Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə67/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
sitologiya majmua

Jihozlar: Mikroskop, tomizgich, buyum va qoplagich oynalar, preparoval nina, kolbalar, metilin ko'ki bo'yog'i, filtr qog'oz, somon bo'lakchalari, piyoz yoki pomidor po'sti.
Sitologiyada hujayralarni o'rganishni bir qancha ilmiy tekshirish uslublari mavjud. Shulardan asosiylari mikroskopiyadir. Asosan hujayra strukturasi yorug'lik va elektron mikroskop yordamida o'rganiladi. Unda hujayralarning shakli va o'lchamlari, tuzilishi o'rganiladi. Mikroskopiyadan tashqari sitofizika, radioavtografiya, ultrasentrifugalash, biokimyoviy, sitokimyoviy, sitofotometriya, sitofiziologik, mikroxirurgiya va boshqa usullar mavjud.
Sentrifugalash usuli bilan hujayradagi alohida qismlarni masalan, mitoxondriyalar, ribosomalar, plastidalar, xromosomalarni ajratib olib o'rganiladi.
Hujayraning kimyoviy tarkibini aniqlash va uni asosida fizikaviy xususiyatlari, xususan molekulalarni ultrabinafsha, infraqizil hamda rentgen nurlarini shimib olish xossalaridan foydalaniladi.
Sitofotometriya usulida hujayrani tarkibi miqdor jihatidan ham o'rganiladi. Mikroxirurgiya usuli bilan hujayra qismlarini tuzilishi, ularning vazifalari yanada to'laroq darajada o'rganiladi.
Hujayra va to'qimalarni o'stirish usuli ham alohida ahamiyatga ega. Alohida o'stirilgan hujayralar mustaqil rivojlanib to'qimaga aylanadi. Bu usul bilan hujayrani uzoq vaqt davomida saqlab turish mumkin.
Hujayraning kattaliklarini mikrometr va nannometrlarda o'lchanadi. Mikroskop orqali ko'riladigan obe'ktlarni o'lchov birliklari. 1 santimetr (sm) -1/ 100 metr (m) -0,1 dyum 1 millimetr (mm) -1/1000 m -1/10 sm 1 mikrometr (mkm) -1/1 000 000 m -1/10 000 sm 1 nannometr (nm) -1/1 000 000 000 m -1/10 000 000 sm 1 angstrem (A) -1/10 000 000 000 m -1/100 000 000 sm Odamni ko'zi 1/10 mm yoki 100 mkm kattalikka yaqin narsalarni ko'ra oladi. Agar ikkita parallel chiziqlarni orasi 100 mkmdan kam qilib chizilgan bo'lsa ular sizga bitta chiziq bo'lib ko'rinadi.
Piyoz va pomidor hujayralari o'rganilganda undagi parenximatik va prozenximatik hujayralar aniqlanadi va rasmi chizib olinadi (1 rasm).

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə