O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə7/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

Metodik prinsiplari.
- O'quvchilarda dialektik materialistik dunyoqarash asoslari xosil qilish
protzessining poydevori kimyoning o'zidir:bu ishning muvaffaqiyatli suratda hal qilinishi, avvalo
butun kimyo o'qitishning to'g'ri qo'yilishiga bog'liq bo'lgan.
- O'quvchilar moddalarning o'zini va ular bilan bo'ladigan o'zgarishlarni qanchalik ravshan
idrok etsalar ularning dialektik-materialistik xulosalari shunchalik tushunib qilingan xulosalar bo'ladi.
- Maktab kimyo kursiga tarixiy nuqtai nazaridan qarash o'quvchilarda fanning o'zi haqida
to'g'ri tasavvur hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
- tarbiya jihatidan olganda, kimyo kursida moddalarning klassifikatziyasiga doir masala juda
katta rol' o'ynaydi.
- O'quvchilarda dialektik-materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish uchun, nihoyatda
mayda zarrachalarning va butun materiyaning o'z-o'zidan xarakatlarini zarrachalarining mexanik
suratda siljishidangina iborat bo'lib qolmay, balki bu harakatlanish vaqtida zarrachalarning sakrash
bilan (to'satdan) bo'ladigan sifat o'zgarishini ham o'quvchilarga isbotlab berish nihoyatda muhimdir.
- kimyo o'qituvchisi moddalarning sakrash bilan(to'satdan) bo'ladigan sifat o'zgarishi
protzessining birlik va qarama-qarshiliklar kurashi formasida namoyon bo'lishini o'quvchilarga
tushuntirib berishi juda muhimdir.
CuO + H
2
= Cu + H
2

Bu reaksiyada ikki protzess mis qaytariladi, vodorod esa oksidlanadi, ikki yoqlama tabiat: mis
qaytarilib, ayni vaqtda vodorodni oksidlaydi, vodorod esa oksidlanish bilan birga, o'zi misni qaytaradi.
Bu reaksiya prozessida "qarama -qarshiliklar kurashi" sodir bo'ladi.
O'quvchilarni ilmiy-ateizm ruhida tarbiyalash. 
Kimyo darslarida umuman hamma g'oyaviy
tarbiyaviy ishlar kabi, ilmiy-ateistik tarbiya ham tabiatning kimyoda o'rganiladigan hodisalarini
materializm nuqtai nazaridan izchillik bilan izohlashga, o'quvchilarga hozirgi zamon kimyosining va
kimyo sanoatining tabiat taraqqiyotiga materialistik qarash to'g'ri ekanligini tasdiqlovchi yutuqlari
bilan tanishtirishga asoslanadi.
Kimyo o'qituvchisi shuni qattiq esda tutishi kerak moddalarning xossalari, kimyoviy hodisa,
tushuncha va qonunlar materializm nuqtai nazaridan to'g'ri talqin qilinmasa, yaxshi ateistik tarbiya
haqida so'z ham bo'lishi mumkin emas.
Kimyo o'qituvchisi, o'quvchilarni ilmiy ateizm ruhida tarbiyalash maqsadida, sekin-asta, butun
kimyo kursi davomida:
a) olamda tabiatdan yuqori turadigan, tabiatni boshqaradigan alohida moddiy bo'lmagan ilohiy kuchlar
bor.Olamni xudo bor qilgan. Bizni o'rab turgan olam sifat jihatidan o'zgarmaydi, xudo hoxlagan vaqtda
qiyomat bo'ladi, degan rivoyatlarni ilm-fanga xilof ekanligini tushuntirib berishi;
b) olamning negizi materiya emas, balki energiyadir, atomlarning radioaktiv yemirilishi vaqtida
materiya yo'q bo'ladi:tabiatda qonunlar bo'lmaydi: tabiatning modda va hodisalarini odam o'z
ongidagina klassifikatsiya qiladi. Kimyoviy jarayenlar molekula va atomlar mexanikasidangina
iboratdir, deb tasdiqlaydigan idealistik va mexanistik da'volarning puch ekanligini ochib berishi;
v) vitalizmning idealistik mohiyatini fosh qilish-anorganik va organik moddalar orasida birlik bor,
o'simliklar va hayvonlar olami orasida bog'lanish mavjud, anorganik tabiat taraqqiy etadi, degan
ideyalarni, materiyaning birligi ideyalarini o'quvchilarga ochib berishi;
g) fanning kuchini va ilmiy bilimning bepoyonligini ko'rsatishi - "olamda bilib bo'lmaydigan narsalar
yo'q, balki hali ham bilib olinmagan, fan va praktika kuchi bilan ochiladigan hamda bilib olinadigan
narsalar bor" ekanligiga. Tabiatning barcha modda va hodisalari o'zaro bog'langanligiga va bir-birini
taqozo qilishiga;
Kimyoviy protsesslar bilan bog'liq bo'lgan barcha diniy "mo'jizalar" keng ommani aldashi,
ularni mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etishdan chalg'itish maqsadida, tabiat hodisalarini
buzib talqin etishdan iborat ekanligiga:kimyo va kimyo sanoati rivojlangan sari imkoniyatning tabiatni
o'ziga tobora ko'p bo'ysundirishga va tabiatdan o'z amaliy maqsadlari uchun tobora ko'p foydalanishiga
o'quvchilarni ishontirish:dinning ilmiy tekshirishlarga va ilg'or olimlarga qarshi kurashini ko'rsatish
kerak.


12
Bizning mamlakatimizda diniy xurofotlarga qarshi kurash dinga ishonuvchilarga yoki din


peshvolariga qarshi kurash deb qaralmaydi, ilmiy materialistik dunyoqarashning g'ayri ilmiy, diniy
dunyoqarashga qarshi g'oyaviy kurashi deb, kishilarning hozirgi zamon fani hamda texnikasiga zid
diniy xurofotlardan qutulishlarida ularga yordam berish maqsadida olib boriladigan kurash deb
qaraladi.
Kimyo o'qituvchisi ilmiy-ateistik tashviqot sohasidagi ishini sistemali suratda butun kimyo
kursi davomida olib boradi, bunda asosan quyidagi mavzu va masalalardan foydalaniladi:
1. Moddalar va ularning o'zgarishi.
2. Molekulyar atomistik ta'limot.
3. Kimyoning asosiy qonunlari.
4. Havo, kislorod
5. Yonish.
6. Suv va eritmalar
7. Azot va fosfor.
8. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi.
9. Atomlarning tuzilishi.
10. Organik moddalar.
O'quvchilarni ilmiy ateizm ruhida muvaffaqiyatli suratda tarbiyalash o'qituvchining o'ziga-
uning o'z ishining muhim ekanligini tushunishda, faktik materialni bilishiga, shuningdek, bu ishni
o'tqazish metodikasini yaxshi o'ylab olishga va unga e'tibor bilan qarashiga bog'liqdir.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə