Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
2.3.Pedagogning

 
15-
 sahifa
 
“ASSESMENT” METODI 
Metodning maqsadi:
mazkur metod tinglovchilar bilim darajasini baholash, 
nazorat qilish, o„zlashtirish ko„rsatkichi va amaliy ko„nikmalarini tekshirishga 
yo„naltirilgan. Mazkur texnika orqali tinglovchilarning bilish faoliyati turli 
yo„nalishlar (test, amaliy ko„nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, 
simptomlarni aniqlash) bo„yicha tashxis qilinadi va baholanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
“Assesment”lardan ma‟ruza mashg„ulotlarida tinglovchilarning mavjud 
bilim darajasini o„rganishda, yangi ma‟lumotlarni bayon qilishda, amaliy 
mashg„ulotlarda esa mavzu yoki ma‟lumotlarni o„zlashtirish darajasini baholash, 
shuningdek, o„z-o„zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya 
etiladi. 
SHuningdek, 
o„qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o„quv 
maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo„shimcha topshiriqlarni kiritish 
mumkin. 
“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODI 
Metodning maqsadi: mazkur metod tinglovchilarni mavzu buyicha tayanch 
tushunchalarni o„zlashtirish darajasini aniqlash, o„z bilimlarini mustaqil ravishda 
tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar 
darajasini tashhis qilish maqsadida qo„llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg„ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
tinglovchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo„lgan so„zlar,
tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli 
tartibda);
tinglovchilar mazkur tushunchalar qanday ma‟no anglatishi, qachon, qanday 
holatlarda qo„llanilishi haqida yozma ma‟lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga etgach o„qituvchi berilgan tushunchalarning 
to„g„ri va to„liq izohini o„qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan tug„ri javoblar bilan o„zining shaxsiy 
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o„z bilim darajasini tekshirib
baholaydi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə