"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

 
 
3-mashg‘ulot. 
Maqsad: Guruh a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan diqqat-e’tiborini kuchaytirish
guruh ahilligini oshirish, guruhda hissiy qulaylikni yaratish. 
Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradilar. Guruh a’zolaridan har biri galma-gal ichki 
holatini biron bir harakatlari orqali ifodalab beradi. Guruhning boshqa a’zolari esa 


shu odamning harakatlarini 3 marta qaytaradi va bu jarayonda bu olamning ichki 
holatini iloji boricha his etishga harakat qilishadi.
4-mashg‘ulot. 
«Juftingni top » 
Maqsad: Ishtirokchilarning boshqalarga bo‘lgan diqqat e’tiborini kuchaytirish, 
o‘z holatini namoyon qila olish qobiliyatini rivojlantirish. 
Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradilar. 
Boshqaruvchi ko‘rsatmasi: - «Hozir har biringizga bir hayvonning nomi yozilgan 
qog‘ozlarchalar tarqatilib chiqilgan. 
Odatda bitta hayvonning nomi ikkita qog‘ozga yozilgan. 
Masalan: Agar sizga «tulki» deb yozilgan qog‘oz tushsa bilingki, guruhdagi 
qatnashchilardan yana bittasida shunday qog‘oz bor». 
Boshqaruvchi qog‘ozlarni tarqatib chiqadi (agar guruhda a’zolar soni toq bo‘lsa 
mashqda boshqaruvchi ham ishtirok etgani ma’qul) . 
Qog‘ozingizda yozilgan narsani o‘qing. O‘qiyotgan narsangiz faqat o‘zingizga
ma’lum bo‘lsin. Endi qog‘ozlarni yig‘ishtirib qo‘yish mumkin. Endigi har bir 
odamning vazifasi juftini topish. Bu sharoitda xohlagan tana xatti-harakatlaridan 
foydalanishingiz mumkin. Faqatgina gapirish yoki siz taqlid qilayotgan hayvonga 
xos ovoz chiqarmasligingiz kerak. 
Ya’ni har bir qilayotgan harakatlarimizni indamasdan, tovushsiz bajarishimiz 
kerak, o‘z juftingizni topgandan so‘ng u bilan hech narsa gaplashmay yonma-yon 
turavering. Hamma o‘z juftini topgandan keyin qarorimiz to‘g‘riligini tekshirib 
chiqamiz. 
Mashq so‘nggida juftlar tashkil topgandan keyin boshqaruvchi «Sizlar kimsizlar?» 
deb so‘rab chiqadi. Odatda bu mashq juda quvnoq o‘tadi. Natijada guruh 
a’zolarining kayfiyati ko‘tariladi, ishchanligi oshadi.
Nazorat savollari. 
1.
Shikastlovchi kechinmalarni uyg`unlashtirish psixolog qanday ishlarni 
amalga oshirishi kerak? 
2.
“Motivatsiyalashmagan” patsientlar qanday insonlar? 
3.
Qo’rquv holatini oldini olish uchun qanday choralar qo’llash kerak? 



Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə