"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

1.
 
Mijozga sezdirmasdan xonadan barcha begonalarni, masalan, sekretar-
laborant, yordamchini chiqarib yuborib mijoz bilan yakkama-yakka qolish. Har 
doim bu ishni muloyimlik bilan amalga oshirish mumkin. 
2.
 
Bu holatda aksincha yo`l tutish ham mumkin. Maslahatlar xonasiga mijozga 
ancha yaqin bo`lgan, uni tinchlantira oladigan va psixolog maslahati bilan suhbatni 
osonlashtiradigan biror kishini taklif qilish mumkin. U kishini mijozning yoniga 
yoki psixolog-maslahatchi va mijozning o`rtasiga o`tqazish mumkin. 
3.
 
Mijoz bilan suhbat boshlaganda psixolog-maslahat- chining o`zi mijoz bilan 
qiyinchiliksiz oson va erkin gaplasha olishi muhim. A
KC
holda uning shaxsiy 
hayajonlanishi, asabiy- ligi va ishonchsizligi mijozga ham o`tishi mumkin. 
Mijoz bilan suhbat boshlaganda psixolog-maslahat- chining o`zi mijoz bilan 
qiyinchiliksiz oson va erkin gaplasha olishi muhim. A
KC
holda uning shaxsiy 
hayajonlanishi, asabiy- ligi va ishonchsizligi mijozga ham o`tishi mumkin. 
Hayotda, har bir insonda, shu jumladan tajribali psixolog-maslahatchida ham 
odamlar bilan munosabatlarda qiyinchiliklar uchrab turishi mumkinligi sababli 
endi bosh- layotgan psixolog-maslahatchiga o`zi ham muloqatlar treningidan 


o`tishi, iloji boricha o`zidan mana shunday muammoni yo`qotishi yoki 
kamaytirishi tavsiya etiladi. Mijoz bilan uchrashuv oldidan u bilan bo`ladigan 
suhbatni, ayniqsa boshlanish qismini mashq qilib olish foydali bo`ladi. 
O`zini kommunikativ malaka va ko`nikmaparini takomillashtirishi uchun 
psixolog-maslahatchiga mijoz bilan psixologik maslahatda uchrashganda unga 
foydali bo`ladigan quyidagi nutqiy odob qisqa shakllarini o`zlashtirib olishi 
tavsiya etiladi: Insonlar bilan salomlashish va xonaga kirishni taklif etish shakllari: 
- assalomu-alaykum; 
1.
kiring, marhamat; 
2.
xayrli kun; 
3.
keling, kiring; 
4.
kelganingizdan xursandman; 
5.
marhamat o`tiring; 
6.
xush kelibsiz. 
Uchrashgan paytda quvonchini ifoda etish shakli: 
7.
qanday yoqimli uchrashuv; 
8.
sizni ko`rganimdan xursandman; 
9.
nihoyat sizni ko`rayapman, juda xursandman; 
10.
sizni ko`rganimdan juda xursandman. 
Tanishish shakllari 
11.
men siz bilan tanishmoqchiman; 
12.
keling, tanishaylik; 
13.
tanishib olaylik; 
o`zimni tanishtirishimga ruxsat eting; 
ismingiz? Marhamat o`zingizni tanishtiring. 
Odamga savol bilan murojaat etish shakli 
14.
iltimos, aytingchi; 
agarda sizga qiyin bo`lmasa... 
15.
kechirasiz, siz ayta olmaysizmi... 
16.
sizdan so`rasam bo`ladimi... 
17.
marhamat qilib menga aytsangiz... 
18.
aytolmaysizmi. 
Bu uslublarga quyidagilar kiradi: 
bir necha vaqt mijozni bir o`zi bo`lishiga imkon berish. Masalan, bir necha daqiqa 
hech kim bilan gaplashmay yakka o`tirishi. Bu vaqtda psixolog maslahatchi o`z 
xonasida biror ish bilan mashgul bo`lishi yoki bir necha daqikaga chiqib ketishi 
mumkin; 
mijoz 
xonada 
o`tirib 
maslahatchi 
bilan 
bo`ladigan 
suhbatga 
o`zini 
tayyorlayotganda, maslahat xonasida yoqimli musi- qa qo`yish mumk sh. 


Suhbat paytida mijozning qo`liga biror bir katta bo`lmagan yoqimli predmetni, 
masalan o`yinchoqni berib qo`yish. 
Psixolog maslahatchi bilan suhbat paytida, biror bahona o`ylab topish, masalan, 
psixolog-maslahatchiga kichik bir iltifot ko`rsatish, yordam qilish asosida mijoz 
o`z qo`llari bilan qandaydir harakatlarni bajarishini taklif etish. 
Yuqorida aytib o`tilgan harakatlarni amalda, turli kombinatsiyalarda, alohida 
bir-biri bilan turli birliklarda qo`llash mumkin. Mijozda psixologik keskinlikni 
yo`qotish va dardini ifoda etish bosqichida uning hikoyasini faollashtirish. 
Psixolog - maslahatchiga yo`naltirilgan mijozning o`zi va o`z muammolari 
haqidagi to`la, ochiq, samimiy, emotsional mazmunli hikoyasini psixologik 
maslahatda dardini izhor etish deb ataladi. 
Mijozning dardini aytishi uchun asosan, psixologik maslahat o`tkazish boshida 
qo`llaniladigan yuqorida aytib o`tilgan uslublardan tashqari, dardini aytish 
davomida qo`llanila- digan psixolog-maslahatchining quyidagi amaliy harakatlari 
yordamida qulay psixologik muhitni yaratish mumkin. 
1. Dardini aytish vaqtida mijozning aytayotgan gaplari va qilayotgan 
harakatlarini verbap qo`llab-quvvatlab turish - bu uslubni tushuntirib o`tish talab 
etiladi. Ba’zan maslahat paytida mijoz psixolog-maslahatchi noto`gri deb 
hisoblay- digan gaplarni aytishi mumkin. Masalan, psixolog-maslahatchiga
o`tkazilayotgan maslahatga, sharoitga to`la asoslanmagan da’volarni aytishi 
mumkin. Agarda mijoz ushbu savollarni darhol muhokama qilishni, bundan 
tashqari u qo`yilgan masalalarni hozirning o`zidayoq hal etishni talab etsa, unda 
psixolog-maslahatchi quyidagicha yo`l tutishi mumkin: 
a.
Maslahatni vaqtinchalik to`xtatadi va iloji boricha janjalli savollarni tezroq 
hal etishga harakat qiladi; 
b.
Psixologik maslahatni qoldiradi va uni boshqa mos keladigan, barcha 
masalalar hal etib bo`linganidan keyingi vaqtga ko`chiradi; 
c.
Mijozdan muloyimlik bilan kechirim so`rab, maslahatlar nima uchun 
to`xtatshtganligi va qo`yilgan masalalarni nima uchun hal eta olmasligiggi, 
da’volari esa qoniqtirilishini tushuntirib, psixologik-maslahatni bundan keyin 
davom ettirishdan umuman voz kechadi. 
Agarda mijoz psixolog-maslahatchiga maslahag o`tkazish sharoitlari to`gridan-
to`g`ri aloqador bo`lmagan, lekin muhokama etilayotgan muammo mohiyati bilan 
bog`liq gapni gapirayotgan bo`lsa, bunday holatda maslahatchi mijoz qo`ygan 
masala bo`yicha suhbatga qo`shilishi mumkin. Unga qaramay dardini aytish 
paytida iloji boricha psixolog-maslahatchi biror-bir masa- lada mijoz fikriga 
qo`shilmasligini aytgani ma’qul bo`ladi. Yaxshisi, mijozga e’tiroz bildirmay, balki 
quyidagicha yo`l tutish kerak: 


Mijozning gaplari va harakatlarini muhokamg etishl i e’tiroz bild' oishini talab 
etuvchi qismlarini o`zi uchun belgilab olib, .mijozning gaplarini diqqat bilan 
oxirigacha tinglaydi. Savollarni muhokama qilishga esa faqat maslahat 
yakunlangandan keyin va mijozni tashvishlantiruvchi asosiy muammo bo`yicha 
karor qabul qilishdan keyin qaytish kerak bo`ladi. 
Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash odatda uning umumiy oliy pedagogik 
ma’lumot olishidan boshlanadi. Bunday ta’lim umumiy psixologiyani, ijtimoiy 
psixologiyani, yosh 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə