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto’g`riligini 
tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o’quvchilarda 


yangi 
bilim, 
ko’nikma, 
malaka 
hamda 
axloqiy 
sifatlar 
shakllantiriladi. Bular esa o’quvchilar va ularning atrofidagilar 
uchun me’yor (mezon) bo’lib xizmat qiladi. 
O’qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi, oqibat 
natijada o’quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko’rsatishga, ya’ni 
o’quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti-
harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo’nalgan bo’ladi. 
Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari 
turlichadir. 
O’sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham 
o’zaro ta’sirlanadilar. Bu o’zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, 
yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga 
keladi. 
Ishontirish haqiqiy va soxta bo’lishi mumkin. Haqiqiy ishonch 
real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-
qimmatini oshiradi. O’zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo’lishi 
uchun kishi hatto o’limiga ham rozi bo’ladi. Masalan, Vatanga 
sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida 
ko’rsatgan matonatlari. 
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun 
zararli bo’lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch 
o’quvchilarning o’zi va atrofidagilar ta’sirining umumlashuvi 
natijasida vujudga keladi. 
Ayrim o’quvchilarda soxta ishonch hosil bo’lishining sabablari 
quyidagilar bo’lishi mumkin: 
1)
faqat a’lo bahoga o’qish - bu bilim olishda ko’r-ko’ronalik, 
quruq yodlashga olib boradi; 
2)
o’zini o’ta itoatkorona tutish - bu o’quvchi faoliyatini 
nihoyatda past bo’lishiga olib keladi. Me’yordagi o’quvchi 
o’qituvchidan ba’zan tanbeh olib turishi kerak; 
3)
o’qituvchini aldash-bu o’quvchini o’ta aqlli va topqirligidan 
dalolat beradi; 
4)
maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli xarakterga 
ega bo’lgan o’quvchigagina xos bo’lib, u o’qituvchi tomonidan 
tanqid qilib turiladi; 


5)
haddan tashqari ko’p mehnat qilish - bu kerak bo’lmagan 
tirishqoqlikdir. 
Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi o’quvchida 
shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o’qish va mehnat faoliyatida 
sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi. 
Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun o’qituvchi quyidagi uch 
yo’nalishda ish olib borishi kerak:
1.
Sinf jamoasida sog`lom ijtimoiy fikrni shakllantirish. 
2.
Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish. 
3.
Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish. 
Soxta ishonchni o’zgartirishning quyidagi usullari mavjud: 
1)
o’quvchini o’zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. 
Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo’lgan kishi bilan yaqindan 
tanishish (masalan, bola o’qishni xohlamaydi, lekin uning tanish 
o’rtog`i ko’p o’qiydi va biladi, ammo o’zining “quruq yodlovchi” 
yoki “o’ta bilimdon” qilib ko’rsatmaydi); 
2)
noto’g`ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib 
kelishini ko’rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo’lib, o’z 
hayotini barbod qilgan, o’z erki, g`ururi va vijdonini yo’qotgan 
kishilar haqida so’zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, 
badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin); 
3)
soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o’quvchi fikrini 
mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. 
Masalan, barcha o’quvchilar o’qituvchilarni aldash, ichki tartib-
qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin). 
Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham 
tarbiyaviy ish samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda 
o’quvchida faqat bilish shakllangan xolos. Inson o’zini qanday 
tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday tutishi lozimligini 
tushunishi, lekin o’zini bunga majbur qilolmasligi mumkin. 
Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-
atvor qoidalariga amal qilish malakasi tarkib topmaganligini 
anglatadi. 
Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me’yorlari tizimi 
bo’lib qolmay, balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish 


yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki noto’g`ri 
fikrlar o’zgaradi. 
Munozara, tortishuv, suhbat, o’qituvchi hikoyasi va uning 
shaxsiy ibrat namunasi ishontirish shakllari bo’lib hisoblanadi. 
Ishontirish o’quvchilarga ta’sir etish metodi sifatida yuqori samara 
berishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1)
ishontirishning shakli va mazmuni, o’quvchilar yosh 
davriga mos bo’lishi lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va 
fantastik hikoyalar misolida, so’ngra esa borliq dunyoni o’rganish 
inson ma’naviy dunyosini o’rganish); 
2)
ishontirish o’quvchilarning individual xususiyatlariga 
mos bo’lishi lozim. Buning uchun o’quvchining haqiqiy hayot 
tarzini o’rganish zarur; 
3)
ishontirish umumiy tarzdagi qoida va prinsiplardan 
tashqari aniq dalil va misollarni ham o’z ichiga olishi zarur 
(o’qitishdan ko’rgazmalilikka e’tibor berish); 
4)
ishontirish jarayonida ba’zi holatlarda barcha bir xil 
xabardor bo’lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to’g`ri 
keladi. Bu, o’z navbatida dalilning haqqoniyligi to’g`risidagi 
ikkilanishlarni yo’qqa chiqarishga va umumiy to’g`ri xulosa 
chiqarishga yordam beradi; 
5)
boshqalarni ishontirar ekan, o’qituvchi o’z fikriga qat’iy 
ishonishi zarur. 
Ishontirish jarayonini tashkil etishda o’quvchi ruhiy qiyofasining 
o’ziga xosligini e’tiborga olish lozim. Buning uchun pedagog 
o’quvchi oliy asab tizimining tipini, uning ta’lim-tarbiya va 
kamolotining rivojlanish doirasini bilishi zarur. Masalan: bola kuchli 
muvozanatlashgan (sangvinik) asab tizimi tipiga ega bo’lsin. Unda 
tormozlanish jarayoniga nisbatan qo’zg`alish jarayoni kuchliroq 
bo’ladi. Bu holda o’qituvchi ishontirish jarayonini o’quvchi asab 
tizimini ortiqcha qo’zg`alishiga yo’l qo’ymaydigan, qo’shimcha 
hissiyot sodir qilmaydigan tarzda olib borishi kerak. 
Fikr, sezgi va irodaviy xislatlar bir butun yaxlitlikni tashkil 
etgandagina, ishontirish metodi haqiqiy harakatlantiruchi kuchga 
aylanishi mumkin. Bu metodni qo’llashda ishontirish tarkibi bilish, 
sezgi, hissiyot, xulq-atvorga amal qilish maqsadga muvofiq. 


Ishontirish natijasi o’qituvchining so’z mulkiga ham bog`liqdir. 
Pedagogning so’zi va ishi ham bir bo’lishi kerak. So’z bilan og’zaki 
ta’sir o’tkazish o’qituvchining madaniy saviyasida va o’quvchi 
muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning “aql-
zakovati, fikr-tuyg’ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri 
ma’lum darajada so’zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so’z 
aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So’z bilan 
og’zaki ta’sir o’tkazishni amalda o’z pedagogik faoliyatida 
qo’llovchi o’qituvchi o’z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini 
boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lishi va o’z his-tuyg’ularini faqat 
ta’lim–tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda 
o’quvchi qalbini noo’rin so’zlar bilan jarohatlab qo’ymasligi, 
so’zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan chiqib 
ketmasligi lozim. So’z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari 
o’qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: “So’zlarning ma’nolarini, 
qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz 
insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos 
qilgan bo’lasiz”.
O’qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so’z bilan 
og’zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar 
nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. 
Ogohlantiruvchi so’zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani 
ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, 
hazil orqali fikrini anglatish, o’quvchining erkin mulohazalarini 
ma’qullash yoki nojo’ya harakatlari uchun ayblash so’zning og’zaki 
ta’sir etuvchi komponentlaridir. So’z bilan imo-ishoraning va yuz 
harakatlarining birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va 
ta’sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o’qituvchi 
o’quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko’rishi 
lozim. 
Ishontirish metodini qayta tarbiyalash, ya’ni qarash va 
munosabatlarni shakllantirishda qo’llash, u yoki bu xislatlarni 
namoyish qilish zarur bo’lgan maxsus vaziyatlar yaratish orqali 
amalga oshirilishi ham mumkin. Tasodifiy vaziyatlar quyidagi 
yo’llar bilan yaratiladi: darsda o’quvchiga kutilmagan savol berish, 
darsdan tashqaridagi noto’g`ri xatti-harakatiga iqror bo’lishiga 


majbur qilish, o’yinda esa harakat qilishga undash. Maktab hayotida 
tasdiqlanganidek, ba’zan o’quvchi o’z imkoniyatlarini ro’yobga 
chiqarishga sharoit bo’lmagani uchun ham tarbiyasi og`irlar qatoriga 
qo’shilib qolar ekan. Undan darsda onda-sonda so’rashadi: 
o’qituvchi uning bilimiga ishonmaydi, dars paytida unga e’tibor 
berishga vaqtdan qizg`anadi. Agar o’quvchiga tez-tez murojaat 
qilinsa, unga o’z fikrini bayon qilish taklif etilsa, uning xulqida 
shakllanib qolgan stereotiplar asta-sekin o’zgara boshlaydi.
Uqtirish – kishilarning muloqot faoliyati jarayonida o’zaro ta’sir 
etishlari vositalaridan biridir. Uqtirishning o’ziga xosligi, inson 
ruhiyatiga uning o’ziga sezdirmasdan ta’sir etishi, shaxs psixikasi, 
tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi 
qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo’l- yo’riqlarda aks etishidir. 
Har qanday pedagogik ta’sir etishda uqtirish elementi mavjud 
bo’ladi. To’g`ri tashkil etilgan uqtirish o’quvchilarning ongli 
ravishdagi faolligini oshirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
So’z yordamida o’quvchida tetiklik yoki qo’rquv, xursandlik 
yoki xafalik, o’ziga ishonch va ishonmaslik, qiziquvchanlik yoki 
zerikish, boshqalarga ishonish yoki ulardan hadiksirash kabi 
sezgilarni vujudga keltirish mumkin. O’qituvchining yomon 
kayfiyati to’lqin kabi bir zumda o’quvchilarni qamrab olishini ham 
faqat uqtirish bilangina tushunish mumkin. Yoki asabiylashgan 
xarakterga ega bo’lgan guruh rahbari tez orada asabiy holat guruhda 
muloqot me’yoriga aylanib qolganligidan taajjublanadi. 
Pedagogik uqtirish samaradorligini oshirishning umumiy 
shartlari quyidagilardan iborat:
- o’quv materialining mazmuni; 
- uqtirish amalga oshirilayotgan vaziyat; 
- uqtirish natijasida o’qituvchining ishonchi; 
- o’quvchilarning o’qituvchiga munosabati (hurmat qilishi); 
- o’quvchilarning yosh davrlari va individual xususiyatlari 
e’tiborga olinishi; 
- o’quvchilarning uqtirish texnikasini egallaganliklari; 
- uqtirish natijasida qaror topgan xislatlarni ro’yobga chiqarish 
uchun shart-sharoitlar yaratish. 


Uqtirishni turkumlarga ajratish uchun quyidagilar asos qilib 
olinadi. 
1.
Uqtirib ta’sir etish manbalari bo’yicha: a) boshqa kishi 
tomonidan uqtirish; b) o’z-o’zini uqtirish - bunday uqtirish obyekti 
va subyekti bir-biri bilan ustma-ust tushadi 
2.
Uqtirish obyektining holati bo’yicha: a) uyg`oq holatda 
uqtirish; b) tabiiy uyqu holatida uqtirish; v) gipnoz holatida uqtirish. 
Zamonaviy didaktikada gipnoz holatda uqtirish va tabiiy uyqu 
holatida uqtirish (tush ko’rayotganda chet tilini o’rganish - 
gipnopediya) ham qo’llanilishidan qat’i nazar, biz pedagogik 
munosabatlar istiqbolini belgilovchi uyg`oq holatda uqtirishni 
o’rganamiz. 
3.
O’qituvchining maqsadi bo’yicha: a) oldindan 
mo’ljallangan uqtirish; b) oldindan mo’ljallanmagan uqtirish. 
Oldindan mo’ljallangan uqtirishda o’qituvchi o’z maqsadiga erishish 
uchun o’quvchiga ongli va izchillik bilan ruhiy ta’sir ko’rsatib 
boradi.
4.
Uqtirib ta’sir ko’rsatish uning oqibatiga qarab: a) ijobiy 
(odatlar, qiziqishlar, qarashlar, munosabatlar); b) salbiy (o’z-o’zini 
past 
baholash, 
mas’uliyatsizlik, 
jur’atsizlik 
va 
hokazolar) 
ko’rinishlar bo’lishi mumkin. 
5. Uqtirish mazmuniga qarab ikki turga bo’linadi: a) ochiqdan-
ochiq uqtirish, bunda uqtirish maqsadi uning shakliga mos keladi. 
Uqtiruvchi to’g`ridan-tug`ri va ochiq holda o’quvchini ba’zi xatti-
harakatlarini bajarishga yoki bundan o’zini to’xtatishga chaqiradi. 
«Sen bundan keyin doim darsni tayyorlab kelasan, senga 
ishonaman» (aniq shaxsga yo’naltirilgan fikr); b) yopiq (vositali) 
uqtirish. Bunda ta’sir etish maqsadi «niqoblangan» bo’ladi. 
O’quvchi uqtiruvchini kuchga ega ekanligini ko’p hollarda 
anglamaydi. Bu holda so’zlovchi tinglovchida aynan o’zidagi 
tasavvur, qiyofa va sezgilarni gavdalantiradi. Natijada uning oldida 
to’la ishonch qozonadi. Uqtirish kishilarning muloqotda o’zaro ta’sir 
etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz to’g`ridan-to’g`ri 
ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Kommunikativ qobiliyat deganda nimani tushunasiz? 
2.
Kommunikativ qobiliyatning qanday turlari mavjud? 
3.
O’z-o’zini anglash va o’z-o’zini tahlil etish tushunchalarini 
qanday izohlash mumkin? 
4.
Pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali metodlariga nimalar 
kiradi? 
5.
Ishontirish metodining afzalliklari nimada? 
6.
Ishontirish metodini qo’llashda qanday qoidalarga rioya 
qilish lozim? 
7.
Uqtirish metodining mohiyatini bayon eting. 


VI BOB. PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ODOB
Tayanch tushunchalar: takt, taktika, pedagogik takt, taktikani 
tanlash, pozitsiya, shroit, usul, odob, pedagog odobi, pedagog odobi 
fazilatlari
Pedagogik takt tushunchasi. 
Takt ahloqiy tushuncha bo’lib, u 
insonlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga 
solish, insonparvarlik g’oyalariga asoslangan bo’lib, andishali hulq, 
har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib 
qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o’qituvchidan 
andishali bo’lish talab qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o’qituvchining 
ta’lim oluvchilar oldida o’zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining 
holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali 
ta’sir yo’lini topa olishidir.
Pedagogik takt – o’qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo’lib, 
o’quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir 
o’tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o’rnatish 
o’lchovi, o’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli 
intizomni tarkib toptirish ko’nikmalarini hosil qilish shaklidir. 
Pedagogikada o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabati ularning 
yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal 
qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o’qituvchi ta’lim–
tarbiya jarayonida hali to’liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy 
kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi 
bo’lgan murg’ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo 
unutmasligi kerak.
O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo’lgan 
qo’pollik, 
adolatsizlik, 
qo’rqitish, 
haqorat, 
mensimaslik, 
pedagogikaga zid bo’lgan jazolash usullarini qo’llash va boshqa ular 
shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so’zlar ishlatish 
o’quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab 
qo’yishi, yoki o’qituvchining obro’siga putur etkazishi mumkin. 
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar, 
ko’pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo’ladi. 


Bunda ayniqsa yosh o’qituvchilarning pedagogik takt sirlarini 
bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. 
O’qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u 
yillar 
davomida 
pedagogik 
faoliyatda, 
ustozlar 
tajribasini 
o’rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va 
tarbiyaviy soatlarda o’quvchilar bilan muloqotda takomillashib 
boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo’lmish 
pedagogik taktga ega bo’lish o’qituvchi uchun juda zarurdir. 
Shunday qilib, pedagogik takt bu o’qituvchining ta’lim 
oluvchilarga nisbatan amalga oshiradigan ta’sirining mezonidir.
Taktikani tanlash va uni qo’llash qoidalari. 
Taktika tanlash 
turli vaziyatlarda xilma-xil rollarni bajarish bilan bog’liq. Bu haqida 
ma’lumotni psixoterapevt A.B.Dobrovich kitoblaridan olish 
mumkin. Bu to’rtta pozitsiya bo’lib, ular quyidagicha: “yuqoridan 
pastga”, “pastdan yuqoriga”, “yonma-yon” va “aralashmaslik” 
pozitsiyasi. 
“Yuqoridan pastga” pozitsiyasida o’qituvchi mustaqil hal etishni 
namoyish etadi, mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu pozitsiya 
“ota-ona” pozitsiyasi. 
“Pastdan yuqoriga” pozitsiyasi tobelik, shaxsning o’ziga 
ishonmasligi. A.B.Dobrovich so’zi bilan aytganda, bu “ta’lim 
oluvchi” pozitsiyasi. 
“Yonma-yon” pozitsiyasida farosatlilik va vazminlik, vaziyatga 
qarab ish tutish, boshqalarning ham manfaatini o’ylash, o’zi va ular 
o’rtasida mas’uliyatni to’g’ri taqsimlash ifoda etiladi. Bu “katta 
odam” pozitsiyasi. 
«Aralashmaslik» pozitsiyasi – aralashmaslik, faollikni namoyon 
etmaslik. 
Har bir pozitsiyaning qo’llanishi vaziyat talabiga mos tanlanadi. 
Muloqot ikki tomonlama jarayon bo’lganligi uchun o’qituvchi ta’lim 
oluvchi rolini ham inobatga olishi shart. O’qituvchining odatiy 
pozitsiyasi bu hamkorlikda ish olib borayotgan “katta odam”, ya’ni 
ishga aloqador darajani talab qiluvchi pozitsiyadir. Bu pozitsiya 
ta’lim oluvchida teng huquqli sheriklikni shakllantiradi, o’zaro 
ishonch muhitini yaratadi. Bunda quyidagi jumlalarni qo’llash 


mumkin: “Sizlar bilan maslahatlashmoqchi edim”, “Kelinglar, 
o’ylab ko’raylik” va hokazo. 
Pedagogik ta’sirning yetakchi metodi – pedagogik talabdir. 
Pedagogik talab iltimos, rag’batlantirish, ma’qullash, faoliyatga 
undash, ta’lim oluvchiga nisbatan ishonchni namoyish qilish va 
boshqa shakllarda ifodalanadi. 
Insonparvarlik pedagogikasida pedagog tarbiyalanuvchilar 
birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatda quyidagi tamoyillarga amal 
qilishi lozimligi ta’kidlab o’tilgan:
1) tarbiyalanuvchilarga mehrli bo’lish, o’z mehrini ko’rsata 
olish;
2) 
ta’lim 
oluvchilar 
hatti-harakatlarining 
“ichki 
rag’batlantiruvchi kuchlarini” ko’ra olish; 
3) vaziyatni to’g’ri baholay olish;
4) maqsadga muvofiq ta’sir etish usulini tanlash;
5) ta’lim oluvchilar bilan samarali muloqotni tashkil etish.
Pedagog va ta’lim oluvchi pozitsiyalarining to’g’ri kelmasligi 
ko’p konfliktlarga sabab bo’ladi, shuning uchun konflikt 
vaziyatlarda qo’llaniladigan sinalgan quyidagi qoidalarni bilish 
kerak:
Birinchi qoida. Konflikt vaziyatini o’z qo’liga olish. Bu 
emotsional taranglikni bartaraf etishni anglatadi. Buning uchun 
ortiqcha jismoniy zo’riqishdan, ortiqcha hatti-harakatlardan halos 
bo’lish kerak. Mimika, poza, jestlar faqatgina odamning ichki 
kechinmalarini ifodalab qolmay, unga ta’sir ham ko’rsatadi. 
Shunday qilib, tashqi vazminlik va xotirjamlik!
Ikkinchi qoida. O’z xatti-harakatlari bilan sherigiga ta’sir 
ko’rsatish. Bunda ishtirokchining yuzini diqqat bilan o’rganib 
chiqish yordam beradi, fikrni jamlaydi va uning holatini aniqlashga 
imkon yaratadi.
Uchinchi qoida. Hamsuhbatning xatti-harakatlari motivlarini 
tushuna olish. Aqliy tahlilning ishga solinishi emotsional qizishni 
pasaytiradi. YAxshisi holatning murakkabligini tushunganligini 
ifoda etish (Men sizning holatingizni tushunib turibman...), o’z 
holatini tushuntirish (Shu meni o’ylantiryapti...) YA’ni hatti-


harakatni darrov baholamang, oldin tug’ilgan vaziyatga bo’lgan 
munosabatingizni bildirishga harakat qiling.
To’rtinchi qoida. Maqsadni muvofiqlashtirish. Ta’lim oluvchi 
bilan sizni birlashtiruvchi narsani tezroq anglash va uni ko’rsatish.
Beshinchi qoida. Samarali echim borligiga ishonishingizni 
namoyish qiling. Va nihoyat, konflikt hal qilinganidan so’ng uni 
tahlil qilib chiqing (sababi va oldini olish yo’llari).
“Pedagogik odob” tushunchasi va uning namoyon bo’lish 
xususiyatlari. 
Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida 
tarzi, an’analari negizida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala-
munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning 
amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi.
Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, 
vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-
tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, 
kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan 
munosabatlarida namoyon bo’ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari 
yig’indisidir. 
Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning 
o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Biroq bunday yondashuv 
bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, 
tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti 
jarayonidagina namoyon bo’lmaydi, balki uning butun faoliyati 
davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha 
aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining 
hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni 
axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o’z 
ichiga qamrab oladi.
Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi 
fazilatlarini 
shakllantirishda 
ikki 
yo’nalishdagi 
aloqador 
tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: birinchisi – 
jamiyatning o’qituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisi – o’qituvchi 
shaxsining jamiyatga munosabati. 
O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik 
faoliyat uchun muhim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. 


Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma 
kasb egalari, jumladan, o’qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda 
zarurdir. 
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-
atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, 
mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli 
qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, 
ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida 
yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs 
oldiga ma’lum axloqiy talablar qo’yadi, bu talablar axloq normasi, 
axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o’z faoliyati va 
istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, 
mezonlarini belgilaydi. 
O’qituvchi 
umuminsoniy 
va 
milliy-axloqiy 
fazilatlarni 
o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi, 
mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va 
his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliy-
axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o’qituvchining o’z axloqiy 
fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr 
va mulohazalari bilan qo’shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
jamiyat qurish sharoitida uning o’rni va rolini belgilaydi. 
O’qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy 
fikriga, axloqiy fazilati va e’tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy 
e’tiqod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy 
ishlarida, o’quvchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala, 
munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi 
bilan axloqiy ta’sir o’tkazishida ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt 
o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim 
xulqining 
natijalari 
uning 
yoshlarga 
axloqiy 
ta’sirining 
samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida 
namoyon bo’ladi. 
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy-
axloqiy fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik 
faoliyat bilan bog’liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. 
Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur, baynalmilalchilik, 
adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, 


halollik, rostgo’ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar 
o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda tahlil 
qilinadi. 
Bolalarga 
yaxshilik 
qilish, 
o’qituvchilik 
burchi, 
o’qituvchilik sha’ni, qadr-qimmati, o’qituvchilik mas’uliyati, 
o’qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bo’lish, o’qituvchining 
ma’naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo’yligi kabilar o’qituvchi 
axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularning chuqur va puxta 
o’zlashtirish bo’lajak o’qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb 
etadi. 
O’qituvchining muomala odobi. 
Muomala odobi o’z tabiati, 
mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar 
pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo’ladi. 
Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma’naviy, umuminsoniy 
va milliy axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar 
pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o’rtasidagi muomala odobini 
tartibga solib, boshqarib boradi. Ijtimoiy munosabatlarning har biri 
o’ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu xususiyat va mezonlar 
ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning xarakteri bilan 
belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo’lgan axloqiy 
qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o’rtasidagi, 
shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi. 
Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham 
ega. Axloqiy baho esa kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini 
nazorat qiladi, tartibga soladi. Muomala-munosabatlar kishi o’z 
xulqi va faoliyatida axloqiy prinsiplar, qoidalar, talablar, 
an’analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab 
baholanadi. 
Pedagogik 
jarayonda 
sodir 
bo’ladigan 
muomalaodobida 
muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks 
etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o’ziga, o’z 
kasbiga, o’quvchilarga, kasbdoshlariga, ota–onalariga muamolasini 
belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, 
davlat o’qituvchiga, ta’lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo’yayotgan 
axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va 
xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi 
o’qituvchining 
faoliyatida 
namoyon 
bo’ladi. 
O’qituvchilik 


faoliyatida qo’yiladigan axloqiy talablar, o’z navbatida, O’zbekiston 
Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy–
an’anaviy, madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun 
tartibiga qo’yayotgan vazifalariga bog’liq. Ular pedagogik 
jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan kishilaning 
xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik 
jarayon qatnashchilarining ta’lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va 
vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari 
shaklida namoyon bo’ladi. 
Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik 
faoliyatda sub’ekt-obe’kt munosabatlari shaklida ifaodalanadi. 
Sub’ekt-obe’kt munosabatlari muallim o’zining professional 
burchini bajarayotganida o’quvchilar, kasbdoshlari, ota- onalar, 
jamoat tashkilotlarining vakillari bilan o’qituvchi o’rtasidagi 
aloqalarda vujudga keladi. U o’zaro hurmat darajasi, ishonch, 
talabchanlik, xayrixohlik tashabbuskorlik, o’zaro g’amxo’rlik, har 
birlarining inson sifatida qadr–qimmatini e’zozlash kabilarda 
namoyon bo’ladi. Ular o’qituvchining pedagogik faoliyatida 
boshqalar bilan muamalasining xarakterini baholashda xizmat qiladi. 
O’zaro ta’sirlar o’quv ishida, turmushda, dam olish paytlarida, 
oiladagi muomala-munosabatlarining xususiyatlarini aniqlashga 
imkon beradi. 
Pedagogik jarayoning o’zida ham faoldiyatning turli sohalarida 
turlicha muomala-munosabatlar mavjud. Masalan, o’quv ishlari 
sohasida, jamoat toashiriqlarini bajarishda o’quvchilar, bilan 
sinfdan tashqari ishlarda, dam olish paytlardagi muomala, 
shuningdek, o’qituvchining Vatanga, xalqqa bo’lgan munosabati 
o’ziga, xos xususiyatlarga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, 
agar o’qituvchining bu muomala munosabati o’z professional 
vazifasini burchini bajarish jarayonida sodir bo’lsa, jamiyat 
o’qituvchining pedagoglik kasbining ijtimoiy mavqeini, unga 
ma’lum bir huquq va vakolatlar berilganligini nazarda tutadi.
Pedagogik etikada muomola odobining biror jihati, masalan, 
o’qituvchining o’z kasbiga munosabati, burchi alohida tahlil etilishi 
mumkin. O’qituvchilik kasbi kishiga ma’lum talablarni qo’yadi, 
lekin muallim bu talablarni qanday bajarayotgani bu talablarda hali 


aks etmaydi. O’qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini xalq 
ta’limi bo’limlari, maktab ma’muriyati, metodik birlashma 
xodimlari 
baholaydi. 
O’qituvchining 
pedagogik 
jarayon 
qatnashchilari bilan muomalasi-bu kishilarning o’zaro bir-birlariga 
bo’lgan shaxsiy insoniy munosabatlari sifatida ham qaraladi, ular 
pedagogik jarayon qatnashchilarining xatti-harakatlarida, xulqida, 
ish shakli va usullarida namoyon bo’ladi. Ular o’rtasidagi o’zaro 
axloqiy baholashlar ham muhim rol o’ynaydi. 
Pedagogik jarayonda o’qituvchi axloqiy munosabatlarning 
sub’ekti hisoblanadi. U pedagogik jarayonning asosiy kishisi-
figurasi sifatida o’quvchilar, kasbdoshlar, ota-onalar bilan 
muomalada bo’ladi. Pedagogik muomala odobi tizimida o’qituvchi 
asosiy figuradir. O’quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, pedagoglar 
jamoasi va jamoat tashkilotlarining vakillari o’qituvchi uchun 
pedagogik muomala-munosabatlarning ob’ekti hisoblanadi. Ular 
bilan bo’ladigan aloqalar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish 
vazifalarini bajarish jarayonida sodir bo’ladi. Bu muomala 
jarayonida ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, 
ijobiy hissiyotda bo’lishlari, bir-birlarining fazilatlarini o’zaro 
baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi. 
Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun 
ularning axloqiy va ruhiy jihatlarini bir-biridan ajratish qiyin 
bo’ladi. Shuning uchun ham bunday hodisalar haqida gapirganda, 
odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy vaziyat tushunchasi 
ishlatiladi. 
Demak, o’qituvchining muomala odobi-u aloqa qiladigan 
odamlar, 
muassasalar 
bilan 
o’z 
professional 
vazifasini 
bajarayotganda sodir bo’ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. 
Bu yondoshuv asosida pedagogik muomala odobini shartli ravishda 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchi bilan o’quvchilar 
o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi 
muomala; o’qituvchi bilan ota-onalar o’rtasidagi muomala; 
o’qituvchi bilan maktab rahbarlari o’rtasidagi muomala. 
Muomala odobida o’qituvchining axloqiy ongi, axloqiy 
faoliyatining yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va axloqiy 


yo’nalishlari, so’zi bilan ishining birlik darajasi, xullas, muallimning 
faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon bo’ladi. 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Takt deganda nimani tushunasiz? 
2.
Pedagogik taktika tushunchasiga ta’rif bering. 
3.
Pedagogik taktikani tanlash usullarini aytib bering. 
4.
Pedagogik taktikani qo’llash qoidalariga nimalar kiradi? 
5.
Pedagog odobi deganda nima tushuniladi? 
6.
Pedagog odobining o’ziga xosliklari nimalarda namoyon 
bo’ladi? 
7.
Pedagog odobi fazilatlariga nimalar kiradi? 


VII BOB. PEDAGOGIK TEXNIKA
Tayanch tushunchalar: pedagogik texnika, mimik va pantomimik 
ifodalilik, o’z hissiyotlarini boshqara olish, xushmuomalalik, 
xayrixohlik, rejissyorlik va aktyorlik ko’nikmalari,
 
Pedagogik texnika haqida ma’lumot. 
Pedagogik texnika – 
o’qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy 
faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari 
majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu avvalo 
o’qituvchining 
mahoratini 
belgilovchi 
kasbiy 
ko’nikmalari 
hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr-
mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, 
his-tuyg’usini jilovlay olishi, o’zining shaxsiy xususiyatlariga xos 
mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo’lishi, aniq imo-ishora, 
ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so’zning 
cheksiz qudrati orqali o’quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir 
o’tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo’lishi 
kabilardir.
O’qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko’nikma va 
malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida 
o’qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni 
zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o’quvchilarga 
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi 
muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o’ziga 
jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga 
bo’lib o’rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o’qituvchining 
shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim–
tarbiya jarayonida o’z–o’zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) 
namoyon bo’ladi: 

ta’lim-tarbiya jarayonida o’z xatti-harakatlarini boshqarishi, 
(mimika, pantomimika); 

ta’lim-tarbiya jarayonida o’z hissiyotini va kayfiyatini 
jilovlay olishi va turli nojo’ya ta’sirlarga berilmaslik;



mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, 
kuzatuvchanlik, xayol) egaligi; 

nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) 
bilishi va o’z o’rnida qo’llay olishi. 
Pedagogik 
texnikaning 
ikkinchi 
guruh 
komponentlari 
o’qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan 
bog’liq bo’lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik 
tomonini qamrab oladi: 

o’qituvchining 
didaktik, 
tashkilotchilik, 
konstruktiv, 
kommunikativ qobiliyatlari; 

ma’lum bir reja asosida o’z oldiga qo’yilgan talablarning 
bajarilishini nazorat qilishi; 

ta’lim muassasasida va o’quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya 
bilan bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; 

o’quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir 
muvozanatda saqlab boshqara olishi. 
O’qituvchining 
tarbiyalanuvchi 
obyektlar 
oldida 
o’z 
harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo’lgan 
xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol 
o’ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir 
yoki bir necha marotaba bir xil ko’rinishda sahnada namoyish etsa, 
o’qituvchi butun o’quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni 
o’tilgan mavzular bilan bog’lab, zamonaviy innovatsion usullar 
vositasida o’quvchilar ongiga etkazish uchun chuqur tayyorgarlik 
ko’radi, sinf jamoasidagi o’ziga xos pedagogik va psixologik 
muhitni, har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib 
pedagogik faoliyat ko’rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni 
yuqori saviyada bajarish uchun o’qituvchidan yuksak pedagogik 
texnik tayyorgarlikka ega bo’lish talab etiladi. 
Hozirgi zamon o’qituvchisi pedagogik mahorat tizimida 
pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u 
o’qituvchiga o’z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-
tuyg’ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, 
nutq texnikasini egallashi va ularni o’quv faoliyatida, o’qishdan 
tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo’llash yo’llarini 
tushuntiradi. 


Demak, pedagogik texnika o’qituvchi kasbiy faoliyatida shunday 
kasbiy va shaxsiy malakalar yig’indisiki, u o’qituvchining 
pedagogik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini 
tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo’l ko’rsatuvchi bo’lib 
xizmat qiladi. 
Pedagogik texnikaning namoyon bo’lish xususiyatlari. 
O’qituvchining tashqi ko’rinishi pedagogik texnikasini namoyon 
etuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi 
ko’rinishi atrofdagilarga estetik ma’no va zavq kasb etib, doimiy 
e’tiborda bo’lishini unutmaslik kerak. O’qituvchining tashqi 
ko’rinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning 
chehrasidagi mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. 
O’qituvchi sinfga kirishi bilan so’zsiz o’quvchilar e’tiborida bo’ladi, 
ular bilan muloqotga kirishadi.
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti-
harakatlari o’quvchilarga ta’sir o’tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh 
o’qituvchilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, 
qo’rquvini engishlari, o’zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida 
sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan 
o’zlarini yo’qotmasliklari lozim.
O’qituvchining tashqi ko’rinishida, pedagogik texnikasi 
tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. 
O’qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va 
pantomimik ifodasi, o’qituvchining imo-ishorasida, ma’noli 
qarashlarida, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon 
bo’ladi 
va 
ular 
o’qituvchi-tarbiyachining 
pedagogik 
ta’sir 
ko’rsatishida, mashg’ulotlarni samarali va mazmunli o’tishida puxta 
zamin tayyorlab beradi. 
Pantomimika - bu gavda, qo’l va oyoqlarning harakatidir. U 
asosiy firkni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. O’qituvchi o’z 
gavdasi, qo’li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday 
pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o’quvchilar 
bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg’ulari, tashqi hissiyotlari 
bilan qo’shilib butun ongini o’quv materiallari mazmunini 
o’zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib yura 
bilish, qo’l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq 


va to’liq bayon qilib qo’lini, boshini turli harakatlarda ifodalash 
o’qituvchining o’z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning 
uchun o’qituvchining o’quvchilar oldida o’zini tuta bilish holatini 
tarbiyalashi lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal 
oldinga surilgan holda turish). O’qituvchining yurishi, qo’l va oyoq 
orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo’lishi kerak. 
Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo’llari bilan 
turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. 
Bunday holatlar dars davomida o’quvchilarning e’tiborini bo’lib, 
g’ashini keltiradi va o’rganilayotgan fanga, o’qituvchiga nisbatan 
hurmatsizlik kayfiyatini uyg’otadi. 
O’qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o’z hissiy 
holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi 
o’quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg’in kuzatuv ostida bo’ladi. 
Uning kayfiyatidagi o’zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon 
bo’ladi. Shu tufayli o’quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish 
jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg’ulotlar paytida, 
tarbiyaviy ishlar jarayonida) o’z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy 
bo’lishi, umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo’la olish 
qobiliyatlariga ega bo’lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi 
o’qituvchiga birdaniga paydo bo’ladigan ko’nikma emas. Buning 
uchun o’qituvchi o’z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati 
davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor. 
Chunki, yillar davomida o’qituvchi o’zining har bir harakatiga 
moslashib uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik 
malakalarga ega bo’lgan o’qituvchi o’z-o’zini nazorat qila oladi, 
ko’p yillik faoliyati davomida sog’lom asab tizimini o’zida 
tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo’riqishlardan o’zini 
saqlay oladi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə