O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Bosh ustidan ortga uloqtirish



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə41/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Sport mahoratini oshirish

Bosh ustidan ortga uloqtirish.
Qisqacha sharhi: to’ldirma to’pni bosh ustidan ortga imkon darajasida uzoqga uloqtirish
Amalga oshirish tartibi: Oyoqlar holati parallel bo’ladi, tovonini uloqtirish chizig’iga to’g’rilab ishtirokchi uloqtirish sektorga orqasi bilan turadi. Ishtirokchi to’ldirma to’pni ikki qo’lda to’g’ri uzatgan holda ushlaydi. Keyin ishtirokchi oldinga engashib (son mushaklarini zo’riqishgacha bo’lgan holatda) va tezda oyoylarini to’g’rilab, keyin qo’llarini ya’ni to’pni imkon darajada uzoqga bosh ustidan uloqtirishni bajarish uchun. Uloqtirgandan keyin ishtirokchini uloqtirish chizig’ini bochishi mumkin (masalan: orqaga qadam qilish mumkin). Har bir ishtirokchiga ikki martadan urinish beriladi.

Ochkolarni hisoblash: Natijalar 20 sm aniqlikda yoziladi. Agar to’ldirma to’p chig’iqlar orasiga tushadigan bo’lsa yuqori natijasi olinadi. O’lchash har doim to’g’ri burchak ostida o’lchanadi (90o gradus). Jamoaning umumiy natijasiga ikki urinishdan yaxshisi olinadi.
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Bu musobaqani tashkil qilishda jamoalar uchun ikki yordamchi talab qilinadi. Bu yordamchilar quyilagi vazifalarni bajarishadi:
- musobaqa o’tkazishni boshqarib boradi va nazorat qiladi;
- to’ldirma to’pni uchishini o’lchaydi va snaryadni ishtirokchiga (o’lchashni amalga oshirish uchun o’lchash chizig’iga nisbatan 90o burchak ostida bo’lishi kerak) olib kelib beradi;
- natijani qayd qiladi va uni musobaqa bayonnomasiga yozib boradi.
7-mavzu. Yengil atletikada tayyorgarlik turlarining o‘rni.
Reja:
1 Yengil atletikada jismoniy tayorgarliklarni o’rni.
2 Yengil atletikada texnik tayorgarlik turlarini o’rni.
3 Ruxiy tayorgarligiga oid sport mashqlari.
Yengil atletikaning har xil turlari uchun texnik tayyorgarlikning ahamiyati va usullari.
Mashg’ulot yuklamalarining to’g’ri tuzilishi yosh sportchilar tayyorgarligi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir, chunki mashg’ulotlar ta’siri jismoniy va funksional tayyorgarlikning muayyan darajasini shakllantiradi. Biz bilamizki, yuguruvchi va yuruvchilarning jismoniy tayyorgarligi shartli ravishda umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) vositalari tayyorlovchi va umumrivojlantiruvchi mashqlardan iborat bo’ladi. Tayyorlovchi mashqlarni yelka kamari, qo’l, gavda va oyoq mushaklari uchun buyumlarsiz o’tkaziladigan gimnastika mashqlari tashkil etadi, ular bo’g’imlardagi harakatchanlik va egiluvchanlikni rivojlantirishga, mushaklarni bo’shashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bu mashqlar butun yillik sikl davomida muayyan mushaklar guruhiga tanlab-chegaralab qo’llanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar gimnastika snaryad-larida, og’irliklar bilan o’tkaziladigan mashqlarni, sakrash va uloqtirishlarning har xil turlarini (to’ldirma to’plar, yadro, tosh va b.) boshqa sport turlari, harakatli va sport o’yinlari bilan shug’ullanishni o’z ichiga oladi. UJT vositalarining eng katta hajmi tayyorgarlik davriga to’g’ri keladi. Yildan-yilga sport mahorati oshib borgani sayin ularning umumiy mashg’ulot yuklamalari umumiy hajmidagi hissasi pasayib bormoqda.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) vositalari barcha turdagi yugurish va yurishni o’z ichiga oladi (bir maromda va o’zgaruvchan yugurish hamda yurish; g’ovlar osha yugurish; takroriy-o’zgaruvchan va oraliqli yugurish hamda yurish; tepalikka, qumda va h.k. yugurish hamda yurish va h.k.).
Yuguruvchi va tez yuruvchilar tayyorgarligining maxsus vositalari sirasiga yana o’z tuzilishiga ko’ra yugurish yoki yurishga yaqin bo’lgan sakrash hamda tezkorlik-kuch mashqlari kiradi. Bu mashqlar yugurish va yurish vaqtida asosiy yukni zimmasiga oladigan mushaklarni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Quyida mashqlar majmuasi taklif etiladi:
- tizzalarni baland-baland ko’tarib hamda qo’llarni xuddi yugurish vaqtidagidek harakatlantirib yugurish yoki yurish;
- oyoq kafti bilan keskin itarilib va oldinga bir ozgina siljib yugurish yoki yurish;
- yelka kamarini bo’shashtirib yo’rg’alab (mayda qadam bilan) yugurish yoki yurish;
- oyoqdan oyoqqa sakrab yugurish;
- bir oyoqda yuqoriga depsinib yugurish;
- g’ovlar osh yuguruvchilarning maxsus mashqlari;
- yuguruvchi yoki tez yuruvchilarning tayanch harakat apparatiga chegaralab beriladigan trenajerlardagi tezkorlik kuch mashqlari;
- egiluvchanlikni rivojlantiruvchi maxsus mashqlar.
Mashg’ulotlarda bulardan tashqari o’yin xususiyatiga ega bo’lgan va tezlik-kuch mashqlari (ikki oyoqlab g’ovlar ustidan sakrab o’tish, oldinga katta qadamlar tashlab, og’irliklar bilan yurish, bir oz balandlikdan sakrab tushish, oldinga yuqoriga sakrashlar, turli sport va harakatli o’yinlar).
Maxsus tezlik-kuch yuklamasi yuguruvchi va tez yuruvchilarning tayanch-harakat apparatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uning chidamlilikni rivojlantiruvchi uzoq muddatli siklik faoliyatga moslashishini jadallashtiradi, bu o’z navbatida, yugurish va sportcha yurishi vaqtidagi harakatlar texnikasining samaradorligi hamda tejamliligini oshirishga ko’maklashadi.
Yugurish va yurishda sport natijasi butun masofa davomida qadamlarning optimal uzunligi va sur’atini saqlab bora olishga bog’liq bo’ladi. Sportchining texnik mahorati asosini kuch sifatlari belgilaydi. Kuch qobiliyatlari darajasi quyidagilarga bog’liq: mushak to’qimasining tuzilishi; mushaklarning fiziologik ko’ndalang kesimi maydoni; asab boshqaruvining mukammalligi; mushak ichidagi va mushaklararo koordinatsiya darajasi; kuch faoliyatining quvvat bilan ta’minlanishi samaradorligi va tezlik sifatlari hamda egiluvchanlikning rivojlanganligi.
Maxsus kuch tayyorgarligi musobaqa mashqlariga xos bo’lgan koordinatsion tuzilishga putur etkazmay kuch imkoniyatlarini ortishini ta’minlovchi mashqlarni o’z ichiga olishi hamda sport mahoratining o’sishiga yordam beradigan muhim omil – egiluvchanlikning rivojlanishi bilan barobar borishi kerak. Bo’g’imlardagi harakatchanlik va oyoq mushaklarining cho’ziluvchanligini rivojlantirish – asosiy diqqat-e‘tibor aynan shunga qaratilishi zarur.
Kuch sifatlari va egiluvchanlikning rivojlanishi o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi hamda tez yuruvchilarning texnik tayyorgarligini yanada takomillashtirish uchun sharoit yaratadi. Shu maqsadda tayyorgarlik davrida maxsus chidamlilikni o’stirishga kirishishdan avval kuch tayyorgarligi hamda egiluvchanlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlar olib boriladi. Bunday tayyorgarlik o’tish davri tugagan zahoti boshlanib, texnikani takomillashtirish va mashg’ulot yuklamalarining umumiy hajmini asta-sekin oshirib borish bilan parallel ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bosqich, yillik siklning tuzilishidan kelib chiqib, 2-6 hafta davom etishi mumkin, u tugaganidan so’ng maxsus vositalar hisobiga tayyorgarlik darajasini maqsadli ravishda oshirishga o’tish mumkin. keyinchalik kuch tayyorgarligi hamda egiluvchanlikni rivojlantiruvchi vositalar butun yillik sikl mobaynida muntazam qo’llanib, majmuali vazifalarni bundan ham samaraliroq hal etishga yordamlashadi.
Ko’p yillik mashg’ulot jarayonida mashg’ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi va tez yuruvchilar boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichidan sport takomillashuvi bosqichiga qadar bajargan hajmning ancha o’sishi bilan tavsiflanadi. Hajmning yuqori darajada barqarorlashuvi yoki yuklamalar shiddati oshirilganda uning to’lqinsimon o’zgarishi esa oliy sport mahorati bosqichiga xosdir.
O’quv-mashg’ulot guruhi yoki sport takomillashuvi bosqichlarida mashg’ulot yuklamalarini ularning quvvat bilan ta’minlanish xususiyatlariga ko’ra shiddat nuqtai nazaridan har xil bo’lgan 3 turga bo’lish maqsadga muvofiqdir, ular muvofiq ravishda aerob, aerob-anaerob aralash hamda anaerob rejimda bajariladi. Bu zonalarda mashg’ulot yuklamalari o’z biokimyoviy, fiziologik va pedagogik xususiyatlariga ega bo’lib, masofaning uzunligi hamda uni bosib o’tish tezligiga bog’liq. Yuklamaning aerob va aralash zonalari orasidagi chegara anaerob almashinuv bo’sag’asi (ANAB) hisoblanadi, bunda YuQS taxminan 170+5 zarba/daq.ga teng bo’ladi. Sportchining yoshi va tayyorgarlik darajasi oshgani sayin ANABda YuqS pasayadi, yugurish yoki sport yurishi tezligi esa oshishi kerak. Yuklamaning aralash hamda anaerob zonalari orasidagi chegara kritik tezlik (KT) hisoblanib, bunda yuguruvchining organizmi kislorodni maksimal iste’mol qilish darajasiga (MKI) chiqadi. Bu YuqSning 185+10 zarba/daq. oralig’iga mos keladi. Yosh ortgani sayin yugurishda KT o’sib, YuqS esa pasayib boradi, bu mashg’ulot jarayonining muvaffaqiyatli ketayotganligini bildiradi. 51-jadvalda har xil yosh va malakali yuguruvchilarda anaerob almashinuv bo’sag’asi hamda kritik tezlikda yugurish tezligi diapazoni taqdim etilgan, ular shiddat zonalari orasidagi chegaralarni aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.



Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə