"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


Mijozni kutib olish amallari



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Mijozni kutib olish amallari 
Mijozni kutib olishda psixolog-maslahatchi bajaradigan, shu jumladan, u bilan 
avvalo salomlashish, maslahat o`tkazish paytida o`tirishi kerak bo`lgan joyga olib 


kelish kabi maxsus harakatlarni o`z ichiga oladi. Bu amallarga psixolog-mas- 
lahatchining mijoz bilan gap boshlashi paytida mijozga nisbatan o`z o`rnini 
tanlashi, maslahatchining mijoz bilan psixologik aloqa o`rgatish uslublari, 
psixolog-maslahatchi aytadigan birinchi so`zlar kiradi. 
Keyingi «psixologik maslahatlar texnikasi» deb atalgan bobda ko`rsatilgan 
uslublarni to`laroq, keraqli misollar asosida ko`rib chiqamiz. 
Psixologik maslaxatlar uchinchi bosqichida empatik tinglash deb ataluvchi 
amaldan hamda mijozning fikrlashi va xotirasini faollashtirish, mijoz fikrini 
mustahkamlash, yorqinlashtirish amali va psixodiagnostik amallardan keng 
foydalaniladi. Empatik tinglash amali bir-biriga bog`liq ikki holatdan iborat: 
Empatiya va tinglash, ular ushbu holatda bir-birini to`ldiradi. Tinglash 
psixolog-maslahatchi o`zining fikrlari va hayajonlarini vaqtinchalik esdan 
chiqarib, o`z diqqatini to`laligicha mijozga, uning gaplariga qaratishdan iborat. 
Empatik tinglashning vazifasi psixolog-maslahatchi mijoz unga gapirayotgan 
gaplarini shaxsan qabul qilishi hamda barchasini oxirigacha tushunishga va 
mijozning o`zi kabi o`ylash va sodir bo`layotganlardan tashvishlanishga yordam 
beruvchi ancha chuqur va emotsional tushunishdan iborat bo`ladi. (tinglashning 
empatik holati). 
Mijozni empatik tinglash paytida psixolog maslahatchi bir vaqtning o`zida o`z 
rolida qola turib, o`zini mijoz bilan psixologik o`xshatadi. Mijoz gapirayotganlar 
haqida o`ylash, taxmin qilishni, fikr yuritishni davom ettiradi. Biroq bu alohida 
fikrlash hisoblanadi. Bunday fikrlash jarayonida psixolog maslahatchi mijoz 
obraziga kirib, uning gaplarini o`zida psixologik baholash va tushunishga harakat 
qilib mijozni o`z o`rniga qo`yib ko`radi. Mana shunga empatik tinglash deb 
ataladi. Bu psixologik maslahatning ikkinchi bosqichi asosiy amali sanaladi. 
Mijozni fikrlashi va xotirasini faollashtirish amali deganda, ularni qo`llash 
natijasida mijozning kognitiv jarayonlari, xususan muhokama etilayotgan 
muammo, uni to`g`ri amaliy hal etish bilan bog`liq bo`lgan mijozning xotirasi va 
fikrlashini faollashtiradigan, yanada mahsuldor bo`lib qoladigan uslublar tizimiga 
aytiladi. Ushbu amalni qo`llash natijasida mijoz uning muammosi bilan bog`lik 
xulosalar va faktlarni aniqroq va to`laroq eslay boshlaydi. O`zi va uni diqkat bilan 
tinglayotgan psixolog-maslahatchi uchun avval ongida yashirin bo`lgan holatlarni 
ochadi. Fikrlashni faollashtirish amaliga tinglab tasdiqlash, mijoz aytgan gaplar 
to`g`risida ma’lum, ko`pincha ijobiy munosabatni bildirish uslublari, mijozda 
aytgan gaplarini to`g`ri ifoda etishda qiyinchiliklar yo`zaga kelganida unga amaliy 
yordam ko`rsatish kabi usullar kiritilishi mumkin. Bunga mijozning o`zini 
dovdiratib qo`yadigan nutqidagi tutilishlarni psixolog- maslahatchi to`ldirishi, 
uning gaplari bir tekis bog`liqligini ta’minlashi va psixologik to`siqlarni 
yo`qotishi, mijozga esa bundan keyin nimalar to`g`risida gapirishini eslashga 


yo`nal- tiruvchi, mijozning xotirasi va fikrini rag`batlantiruvchi savollarni kiritishi 
mumkin. 
Mijozning 
o`zi 
psixolog-maslahatchiga 
qanday 
tushuntirib 
berayotganidan qoniqmagan paytlarda ko`pincha shunday amallardan foydalanish 
zarur bo`ladi. Psixologik maslahat o`tkazish to`rtinchi bosqi- chida quyidagi 
amallardan foydalanish mumkin bo`ladi: ishontirish, tushuntirish, o`zaro mos 
keladigan yechimni izlash. aniqlik kiritish, har tomonlama puxta o`ylab chiqish. 
Bu amallarning barchasi psixolog-maslahatchining mijoz bilan birgalikdagi ishlab 
chiqilgan maslahatlar va tavsiyalarni uning ongiga yetkazish bilan bog`liq bo`ladi. 
Bu amallardan maqsad, psixolog-maslahatchi chiqargan xulosa va yechimlarni 
mijoz to`la va chuqur tushunib yetishiga hamda mana shu yechimlarni bajarishga 
uni yo`naltirishga erishishdan iborat. 
Ishontirish- bu psixolog-maslahatchi mijoz bilan o`zoq vaqt davomida ishlashi 
natijasida taklif etgan tavsiyalari to`g`riligini mijozga mantiqiy aniq asoslarda 
isbotlab berishga asoslanadi. Ishontirish asoslarini faktlar, mijoz uchun tushunarli 
va yetarlicha ishonarli isbotlash mantiqini o`z ichiga oladi. 
Tushuntirish - bu muammolar sababli psixolog-mas- lahatchida yo`zaga 
keladigan fikrlarni keng, aniq bayon etish, mijozga tushuntirishni o`z ichiga 
oluvchi amaldir. Bu yerda psixolog-maslahatchi ataylab mijoz tomonidan o`ziga 
turli savollar keltirib chiqarishga va bu savollarga aniq, tushunarli javob beradigan 
tarzda mijoz bilan suhbat tashkil qiladi. U javoblarni taklif etar ekan, psixolog-
maslahatchi shu vaqt mijozni diqqat bilan ko`zatadi va mijozga aytilayotgan 
gaplar unga tushunarli ekanligini tasdiqlovchi aniq belgilarni unda ko`zatadi. 
Psixolog-maslahatchi tomonidan to`rtinchi bosqichda foydalanilgan amallar 
qo`llaniladi. Biroq bu gal ular mijozni maslahatchidan olgan tavsiyalarini amaliy 
bajarishdan kutilayotgan samarasini baholashga taallukli bo`ladi. Bu yerda 
mijozda muammo albatta, hal eti- lishiga ishonchi hamda maslahatlardan keyin 
darhol o`z muammosini amaliy hal qilishga kirishishga tayyorgarligini 
mustahkamlash amali maxsus hisoblanadi. Ushbu bosqichda ishontirish, uqtirish, 
emotsional-ijobiy ragbatlantirish va qator boshqa uslublarni ham qo`llash mumkin. 
Nazorat savollari. 
1.
Samaradorlik tamoyili nima? 
2.
Mijoz bilan ishlash necha bosqichda amalga oshiriladi? 
3.
Ishontirish bosqichida psixolog nimalarga e’tibor berishi lozim? 



Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə