"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

o`tkazishi
kerak. Mijoz bilan 
gaplashish, psixologik maslahat so`rab kelgan muammosi bo`yicha gap 
boshlashdan avval, mijozning yonida biroz sukut saqlab turish kerak. CHunki bu 
vaqt davomida mijoz biroz tinchlakishi, bo`lajak suhbatta tayyor bo`lishi kerak. 
Mijoz tinchlanganidan va maslahatchini tinglashga psixologik tayyor bo`lganidan 
keyin mijozning muammosi haqida suhbatni boshpash mumkin. Mijo`z bilan 
suhbatni, u bilan inson sifatida tanishish bilan, maslahatlar uchun muxim, lekin 
mijoz kartotekasida qayd etilmagan ma’lumotlardan boshlash kerak. Agar zarurat 
to`g`ilib qolsa, maslahatchi o`zi haqida biroz so`zlab berishi ham mumkin. 
Umumiy tanishish yakunlanganidan keyin maslahatchi mijozga uni nimalar 
tashvishlvantirayotganligi to`grisida gapirib berishni taklif etadi va diqqat hamda 
chidam bilan uning gaplarini tinglaydi. Vaqti-vaqti bilan maslahatchi mijozga 
savol berishi, o`ziga keraqli narsani aniqlab olishi mumkin, lekin mijozning fikrini 
iloji boricha bo`lmaslik kerak. CHunki u o`z dardini to`lik aytib berishi kerak. 
Maslahatchi fikrini jamlab olishi, mijoz esa maslahatchini diqqat bilan 
tinglashga tayyor bo`lishi uchun zarur bo`lgan kichik bir tanaffusdan so`ng, 
barchasini psixolog- maslahatchi mijozga tushuntirib aytishi kerak. Keyin suhbatni 
psixolog-maslahatchi davom ettiradi. Mijoz endi maslahatchini tinglashi va agar 
xohlasa o`zini qiziqgiruvchi savollar berishi, o`zining gaplariga qo`shimchalar 
kiritishi mumkin. Bundan tashqari maslahatning bu qismida mijoz psixolog 
maslahatchidan eshitgan gaplar to`grisida o`z fikrini aytishi mumkin. Ba’zida 
mijoz o`zi va o`z muammosi to`g`risida aytib berganlari psixolog - maslahatchi 
uchun yetarli bo`lmasligi mumkin. Mijozning muammosi mohiyati va yechimiga 
nisbatan to`g`ri xulosa chiqarish va asosli tavsiyalarni ifoda etish uchun psixolog-
maslahatchiga qo`shimcha ma’lumotlar kerak bo`ladi. Bunday hollarda o`z fikr va 
xulosalarini ifoda etishdan avvap psixolog-maslahatchi mijoz bilan yoki mijozda 
yo`zaga kelgan muammoga aloqasi bo`lgan boshqa, ya’ni maslahat uchun foydali 
ma’lumot bera oladigan shaxslar bilan qo`shimcha suhbatlar o`tkazadi. 
Maslahatchi mijozning muammosi to`g`risida boshqa shaxslar bilan 
suhbatlashmoqchi ekanligi to`g`risida oldindan mijozning o`ziga aytishi va 
undan ruxsat so`rashi kerak. Ba’zida mijozning muammosi bo`yicha qaror 
qabul qilishi uchun psixolog-maslahatchiga qator psixologik testlar 


yordamida mijozni qo`shimcha o`rganishi kerak bo`ladi. Bunday holatda u 
mijozga psixologik test nimalardan iborat bo`lishi, qancha vaqt kerak 
bo`lishi, qanday o`tkazilishi va qanday natijalar berishi mumkinligini 
tushuntirib, shunday tek- shirish o`tkazish zarurliginy aytish kerak. 
Psixologik tekshi- rish natijalari qaerda va kim tomonidan yoki qanday 
foydalanishi mumkinligi to`g`risida oldindan aytish ham muhim hisoblanadi. 
Agarda mijoz psixologik testlar o`tka- zishga rozilik bermasa, psixolog - 
maslahatchi uni majburlashi kerak emas. SHu bilan birga agarda, haqiqatan 
xam shunday bo`lsa, u mijozga psixologik testlardan voz kechishi, 
muammoni tushunib yetishi va uni hal etish to`g`ri yo`lni topishni 
qiyinlashtirishi mumkinligi to`g`risida ogohlantirib qo`yishi kerak. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə