Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»


Qadimgi davr folklori. Xalq afsonalari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Qadimgi davr folklori. Xalq afsonalari
Qadimgi davr folklorlarining asl namunalari bizga qadar saqlanib qolmaganligi. Turli davrlarda ular turlicha oʻzgarishlarga uchraganligi. Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimgi folklorlarining ba'zi namunalari ayrim tarixiy, ijrochilarda, yodnomalarda qisman saqlanib qolganligi.
Turkiy xalqlar mifologiyasi. Mif (asotir) atamasi. Miflar jamiyat tafakkurining badiiy in’ikosi sifatida. “Avesto”ning mifologik asoslari. O‘rxun-enasoy bitiklarida folklor mativlari. Turkiy kitobiy doston va nasriy asarlar (“O‘g‘uznoma”, “Kitobi dadam Qo‘rqut”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibatu-l-xaqoyiq”, “Qissai Rabg‘uziy”)da folklor an’analari. Totemizm, fetishizm, antimizm tushunchalari. Miflarda xalq e’tiqodlarining ifodalanishi.
Afsona va rivoyatlar, ularning hayot haqiqati bilan munosabati. Afsona va rivoyatlarning o‘xshash va farqli nomonlari. Qahramonlik afsonalari, “To‘maris” va “Shiroq” afsonalari. Afsonalarda Vatan tuyg‘usi. Xalq afsonalarida rasm-rusumlar, geografik nomalar, tarixiy voqealarning izohlanishi. Qirqqiz, Guldursun, Hazorasp, Dalvarzon tepa afsonalari.
Xalq dostonlari
Doston oʻzbеk folklorining kеng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma'naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estеtik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tеnglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi idеallari bilan chambarchas bogʻliqdir. Asriy kurashlar va idеallar uning tеmatikasi, gʻoyaviy mazmuni, obrazlar sistеmasi, syujеt va kompozitsiyasi mohiyatini bеlgilaydi.
Turkiy epos va unda doston janrining tutgan oʻrni. Xalq dostonlarining janr tabiati. Dostonlar tasnifi. Doston ijrochilari. Dostonchilik maktablari. Dostonlarda variantlilik, turkumlik masalalari.
Qahramonlik dostonlari, ishqiy-romanik dostonlar, romanik dostonlar, kitobiy dostonlar.
Zamonaviy dostonchilik. Zamondosh doston ijrochilari. «Alpomish» dostoni va uning badiiyati, versiyalari, variantlari, asosiy obrazlar tizimi.

Alpomish” dostoni


“Alpomish”-qadimiy xalq qahramonlik eposi sifatida. Dostonning variantlari va versiyalar. “Alpomish” dostoni haqida munozaralar. Dostonning nashrlaridagi farqlari (1939,1958,1979,1992,1993,1998). Asarga islom dini ta’siri. Dostonning badiiy xususiyatlari. “Alpomish” dostoning o‘zbek xalq og‘zaki ijodida tutgan o‘rni va ahamiyati. «Alpomish» – qadimiy xalq qahramonlik eposi sifatida. Dostonning variant va versiyalari haqida ma’lumot. «Alpomish» dostoni haqida munozaralar tahlili. «Alpomish» dostonining to‘liq matni, nashri va uning ming yillik yubileyi yuzasidan ma’lumot. «Alpomish» dostonida yurt birligi ifodasi. Dostonda mifologik dunyoqarash ildizlarining o‘rni va ahamiyati. Dostonning badiiy xususiyatlari. Dostonning o‘zbek xalq og‘zaki ijodida tutgan o‘rni va ahamiyati.

Go‘r o‘g‘li” dostonlar turkumi


“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va bolaligi”, “Yunus pari”, “Misqol pari”, “Ravshan”, ”Avazxon”, dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.
«Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari. Go‘ro‘g‘li turkumining shakllanish tarixi. Mazkur turkumda o‘zbek xalqining milliy mentaliteti ifodasi. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi», «Ravshan» dostonlari tahlili. Go‘ro‘g‘li xalq orzu qilgan milliy qahramon sifatida.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə