O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə18/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

O'QITISH MeTODI NIMA ? 
O'qituvchining o'quvchilarga bilim va malakalar berishiga, shuningdek, o'quvchilarda
dunyoqarash hosil qilishga yordam beradigan vosita va yo'llar majmui o'qitish metodidir.
O'qitish metodlariga qo'yiladigan umumiy talablar: 


22
-


normal tashkil qilingan ta'lim-tarbiya protsessi biror universal metoddan emas, balki
mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi;
-
mustaqil ishlash metodlarigina emas, balki hamma metodlar ham o'quvchilar
faolligini imkoni boricha qo'zg'atishi kerak. Bu metodlar o'quvchilarning harakat aktivliginigina
emas, balki fikrlash aktivligini ham qo'zg'atishi ayniqsa muhimdir;
-
barcha metodlar o'quvchilarning kimyo asoslarini ongli suratda, puxta
o'zlashtirishinigina ta'minlab qolmay, balki o'quvchilarda kuzata bilish, eshita bilish, asosan esa
fikrlay bilish malakasini ham hosil qilishi – o'quvchilarning dasturda ko'rsatilgan bilim va
o'quvchilarni ongli ravishda bilib olishlari uchun mustahkam poydevor yaratib borishi ham kerak.
Har bir metod o'quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, o'quvchilarning saviyasiga
va tayyorgarligiga, shuningdek ayni maktabning konkret sharoitiga (kimyo laboratoriyasi bor
yo'qligiga)asboblar, reaktivlar va zarur boshqa materiallar bilan qanchalik ta'minlanganligiga qarab
tanlanadi. Shablon bo'lishi xavflidir.
O'QUV MATeRIALINI BAYON ETISH
O'qituvchining jonli so'zi bo'lmasa, tayyor bilimlar bayon etilib turmasa, normal tashkil etilgan
ta'lim tarbiya protsessining bo'lishi mutlaqo mumkin emas. Kimyo darslarida o'quv materialini bayon
etish protsessida eng ko'p qo'llaniladigan usullar:so'zlab berish, lekziya, suhbat va ekskursiyadir. Bayon
etishda bu usullardan qaysi birining qo'llanilishi o'quv materialining mazmuniga va o'quvchilarning
tayyorgarlik darajasiga bog'liq bo'ladi.
So'zlab berish va lekziya protsessida o'qituvchining vazifasi, asosan o'quvchilarning fikrini
imkon boricha qo'zg'atishdan iborat bo'ladi. So'zlab berish va lekziyaga o'qituvchi yaxshilab
tayyorgarlik ko'radi: ayni mavzuga oid eng mazmunli va eng qiziqarli faktik materialni tanlab oladi, bu
materialni ma'lum tartibda joylashtiradi, ko'rsatma qo'llanmalar to'g'risidagi masalani hal qiladi-
o'quvchilarga qanday tajribalarni, moddalarni, jadval va sxemalarni qo'rsatish kerakligini belgilab
oladi. Bu yerda jurnal, gazeta, badiiy adabiyot, kinofil'm va shu kabilardan olingan eng qiziqarli
konkret faktlar ham ahamiyatga ega bo'ladi. Kimyo kursining boshida o'qituvchi materialni qisqacha
so'zlab berish bilan kifoyalanadi. So'ngra 8-sinf oxiriga kelib va 9-sinfda so'zlash sekin-asta
murakkablashtiriladi. 9-10 sinflarda lekziyaga o'quv materialini darsning ancha ko'p qismi davomida
bayon etishga o'tiladi. 11 sinfda esa kengaytirilgan lekziya o'tqaziladi. Lekziya qariyb butun dars
davomida uzilmaydi, suhbat bilan tugaydi. So'zlab berish darsi davomida, bayon etishda, laboratoriya
mashg'ulotlarida darslikdan dars davomida foydalanish mumkin.
Suhbat. Suhbatning xususiyati shuki, o'qituvchi suhbat vaqtida bayon etish bilan birga, yangi
bilimlar olish protsessiga o'quvchilarni o'zini ham ma'lum darajada jalb qiladi. O'quvchilarda
tasavvurlar zonasi qancha ko'p bo'lsa, suhbat shuncha mazmunli qiziq va samarali bo'lib o'tadi.
Suhbatda o'qituvchi bilan birga butun sinf faol qatnashadi. Sinfni boshqarib borish-butun suhbatning
muvaffaqiyatli chiqishi garovidir. Bu yerda ikkala asosiy prinsipga amal qilish juda muhimdir:
a) suhbatni ayrim o'quvchi bilan emas, balki butun sinf bilan o'tqazish;
b) sinfga ergashib bormay, balki suhbat davomida butun sinfni ergashtirib borish lozim.
Bu prinsiplarga rioya qilmaslik, albatta ta'lim-tarbiya protsessining buzilishiga olib boradi.
Asosiy savollarni oldindan yaxshilab tayyorlash suhbatni normal tashkil qilishning zarur shartidir.
O'quvchilarning savollariga lo'nda, qisqa va to'g'ri javob berish kerak. Belgilangan rejaga qat'iy rioya
qilish, asosiy fikrdan chetga chiqmaslik juda muhimdir. Vaqtni tejash maqsadida kimyo o'qituvchisi
suhbat o'tqazish uchun:
a) O'quvchilarga qanday savollarni va qanday tartibda berish kerakligini;
b) O'quvchilarda qanday savollar tug'ilishi mumkinligini;
v) Suhbat jarayonida nimalar ko'rsatish kerakligini;
g) Nimani va qanday qilib yozishni;
d) Suhbatni vaqt jihatidan qanday taqsimlash lozimligini ilgaridan aniqlab olishi kerakdir.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə