Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, hulqi, insonlararo
munosabatni o`rganadi. Uning amaliy yo`nalishi tadqiqot predmetining
cheklanganligi
bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida
o`sishiga yordam beruvchi bir qancha jabhalarni o`ziga qamrab oladi va tekshiradi.
Psixoterapiyadan farq qilgan holda, bu yo`nalishlar o`z oldiga maqsad qilib ruhan
nosog`lom odamni emas, balki sog`lom inson shaxsining kamol topishini,
insonning o`zligini anglashiga yordam berishni qo`yadi. Mazkur amaliy
psixologiya yo`nalishida klinik psixologlar va psixolog
konsultantlar fanning
so`ngi yutuqlariga tayanib ish olib boradilar. Jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika
revolyutsiyasi, iqtisodiy o`zgarishlar insonning ruhiy ekologiyasiga ba'zan salbiy
ta'sir qiladi. Agarda bundan salbiy ta'sirlar yig`ilib qolsa, “Toma-toma ko`l bo`lur”
deyilganidek, odamning ruhiyatida o`zgarish sodir bo`lib, ruhiy qusurlik
darajasiga yetishi mumkin. SHuning uchun kasallik paydo bo`lishidan ilgari uning
oldi olinsa, u holda insonning barkamol shaxs bo`lib
yetishuvchiga shart-sharoit
yaratiladi. Bu esa amaliy psixologiyaning vazifasidir.Quyida chet el amaliy
psixologiyasining yo`nalishlari yo`zasidan qisqacha mulohaza yuritamiz.
Mashhur yo`nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab
chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta'limoti bo`yicha insonning asosiy ehtiyoji-
bu seksual (shahvoniy) ehtiyojlardir. Jamiyat ahloq normalarining bu ehtiyojlarga
qarama-qarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruhiy kamchiliklar paydo
bo`ladi, deb hisoblaydi. Z.Freydning
fikricha, bu jarayon ongsiz holda kechadi,
Ya'ni odam o`zida bu narsalar kechayotganini anglab yetmaydi.
Insonning har bir xatti-harakati “U”, “men”, “Mening menligim”lar o`rtasidagi
konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin qilinadi.
“U” - biologik ehtiyojlar, “U”ning tabiati asosan ongsizdir.
“MEN”- tashqi muhit bilan muloqotdan hosil bo`lgan ruhiy to`zilmadir.
“Mening menligim” - ijtimoiy muxit va bu muxit ta'sirlarining to`siqlaridir.
SHu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, Z.Freydning fikricha, kasalliklarni
keltirib chiqaradi.
Psixoanaliz nazariyasi psixodinamik yo`nalish qatoriga kiradi. Psixodinamik
yo`nalish tarkibiga yana Adlerning individual psixologiyasini va Yungning
analatik psixologiyasini kiritish mumkin.
Adler T.-Freydning shog`irdi, keyinchalik undan ajralib, o`z nazariyasini ishlab
chiqqan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan hukmdorlikka intilish hissi ustun
turadi. Bolalikdagi bunday intilish unda o`zini to`liq
anglamaslik hissini paydo
qiladi. Natijada u kattalarga nisbatan o`zini kamsitilgan deb hisoblaydi. Mazkur
psixologik holat odamning bundan keyingi hayotida ko`plab muommalar kelib
chiqishiga sababchi bo`ladi. Ayrim odamlarda bu his kamsitilganlik majmuasini
(kompleksini) keltirib chiqarsa, boshqalarda
esa ustunlik majmuasini
(kompleksini) keltirib chiqaradi. Adlerning fikricha, bu ikki majmua inson
faoliyatining asosidir. Psixoanalizning terapiya sifatida qo`llanilishi murakkab va
o`zoq kechadigan jarayon hisoblanadi.
Psixoanalitik terapiyada 5 ta asosiy holatni ajratib ko`rsatish mumkin:
1. Mijoz bilan chuqur hissiy munosabatga kirishish. Mijoz bu holat kechishida
o`zining ijobiy va salbiy hislarini terapevtga yo`naltirishi uchun imkoniyat paydo
bo`ladi. Buning natijasida mijoz terapevtga o`zining hayot tajribasini proektsiya
qiladi. Masalan, onasini rashk qilgan bo`lsa, terapevtni o`z
otasi deb, ongsiz
ravishda yomon ko`rib qolishi mumkin.
2. Tushlarni talqin qilish. Tushlar, Freydning fikricha, ongsizlik zonasiga
yo`ldir.
3. Erkin assotsiatsiyalar - mijoz bir-biri bilan bog`lanmagan fikrlarni bildiradi.
Terapevt uni erkin holda eshitib turib xulosa ishlab chiqarishi lozim.
4. Terapevt mijoz qarshiliklarini aniqlab, uning sababini tushunib yetishi kerak.
5. Terapevtning tushuntirish natijasida mijoz bolaligida bo`lgan hodisani
ob'ektiv ravishda boshidan kechirganday his etib, hatarsiz oqibatida kasallik yo`q
bo`lib ketishiga olib kelish jarayonidir.
Bixevioristik yo`nalish. Mazkur yo`nalish “Inson faoliyati S-R (stimul-
reaktsiya) orqali kechadi” degan nazariyaning Dj.B.Uotson
tomonidan
rivojlantirishi asosida yo`zaga keladi. Keyinchalik bu formula S-I-R (stimul-
individ-reaktsiya) sifatida o`zgartirilgan.
Bu yo`nalish bo`yicha shaxs-individning qobiliyatlari, hayot tajribasi,
kutishlari va atrof-muhit ta'sirida o`z xulq-atvorlarini namoyon qilish natijasidir.
Dostları ilə paylaş: