Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/120
tarix12.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#148728
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
Organoleptik usuli.
Sabzavot mahsulotlari sifatini aniqlashda asosiy usul 
hisoblanadi. Bu usulda kishining sezgi organlari ulchash asboblari (ko’rish, ta’m 
va hid bilish, eshitish, qattiqlikni sezish va boshqalar) bo’lib xizmat qiladi. 
Organoleptik usul oddiy bo’lib, maxsus asbob-uskunalar talab qilmaydi. Shu 
bilan birga usulning bir qator kamchiliklari ham bor. Bu usulda mahsulot sifatini 
aniqlashda sifat saqlash nisbiy xarakterga ega bo’lib, u to’g’risida to’liq 
ma’lumotga ega bo’linmaydi. 
Organoleptik usulda mahsulotning sifatini aniqlashda mahsulot partiyasi 


39 
ko’zdan kechiriladi va shundan keyin idishlar yuvilib mahsulotning ahvoli
ko’rinishi, ham-kichikligi, rangi va tusi, hidi, xushbo’yligi, ta’mi kabilar 
aniqlanadi. Mahsulotni organoleptik baholashda joyning yorug’ligi, mahsulotni 
tekshiruvchilar soni va sinovchining malakasi kabi omillar ham ta’sir ko’rsatadi. 
Mahsulotning sifatini organoleptik usulda aniqlashda etalonlardan va standart 
namunalardan foydalaniladi. Etalon va standart namunalar har yili davlat standart 
talabiga muvofiq tuziladi. 
Hisoblash usuli.
Mahsulotning sifati bu usulda nazariy va empirik 
ko’rsatkichlarning mahsulot sifati saqlash bilan bog’lanishi orqali amalga 
oshiriladi. Hisoblash usulidan mahsulotni loyihalashtirishda foydalaniladi. 
Mahsulotning sifat saqlash o’rtasidagi bog’lanish ham shu usulda aniqlanadi. 
Qayd qilish usuli.
Mahsulotni muntazam ravishda kuzatish, hodisalarni, 
buyumlarni va xarajatlarni hisobga olish qayd qilish usulining asosi hisoblanadi. 
Masalan, mahsulotning qaytarilishida ulardagi nuqsonlarning soni va hajmi 
hisobga olinadi. Mahsulot sifatini baholashda 39anna shunday axborotlarga e’tibor 
beriladi. 
Sosiologik usuli.
Iste’molchilarning mahsulot sifatiga bergan baholarini 
yig’ish va bildirilgan fikrlarni tahlil qilish asosida uning sifatiga baho berish 
usulidir. Bunda iste’molchilarga anketalar tarqatiladi, fikrlari so’rab olinadi, 
maxsus konferensiya, yig’ilishlar, degustasiya, ko’rgazmalar o’tkaziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə