Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə64/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
sitologiya majmua

Distrofiyalar. Hujayra modda almashinuvi va shunga bog'liq plastik jarayonlarning buzilishi hamda struktur o'zgarishlar oqibatida Hujayra hayot - faoliyatining izdan chiqishiga distrofiya deyiladi.
Donador distrofiyada Hujayra sitoplazmasida oqsil donalari paudo bo'ladi. Ular Hujayralararo suyuqlikdan infiltrasiya tufauli karbonsuvlar va yog'larning oqsilga transformasiyasi hamda lipoproteidlar parchalanishi oqibatida vujudga keladi.
Gialinli distrofiya - sitoplazmada oqsil tabiatli gialin "tomchilari" paudo bo'lishidir.
Gidropik (suvli,vakuol) distrofiya esa sitoplazma oqsillari fizik kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishi tufauli onkotik bosim oshishi va oqsil molekulalarining gidratasiyasi oqibatida kelib chiqadi. Bunda sitoplazmada suyuqlik to' la vakuolalar-pufakchalar to' planib qoladi.
Lipoidozlar - Hujayrada yog'larning ko'pauishi yoki ularning paudo bo'lishii bilan ifodalanadi.
Karbonsuv distrofiyasi polisaxaridlar (glikogen, mukopolisaxaridlar) va glyukoproteidlar (musin, mukoidlar) almashinuvining buzilishidan yuzaga keladi. Polisaxaridli disstrofiyalar ularning Hujayrada kamauishi, uo'qolib ketishi yoxud ko'plab to'planib qolishidan iborat.
Glyukoproteidli distrofiyalarda Hujayrada shillik-musin va mukoidlar to'planadi, shuning uchun buni shilliqli distrofiya (masalan, miksedema kasalligida) deyiladi.
Mineral distrofiyalar - Hujayrada minerallarning kamayib yoki ko'payib ketishi natijasidir. Bunda Ayniqsa, Kalsiy, kaliy, temir va mis almashinuvining buzilishi muhim o'rin tutadi. Chunki bu moddalarHujayra membranasining o'tkazuvchanligi, fermentlarning faolligi, potensiallar farqining paudo bo'lishida ahamiyatga ega.
Displaziyalar-Hujayraning rivojlanish jarayonining izdan chiqishi tufauli sodir bo'ladigan turgun struktur o'zgarishlar oqibatida Hujayra faoliyatining buzilishi.
Displaziya, asosan Hujayra genomi buzilishining oqibatidir. SHu sababli undagi o'zgarishlaar boshqa distrofiyalardan farqli turgun va tiklanmas bo'ladi.
Agar patogen omil ta'sirida Hujayra organoidlari koordinasiyasi (muvofiqlashuvi) o'zgarsa, uning gemostasi buziladi va Hujayra halok bo'ladi- nekrozga uchraydi.
Nekroz- distrofiya, displaziya va kuchli shikastlovchi omillar ta'sirining so'ngi yakuniu bosqichidir. Nekrozdan avval nekrobioz kuzatiladi. Nekrobioz mehyorda ham hayot siklini tamomlagan Hujayralarda kuzatiladi.
Shikastlanishda hujayra organoidlari strukturasi va faoliyatining o'zgarishlari
Hujayra shikastlanganda uni barcha komponentlarining tuzilishi va faoliyati turli darajada buziladi. Turli patogen omillar ta'sirida Hujayra membranasidan so'ng ko'proq u yoki bu organoidning o'ziga hos shikastlanishi kuzatiladi.
Mitoxondriyalar-patogen omillar ta'sirida son va struktura jihatidan o'zgaradi. Masalan, uzoq vaqt och qolish va qandli diabetda mitoxondriyalar soni kamayib ketadi. Ko'pchilik patogen omillar (gipoksiya ekzo va endotoksinlar, radiasiya, osmotik bosimning o'zgarishlari va x.k) mitoxondriyalarning shishishi va vakuolizasiyasiga, ular membranasining o'zilishiga, kristallarning gamogen holatga kelishiga sabab bo'ladi. Matriksda organik va anorganik moddalarning cho'kishi kuzatiladi. Mitoxondriyalar strukturasining buzilishi Hujayra nafasini va ATF hosil bo'linishi o'zgartiradi hamdaa ionlar nisbatini buzadi.
Yfdro-Hujayraning genetik dasturini tutuvchi manbadir. YAdro shikastlanganda uning shaklining o'zgarishi tufauli xromatin kondensasiyasi va yadro qobig'ining parchalanishi ro'y beradi.
Lizosomalarning fermentlari patogen ta' sirotlar oqibatida tashqariga chiqadi va ularning faolligi tufauli autoliz sodir bo'lishi mumkin. Hujayrada vodorod ionlari, toksinlar, yog'larning o'ta oksidlanish maxsulotlarining to'planishi natijasida lizosoma membranasi parchalanib, gidrolitik fermentlar chiqadi va yuqoridagi o'zgarishlar ro'y beradi.
Ribosomalar-Hujayra genetik dasturini amalga oshirish uchun zarur tuzilmalardir. Ribosomalar ishtirokida i-RNK ta'sirida oqsillar sintezlanadi. Patologiyada esa ribosoma birikmalarini tashkil etgan guruxlar parchalanib, monomerlar paudo bo'ladi va oqsil sintezini buzadi.
Endoplazmatik to'r shikastlanganda kanalchalarning kengauishi, vakuola va sisternalarning paudo bo'lishi va bahzi joylarda esa destruksiya kuzatiladi. Endoplazmatik tur strukturasi o'zgarganda Hujayra distrofiyasi kuzatiladi, impuls tarqalishi buziladi, sitotoksik moddalarni zaharsizlantirish faoliyati izdan chiqadi.
Golji kompleksi-Hujayrada moddalar tashilishida ahamiyatlidir. U Ayniqsa, ichki sekresiya bezlarida va sekret ishlab chiqaradigan Hujayralarda muxim o'rin tutadi. Patologiyada esa maxsulotlarning Hujayralardan sekresiya uo'li bilan chiqarilishi buziladi.
Sitoplazmada xar xil shikastlovchi omil ta'sirida suyuqlik kamayadi yoki ko'payadi, proteoliz,oqsil koagulyasiyasi ro'y beradi, mehyorda uchramaudigan xar xil birikmalar paudo bo'ladi. Sitoplazma xolatining o'zgarishi o'z navbatida Hujayra faolligini keskin susautiradi.
Hujayra shikastlanishida o'ziga xos moslashuv reaksiyalari amalga oshib turadi va nihoyat shikastlangan Hujayrani tiklashga qaratilgan bo'ladi.
Hujayra faoliyatini tiklash mexanizmi. Bunda, uning boshqariladigan faoliyatining susauishi ahamiyatli. Unda energiya va substratlarning kamroq sarflanishi shikastlanish darajasini birmuncha cheklab, shu tariqa keyinchalik Hujayra strukturalarining tezroq tiklanishiga yordam beradi. Uning mexanizmlari, asosan nerv markazlaridan kelayotgan effektor impulslarni, reseptorlar soni va sezuvchanligini kamautirish, metabolik raeksiyalarni tormozlash hamda faol genlarni repressiyalashdan iborat.
Davomli va kuchli ta'sirotlar oqibatida Hujayrada moslashuvning struktur ko'rinlaridan bo'lgan regenerasiya, gipertrofiya, giperplaziya va gipotrofiya jarayonlari yuzaga keladi.
Regenerasiya-shikastlanish oqibatida yoki xayot sikli tugab bo'lgan Hujayra yoxud alohida struktur elementlar o'rnining tiklanishi. Hujayra va Hujayra elementlari regenerasiyasi farqlanadi. Hujayra regenerasiyasi mitoz va amitoz uo'li bilan,ikkinchi esa organellalarning tiklanishi orqali ro'y beradi.
Gipertrofiya - Hujayralar massasi va hajmining oshishi. Zararlanmagan Hujayra organoidlari gipertrofiyasi shikastlangan elementlar faoliyati susauganda ular vazifasini tiklab turadi. Masalan, o'rtacha rivojlangan gipoksiya ta'sirida mitoxondriyalar gipetrofiyaga uchrashi va kislorod kamayib ketishiga qaramau, ular Hujayrani adekvat energiya bilan tahminlashi mumkin.
Giperplaziya-struktur elementlar, masalan, Hujayra organoidlari sonining ko'pauishi. Ko'pincha bir Hujayraning izida ham giperplaziya, ham gipertrofiya kuzatilishi mumkin.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə