Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə61/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
sitologiya majmua

Metafaza 2 -xromosomalar ikkita xromatidadan iborat bo'lib, sentromera bilan bog'lanadi, axromatin bo'linish duki hosil bo'ladi, xromosomalarning soni somatik hujayralarga nisbatan 2 marotaba kam.
Anafaza 2 ning boshidaxromatidalarni ushlab turgan sentromeraochilib har bir xromatidaalohida bo'lib, hujayra qutblariga tortiladi. Natijada 4 yadroning har biridaxromosomalarning gaploid to'plami hosil bo'ladi.
Telofaza 2 da xromosomalar despiralizasiyalanib, hujayra devori shakllanadi.
2-meyoz mexanizmi jihatidan mitozga o'xshaydi, lekin o'ziga xos belgilarga
ega.
Meyozning ahamiyati
Jinsiy usul bilan ko'payadigan organizmlarda bir hujayradan 4ta gametalar hosil bo'lib, ularning har biri ota-ona hujayralariga nisbatan ikki marta kam xromosomalarga ega. Urug'lanish natijasida ikkita gameta qo'shilib, shu tur uchun xos xromosomalar soni tiklanadi. Meyoz bo'lmaganda gametalar qo'shilishi xromosomalar sonining ikki hissa oshishiga olib kelar edi.
Meyoz gametalarda genlarni yangi kombinasiyalarini hosil bo'lishiga olib keladi. Bu esaavlodlarning genotipi va fenotipida o'zgarishlar yuzaga kelishigaolib keladi. Demak, meyozning biologik roli jinsiy ko'payish xususiyatiga ega organizmlarda avloddan -avlodga xromosomalarning o'zgarmas (doimi) soni saqlanadi. Meyoz hayvonlarda gametalar hosil bo'lishda va o'simliklarda sporalar hosil bo'lishida ro'y beradi.


15.3. -rasm. Meyoz bo'linish sxemasi: a — leptonema; b — zigonema; v — paxinema; g — diplotena; d — diakinez; e — metafaza I; j — anafaza I; z — telofaza I; i — interkinez; k —
metafaza II; l — anafaza II; m — telofaza II.

Mitoz va meyozning farqi


SHunday qilib, mitoz bo'linishida bir somatik diploid hujayradan ikkita diploid hujayra hosil bo'ladi. Meyozninig ikkita bo'linishi natijasida bitta diploid hujayradan 4 ta gaploid hujayra hosil bo'ladi va ularning har biri har xil irsiyaxborot to'plamiga ega.Bu xromasomalar-ning tasodifiu tarqalishi va krossingover xodisasi bilan tushuntiriladi. Organizmlarning ko'payishi alohidaolingan individning umrining uzunligi turnikidan ancha kam bo'lgani uchun turning tarixi o'zaroalmashinayotgan organizmlar avlodining tarixidan iborat. Navbatdagi avlod ota-onaavlodining ko'payishidan hosil bo'ladi. Ko'payish tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib u biologik turlar va hayotning davomiyligini ta'minlaydi. Biologik ko'payish jarayonida individlar sonining ortishi va ularning ota-ona organizmlarga o'xshashligi kuzatiladi. Bu esa avloddan- avlodga irsiy axborot tashuvchisi DNKning o'tishi bilan bog'liq.
5. Ko'payish turlari klassifikasiyasi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə