O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104

 
155 
 
Pilotaj tadqiqot – tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o‟tkaziladigan va 
soddalashtirilgan shakli. 
 
Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o‟lchashni ishlab 
chiquvchi psixologiya usuli. 
 
Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy tomondan o‟rganishning 
asosiy yo‟l-yo‟riq va usullari. 
 
Psixokorreksiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo‟llash 
jarayoni. 
 
Psixologik xizmat – psixologiyani amaliyotda qo‟llash tizimi. U turli sohalarda diagnostika, 
konsultasiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi. 
 
Psixologik maslahat – shaxsning turli darajadagi o‟z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan 
tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.   
 
Polilog – guruh ichidagi munozara bo‟lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi. 
 
Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon. 
 
Professiografiya – mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, 
tashkilot) bilan o‟zaro munosabati va bog‟liqligini o‟rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks 
metod. 
 
Professiogramma –  kasbning turli obyektiv xarakteristikalarining tasnifi. 
 
Psixogramma –  faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi. 
 
Rigid shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‟tish va moslashish imkoniyatining past 
darajada kuzatilishi. 
 
Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqye, martabaning 
inobatga olinishi 
 
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.  
 
Referent guruh – shaxsning har tomonlama ishongan, o‟ziga yaqin tutgan guruhi. 
 
Sangvinik – temperament turlaridan bo‟lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o‟zgaradigan, 
boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi. 
 
Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni 
psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi. 
 
Simpatiya – bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki 
namoyon bo‟lishi.  
 
Sosiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqyea-xodisalarni va o‟zaro munosabatlarni 
o‟rganishga qaratilgan fan. 
 


 
156 
So‟rov – asosiy metodlardan biri bo‟lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma‟lumot 
olinadi. 
 
Ta‟lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta‟lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste‟dodini aniqlab 
olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi. 
 
Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo‟llaniladigan metodlardan biri bo‟lib, bu metod 
orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi. 
 
Tushuncha – narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so‟z yoki so‟zlar guruhi 
bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli. 
 
Tushunish – biror narsaning ma‟nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi. 
 
Tahlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo‟linib o‟rganiladi. 
 
Taqqoslash – narsa va xodisalar o‟rtasidagi o‟xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash 
operasiyasi. 
 
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo‟lib, shaxsning 
muloqotga o‟rgatish va obro‟li bo‟lishini rivojlantirish maqsadida o‟tkaziladi. 
 
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui bo‟lib, u kishida faoliyat va 
xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi. 
 
Tobe shaxs – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko‟nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog‟liqlik, 
fikriga bo‟ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.  
 
Umumlashtirish – voqyelikdagi narsa va xodislarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran 
birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni. 
 
Uyushganlik – guruh a‟zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, 
hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari. 
 
Ustanovka – yo‟nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va obyektlarga nisbatan qanday 
munosabatda bo‟lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va ularga nisbatan harakatining tayyorlik 
xolati. 
 
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo‟ladigan va tashqi 
olam bilan kishining o‟z-o‟zini bilishga, uni qayta qurishga yo‟naltirlgan faolligi. 
 
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o‟zaro ta‟sirda bo‟lishida 
namoyon bo‟ladi. 
 
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo‟lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emosional 
xolatlarning tashqi ko‟rinishlari kuchli emasligida namoyon bo‟ladi. 
 
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo‟lib, shaxsning mehnatga, 
narsa va xodisalarga, o‟ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo‟ladi. 
 
Harakat – maqsadga muvofiq yo‟naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‟indisi. 
H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir. 
 


 
157 
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo‟lib, bir qancha xukmlar asosida ma‟lum 
xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi. 
 
Xolerik – temperament turi bo‟lib, xissiyot jo‟shqinligi, kayfiyatning tezda o‟zgarishi, hissiyotning 
muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir. 
 
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‟ullanuvchi betakror odam. 
 
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni 
faol tarzda o‟zlashtirish jarayonidir. 
 
Shaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o‟zaro ta‟sir etish natijasida ro‟y beradigan ijtimoiy-
psixologik hodisalar. 
 
Shakllar – bevosita va bavosita tur bo‟lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko‟zda 
tutiladi. 
 
Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‟lishi bilan bog‟liq 
psixologik jarayon. 
 
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‟ra biror guruhga taalluqli deb qarash. 
 
Emotsiya – odam va hayvonlarning subyektiv ifodalangan ichki va tashqi qo‟zg‟oluvchilar ta‟siriga 
javob reaksiyasi. 
 
Egosentrizm – men, markaz ma‟nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi. 
 
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‟z ichida kechayotgan fikrlarini 
bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.  
 
Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati. 
 
O‟qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish 
jarayoni. 
 
O‟yin – faoliyat turlaridan biri bo‟lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish harakatlarini aks ettirishda 
ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir. 
 
Qobiliyat – shaxsning ma‟lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni 
egallay olishini ta‟minlaydigan individual psixologik xususiyati. 
 
Qiziqish – shaxsning o‟zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                       
PSIXOLOGIYA
 fanidan 
 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə