Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə65/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
sitologiya majmua

3. Nekroz hodisasi. Ko'p hujayrali organizmlarda alohida olingan yoki bir guruh hujayralarning nobud bo'lib turishi (o'limi) bir hujayrali organizmlarning nobud bo'lishi kabi tabiiu holdir. Hujayralarning nobud bo'lishiga morfologik yoki biokimyoviy omillar sabab bo'lishi mumkin. Hujayra o'limining ikki ko'rinishi mavjud: nekroz (yunoncha nekrosis-"nobud bo'lish") va apoptoz (yunoncha "tushib qolish", "parchalanish"). Apoptozni hujayraning programmalashtirilgan o'limi deb ham atashadi.
Hujayra o'limining bu ko'rinishi hujayra membranasining o'tkazuvchanlik xossasining buzilishi natijasida ichki gomeostazning buzilishi bilan bog'liq bo'lib, hujayra ichidagi ionlar konsentrasiyasi buzilib, mitoxondriyalar tiklanmas o'zgarishlarga va hamma hayotiy jarayonlarning to'xtashiga olib keladi. Nekroz plazmatik membrananing shikastlanishiga, ko'pgina zaharli moddalar ta'sirida membrananing shimish kuchining pasayishiga, energetik jarayonlarning buzilishigaolib keladi. Bunda plazmatik membrananing o'tkazuvchanlik xossasining ortishi natijasida hujayra ichiga suv kirib, u shishadi, sitoplazmada Na+ va Ca ionlari konsentrasiyasi oshadi, vakuolyar tizim komponentlari membranalari uzilib sitozoldaoqsil sintezi to'xtaydi, lizosoma gidrolazalari sitoplazmaga chiqib hujayra lizislanadi. Sitoplazmadagi bu o'zgarishlar bilan bir vaqtda yadroda ham o'zgarishlar kechadi. Nekrozning o'zigaxos tomoni shundaki unga katta guruh hujayralar uchraydi. Nekrozgauchragan hujayralar leykositlar hujumiga uchrashi natijasida to'qimaning shu qismida shamollash jarayonlari rivojlanadi.
4. Apoptoz hodisasi. Organizmlarning rivojlanishi jarayonida bir qism hujayralar hech qanday fizikaviy yoki kimyoviy o'zgarishlarsiz nobud bo'lib turadi. YA'ni ularning "sababsiz" o'limi sodir bo'ladi. hujayralar o'limini ontogenezning deyarli hamma bosqichlarida kuzatish mumkin. Masalan, neuroblast va gonadositlarning nobud bo'lishi, hasharotlar va amfibiyalar metamorfozidagi hujayralarning nobud bo'lishi ( itbaliqning dumi va tritonning jabralari rezorbsiyasi). Voyaga etgan organizmda ham domiy ravishda hujayralarning to'satdan o'limi sodir bo'lib turadi. Qon hujayralari-neutrofillar, teri epidermisi hujayralari, ingichka ichak hujayralari - enterositlar millionlab nobud bo'ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki hujayra o'limi hujayralararoaloqa mexanizmlari oraqali boshqariladi. Ko'p hujayrali organizmlarning hujayralari tirik qolish uchun tashqaridan "signal" olishlari kerak. Bunday signallarning bo'lmasligi hujayrada o'z-o'zini nobud qilish mexanizmi ishga tushishigaolib keladi. Masalan Neyron hujayralarini o'stiruvchi omil (NGF) bo'lmasa ular nobud bo'ladilar.
Jigar hujayralaridagi apoptozda quyidagi jarayonlar kuzatiladi. Jarayonning boshida hujayralarning qo'shni hujayralar bilan aloqasi uziladi, ular bujmayib, yadrolarda xromatin kondensasiyalanib, yadro va undan keyin hujayraning o'zi ham mayda bo'laklarga parchalanib, har bir bo'lak plazmatik membrana bilan o'raladi. Bu hosil bo'lgan bo'laklar apoptoz tanachalar deb ataladi. Apoptoz hujayraning erib ketishi, lizisiga emas maydalanishi yoki parchalanishiga olib keluvchi jarayon. Plazmatik membrana bilan o'ralgan apoptoz tanachalar o'ziga makrofaglarni jalb qiladi. Makrofaglar tarkibidagi lizosomalar yordamida apoptoz tanachalarni hazm qiladi. Qizig'i shundaki, makrofaglar qo'shni sog' hujayralarga tegmasdan faqat apoptoz hujayralarini tanib oladi. Bunga sabab apoptoz natijasija plazmatik membrananing assimetrikligi buzilib, uning yuzasiga salbiy zaryadlangan fosfolipid - fosfatidilserin chiqib qoladi. Bu hol esa makrofaglar uchun signal bo'lib xizmat qiladi. SHunday qilib, tanlab olinadigan fagositoz orqali to'qimalar nobud bo'lgan hujayralardan tozalanadilar.
Demak, apoptoz hujayraning genetik programmalashtirilgan o'limi bo'lib, bunda hech qanday patologik jarayonlar rivojlanmaydi.
Apoptozga turli tashqi omillar- nurlanish, toksinlar sabab bo'lishi mumkin. DNKda ro'y beradigan qaytmas salbiy o'zgarishlar, mitoxondriyalardaenergetik jarayonlarning buzilishi, endoplazmatik to'rdaoqsil sintezining to'xtashi ham apoptozni keltirib chiqarishi mumkin.
Apoptoz yo'li bilan ayrim hujayralarning olib tashlanishi - eliminasiya deyiladi. Apoptozning sodir bo'lish mexanizmlari o'simliklarda ham hayvonlarnikidek bo'lib, lekin apoptoz tanachalari shu tanachar tarkibidagi gidrolazalar ta'sirida parchalanadi, chunki o'simliklarda hayvonlardan farqli ravishda fagosomalari bo'lmaydi. O'simliklardagi apoptozni ildiz g'ilofi hujayralarining emirilishida, ksilema va floemaning hosil bo'lishida kuzatish mumkin. Kuzgi barglarning to'kilishi barg bandining ayrim hujayralari apoptozga uchrashi natijasida sodir bo'ladi.
Apoptoz yoki hujayraning programmalashtirilgan o'limining biologik ahamiyati shundaki, organizm o'z faoliyatini tugatgan, patologik o'zgarishlarga uchragan, mutant va viruslar bilan zararlangan hujayralardan holi bo'ladi.
AMALIYMASHGULOT MATERIALLARI
1-MAVZU. MIKROSKOPNING TUZILISHI VA U BILAN ISHLASH QOIDALARI

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə