O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə19/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

O'QUV EKSKURSIYALARI 
Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biriga chambarchas bog'laydi: o'quvchilarga
moddalarning bir-biriga aylantirilishiga oid ishlab chiqarish protsesslarini ajratilgan holda emas, balki
o'zaro bog'liq holda ko'rsatadi. O'qituvchi o'quv ekskursiyasini har qaysi sinfda maktabdan uzoq
bo'lmagan atigi 1-2 ob'ektda o'tqazadi, bu zavod, fabrika, jamoa xo'jaligi va kichikroq laboratoriyalar


23
ham bo'lishi mumkin. "Kompleks" ekskursiyalar (kimyo, geografiya, fizika va boshqalar) bilan


birgalikda o'tkazilishi mumkin.
KIMYO O'QITISH PROTSeSSIDA EKSPeRIMeNT. 
Kimyoviy eksperiment va kimyoning nazariy materiali bir-biriga chambarchas bog'langan
bo'lishi kerak. eksperiment:laboratoriya ishi va amaliy mashg'ulotlardir. Sakkizinchi sinflarda asosan
laboratoriya ishlari, yoqori sinflarda esa amaliy mashg'ulotlar o'tqaziladi. Laboratoriya ishlari darsning
nazariy qismi orasida o'tqaziladi va asosan darsda o'tganilayotgan mavzuning biror masalani aniq bilib
olishiga qaratilgan bo'ladi. Amaliy mashg'ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy
masalalarni aniq bilib olishdan ko'ra ko'proq o'quvchilarda kimyoviy eksperiment texnikasi sohasida
mustaqil ishlab bilishi malakalari hosil qilishdan iboratdir.
Eng muhim metodik usul-kimyoviy tajribalar qilib ko'rsatish ham ana shu kimyoviy
eksperimentga kiradi. O'qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol' o'ynaydi. Laboratoriya
ishlari ham ko'proq ahamiyatga ega, chunki hamma o'quvchilarga o'qituvchi ishtirokida ko'rsatiladi.
LABORATORIYA ISHLARI
Laboratoriya ishlari o'quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun
yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir. Mavjud programmaga muvofiq laboratoriya rejalari
maktabning barcha sinflarida o'tiladi. 7-sinfda o'quvchilar daftarlariga yozadigan narsani, og'zaki
o'qituvchi so'zlab yozdiradi, yokori sinflarda esa o'quvchilar mustaqil suratda yozadilar va o'qituvchi
yozilganlarni albatta tekshirishi kerak. Amaliy mashg'ulotlar. Amaliy mashg'ulotlar o'ziga xos
xususiyati shundan iboratki, o'quvchilar bu mashg'ulotlarda butun dars bo'yi, ba'zan esa yoqori
sinflarda birdaniga ikki dars davomida ishlaydilar. Bu mashg'ulotlar odatda kimyo kursining tegishli
bo'limlari yoki butun bir temasi o'rganilgandan keyin o'tqaziladi. O'quvchilar dasturda ko'rsatilgan
amaliy mashg'ulotlarni bajarishi majburiydir. Ma'lumki imtihon biletlariga nazariy savollargina emas,
balki dasturda ko'rsatilgan tajribalar ham kiritilgan. O'quvchilar amaliy mashg'ulot vaqtida tajribani
ongli o'tqazish, kimyoviy eksperiment texnikasini o'rganish, hodisani to'g'ri izohlash, konkret faktlarni
umumiy qoidalariga qo'llashi kerak.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə