“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix31.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
67-75

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-8, Issue-1, April - 2022
 
74 
Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib, yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu paytda dadasi kelib 
qoldi. O‘g‘lini ko‘rib: «O‘g‘lim, nima qilyapsan?» – deb so‘radi. O‘g‘li yugurib 
kelib, dadasini quchoqlab oldi:
– Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim o‘sha 
kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta 
bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman.
O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. U ko‘z yoshi qilib, otasining 
huzuriga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi. Darrov uni issiq xonaga ko‘chirdi. Kelin ham 
qaynotasini hurmat qila boshladi. Ularning bu ishlaridan ota xursand bo‘ldi 
Otalarimiz bizni yedirish, kiydirish uchun kunu-tun mehnat qiladi, uyimizning 
ustuni va boshidir. Shuning uchun ham otalar uchun boshimizni, borlig‘imizni ham 
baxshida etsak arziydi. Onalarimiz esa, biz uchun o‘z jismu-jonini xatarga qo‘yib, 
bizni dunyoga keltiradilar, shuning uchun ham bor jismimiz, tanu-jonimizni 
baxshida qilsak arziydi. 
Ming yillar ilgari ota-bobolarimiz yog‘ochdan idishlar yasashgan. Bundan 20-
25 yillar avval ham keksa kishilar bunday idishlarni ishlatishgan, ammo hozir
bozorlarda kamdan-kam uchraydi. Yog‘och idishlarning afzalliklari shundaki
chidamli, yengil, issiq emas, hidi yo‘q, ovqatning asl ta’mini saqlab turadi.
Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimda har xil yog‘ochlardan turli 
maqsadda foydalanib kelganlar. Yog‘och o‘ymakorlikda shumtol, eman, arg‘uvon, 
terak, chinor va boshqa daraxt yog‘ochlaridan keng foydalaniladi. Mamlakatimizda 
yog‘och o‘ymakorligi ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq, qarag‘ay, 
chinor, tut, archa, terak, o‘rik kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini 
ishlatadilar.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə