Ozbekiston respublikasi oliy va


Meyoz va uning bosqichlari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə58/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
sitologiya majmua

Meyoz va uning bosqichlari. Otalanish natijasidaota-ona hujayra yadrolarining qo'shilishi zigotadagi DNK vaxromosomalar sonining ortishigaolib keladi. Demak, xromosomalar sonini kamayishigaolib keladigan mexanizm mavjud bo'lishi kerak. Bu mexanizm jinsiy hujayralarning etilish jarayonida sodir bo'ladigan reduksion (reduksiya- kamayish) bo'linish - meyozdir.

Bu bo'linish natijasidajinsiy jarayonda qatnashuvchi gametalar hosil bo'ladi. Ikkita gaploid gametalarning qo'shilishi natijasida urug'lanishdan keyin diploid zigota hosil bo'ladi. Bu bo'linishda mitozdan farqli ravishda hujayralarning ikki marta ketma-ket bo'linishi kuzatiladi, xromosomalarning miqdori esa faqat bir martaoshadi. Bundan tashqari, meyozda gomologik xromosomalarning o'zaro qismlari bilan almashishi (krossingover), irsiyaxborotning rekombinasiyasi, birinchi bo'linish profazasida transkripsiyaning faollashishi va ikkita bo'linish orasida interfaza bo'lmasligi kuzatiladi.
Har qandayorganizmning rivojlanishida ikki turdagi hujayralarni uchratish mumkin. Ulardan biri gaploid to'plam xromosomali bo'lib otalanish jarayonida ishtirok etadi, ikkinchisi diploid to'plamli bo'lib, ikkitaota-onaxromosomalarini tutadi.
Organizmlar hayot siklini ikkita gametaning qo'shilishidan boshlab to shu organizmning o'zida yana yangi hujayralar paydo bo'lish vaqti oralig'ini ko'radigan bo'lsak gaplofaza va diplofazaning gallanib kelishini ko'rish mumkin. Bu fazalarning organizmlar hayot siklida egallagan o^rniga qarab uch turdagi meyoz farqlanadi: zigotali, gametali, oraliq.

    1. Zigotali meyoz urug'lanishdan so'ng zigotada kechadi. Zamburug' va ba'zi suvo'tlari uchun xos. Bularning hayot siklida gaplofaza ustunlik qiladi. Masalan: xlamidomonada suvo'ti hayot sikli deyarli faqat gametofit fazasidan iborat bo'lib, sporofit fazasi qisqa vaqtni egallaydi.

    2. Gametali meyoz gametalar etilishida sodir bo'ladi. Ko'p hujayrali hayvonlar va soddaorganizmlarda uchraydi. Bularning hayot siklida diplofaza ustunlik qiladi. Gametalar qo'shilgandan keyin diploid zigota hosil bo'ladi. U bo'linib organizmdagi hamma diploid hujayralarni hosil qiladi. Birlamchi jinsiy hujayralar reduksion bo'linishga uchrab gaploid hujayralar hosil bo'ladi. Bularning qo'shilishidan diploid zigota hosil bo'ladi.

    3. Oraliq yoki sporali meyoz yuksak o'simliklarda uchraydi. Sporalar hosil bo'lish vaqtida, ya'ni sporofit va gametofit fazalari orasida sodir bo'ladi.

Predmeyotik (meyozdan oldingi) interfaza mitozning interfazasidan farq qilib, DNK replikasiyasi jarayoni oxirgacha o'tmaydi. DNKning 0,3-0,4 foizi meyoz profazasida replikasiyalanadi.
Meyozda birinchi bo'linish profazasi davomida xromosomalar maxsus o'zgarishlarga uchraydi. Shuning uchun bu fazani 5 ta bosqichga bo'lib o'rganiladi.
1.Leptonema - ingichka iplar bosqichi. Morfologik jihatdan mitozning erta profazasini eslatadi. Lekin undan yadroning yirikroq vaxromosomalarning ingichka bo'lishi bilan farqlanadi. Leptonemada xromosomalar ikkilangan bo'ladi. Xromosomalar bir biriga yaqin joylashib telomeralari bilan yadro qobig'iga birikib turadilar va guldastani eslatadilar. Ba'zi o'simliklarda xromosomalar tutamni - sinezezisni hosil qiladi. Leptonemada xromosomalar yuzasida xromomeralarni ko'rish mumkin.Ular ipga tizilgan munchoqlarga (marjonlarga) o'xshaydilar. Xromomeralarinig soni va joylashgan joyi har bir xromosoma uchun doimiy. Bu esa xromosomalar morfologik xaritasini tuzishga yordam beradi.
Leptonemadameyozning muhim jarayoni-xromosomalar konyugasiyasi boshlanadi. Bu bosqichda har bir xromosoma yuzasidaoqsil tabiatli tuzilma hosil bo'lib u keyinchalik sinaptonemal kompleksni (SK) hosil qiladi(24rasm).
2. Zigonema - qo'shiluvchi iplar bosqichi. Gomologik xromosomalarning qo'shilishi (sinapsis) bosqichi. Gomologik xromosomalar qo'shilib bivalentlarni hosil qiladilar. Har bir bivalent 4taxromatiddan iborat. Mitozdan farq qilib meyozda zigonemada ba'zi organizmlarda (loladoshlarda) maxsus DNK sintezlanishi ma'lum bo'lgan. Bu DNK- zDNK nomini olgan bo'lib, u G-S bog'larigaboy. Zigonema davrida maxsus moddalar bilan bu DNKning sintezi to'xtatilsaxromosomalar konyugasiyasi to'xtaydi. Zigonemadagi gomologik xromosomalarning qo'shilishi maxsus SK yordamidaamalgaoshadi. SK deyarli barcha eukariotlarda uchraydi. Morfologiyasi jihatdan 3 qavatli tasmani eslatadi (kurtkani molniyasi). 2ta yon tortmalar vamarkaziyelement(24rasm). Xromosomalar yon tortmalar yuzasida joylashib markaziyelementlar bir-biriga zich birikadi. SHu korinishda SK keyingi paxinema bosqichigacha saqlanadi.



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə