O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə21/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

9-SINFDA 
-
moddalarning nazariy yo'l bilan hisoblab topilganiga nisbatan necha foiz chiqishini aniqlash;
-
reaksiya uchun moddaning biri ortiqcha olingan bo'lsa, reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulot
tarkibiga kiradigan moddaning miqdorini aniqlash;
-
tarkibida ma'lum foiz qo'shimcha bo'lgan moddalardan hosil qilinadigan moddaning miqdorini
aniqlash.
10-SINFDA 
-
modda tarkibidan elementlarning foiz bilan ifodalangan miqdoriga asoslanib, bu moddaning eng
oddiy formulasini topish;
-
moddaning gazsimon holatidan zichligi ma'lum bo'lgan taqdirda uning molekulyar og'irligini
topish;
-
modda tarkibidagi elementlarning foiz bilan ifodalangan miqdorlari va uning gazsimon holatidagi
zichligi ma'lum bo'lgan taqdirda, shu moddaning molekulyar formulasini topish;
-
moddaning kimyoviy formulasi bo'yicha uning zichligini topish;
-
ma'lum og'irlik miqdordagi gazning normal sharoitda egallashi mumkin bo'lgan hajmini topish;
-
ma'lum miqdordagi moddalar o'zaro ta'sir etganda hosil bo'ladigan gazning normal sharoitdagi
hajmini hisoblab topish;
-
aytilgan moddadan ma'lum miqdorda hosil qilish uchun zarur bo'lgan gaz xajmini xisoblab topish.
KITOB BILAN ISHLASH. 
Insoniyat tomonidan to'plangan bilimlarni asosan adabiyot o'qish yo'li bilan bilib oladi. Kimyo
o'qitish jarayonida ham o'quvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga o'rgatish kerakdir. Bunda darslik
bilan ishlashning sinfda hamda uyda ishlash yo'llarini o'rgatish kerak. Dars davomida kitobdagi shu
masalaga oid hamma narsani emas balki eng muximini o'qituvchining yordami talab qilinadigan eng
qiyinlarinigina bayon etish va shu bilan tajribalar uchungina emas, o'quvchilarning darslik bilan
mustaqil ishlashi uchun ham vaqt qoldirish lozim. O'quvchilarga darslikdan tasviriy materialdan ishlab
chiqarish protsesslarining sxemalaridan, kimyoning amaliy hayotda ishlatilishi to'g'risidagi
ma'lumotlardan., laboratoriya ishlarining tafsilotlaridan, takrorlash uchun berilgan savollardan mashq
va misollardan mustaqil suratda foydalanishni taklif etish kerak.
O'quvchilarga quyidagicha topshiriqlar berish lozim:
-
sinfda tushuntirib berilmagan materialni darslikdan foydalanib bilib olish;
-
tegishli rasmlar, diagrammalar va sxemalar chizib, ularni tushuntirib berish;
-
darslikdagi mashqlarni bajarish;
-
mavzu oxirida berilgan savollarga javob qaytarish;
-
darslikdan asosiy kimyoviy tushunchalarni topish, ularni faktik material bilan konkretlashtirish;
-
darslikdagi materialdan foydalanib amaliy mashg'ulotlarga tayyorlanish va boshqalar.
Darslik bilan ishlash o'qituvchining bevosita rahbarligi ostida qilinadigan ishdan sekin-asta
o'quvchilarning mustaqil ishlashiga aylanishi lozim.
O'quvchilarning fan ko'rsatkichlaridan, maxsus spravochniklardan, jadvallardan (moddalarning
eruvchanligi, metallarning faolligi qatori, elementlar davriy sistemasi va jadvali va xokazo) o'quv
dasturida ko'rsatilgan eng muhim hozirgi zamon ishlab chiqarishlar sxemalaridan foydalanishga ham
o'rgatish kerak, bu ularning amaliy hayotida ham kerak bo'ladi.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə