Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


Tabiat - polyarli moddalarni hujayraning ichiga kirib



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Tabiat - polyarli moddalarni hujayraning ichiga kirib
kelish muammosini qanday qilib yechgan? 
Evolutsiya davomida 
polyarli moddalarni hujayra membranalari orqali transport bo‘lishining 
maxsus mexanizmlari shakllangan. Bunday mexanizmlaming asosida 
transport oqsillari yotadi. Ular hujayra membranalarida shunday 
joylashganlarki, ulami polipeptid zanjirlari lipidlami bimolekular 
qavatini bir necha marotaba teshib o‘tgan (31-rasm). Shuning uchun 
ham transport oqsillari transmembranali oqsillar hisoblanadi.
31-rasm,
Transport oqsil
polipeptid
zanjirlarini
hujayra
membranalari
lipidlarining
biomolekular
qavatida
joylanishi.
Transmembranali oqsillar ikki guruhga bo‘linadi. Bular tashib 
o‘tkazuvchi oqsillar va kanal hosil qiluvchi oqsillardir (32-rasm).
Tashib o‘tkazuvchi oqsillar moddalarning molekulalarini lipidli
qavat orqali tashib o‘tkazadi. 
Birinchi navbatda, tashib o‘tkazuvchi 
oqsil molekulasi, tashib o‘tkazilishi kerak bo‘lgan modda molekulasi 
bilan spetsifik bog‘lanadi. Barcha tipdagi tashib o‘tkazuvchi oqsillami 
molekulalarida tashib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan moddani bog‘lab 
olishga mo‘ljallangan ma’lum qismlari bo‘ladi.
53


Transport qiluvchi 
molekula
32-rasm. Hujayra membranasini transport oqsillari: 1
-
kanal hosil qiluvchi
oqsillar; 2-3 - tashib о ‘tkazuvchi oqsillar.
Keyin tashib o‘tkazuvchi oqsilni molekulasi o‘zining konformat- 
siyasi (uchlamchi strukturasi)ni shunday o‘zgartiradiki, u bilan bog‘Ian- 
gan molekulada membranani lipid qavatidan o‘tib olish imkoniyati 
tug‘iladi. Ular bu jarayonga membrana bilan bog‘langan fermentlar 
sifatida ishtirok etib, passiv yoki faol membrana transporti mexanizmlari 
asosida ishlaydi. 
Kanal hosil 
qiladigan oqsillar teshikchalami 
shakllantiradi va ular orqali ionlar hamda boshqa noorganik moddalar 
o‘tib turadi (33-rasm).

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə