O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyaSI



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə1/12
tarix11.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#147386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Сунъий интеллект технологиялари Ўқув қўлланма (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYaSI

Nurjanov F.R.


SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALAR
M E T O D I K Q O‘ L L A N M A

Toshkent -2023
M U N D A R I J A
Kirish..........................................................................................................................
1 BOB. SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI............................................................................................
1.1. Sun’iy intellekt tarixi va rivojlanish davrlari.........................................................
1.2. Sun’y intellektning amaliy asoslari va sohalarda qo‘llanilishi...............................


KIRISH

Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan bugungi sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik, qishloq ho‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish urfga kirmoqda.


O‘zbekistonda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030 yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Qayd etish joizki, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohalarda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, bir qator muhim dasturlar qabul qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 fevraldagi Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996 -sonli qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan. Unga muvofiq, ilm-fan sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi innovatsion biznes-modellar, mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish usullari rivojlanishi uchun qulay va maqbul ekotizim yaratish, ularni belgilab berilgan ustuvor tarmoqlar va sohalarda tezkorlik bilan joriy etish va amaliyotga tatbiq etish maqsadlari bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.
Bu borada yurtimizda ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy- amaliy loyiahlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida sun’iy intellektni ilm-fanga joriy etishda zamonaviy bilim, fanning nazariy va amaliy asoslarini bilishda ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari va yo‘nalishlarni bilish talab etilishi taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda axborotlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni turli sohalarda tadbiq etish borasida chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonda AKT va sun’iy intellekt sohasida o‘ziga xos salohiyat asoslari yaratildi. Bu borada Innovatsion rivojlanish vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar, AKT bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalari va ularning iqtidorli bitiruvchilari hamda texnoparklar, xususiy sektordagi bir qator tashkilotlar faoliyatini alohida e’tirof etish mumkin.
O‘z navbatida sun’iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun’iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo‘ladi. Hozirda yurtimizda shu yo‘nalish bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritildi va uning pasporti yaratildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ixtisosligi” bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ochildi.
Ta’kidlash lozimki, sun’iy intellekt asosini ma’lumotlar bazasi tashkil etib, ularning manbasi turlicha bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini esa muntazam to‘ldirish va kengaytirish sun’iy intellekt tahliliy imkoniyatlarini va samaradorligini oshiradi.
O‘zbekistonda hozirda mavjud ma’lumotlar manbalaridan sun’iy intellekt ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mumkin. Жумладан:
Identifikatsiyalash yagona tizimi – (id.gov.uz);
O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali – (data.gov.uz);
Elektron hukumat tizimi ma’lumotlar bazasi – (my.gov.uz);
Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlar bazasi – (davxizmat.uz);
turli vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi.
Shuningdek, jahon tajribasida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan dasturlarda sun’iy intellekt ma’lumotlar bazasini shakllantirishda milliy ID tizimlari ma’lumotlari, aholini ro‘yxatga olish va soliq to‘lovchilar bazasi, tibbiyot, bank, sug‘urta kompaniyalari, do‘kon va bozorlar xaridorlari, mobil aloqa operatorlari ma’lumotlari hamda aholining kommunal to‘lovlar va qarzdorlik, kredit tarixi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi kabi manbalardan qonun doirasida foydalaniladi.
Shuningdek, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishida Farg‘ona shahridagi maktablarda “Aqlli maktab” dasturi, Andijon viloyatida “Monterra” ekin maydonlarining holatini baholovchi onlayn platforma joriy etilgan bo‘lsa, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Aqlli shahar”, Toshkent shahrida esa “Xavfsiz shahar” va “Raqamli Toshkent” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumki, zamonaviy sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm va dasturiy tizimlardan iborat bo‘lib, inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarni axborot bazasiga kiritilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiradi. Bunda sun’iy intellekt murakkab tahlillar va katta ma’lumotlar bilan ishlovchi dasturlarni o‘z ichiga olib, mantiqli izchil mulohaza qilish hamda tavsiya berish qobiliyatiga ega “aqlli” texnologiya hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan sun’iy intellektga beshinchi va oltinchi sanoat inqilobining asosi sifatida qaralmoqda.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə