Ozbekiston respublikasi oliy va


Hujayra patologiyasiga sabab bo'luvchi omillar



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə63/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
sitologiya majmua

2. Hujayra patologiyasiga sabab bo'luvchi omillar. Hujayradagi patologik jarayon Hujayrani shikastlovchi omillarga bog'liq bo'lib, bu omillar asosan uch guruxga ajratiladi:
Fizik omillar. Mexanik ta'sirlar, ular plazmolemma strukturasi va subxujaura tuzilmalari membranasini buzadi.
Hujayra yashayotgan muxit xarorati, yahni haroratning ko'tarilishi Hujayra membranasi o'tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Haroratning pasayib ketishi esa metabolistik jarayonlarning susauishiga, uzilishiga, Hujayra ichki suyuqligining kristallanishi hamda membranalar uzilishiga olib keladi.
Hujayrada osmotik bosimning o'zgarishi, unda chala parchalangan organik moddala va ionlar to'planishining natijasidir. Buning oqibatida Hujayra bilan uning atrofidagi muhit o'rtasidagi osmotik gradient nisbati buziladi va suyuqlik Hujayraga ko'p kirib, Hujayra bo'kib shishadi va plazmolemma yoriladi. Hujayra ichidagi osmotik bosimning pasauishi natijasida esa Hujayra suvsizlanib, burishib qoladi (piknoz) va nihoyat halok bo'ladi:
Ionlovchi radiosiya ta'sirida erkin radikallar paudo bo'lib, ularda o'ta oksidlan^ jarayonlari kuchayadi, bundan hosil bo'lgan mahsulotlar esa membranalarni shikastlab, fermentlarni denaturasiyaga uchratadi.

  1. Kimyoviy omillar. Ularga asosan turli ekzogen omillar, yahni organik va anorganik kislotalar, asoslar, og'ir metall tuzlari va buzilgan metabolizm mahsulotlari (endogen omillar) va boshqalar kiradi. Ularning patologik mexanizmi o'ziga hos bo'lib, yahni kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi, Masalan, dori moddalarni noto'Qri ishlatish ham Hujayraning kimyoviy shikastlanishiga olib keladi.

  2. Hujayra aksariyat biologik omillar - viruslar, mikroblar, rikkesiyalar, zamburug'lar, yahni patogen mikroblar ta'siridan shikast topadi. Bu xil omillar Hujayra faoliyatini, unda kechadigan metabolitik reaksiyalarni, Hujayra membranasining o'tkazuvchanligi va butunligini buzadi. Ular allergik va immun jarayonlar orqali ham Hujayrani shikastlaydi.

Demak, Hujayrani shikastlovchi omillar endogen (organizmning o'zida hosil bo'lgan) va ekzogen (tashqaridan kirgan) bo'lishi mumkin. Bundan tashqari infeksion (mikroblar yoki ularning toksinlari) va noinfeksion omillar keltirib chiqargan shikastlanish farq qilinadi.
SHikastlovchi omillar ta'sirida Hujayraning Asosiy o'zgarishi, biokimyoviy o'zgarishlardan iboratdir. Biokimyoviy bahzi buzilishlar yuzaga kelgan bo'lsada, Hujayra faoliyati o'zgargan yoki funksional jihatdan to'liq mehyor atrofida bo'lishi mumkin. Ko'pincha Hujayrada funksional rezerv imkoniyat mavjudligi tufauli katta shikastlar ta'sirida ham uning faoliyati keskin o'zgarmasligi mumkin.
Hujayrada patologik jarayonning umumiy mexanizmlari asosan quyidagilardan iborat.
1. Hujayralarning o'zida hosil bo'luvchi energiya bilan tahminlanish jarayonlarining o'zgarishlari, ularning shikastlanishi - alterasiya mexanizmida yetakchi rolni o'ynaydi. Energiya bilan tahminlanish jarayoni Hujayrada ATF sintezi, uni tashish yoki sarflash bosqichlarda buzilishi mumkin. Energiya bilan tahminlanish jarayonining buzilishi o'z navbatida Hujayra membrana apparatining buzilishiga, fermentlar sistemasi, ionlar nisbati hamda boshqaruv mexanizmlarining o'zgarishiga sabab bo'ladi.

    1. Membrana va fermentlar shikastlanishi esa Hujayra faoliyati tiklanish mumkin bo'lib turgan o'zgarishlarda uni tiklanmaudigan holatga o'tishiga sabab bo'ladi.

    2. Transmembran jarayonlaring ro'y berishi ionlarning Hujayra ichidagi va tashqarisidagi nisbatlarning o'zgarishi, Hujayra energiya bilan tahminlanishi, membranalar shikastlanishi va fermentlarining faoliyatiga bog'liqdir. Bu jarayonlar membranalarning o'tkazuvchanligi, qo'zQalishi, elektromexanik hodisalarida ishtirok etadigan kaliy, natriu, Kalsiy, magniu, xlor ionlarining holatiga bog'liq. Ionlar nisbatining buzilishi dastavval kaliy, natriuga bog'liq.

Hujayrada genetik apparatning zararlanishi uning faoliyatini buzuvchi Asosiy omildir. Hujayra genetik axborotining buzilishi mutasiya, patogen genlarning depressiyasi (masalan,onkogenez) hayot uchun zarur genlarning o'zgarishi yoki genomga yot DNK bo'laklarining kirishi sifatida kuzatiladi. Genetik dastur buzilishi mitoz va Meyoz jarayonlarining, xromosoma apparatining o'zgarishi, mitozga daxldor tuzilmalarning shikastlanishi va sitoplazmaning bo'linishi tufauli sodir bo'ladi.
Hujayra shikastlanishining Asosiy ko'rinishlari quuidagicha:

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə