"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


Qo‘rquv holatini bartaraf etuvchi psixokorrektsion mashqlar tavsifi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Qo‘rquv holatini bartaraf etuvchi psixokorrektsion mashqlar tavsifi 
Hozirgi kunda fobiyalarning 600dan ortiq turi mavjud ekan, ularni korrektsiya 
qilishda bu holatning yo`zaga kelishiga sabab bo‘luvchi psixologik omillar hisobga 
olingan holatda yondoshiladi. 
Fobiyalarni korrektsiya qilishda psixoanaliz, kognitiv terapiya va boshqa 
psixoterapevtik usullardan foydalanish mumkin. 
Hozirgi kunda fobiyalarni korrektsiya qilishda emotsional obrazli terapiyadan ham 
keng foydalaniladi . Ushbu usul o‘z mohiyatiga ko‘ra fobiyani keltirib chiqaruvchi 
sabablarni tez sur’atda aniqlash va tezda bartaraf etish imkonini beradi. 
Bu metodning eng asosiy ijobiy xususiyati shundaki, bunda terapiya natijasi «shu 
yerda va hozir» qoidasiga muvofiq ayni vaqtning o‘zidayoq aks etadi. 
1)
Ko`zatish - obrazning (obraz deyilganda qo‘rquv ob’ekti nazarda 
tutilmoqda) biror bir salbiy xususiyatiga ko‘ruv, eshituv va kinestetik 
sezgilar orqali diqqat qaratiladi va bu holat ong osti sohasida psixologik 
korrektsiyaga olib keladi. 


2)
Fikriy harakat - bunda shaxs muammosini adekvat hal qiluvchi obrazlar 
bilan fikriy xatti-harakatlar amalga oshiriladi (obrazni yangish va 
yo‘qotishga harakat qilish bundan mustasno). 
3)
Dialog - bunda obraz bilan suhbat quriladi va barcha qiziqtirgan savollarga 
javob olinadi. Bu usulning maqsadi hodisalarning psixologik mohiyatini 
insonga anglatishdir. 
4)
Qarama-qarshiliklarning o‘zaro ta’siri - bunda qarama-qarshi his-
tuyg‘ularni keltirib chiqaruvchi obrazlarning o‘zaro ta’siri ko‘zda tutiladi. 
5)
O‘rin almashtirish - aynan fikriy o‘rin almashtirish nazarda tutilib, bunda 
salbiy obrazlar ijobiy obrazlar bilan almashtiriladi. 
6)
Hissiyotlarni namoyon etish - «bosib qo‘yilgan», yashirilgan his-tuyg‘ularni 
aks ettirish, namoyon etish jarayoni (boshqariluvchi katarsis). 
7)
Obraz hayotini yashab o‘tish-obrazning paydo bo‘lish tarixini va kelajagini 
hayolan bosib o‘tish, tasavvur etish. 
8)
Erkin fantaziya - mijozning obrazga qaratilgan erkin fantaziyasini spontan 
yakun yoki insayt holatigacha qo‘llab-quvvatlash. 
9)
SHaxs xususiyatlari o‘rtasida yangi munosabatlarni tarkib toptirish- 
SHaxsning avval rad etilgan xususiyatini boshqa muhim munosabatlarni 
tarkib toptirish asosida qabul qilish. 
10)
Yangi qarorni ma’lum qilish - salbiy hayotiy qarorni aks ettirgan obrazga 
shaxs o‘zining ijobiy qarori haqida ma’lum qilishi. Bu holat o‘sha obraz 
yo‘qolgunicha davom ettiriladi. 
11)
Salbiy energiya konversiyasi- ilgari salbiy his-tuyg‘ularni yaratish uchun 
sarflangan ijobiy energiyani hayolan qaytarish. 
12)
Paradoksal ijozat metodi - obraz shaxs uchun man etgan tuyg‘u 
va xatti-harakatni amalga oshirishga obrazning o‘ziga ruxsat berish. 
Ushbu emotsional obrazli terapiya usullaridan fobiyalarning turli ko‘rinishlarni
korrektsiya qilishda foydalanish mumkin. 
Sotsiofobiya jarayoni shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosi bilan bog‘liq ekan, 
ushbu holatni korrektsiya qilishda ham shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosini 
ko‘tarish evaziga amalga oshirish mumkin. Buning uchun o‘smirlarda o‘zini 
anglashga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga, o‘z-o‘ziga adekvat baho berishga 
hamda shaxslararo munosabatlarda muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini 
shakllantirishga yordam beruvchi mashqlardan iborat trening mashg‘ulotidan 
foydalanish mumkin. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə