O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə42/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Xarakteristik rentgen nurlanishi ikki bosqichdan iborat. Dastavval katta energiyali elektron anodga urilib, undagi atomlar bilan ta’sirlashadi. Natijada biror atom qobig‘idagi (tashqi valent qobiqdagi) elektronni urib chiqaradi. Ikkinchi bosqichda bo‘sh qolgan o‘ringa yuqori qobiqdagi elektronlardan birortasi o‘tadi (joylashadi). Natijada atom nurlanadi va elektromagnit to‘lqin (rent- gen nuri) chiqaradi. Nurlanish esa aniq chastota bilan kuzatiladi.
Demak, xarakteristik nurlanish har bir atomga xos bo‘ladi va chiziqli spektrni hosil qiladi (70- rasm).
Xarakteristik nurlanish spektri tutash spektr sohasida yotadi. Atom zaryadi ortib borishi bilan rentgen spektri qisqa to‘lqin uzunlik tomon siljiydi. Rentgen nurlarini qattiqligiga qarab farq qilish qabul qilingan. Rentgen nurlari qancha qisqa to‘lqin uzunlikda bo‘lsa, ular shuncha „qattiq“ bo‘ladi. De- mak, og‘ir atomlar eng qattiq rentgen nur-

lari chiqaradi. Rentgen nurlari qancha „qattiq“
70- rasm.
7 9



71- rasm.
bo‘lsa, ular moddalarda shun- cha kuchsiz yutiladi. Aksincha, modda og‘ir elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, ular rent- gen nurlarini shuncha yaxshi yutadi.
Rentgen trubkasi yorda- mida rentgen nurlari hosil qili- nadi. Havosi so‘rib olingan

lampa ichidagi bosim 10–810–9 mm simob ustunini tashkil etadi.
Odatda, katod volfram toladan, anod esa (antikatod deb ham nomlanadi) qiyin eruvchan metallardan tayyorlanadi. Bu lampalarga 50—150 kW tartibida yuqori kuchlanish beriladi. Antikatod elektronlar oqimiga nisbatan 45° burchak ostida o‘rnatiladi. Hosil bo‘layotgan nurlanishni trubkaning yon tomoniga yo‘naltiriladi va maxsus shaffof shishadan o‘tkazib, tashqariga chiqariladi. Anod qattiq qizib ketmasligi uchun havo yoki suv orqali sovitiladi. Quyidagi 71- rasmda eng sodda rentgen trubkasining chizmasi keltirilgan.
Radioaktiv hodisalarni o‘rganish to‘lqin uzunligi 10–10 sm dan ham kichik bo‘lgan nurlanishlar mavjudligini aniqladi. Bu nurlanishlarni gamma-nurlanish deb atala boshlandi.
Gamma-nurlanishlar ham rentgen nurlanishiga o‘xshab mod- dalarda deyarli yutilmaydi, zaryadga ega emas, modda atomlarini ionlashtirish va elektron-pozitron juftlarini hosil qilish xossasiga ega ekan.
Gamma-kvant hosil bo‘lishi uchun dastavval atom biror tashqi ta’sirda g‘alayon holatga kelishi kerak, so‘ngra o‘zining (turg‘un) normal holatiga qaytishi gamma-nurlanish hisobiga sodir bo‘ladi. Demak, - nurlanish manbayi g‘alayonlangan atom ekan. O‘z navbatida gamma-nurlanish yana bir ajoyib xossaga ega: bu nurlanish ma’lum sharoitda yangi zarralarga aylanib qoiishi mumkin.
Yuqorida qayd qilganimizdek, rentgen nurlari elektromagnit to‘lqinlar bo‘lib, xilma-xil uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. Ular ichida to‘lqin uzunliklari ancha katta bo‘lgan „yumshoq“ rentgen nurlari ham bo‘lishi mumkin. Ularni kuzatish qiyin, chunki ularni hamma jismlar oson yutadi, bu jihatdan yumshoq rentgen nurlari qisqa ultrabinafsha nurlarga o‘xshaydi.
8 0


uzun o‘rta
qisqa

ul’tra- qisqa

infra qizil yorug‘lik

ultra- binafsha

rentgen

- nur
lgv 6 8 10 12 14 16 18 20

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə