O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyaSI


I BOB. SUN’IY INTELLEKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə2/12
tarix11.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#147386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Сунъий интеллект технологиялари Ўқув қўлланма (2)

I BOB. SUN’IY INTELLEKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI



    1. Sun’iy intellekning tarixi va rivojlanish davrlari

Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar asrida "Sun‘iy intellekt" atamasi ilmiy va amaliy tadqiqotlarning ilmiy sohasi uchun ishlatiladi. Sun’iy intellekt hayotimizga kirib kelmoqda, ammo uning o‘zi nima degan savol tug‘ilishi tabiiy. Shu bois sun’iy intellekt haqida ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Sun’iy intellekt format ham, funksiya ham emas.
Qisqa qilib aytganda, sun’iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-harakatiga taqlid qilishga qodir bo‘lgan tizim yoki texnologiya bo‘lib, olingan ma’lumotlardan foydalanib asta-sekin mukammallashib boradi. Umuman olganda sun’iy intellekt format ham, funksiya ham emas, balki bu jarayon bo‘lib, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Sun’iy intellekt haqida so‘z borar ekan, uning biznesdagi va axborot texnologiyalardagi o‘rnini tahlil qilish lozim. Sun’iy intellektning ushbu yo‘nalishlarga sekin-astalik bilan kirib borishi, sun’iy intellekt vositalarining soni oshishini ta’minlaydi.
“Sun’iy intellekt” deganda ko‘pchilik robotlarning turli sohalarga jalb qilinishini tushunadi. Ammo sun’iy intellekt atamasi robotlarning inson bilan o‘rin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishdir. Shuning uchun bu kabi texnologiyalar qimmatli biznes resursi hisoblanadi.
Avvallari “sun’iy intellekt” atamasi faqat odamlar bajarishi mumkin bo‘lgan, masalan, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yoki shaxmat o‘ynash vazifalarni bajarish uchun qo‘llanilgan. Shuningdek, kompyuter texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ham sun’iy intellekt sifatida qaralgan. Lekin mijozlarga xizmat ko‘rsatish, turli onlayn o‘yinlar va kompyuter texnologiyalarini chuqur o‘rganish kabilar sun’iy intellekt texnologiyalarining kichik qismi hisoblanadi. To‘g‘ri, sun’iy intellekt texnologiyalari odamlar bajaradigan vazifalarni avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Biroq endilikda uning qamrovi kengaymoqda, hozirda sun’iy intellekt bilan odamlarning xarakterini, o‘quvchilarning qobiliyatlarini, xodimning ishga bo‘lgan qarashlarini aniqlab olish mumkin.
Ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday nom ko‘pchilik uchun ko‘p sonli tasvirlar, ilmiy fantastika asarlarida yaratilgan aqlli robotlar yoki fikrlovchi kompyuterlar bilan bog‘lanishi ehtimoli ko‘proq jarayonlari bilan tizimli ravishda tadqiqotchilar ilmiy maqsadlarni belgilangan.
Tadqiqotchilarning fikrlari va o‘zlari sun’iy intellekning ishlarining ikkita asosiy maqsadini aniqlaydilar – bu quiydagilar:

  1. Inson faoliyatini avtomatlashtirish, ayniqsa uning an’anaviy ravishda

intellektual deb hisoblangan turlari.

  1. Muayyan muammolarni hal qilish jarayonlarini taqlid qiluvchi kompyuter

modellarini yaratish.
Bularning mohiyatini tushuntirish maqsadida shaxs tomonidan bajariladigan sun‘iy intellektual texnologiyalar va dasturiy - apparat vositalari vazifa jarayonlar tushunuladi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə