Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə66/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
sitologiya majmua

Kerakli jihozlar. Mikroskop, buyum va qoplag'ich oynalar, sladlar.
Mikroskop o'simliklar ichki tuzilishini o'rganishda kattalashtirib ko 'rsatuvchi muhim asbob hisoblanadi. Mikroskopning kashf qilinishi hujayrani o'rganishda muhim omil bo'lib xizmat qildi. Birinchi marta 1665 yilda ingliz fizigi Robert Guk o'zi yasagan mikroskopda o'simlik hujayrasini o'rgandi. U yaratgan dastlabki mikroskop buyumni 160 martagacha kattalashtirib ko 'rsatish xususiyatiga ega.
Biologik mikroskop asosan ikki - mexanik va optik qismlarga bo'linadi (1- rasm). Mexanik qism - uning optik va yorituvchi sistemalarini bir- biriga birlashtirib turadi va ularni boshqarishda asosiy vositachi hisoblanadi. Mikroskopning shtativi, buyum stolchasi, oyoqchasi, tubus, revolver, makro va mikrovintlar mexanik qismiga kiradi.
Buyum stolchasi doira shaklida bo'lib ikki qavatdan iborat. Pastki qavati shtativga mahkamlangan bo'lib, ustki qavatini tutib turadi. Ustki qavatini unga biriktirilgan vintlar yordamida turli yo'nalishda (o'ngga, chapga, oldinga, orqaga) harakatlantirish mumkin. Bu esa preparatni u yoq - bu yoqqa surib, ob'ektni mikroskop fokusiga to'g'rilashga imkon beradi. Stolchaning markazidagi kichik tosh oyna orqali ob'ektga nur o'tadi. Ob'ektli oyna qo'zg'olmasligi uchun stolcha ustiga qisqichlar (klemmalar) o'rnatilgan.
Mikrovint tubusini ko'tarish va tushirishda, ob'ektni topishda ishlatiladi. Mikrovint kuzatilayotgan ob'ektni aniq ko'rish imkonini beradi.
Mikroskopning optik qismiga okulyar va ob'ektiv kiradi. Okulyar metall nayning ikki tomoniga joylashgan linzalardan iborat bo'lib, tubusning ustiga o'rnatilgan, ob'ektni bir necha bor kattalashtirib ko'rsatadi. Okulyarning ko'rsatish darajasi unga yozilgan 7x, 10x, 15x sonlar bilan ifodalangan.
Tubusning pastki yuzasiga biriktirilgan revolver uyalariga ob'ektivlar biriktirilgan. Ob'ektivlarning ko'rsatish darajasi 8х, 40х va 90х sonlar bilan ifodalangan. Mikroskopga yorug'lik to'plash va ob'ektni ko'rishda kichik ob'ektiv (8х) ishlatiladi. Mikroskop ob'ektni qancha kattalikda ko'rsatganligini aniqlash uchun ob'ektivdagi son okulyardagi songa ko'paytiriladi. Masalan, okulyar 10х yoki 15х bo'lib, ob'ektiv bo'lsa, unda ko'rilayotgan ob'ektning kattalashtirilganlik darajasi - shu sonlar ko'paytmasiga teng (8x10 = 80 yoki 8x15=120) bo'ladi. Agar okulyar 15x bo'lib, ob'ektiv 40x bo'lsa, unda 15x40= 600 ga teng, ya'ni mikroskop ob'ektni 600 marta katta qilib ko'rsatgan bo'ladi.
Mikroskopning yorituvchi sistemasi yorug'lik nurini preparatga yo'naltirib, optimal yoritish vazifasini bajaradi. Yorituvchi sistemaga nur to'plovchi oyna, kondensor va diafragma kiradi. Nur to 'plovchi oyna yarim oy shaklidagi tutqich yordamida mikroskopdagi maxsus uyaga biriktirilgan bo'lib, u tutqich atrofida aylana oladi. Oynaning bir tomoni botiq, ikkinchi tomoni tekis bo'ladi. Tushayotgan yorug'lik kam bo'lsa yoki mikroskopda kondensor bo'lmasa, oynaning botiq tomoni ishlatiladi. Yorug'lik yetarli bo'lib, mikroskopda kondensor bo'lsa, oynaning tekis tomoni ishlatiladi. Kondensor nur to'plovchi linzalardan tuzilgan bo'lib, preparatni to'liq yoritish uchun ishlatiladi. U harakatlanuvchi vint yordamida yuqoriga ko'tarilganda preparatga tushadigan nurning kuchi ortadi.
Shuningdek elektron mikroskoplar ham mavjud bo'lib ular hujayraning ultrastrukturasini o'rganish imkonini beradi (2-rasm).
Laboratoriya xonasida amaliy mashg'ulotlar o'tish jarayonida mikroskop bilan ishlash qoidalariga amal qilish talab etiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Mikroskopning optik va mexanik qismlarini ishga tayyorligini tekshiriladi.

  1. Mikroskopni ish stolining ustiga chekklsidan 6-7 sm ichkariroq joyga shtativi chap elkaga to'g'rilab siljimaydigan holatda qo'yiladi.

  2. Ish stolining o'ng tomoniga kerakli jixozlar (predmet va qoplag'ich oynachalar, preporaval ignalar, nozik mo'uqalam, pinset, skalpel, filtr qog'oz, yumshoq mato, suv va turli bo'yoqlar, reaktivlar, rasm albomi, qalamlar, ishlash uchun kerak bo'lgan ob'ektlar) qo'yiladi.

  3. Mikroskopning optik qisimlari (okulyar, ob'ektiv va kondensor) toza mato bilan artiladi.

  4. Kondensor yuqoriga ko'tarilib, diafragma ochiladi.

  5. Mikroskopning kichik obektivi (8x) buyum stolchasining teshigi ro'parasiga keltirilib, stolchadan 1 sm balandlikda tutiladi.

  6. Mikroskop bir tubusuli bo'lsa chap ko'z bilan qarab, oynani yorug'lik kelayotgan tomonga burib ko'rish maydonchasiga to'liq tekis to'planlanadi.

  7. Tayyor yoki tayyorlangan preparat buyum stolchasiga qisqichlar yordamida

joylashtiriladi.


1-rasm. Yorug'lik mikroskopining ko'rinishi





2-rasm. Elektron mikroskopning umumiy ko'rinishi



9. Tubus obektivi bilan makrovint yordamida bir oz ko'tariladi. So'ngra chap ko'z bilan okulyarga qarab turib preparatlardagi tasvir aniq ko'ringuncha makrovintlar sekin xarakatlantiriladi.
11. Agar ko'rilayotgan jismni bir qismini katta obektivda (20x,40x) ko'rish zarur bo'lsa, tubusni ko'tarmasdan turib, revolverni katta obektiv tomon sekin -asta aylantiriladi. Obektiv stolga to'g'ri vertikal turish kerak, obektivning to'g'ri
joylashganligini yana sekin chiq etib tovush chiqarib to'xtaganidan xam bilish mumkin. Revolverni katta obektivga o'tkazilganda predmet oynasidagi jismni tasviri yo'qoladi. Bu vaqtda mikrovintni tasvir aniq ko'ringunga qadar sekin yarim aylanma harakat qilish kerak bo'ladi.

    1. Tasvirni aniq ko'rinishini yana diafragma yordamida uni kattaroq ochib yoki yopib ham to'g'rilash kerak bo'ladi.

    2. 20x, 40x obektivda kuzatib bo'lgach, revolver yordamida yana kichik (8x) sekin-asta o'tkaziladi.

    3. Mikroskopning obektiv qismi toza va mayin paxta tolali mato bilan artiladi.

    4. Mikroskopning optik qismlarini qo'l bilan, qog'oz bilan yoki sintetik matolar bilan artish mumkin emas, chunki ular dag'al bo'lib, linzalarni tirnab, ishdan chiqaradi.

    5. Ish tugagandan so'ng mikroskopning kichik obektiviga o'tkazgan holida ichiga chang kirmasligi uchun maxsus qutiga yoki shisha qalpoq tagiga yig'ishtirilib qo'yiladi.

    6. Mikroskop bir joydan ikkinchi joyiga ko'chirishda albatta ikki qo'l bilan ushlash zarur. Bir qo'l bilan mikroskopning to'g'ri yoki egilgan tubusni ushlab turuvchi qismini, ikkinchi qo'l bilan mikroskopning ostki qismidan ushlash kerak.

    7. Agar mikroskopning biror qismini ishlatish qiyin bo'lsa, kuch ishlatish yaramaydi. Bu vaqtda o'qituvchi yoki uni biladigan usta yordamida sababini aniqlash kerak bo'ladi.







    8. Mikroskopning optik qismini turli shikastlanishlardan, kimyoviy moddalar (ishqor, kislotalar, eritmalar) tegishidan saqlash kerak.

3-rasm. Amaliy ishlarida qo'llaniladigan kerakli asbob va jihozlar.
amaliy mashg'ulot. Hujayra shakli va o'lchamini o'rganish. Parenximatik va prozenximatik hujayralar

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə