O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyaSI


Sun’iy intellekt tarixiga nazar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə3/12
tarix11.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#147386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Сунъий интеллект технологиялари Ўқув қўлланма (2)

Sun’iy intellekt tarixiga nazar:
Sun’iy intellekt sohasida o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo‘nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi. Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Alan Tyuring edi.
Keyinchalik olim o‘zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi. Maqola chop etilganidan so‘ng sun’iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida olim qarashlarini o‘zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan. Mutaxassis tizimlari mashina o‘rganish bilan almashtirildi, bu axborot tizimlariga mustaqil ravishda qoidalarni shakllantirish va shaxs tomonidan mumkin bo‘lgan echimlar ro‘yxatini tuzmasdan, bog‘liqliklarni tahlil qilish va dastlabki ma‘lumotlar to‘plamlaridan foydalanish orqali yechim topish imkonini berdi.
Shuningdek suniy intellekt 20-asrning 60-yillari boshlarida hamda 1969 yilda Vashingtonda insonning ijodiy jarayonlarini modellashtirish uchun elektron kompyuterlardan (kompyuterlardan) foydalanish sohasida ishlaydigan mutaxassislarning vakillik konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiya sun‘iy intellekt bo‘yicha xalqaro qo‘shma konferentsiya deb nomlangan. Bu borada yoʻnalishdagi dastlabki ishlardan biri A.Tyuringning 1950-yilda nashr etilgan “Hisoblash mashinalari va razvedka” nomli fundamental maqolasi boʻldi hamda ushbu maqolaning asosiy mavzusi: "Mumkinmi mashina fikrlashi?. maqolasida bayon etildi. Keyinchalik Bu yonalish butun dunyo bo‘ylab tan olindi.
Shundan keyin turli tadqiqotchilar va mualliflar “Sun‘iy intellekt” tushunchasiga o‘z ta‘riflarini berib kelganlar. Bulardan ikkita quiydagi ta’riflarni keltiramiz.
Sun‘iy intellekt - bu insonning kognitiv funktsiyalarini taqlid qilish (shu jumladan o‘z-o‘zini o‘rganish va oldindan belgilangan algoritmsiz echimlarni izlash) va hech bo‘lmaganda insonning intellektual faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan aniq vazifalarni bajarishda natijalarga erishish imkonini beradigan texnologik echimlar to‘plami hisoblanadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə