O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə3/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

Tekshiruv savollari: 
1.
Mustaqil Uzbekiston Respublikasida ta’lim to’g’risida qabul qilingan qarorlarni ayting.
2.
Maktab, akademik litsey, kollej tuzilishini tushuntiring.
3.
Kimyo o’qituvchisi qanday inson bo’lishi kerak.
4.
Kimyo oqitish metodikasi fanini tahlil qiling.
5.
Fanlar orasidagi bog’lanishini ayting.
Adabiyotlar: 
1.
N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. Toshkent. 1966 y.
2.
Yu. V. Pletner, V. S. Polosin. Kimyo o’qitish metodikasidan praktikum. T., 1981y.
3.
V. I. Sushko. Maktabda kimyo. T. O’qituvchi. 1991y.

Uмuмilмiy аsоsiy biliмlаr


Kiмyo kursining аsоslаri kursning nаzаriy аsоslаri 
Fundамеntаl g'оyalаr, nаzаriyalаr, qоnunlаr
Kiмyoviy tushunchаlаr sistемаsi 
Kimyoviy
element
haqida
Modda
haqida
Dispers
sistemalar
va holatlar
haqida
Kimyoviy
protseslar
haqida
Bir-birigа bоg'liqligi vа nisbаti haqidа 
D. I. Меndеlеev dаvriy sistемаsi uмuмlаshgаn biliм аsоsi sifаtidа 
Fаn меtоdlаri
Pоlitехnik biliмlаr sistемаsi
Ilмiy dunyoqаrаsh biliмlаr sistемаsi 


8
2-MAVZU:


KIMYO O'QITISH MeTODIKASI FANI TARIXIDAN 
REJA: 
1. Kimyo o’qitish metodikasi tarixi.
2. Kimyo fani rivojlanishining 4 davri.
3. Kimyo o’qituvchisining ta’lim-tarbiyaviy vazifasi.
Tayanch iboralar: 
Kimyo tarixi, D.I.Mendeleev, M.Lomonosov, S.Sozonov. Tasviriy kimyo davri, nazariy
umumlashtirish davri. Elektron tasavvurlar. Ta’lim-tarbiya, politexnik ta’lim.
Kimyo o'qitish metodikasi oziqlanishiga ko'ra, kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan
bir vaqtda vujudga kelgan va rivojlangan.
Kimyo o'qitish metodikasini rivojlantirishda M. Lomonosov, N. Zinin, A.Voskresenskiy, D.
Mendeleyev, A. Lavuaz'e, A. Butlerov, N. Beketov, L. Chugaev, D. Konovalov, Kekule, I. Kablukov,
A. Reformatskiy, I. Pisarevskiy, B. Menshutkin va boshqa mashhur kimyogar olimlar o'z hissalarini
qo'shganlar, chunki ular o'z shogirdlariga kimyodan dars ham berganlar. Bu olimlarning bir qator
prinsipial yangi uslubda yozgan darsliklari ham bo'lgan.
Rus olimlari M.Lomonosov, D.Mendeleyev, A.Butlerov kimyo o'qitish metodikasining ilmiy
asoslarini yaratishda ko'p xizmatlar qilganlar. Idealizm va emperizmga qarshi murosasiz kurash olib
borish protsessida bu olimlar kimyodagi yangi yo'nalishlarni yaratishdan tashqari, ilmiy va
materialistik asosda kimyo o'qitish metodikasiga xam asos solgandirlar.
M.Lomonosov (1711-1765) ... rossiya tuprog'i o'z Platonlarini va o'tkir aqlli Nevtonlarini
undirib chiqara olishi mumkin degan chuqur ishonch bilan gimnaziya va universitet tashkil etgan.
Moskva universitetida ma’ruzalar yozib ularni o'qigan.
D.Mendeleyevning "Kimyo asoslari" (Osnovы ximii), "Orzu fikrlar" (Zavetnыe mыsli),
"Ustozlar bilim yurtining loyixasi" (Proekt uchiliщ nastavnikov) kitoblari dunyoga ma'lum bo'lgan,
kimyoni amaliyotga yaqinlashtirgan. Kimyo asoslari haqida "Vu mening sevikli farzandim – mening
boshlang'ich fikrlarim, mening pedogogik tajribam, mening chin qalbimdan aytilgan fikrlarim anashu
asarimdadir" deb aytgan. Kimyoni hayot bilan bog'liq bo'lishini targ'ib etgan. Xulosalar chiqarish
bilan bir qatorda "shu xulosalarni chiqarish usullari tavsiyalarini bayon etish" - o'quvchilarni
xulosalardan foydalanishga, "kimyoviy amaliyotni ya'ni tabiatdan so'rash va uning javoblarini
laboratoriyalarda va kitoblarda eshitish san'atini o'zlashtirishga" o'rgatmoq lozim. Kimyo o'qitish
o'quvchilarda sekin-asta kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak.
Mendeleyev o'quvchilarni kimyoning atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan foydalanish
uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslari bilan tanishtirish:o'quvchilarda tabiatga to'g'ri, materialistik nuqtai
nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e'tibor berish: o'quvchilarni ilmiy bilimining
vositalaridan biri bo'lgan kimyoviy tajribadan foydalana oladigan qilib tarbiyalash, o'quvchilarni
mehnatga o'rgatish, ularni kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlash zarur deb hisobladi. Uning fikricha
kimyo o'qitish moddalarning o'ziga va shu moddalar bilan sodir bo'ladigan o'zgarishlarga asoslanishi
kerak. Kimyogarlar moddalarning xossalarini va bu moddalar bilan bo'ladigan o'zgarishlarni fanda
mavjud nazariyalar:moddalarning tuzilish nazariyasi, davriy qonun, kimyoviy elementlarning davriy
sistemasi va boshqa nazariyalar asosida izohlab berish lozim deb hisobladilar. S.Sazonov (1866-1931)
Uning fikricha kimyo o'qitishda eksperimentga e'tibor kuchayishi kerak degan edi.
U kimyoviy tajribalar qilib ko'rsatishning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini inkor etmadi, shu bilan
birga, o'rta maktabda o'quvchilarning maxsus amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishga katta ahamiyat
berdi. Uning "Elementarnыy kurs ximii" degan sistemalashgan dastlabki kimyo darsligi va "Pervыe
rabotы po ximii" degan kimyoviy tajribalar kitobida o'quvchilar tomonidan tajribalar bajarish texnikasi
va metodikasini yozgan edi. Shundan so'ng Krapivin S. "Zapiski po metodike ximii", hamda
Gol'dfarb, Smorgunskiylar 1933 yilda birinchi stabil mukammal darslik chop etdilar. Ular tomonidan
"Metodika prepodovaniya ximii" degan darslik ham yaratildi.
Kimyo o'qitish metodikasining rivojlanishida eski sovet tuzumidagi pedagogik akademiyaning
ham roli katta edi. Chunki unda kimyo fani o'qitish metodikasi, maktab kimyo kabinetlarini jihozlash,


9
o'quvchilarda kimyoviy tushunchalar hosil qilish, kimyodan masalalar va mashqlar to'plash, o'rta


maktab kimyo o'quv kursida o'qitiladigan organik moddalar va shu kabi metodik muammolarni
eksperiment yo'li bilan hal qilish muammolari sohalari keng tadqiq qilingan edi.
Bugun ham kimyo metodikasi oldida quyidagi masalalarni ilmiy ravishda ishlab chiqish
vazifalari mavjud:
a) Kimyoning ilmiy asoslari;
b) Kimyo o'quv kursini tuzish sistemasi;
v) O'quvchilarni politexnik jihatdan tayyorlashning mazmuni va metodikasi;
g) Kimyo o'qitish protzessida o'quvchilarni tarbiyalash;
d) Maktabda o'tqaziladigan kimyoviy eksperiment metodikasi;
e) Kimyodan ta'lim tarbiya protzessining asosiy qonunlari;
j) Kimyodan o'tqaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar sistemasi va boshqalar.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə