O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə22/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

OLINGAN BILIMLARNI PUXTALASH. 
Maktab vazifalaridan asosiysi o'quvchi tomonidan har qaysi fan asoslarini mustahkam va
puxta o'zlashtirishini so'zsiz ta'minlash vazifasi turadi. O'quvchilar bilimlarining puxta bo'lmasligiga
sabab ko'pincha o'qituvchi faoliyati, ta'lim-tarbiya jarayonining yomon tashkil etilishi sabablidir.
O'quvchilarga bilimni puxta berish uchun umumpedagogik prinsiplarga amal qilinadi:yangi materialni
o'rganish, ayni zamonda ilgari o'rganilgan materialni takrorlash va puxtalashdir. Ilg'or o'qituvchilar
kimyo kursining boshidayoq o'quvchilardan har qaysi o'quv yilida qanday asosiy tushunchalarni va


25
qanday chuqurlikda talab qilish kerakligini rejalab oladilar. Ular o'quvchilarda har bir kimyoviy


tushunchani hosil qilish o'zaro uzviy bog'langan ketma-ket bir qator bosqichlardan iborat jarayonlardir,
ayni tushunchani hosil qilishda, bilimning oldingi bosqichi puxta o'zlashtirilgandagina undan keyingi
bosqichga o'tish mumkin deb hisoblaydilar.
O'quv materialini takrorlash vaqtida o'quvchilarga ma'lum bo'lgan barcha kimyoviy
tushunchalarni ancha yoqori darajaga ko'tarish – ularning yangi tomonlari va bog'lanishlarini ko'rsatish
kerak. Shunday qilib o'qituvchi o'quv materiallarning puxta o'zlashtirish maqsadida:
-
maxsus takrorlash bilan butun ta'lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishi
kerakki, yangi materialni o'rganish o'quvchilar uchun ma'lum bo'lgan material bilan hamma vaqt
chambarchas bog'langan holda olib borilishi lozim;
-
bilimlarni imkon boricha tushuntirish va sekin-asta kimyoviy tushunchalar hosil
qilish yo'lida og'ishmay ishlashi kerak
DAFTARGA YOZIB BORISH 
Yozuvlar qisqa bo'lishini, darsliklardagilar takrorlanmasligi, dastur talablaridan chetga
chiqmasligi lozim. Yozuvlarda asosiy e'tiborni rasmga, formulalarga hamda reaksiyaga va
tenglamalariga qaratish kerak. Bilim olish yozuvni kamaytirilishiga olib borsin. Mashqlar, masalalar,
laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, tajribalar, muhim moddalarning qisqacha tavsifi yozilishi
lozim. Dars rejasi ham yozilishi kerak. 7-sinfda daftarda yoziladigan narsalarni o'qituvchi aytib turadi,
sinf doskasiga ham yozib yozdiradi. 8-9 sinf o'quvchilari sekin-asta mustaqil suratda yozishga o'tadilar.
Daftarning so'ngi betlariga eng muhim kimyoviy tushunchalar va kimyoviy terminlarning ta'riflari
yozib borilsa ma'quldir. O'quvchilar grafikli chizish bo'yicha ham savodli bo'lishlari kerak. Rasmni
chizishda geometrik proekziya usulidan foydalanish kerak, har qaysi fanni ma'lum izchillikda-
bosqichlar bilan chizishga o'rgatish kerak.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə