Pedagogika kolleji bo’limining ish jarayonlarini o’rganish


Davlat Pedagogika kolleji muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik ta’minoti



Yüklə 101,44 Kb.
səhifə6/9
tarix23.12.2023
ölçüsü101,44 Kb.
#156749
1   2   3   4   5   6   7   8   9
pedagogika kolleji hisobot

Davlat Pedagogika kolleji muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik ta’minoti
Muassis yoki u vakolat bergan organ davlat Pedagogika kolleji muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida bo‘ladi. Muassasa o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat Pedagogika kolleji muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat Pedagogika kolleji muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
tarbiyalanuvchining davlat Pedagogika kolleji muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining davlat Pedagogika kolleji muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovi miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To‘lov banklar orqali tegishli g‘aznachilik bo‘limlarida ochilgan shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasasiga budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larning jalb etilishi budjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasasida zarur moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatiladi.
Davlat Pedagogika kolleji muassasalarida pullik qo‘shimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qo’shtepa tumani Pedagogika kolleji bo‘limi tasarrufida 2022 yil iyun xolatiga 224 ta Pedagogika kolleji tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan 64 ta davlat Pedagogika kolleji tashkilotlari, 2 ta DXSH, 158 ta oilaviy nodavlat Pedagogika kolleji tashkilotlari faoliyat olib borgan. Tumanda Pedagogika kolleji yoshidagi 3-7 yoshli yoshlar soni 19884 nafarni tashkil etib, 64 ta davlat Pedagogika kolleji tashkilotlarining 426 ta guruhlarida 11210 nafar, nodavlat Pedagogika kolleji tashkilotlarining 186 ta guruhlarida 4790nafar, jami 16000 nafar yoshlar (80,5%) qamrab olingan.

Yüklə 101,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə