“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix31.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
67-75

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-8, Issue-1, April - 2022
 
68 
hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog‘ida 60 dan ziyod 
mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan 
buyon IEA o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o‘qish salohiyati 
bo‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni 
bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan 
boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi. 
25-yanvardagi uchrashuvda PIRLS dasturining 2021-yil uchun mo‘ljallangan 
tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan 
katta olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot tomonidan barcha kerakli yordam va 
tavsiyalar berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda PIRLS-2021 tadqiqotlarida 
ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, ya’ni ishtirok etish shartlari
tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga 
qaratilgan yo‘riqnomalar va boshqa ko‘plab vazifalar atroflicha muhokama qilindi. 
PIRLS
tadqiqotlari doirasida turli ta’lim tizimiga ega bo‘lgan davlatlar 4-
sinf bituvchilarining o‘qish sifati va o‘qilgan matnni tushunish darajasi 
o‘rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu bilan
e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning yuqori
darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash qobiliyatini
shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam 
beradi. Ko‘pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. 
Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta’lim 5 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, 
loyihada 4-sinfdan emas 5-sinfdan o‘quvchilar ishtirok etishadi. O‘qish va
matnni tushunish sifati tekshiriladigan o‘quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil
etadi. Sharq mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o‘qishni boshlagani uchun
ulardan 10,7-10,9 yoshdagi o‘quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə