"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu:Psixologik konsultatsiyani maxsus muammolari



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

6-Mavzu:Psixologik konsultatsiyani maxsus muammolari. 
Reja: 
1.Shikastlovchi kechinmalarni uyg`unlashtirish.
1.Xavotirlangan patsientlar konsultatsiyasi.
2.Fobiya va qo`rquv holati konsultatsiyasi.
3.Tajovo`zkor va qasoskorlik kayfiyatidagi patsientlar psixologik konsultatsiyasi.
4.“Motivatsiyalashmagan” patsientlar konsultatsiyasi.
5.Yuqori talab qo`yuvchi patsientlar konsultatsiyasi.
6.O`zini- o`zi ayblash holati konsultatsiyasi.
Tayanch iboralar: Xavotirlangan patsientlar konsultatsiyasi. Fobiya va qo`rquv 
holati konsultatsiyasi. Tajovo`zkor va qasoskorlik kayfiyatidagi patsientlar 
psixologik konsultatsiyasi. “Motivatsiyalashmagan” patsientlar konsultatsiyasi. 
Yuqori talab qo`yuvchi patsientlar konsultatsiyasi.O`zini- o`zi ayblash holati 
konsultatsiyasi.
 
 
Insonlar ko‘pincha qo‘rquv holatini xavf- xatar vaqtida, ba’zan biror bir shaxs
oldida, muhim ish va muhim uchrashuvlardan oldin, nizoli vaziyatlarda, o‘qish va 
ishda muvaffaqiyasizlikka duch kelganda, jamoa oldida so‘zga chiqqanda, 
kutilmaganda sodir bo‘ladigan cho‘chituvchi vaziyatlarni boshdan kechiradilar.
Ko‘pincha psixologik adabiyotlarda qo‘rquv muammosi taniqli olimlar
tomonidan keng doirada tahlil qilinib, bu borada ilmiy-nazariy ta’riflar ishlab 
chiqilgan. Keng tarqalgan ta’riflarga ko‘ra: 
Qo‘rquv – sub’ekt o‘zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon yetishi 
mumkinligi haqida, unga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan 
xavf- xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo‘ladigan salbiy hissiy holatdir. 
Kishi qo‘rquv hissiyotiga berilganda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligini 
faqat ehtimoliy tarzda biladi va ushbu (ko‘pincha yetarlicha ishonarli bo‘lmagan) 
taxminga binoan harakat qiladi. Qo‘rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda 
ham bo‘lishi yoki ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda
yoki affektiv holatga tushgan tarzda kechishi mumkin.
Qo‘rquv holati shaxsda psixik jarayonlarning normal kechishiga kata ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu jarayonda sezuvchanlikning o‘ta oshib ketishi yoki pasayishi
vaziyatning mohiyatini tushunmaslik, idrok etishning yomonlashuvi kabi holatlarni 
ko`zatish mumkin. Qo‘rquv tafakkur jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatib, ba’zi 
insonlarda fikrlashning ravonlashuvi va vaziyatdan tezroq chiqib ketishga intilish 
bilan namoyon bo‘lsa, boshqalarda, aksincha, taffakur mahsuldorligining 
pasayishi, nutq va harakatlarda mantiqsizlik aks etadi. Juda ko‘p holatda irodaviy 


soha zaiflashib, inson biror qaror qabul qilishga, vaziyatni nazorat qilishga o‘zida
kuch topa olmay qoladi. Qo‘rquv vaqtida ko‘pincha nutq bo`zilib, tovushda 
titroq paydo bo‘ladi. Qo‘rquv va xavotirlik diqqat jarayoniga ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Odatda, diqqat juda tarqoqlashib, inson o‘z diqqat e’tiborini bir yerga 
to‘play olmay qoladi va ba’zan, aksincha diqqatining barqarorligi oshib, aynan bir 
ob’ektga tomon yo‘naltirilganligini ham ko‘rish mumkin.
A.Kempinski qo‘rquvni keltirib chiqaruvchi holatlarni 4 guruhga ajratadi: 
hayot uchun bevosita xavfli ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ijtimoiy tahdidlar, faollikni 
shaxsan tanlash imkoniyatining mavjud emasligi hamda ijtimoiy muhit bilan 
o‘zaro munosabatlardagi bo`zilishlar. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra qo‘rquvni 
biologik, ijtimoiy, ruhiy va dezintegratsion turlarga bo‘lish mumkin . 
Fobiya - biror vaziyat, hodisa predmetga nisbatan vujudga keladigan
birmuncha turg‘un va asossiz qo‘rquvdir. Fobiya bilan aziyat chekuvchilar 
qo‘rquvlariga sabab bo‘luvchi predmet yoki vaziyat haqida hatto o‘ylaganlarida 
ham ularni vahima qamrab oladi. Fobiya insonlarning normal hayot 
kechirishlariga to‘sqinlik qilib, shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatlariga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Fobiya qo‘rquvdan kuchli va turg‘un holda namoyon bo‘lishi, qo‘rquv
uyg‘otuvchi ob’ektdan qochish istagining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumotlarga qaraganda yer yo`zi aholisining 10- 11 % i turli xil 
fobiyalardan aziyat chekadi. Bu holat insonda kutilmaganda va anglanmagan
sababga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bolalarda qo‘rquv va fobiyalar
ularning jamiyatga, o‘rab turgan olamga moslashish jarayonlarida ko‘proq 
uchraydi. Ko‘rsatilishicha, fobiyalar fantaziyasi yaxshi rivojlangan, 
xavotirlanuvchan harakterga ega bo‘lgan, o‘ziga ishonmaydigan, o‘ziga past baho 
beradigan, muloqatga kirishish malakalari yaxshi shakllanmagan insonlarda 
ko‘proq ko`zatilar ekan. Bu jarayonga irsiyat hamda tarbiya ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Fobiya erkaqlarga qaraganda ayollarda ko‘proq uchraydi. Bu holat 
ayollarning hissiyotga beriluvchanliklari va ko‘pincha agressiyaning ob’ektiga 
aylanib qolishlari bilan bog‘liqdir.
Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, fobiya nasldan-naslga o‘tadi. Ota -onada
biror fobiya mavjud bo‘lgan bo‘lsa, farzandga ham shu holatga nisbatan moyillik 
nasliy yo‘l bilan o`zatiladi, ammo bu moyillik aynan shu fobiya turiga nisbatan 
bo‘lmasligi mumkin.
Fobiyalar inson hayotiy faoliyatining deyarli hamma jabhalarida uchrashi 
mumkin: 
1) Insonning uyda bo‘lish, xo‘jalik ishlari, shaxslararo munosabatlar va 
hokazolar bilan bog‘liq fobiyalar: yong‘in chiqishidan, gaz bilan zaharlanishdan, 
tok zarbasidan (urishidan), suv bosib ketishidan, balandlikdan, ifloslikdan, yuvish 


vositalaridan, dorilardan, maishiy asboblar portlab ketishidan, uyning qulab 
tushishidan, yolg‘izlikdan yoki qorong‘ulikdan qo‘rqish. 
2) Ish faoliyati bilan bog‘liq fobiyalar (hamkasblar va boshliqlar bilan 
munosabatlardan, atrof - muhitdan va hokazolardan qo‘rqish): ishni boshlashdan, 
ishni yo‘qotib qo‘yishdan, yangi mutaxassisligiga mos bo‘lmaslikdan, ish joyida 
shikastlanish yoki baxtsiz hodisadan, nafaqaga chiqishdan, hamkasblari bilan
o‘zaro bir- birini tushuna olmaslikdan, boshliqlardan, nazorat – tekshiruvchi 
tashkilotlardan, muhim mo`zoqaralardan, masg`uliyatni o‘z zimmasiga olishdan 
qo‘rqish. 
3) Insonning shaxsiy, jinsiy hayoti bilan bog‘liq fobiyalar: homiladorlikdan, 
farzandsizlikdan, zo‘rlanishdan, jinsiy yuqumli kasalliklar yuqishidan, turli 
kasalliklar bilan kasallanishdan, qarilikning qiyin kechishidan, soch to‘qilishidan, 
allergik reaktsiyalardan qo‘rqish va boshqalar. 
4) Yashirin fobiyalar: Qarama - qarshi jins vakillaridan; biror illatga berilib 
qolishdan; alkogol, narkotik mahsulotlariga, dori vositalariga va boshqa xil tobelik 
yo`zaga kelishdan; omadsizlikning takrorlanishidan, kimningdir joniga qasd 
qilishdan; o‘ldirilishdan; yopiq joylardan, binolardan, o‘zini o‘ldirishdan, boyligini 
yo‘qotishdan, aqldan ozishdan, o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashuvdan, turli 
ranglardan, ruh va arvohlardan qo‘rqish. 
5) Ota-onalarda kechadigan fobiyalar: o‘z bepushtligidan, homiladorlikdan 
homilaga zarar yetishdan, tug‘ruq og‘riqlaridan, turmush o‘rtog‘i bolani 
sevmasligidan, bolada qandaydir illat aniqlanishidan, unga ziyon yetkazishlaridan 
qo‘rqish.
Yuqorida keltirib o‘tilgan fobiyalardan tashqari bolalar va o‘smirlar, yigit va 
qizlar, erkaqlar va ayollar uchun xos bo‘lgan juda ko‘p fobiya turlari mavjud. 
Ta’kidlab o‘tilganidek, bu holatlarning oddiy qo‘rquv yoki xavotirlik sifatida 
namoyon bo‘lishi tabiiy hol. Ammo shu kabi o‘y – fikrlarning inson miyasini band 
etishi, biror narsadan qattiq qo‘rqish, hatto o‘sha narsaning nomini eshitish yoki 
suratini ko‘rishning o‘zi ham insonning dahshatga tushishiga sabab bo‘lishi va 
eng asosiysi bu qo‘rquvlardan odam o‘z iroda kuchi yordamida xalos bo‘la 
olmasligi fobiyaning harakterli xususiyatlaridandir .
Fobiyalar inson xulqining ba’zi noodatiy holatiga ham sabab bo‘lishi, 
atrofdagilarning nomuvofiq reaktsiyasiga olib kelishi mumkin. Masalan, fobik 
qo‘rquvlar sodir bo‘lishi timsoli mavjud bo‘lgan baxtsizlikdan himoyalanish 
maqsadida o‘tkaziladigan butun boshli marosimgacha bo‘lgan harakatlar, 
ko‘pincha sog‘lom fikr nuqtai nazaridan erish bo‘lgan xulq- atvor ko‘rinishida 
namoyon bo‘lishi mumkin. 


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, fobiya-insonlar 
emotsional sohasining patologik holati bo‘lib, asossiz ravishdagi kuchli qo‘rquv 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə