"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

1-mashg‘ulot. 
«Salomlashish» 
Maqsad: Beg‘araz do‘stona munosabatlarga erishish, guruh a’zolari o‘rtasida 
taranglikni yumshatish, ijobiy emotsional muhitni yaratish. 


Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tirib oladilar. 
Boshlovchi ko‘rsatmasi: «Hozir hammamiz o‘rnimizdan turib bir-birimiz bilan 
qo‘l berishib ko‘rishamiz. Qani kim bir daqiqa ichida guruhning ko‘pchilik 
a’zolari bilan salomlashib chiqishi mumkin». Biron bir kishi bilan 2-3 marta 
ko‘rishsangiz ham mayli. Bu mashq bajarilgandan keyin davrada turadi va 
boshlovchi guruhga savol beradi. «Qani diqqat bilan qarangchi, hamma bir-biri 
bilan ko‘rishib chiqdimi? Agarda kimda-kim biron kishi bilan ko‘rishishni esidan 
chiqargan bo‘lsa ko‘rishib olishi mumkin».
2-mashg‘ulot. 
«Mendagi kuchli xususiyatlar» 
Maqsad: Insonning o‘zi haqida ijobiy fikrlashiga yordam berish, o‘ziga bo‘lgan 
ishonchni oshirish. 
Har bir qatnashuvchi o‘zining eng kuchli xususiyatlari: nimani yoqtirish, qadrlashi 
haqida, ichki erkinlikni yaxshi his etish uchun nima qilishi haqida hammaga 
so‘zlab beradi. 
Ko‘rsatma: Qanday xususiyatlar sizda yo‘q sizga xos emas, lekin ularni bo‘lishini 
xohlaysiz? 
Siz so‘zlaringizni qo‘shtirnoqqa olmasdan, ya’ni kimdir so‘zini ta’kidlamasdan 
«balki», «agar», «yoki» so‘zlarini qo‘llamasdan, keskin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr 
bildirishingiz kerak. Buning uchun sizga 3 daqiqa beriladi. 
Tinglovchilar tushunmagan so‘zlarni qaytarishni, tushuntirib berishini iltimos 
qilishlari mumkin, lekin o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin emas. 
Ko‘pchilik vaqtni jim turib o‘tkazish mumkin. Sizning kuchli xususiyatlarni 
bayon qilishingiz shart emas, bunga o‘zingizni ishonchingiz yetarlidir. 
Qatnashuvchilarga tayyorgarlik uchun 3 daqiqa vaqt beriladi, so‘ngra birinchi 
odamga boshlashga ruxsat beriladi. 3 daqiqa o‘tishi bilan rahbar signal chalib 
birinchi 
qatnashuvchining 
vaqti 
tugashini 
bildiradi. 
Navbat 
ikkinchi 
qatnashuvchiga beriladi, uning ixtiyoriga ham 3 daqiqa vaqt beriladi, shu tariqa 
hamma qatnashuvchilarga navbat beriladi. 
SHuning uchun ham bu mashq - bajarilishi davomida qatnashuvchi o‘zining 
kimchiligi, xatolari, sust xususiyatlari haqida gapirmasligiga e’tibor berish kerak, 
ya’ni o‘zini tanqid qilish, o‘zini yomonlashga barham berishi mmkin. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə