"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Konsultatsiyani bosqichlari



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

 
4-Mavzu: Konsultatsiyani bosqichlari. 
1. Patsient bilan tanishish va suhbatni boshlash.
2.Qayta so`rash. 
3.Konsultativ taxminni tekshirish va ifodalash. 
4.Korrektsion ta`sir.
5.Suhbatni tugatish 
Tayanch iboralar: Konsultatsiyani o`tkazish bosqichlari va strukturasi.Patsient 
bilan tanishish va suhbatni boshlash.Qayta so`rash.Konsultativ taxminni tekshirish 
va ifodalash. Korrektsion ta`sir. Suhbatni tugatish.
 
Psixologik maslahat ishini tashkil etish. Psixologik maslahatni yaratish va 
uning amaliy ishlarini tashkil qilish zaruriyati quyidagi sharoitlarda yo`zaga 
keladi. Birinchidan, u yoki bu tashkilotda ishlovchi ko`pchilik odamlarda 
psixologik xususiyatdagi turli muammolar bo`ladi. Bu muammolarni ular mustaqil 
hal eta olmaydilar. Gap, o`zini bemor deb hisoblamaydigan va vrachga yordam 
so`rab murojaat qilishni hoxlamaydigan lekin psixolog maslahatiga quloq 
tutadigan va uning tavsiyalariga amal qiladigan odamlar xaqida bormokda. 
Jamiyatda yashovchi ko`pchilik odamlarda hayot sharoitlari ancha va o`zoq 
vaqtga yomonlashganda, raqobatchilik keskin ko`payganda va hayot keskinligi 
o`sganda odatda bunday muammolar ommaviy paydo bo`ladi. Bo`larning barchasi 
erkinlik cheklangan va jamiyatni yuqoridan boshqarish bilan totalitar jamiyatdan 


bozor iktisodiyotiga va siyosiy erkinlikka asoslangan jamiyatga o`tishda mavjud 
bo`ladi. 
Ikkinchidan, alohida psixologik maslahatni yaratish ehtiyoji u yoki bu ijtimoiy 
birlikda (jamiyat, tashkilot) o`zining psixologik maslahati mavjud bo`lib, uning 
ishi samarasini oshirish zarur bo`lgan sharoitlar yo`zaga keladi. Bunga odatda 
mutaxassislar faoliyatining yagona tashkilot doirasida tashkil etish va vazifalarini 
taqsimlash hisobiga erishiladi. 
Vazifalarni taqsimlash o`z navbatida ishida chuqur ixtisoslashishni ko`zda 
tutadi, buning hisobiga yo`qsak kasb mahorati va ish sifatini oshirishga erishiladi. 
Amaliy psixologiyada bu psixolog - mutaxassislar orasida -.mida uch faolil"; 
soqasi: psixodiagnostika , psixokorrektsiya psixologik maslahat bo`yicha kasbiy 
vazifalarining taqsimlanishini ko`zda tutadi. 
Ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirish ko`rsatib o`tilgan alohida faoliyat 
sohalari har biri ichida yanada tor vazifalarni ajralishini ko`zda tutadi. SHu 
mazmukda intim - shaxsiy, oilaviy, psixologo - pedagogik va amaliy maslaha 
sohalarida alohida amaliy psixologlar doirasida ixtisoslashish juda to`gri bo`ladi. 
Psixologik maslahat ishlarini tashkil etish masalalariga uni doimiy 
o`tkazadigan xonani tanlash ham kiradi. Agarda psixologik maslahat boshqa 
xonalardan alohida, boshqa ishlar bilan shugullanadigan odamlardan o`zoqda 
bo`lsa yaxshi va qulay bo`ladi. Biroq hozirgi sharoitlarda bunga erishish deyarli 
mumkin emas. 
SHunda boshqacha tamoyillarga amal qilish kerak bo`ladi. Birinchi navbatda 
psixologik maslahat o`tkazish mumkin bo`lmagan joyda uni tashkil etishga iloji 
boricha yo`l qo`ymaslik. Masalan, psixologik maslahat ishlarini bir sharoitda olib 
borish va maslahatchi — psixologning mijoz bilan tinch ishlashiga halal beruvchi 
sharoitlar mavjud korxonalar yaqinida yoki ichida psixologik maslahatni 
joylashtirish mumkin emas. Psixologik maslahatlarni savdo korxonalari yaqinida 
va ichida, tansport yo`llari yaqinida umuman, shovqin bor joylarda o`tkazish 
umuman mumkin emas. Psixologik maslahatlar uchun kasalxonalar va klinikalar 
yaqinida, ularning binolarida esa umuman joylashtirib bo`lmaydi, bunday qo`shni 
bo`lish mijozning xayolida u kasal odam degan fikr paydo bo`lishiga sabab 
bo`ladi. Psixologik maslahatni militsiya bo`limlari, qonunbo`zarlarni hibsda 
ushlash joylari, harbiy va boshqa shunga o`xshash idoralar yaqinida joylashtirish 
mumkin emas. SHahardan o`zoqda, psixologik maslahatni joylashtirish mumkin 
emas, chunki bu mijozlar uchun qo`shimcha qiyinchiliklar tugdiradi, psixologik 
maslahat uchun tinch, yaqin joyni, masalan turar joy binosi yoki ta’lim, madaniyat 
muassasasi binosida xona topilsa juda yaxshi bo`ladi. 
Psixologik maslahat ishini tashkil qilishni yana bir umumiy masalasi - bu 
kadrlarni to`plash masapasidir. Psixologik maslahat ixgisosligi bo`yicha amaliy 


psixologiya sohasida oliy psixologik ta’limga ega odamlar psixolog - maslahatchi 
sifatida ishlasapar juda o`rinli bo`ladi, biroq hozirgi kunda umumiy psixologik 
ta’lim har doim ham bunday ixtisoslikni ta’minlay olmaydi va psixolog 
maslahatchi mustaqil ish boshlar ekan, bu sohada amapiyot davomida o`rganishiga 
to`gri keladi. 
Psixologik maslahatda ishlovchi yordamchi xodimlar ham psixologik maslahat 
to`g`risida va psixolog - maslahatchi ishi to`grisida umumiy bo`lsa ham tasavvurga 
ega bo`lsalar yaxshi bo`ladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə