Oʻzbekistonda til ilmi tarixining asosiy bosqichlari



Yüklə 39,42 Kb.
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü39,42 Kb.
#145077
1   2   3   4   5   6   7   8
Oʻzbekistonda til ilmi tarixining asosiy bosqichlari-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • [kesim]
IV bosqich. XX asrning 80-yillariga kelib o‘zbek tilshunosligining amaliy, faktografik bosqichi tugallangan va to‘plangan boy daliliy ashyoni dialektik metodologiya asosida o‘rganishga kuchli zamin tayyorlab, o‘zi esa turg‘unlik holatini boshdan kechirmoqda edi. Shu boisdan butun sobiq sho‘ro davlati hududida olib borilayotgan oshkoralik va qayta qurish siyosati o‘zbek tilshunosligi fanini ham chetlab o‘tmadi. O‘zbek tilshunosligining yangi avlodlari H.Ne’matov, E.Begmatov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, kabi olimlar qayta qurish sharoitida o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha respublika va ittifoq matbuotida chiqishlar qildilar. Ko‘tarilgan masalalarni mohiyatan ikkiga bo‘lish mumkin:
birinchidan, o‘zbek tilshunosligi empirizmdan qutulib, til hodisa-larini nazariy tadqiq qilishi, tilga sistema sifatida yondashib, lison va nutqni farqlashi va empirik asoslarda yechimi mumkin bo‘lmagan muommalarni hal etishi lozim edi;
ikkinchidan, uzoq yillar davomida o‘zbek tili ittifoqdagi turkiy, qolaversa, boshqa tillar kabi rus va Yevropa tillari qoliplari asosida o‘rganib kelindi. Uni o‘z ichki zotiy tabiatidan kelib chiqqan xolda alohida yaxlitlik sifatida o‘rganish uchun shart-sharoit vujudga keldi. Qayta qurish, oshkoralik va istiqlol natijasi o‘laroq,milliy tilshunosliklar, boshqa milliy fanlar kabi, kommunistik mafkura kishanlaridan xalos bo‘ldi. O‘zbek tilining barcha sohaari bo‘yicha qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu borada H.Ne’matov, N.Mahmudov, G‘.Zikrillayev, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, O.Bozorov, Sh.Shahoiddinova, M.Qurbonova kabi nazariyotchi tilshunoslarning ishlari alohida e’tiborga molikdir. Ular o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tilining zotiy tabiatini ochib berishni maqsad qilib qo‘ydilar. Shu tarzda yangi istiqlol o‘zbek tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ular asosida o‘rta maktab ona tili darsliklari butunlay yangilandi. Bu yutuqlar nimalarda ko‘zga tashlandi?
Birinchidan, lison va nutq farqlanmasligi natijasida tilshunos-ligimizda fonema va tovush, morfema va qo‘shimcha, leksema va so‘z kabi atamalar mohiyatidan kelib chiqilmagan holda, muqobil atamalar sifatida ishlatilar edi. Lison va nutqning farqlanuvi ularni qat’iy tartiblashtirdi.
Ikkinchidan, lison va nutqni farqlash grammatikada umumiy va xususiy ma’noni farqlash talabini qo‘ydi. Shunga ko‘ra, falsafaning umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida o‘zbek tili gramatik kategoriyalari tadqiq qilindi.
Uchinchidan, so‘z turkumlari tasnifi tilshunosligimizdagi eng chigal masalalardan biri edi. Masalan, o‘zbek tilida olmosh barcha mustaqil so‘z turkumlarini, qolaversa, gap va matnni ham almashtira olsa-da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumlariga xos so‘zlar almashtiruvchisi sifatida talqin qilinar edi. Bu nuqsonning asosizligi ilmiy isbotini topdi.
To‘rtinchidan, grammatik qo‘shimchalar mohiyati ham, ularning nomlanishi ham o‘zbek tilining tabiatiga yot edi. Shu boisdan so‘z o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi atamalari ostida o‘rganiluvchi hodisalar qayta ko‘rib chiqildi va sintaktik shakl hosil qiluvchilar hamda lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchilar atamasi ostida qayta tasniflandi.
Beshinchidan, taqlidlarning so‘z turkumlari sirasida tutgan o‘rni ham o‘zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chuqur ilmiy tahlillar asosida mustaqil so‘zlar orasidan o‘rin berildi.
Oltinchidan, gap markazi tushunchasi fanga kiritilib, u asosda o‘zbek tilining gap qurilishiga xos zotiy mohiyati ochildi va o‘zbek tilida gap qurilishi [kesim] qolipiga ega ekanligi tan olinib, uning [ega-kesim] qolipli rus va boshqa tillardan farqi asoslandi.
Ettinchidan, qo‘shma gap tasnifi va tarkibini belgilashda ham o‘ziga xos va yangicha ish tutildi. Bunda gap markazi tushunchasiga, turkiy, xususan, o‘zbek tilida rivojlangan kesimlik shakllariga asoslanildi.
Qadimgi turkiy til
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o'g'uz, qipchoq, uyg'ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko'plab qabilalar o'zbek xalqining shakl-lanishida muhim o'rin tutgan. /O'rxun-enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K. Vidzen, S.U. Remezov, I. Tabbet-Stralenberg, D.G. Messershmidt, M.A. Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e'lon qilingan^}
1889-yili N.M. Yadrinsev Mongoliyadagi Qoraqurum shah-ristoni xarobalaridan ikkita katta bitiktosh topib oldi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, bu toshlar Kul Tigin va Bilka hoqonlar sharafiga qo'yilgan bitiktoshlar ekan.jV.V. Radlov, V.Tomsen, P.M. Melioranskiy kabi olimlar bu sirli yozuvlarni o'qishga qattiq kirishganlar. 1893-yilning 25-noyabr kuni V. Tomsen birinchi bo'lib bitiktoshlar sirini ochganligini e'lon qildi. Bu vaqtda V.V. Radlov 10 ta harfni o'qib ulgurgan edi. Mazkur sirli yozuvlar turk xalqiga tegishli ekan. Enasoy hamda O'rxun daryolari havzalaridan topilganligi uchun ular o'rxun-enasoy yozuvlari deb atala boshlandi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma'lum.
Eramizning XI asrlaridan boshlab qorluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va Qoraxoniylar sulolasi hukmronligida-gi o'zlarining davlatlarini tashkil etdi. Qoraxoniylar Sirdaryo havzalari hamda Somoniylarga qarashli bo'lgan Buxoro va Samarqandlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.\Qoraxoniylar davlati mayda uyg'ur qabilalarini hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig'idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yerlarni o'ziga bo'ysundirgan holda X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi.Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning sharqda uyg'ur madaniyatining va g'arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyatining birlashtirili-shi uning yozma madaniyatida ham o'z ifodasini topdi. -Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgor-liklaridan biri Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» nomli qomusiy asaridir JBu asar turkiy tillarning o'sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xu­susiyatlari haqida to'la ma'lumot beruvchi qimmatli man-badir. Shu bilan birga turkiy xalqlarning xalq og'zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asardir.Mahmud Koshg'ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o'rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo'nalishiga asos soldi..( Qoraxoniylar davriffing ikkinchi yirik yozma yodgorli-gi — bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik» («Baxt kel-tiruvchi bilim») asaridir./Bu asar yirik badiiy-tarbiyaviy asar bo'lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Xo'ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ah­mad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarlari shu davr-ning eng buyuk adabiy durdonalaridir.(Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osi-yodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos boigan til sanaladi va shuning uchun bu davr tili ko'pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy til deb yuritiladi.'?
Mahmud Koshg'ariy Chindan tortib to Rumga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida shunday deb yozadi:
— Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug'lari bor. Men bulardan asosiy-larini — ona urug'larini yozdim, shaxobchalarini tashladim.
«Devonu lug'atit-turk»dagi ma'lumotlarga qaraganda, o'sha davrda bajanak, qipchoq, o'g'uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg'iz, chigil, tuxsi, yag'mo, ig'raq, uyg'ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan «eng yengili — o'g'iz, eng to'g'risi, yaxshi-si — yag'mo, tuxsi, eng ochiq, ravon til — haqoniy oikasida yashovchilarning tili» ekanligi ta'kidlangan.Eski turkiy til eski o'zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o'rin tutgan.Ko'kramak — na'ra tortmoq Sandilach — sa'va Qirg'ilach — qaldirg'och Sandug'ach — bulbul Elig — hukmdor Bo'gu — dono Al — qizil Ko'ni — to'g'ri, rost, haqqoniy
Qoraxoniylar davri adabiy tili o'zbek tilining shakllani­shi uchun ham asos bo'ldi. Bu davrdagi ikki adabiy til an'anasi sharqiy (qorluq-uyg'ur) adabiy tili va g'arbiy (qipchoq-o'g'uz) adabiy tili o'zbek tilining shakllanishida xizmat qildi. j7)
Xusiisan, g'arbiy til an'anasida yozilgan Qui Alining «Qissai Yusuf» dostoni (1239-yil) hamda sharqiy til an'anasida yozilgan Rabg'uziyning «Qisasi Rabg'uziy» (1309—1310) asarlari o'zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir. A. Borovkovning e'tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o'zbek tilining yorqin namunasidir. «0'g'uznoma», «Tafsir» (Qur'onning so'zma-so'z tar­jimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar), Qutbning «Xus-rav va Shirin», Sayfi Saroiyning «Guliston», Xorazmiy-ning «Muhabbatnoma» asarlari eski o'zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalardir.
Arab, fors-tojik tillariga xos bo'lgan fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar eski o'zbek tiliga ko'plab o'zlashdi. Bu davrda o'zbek qabilalari boshqa qabilalarga nisbatan si-yosiy hayotda yetakchilikni o'z qo'llariga ola boshladilar.
(P'zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdin-ning «Mo'g'ullar tarixi» asarida atoqli ot ma'nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo'shin boshliqlaridan biri O'zbektoy deb atalg anjO'zbek degan so'zning «6'ziga bek», «otliq qo'shin», «sod-da», «to'g'ri», «insofii», «saxiy», «odamoxun», «diltortar», «suyukli» kabi ma'nolari ham mavjud. O'zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig'atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo'lib qolishi Sha yboniyxon boshchiligidagi o'zbek urug Manning Markaziy Osiyoda o'troqlashuvi, hokimiyatni o'z qo'llariga olishi bilan bog'liq.
O'zbek tilining takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lut-fiy singari o'nlab, yuzlab so'z ustalari xizmat qilgan bo'lsalar, Mavlono Alisher Navoiy uning obro'yini dunyoga tanitdij Navoiy davri va Navoiygacha bo'lgan davrda o'zbek tili turk lafzi, turkiy til nomi bilan yuritilgan. XVI asrdan o'zbek urug'larining nomi butun xalqning nomiga aylanib ketdi. Shuningdek, o'zbek tili mo'g'ullar bosqinidan so'ng shu yerga egalik qilgan Chig'atoy nomi bilan, rus bosqini davrida esa ruslar tomonidan sart tili nomi bilan ham yuritilgan.
| Eski turkiy tildan ajralib to hozirgi o'zbek tilining shakl-lanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo'lgan o'zbek tili eski o'zbek tili deb nomlanadi!""/Demak, [eski o'zbek tili XII—XIII asrdan to XX asr-ning boshlarigacha bo'lgan o'zbek tili tarixini o'z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o'zida mujassam etadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog'iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon Holmuhammad o'g'li Furqat, Muhammad Aminxo'ja Muqimiylarning eski o'zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xiz-matlari katta. jAyniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi. U o'zbek tilini xazina deb bildf./ Bu xazinani ilonlar va tikonlar o'rab turganligini ta'kidladi. Navoiy eski o'zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikon»lardan tozalab berdi. Eski o'zbek adabiy tili hozirgi o'zbek adabiy tilining vu-judga kelishida muhim bosqich sanaladi.



Yüklə 39,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə