"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yondashuvlar



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

7-Mavzu: Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yondashuvlar. 
Reja: 
1.Turli madaniy va etnik olam vakillariga konsultatsiyani joriy qilish.
2.Ayrim madaniy guruh vakillariga konsultatsiyani joriy qilishning o`ziga xosligi 
3.Konsultatsiyada yosh xususiyatlari.
4.Individual va guruhiy konsultatsiya.
5.Oila-nikoh konsultatsiyasi.
6.Mansab masalalariga oid konsultatsiya.
Tayanch iboralar: Turli madaniy va etnik olam vakillariga konsultatsiyani joriy 
qilish. Ayrim madaniy guruh vakillariga konsultatsiyani joriy qilishning o`ziga 
xosligi. 

Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruxlar sharoitida yoki turli guruxlar ta’sirida 
amalga oshiradi. CHunki jamiyatdan chetda kolgan yoki insonlar guruxiga 
umuman qushiilmaydigan individning o`zi yo`q, kishi jamiyatda yashar ekan, u 
doimo turli insonlar bilan muloqatda,o`zaro ta’sirda bo`ladi, bu muloqat jaraenlari 
esa doimo kishilar guruxida ruy beradi.SHuning uchun xam guruxlar muammosi, 
uni o`rganish va guruxlarni shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish insoniy 
psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. 
Psixologik ma’noda gurux- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqat 
hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar 
guruxi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaqlar, 
umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan talabalar guruxi uchun umumiy narsalar 
ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yeshlarga xos birlik, uspirin yeshlarlarga ma’lum 
o`quv yurtida ta’lim olish istagi va xokozo). Ko`chadi biror tasodif ro`y berganligi 
uchun to`plangan kishilar uchun xam umumiy bo`lgan narsa borki bu 
qizikuvchanlik bo`lib, utgan xodisaga guvoxlik unga umumiy munosabatdir. 
Guruxni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir gurux psixologiyasi uni 
tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan fark qiladi va o`ziga xos 
qonuniyatlarga bo`ysunadi. Aynan shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli 
guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir 
Guruxlarning turlari ko`p, shuning uchun xam ularni turli olimlar turlicha 
klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, T.M.Andreevaning «Ijtimoiy 
psixologiya» darsligida klassifikatsiya guruxlarning asosiy turlarini o`z ichiga 
qamrab olgan. Ular har qanday kishilar guruxini avvalo, shartli va real guruxlarga 
bo`ladi. Real guruxlar aniq tadqiqot maqsadlarida to`plangan laboratoriya tipidagi 
hamda tabiiy guruxlarga bulinadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy extiejlari 


asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruxlarning o`zi kishilarning soniga 
qarab katta, kichik guruxlarga bulinadi. Katta guruxlar uni tashkil etuvchilarning 
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va 
uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida endi shakllanaetgan, diffuz 
hamda taraqqiyotning yo`qsak pogonasiga kutarila olgan jamoa turlariga bulinadi. 
Guruxlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muxim xisoblangan turlariga 
ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni maqsad qilib 
kuygan xolda bevosita katta guruxlarningijtimoiy psixologik qonuniyatlarini 
o`rganishga utamiz.
Katta guruxlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularning ilmiy tadqiq qilish 
printsiplari. Katta guruxlar kishilarning shunday birlashmasiki, ulardagi odamlar 
soni avvalo ko`pchilikni tashkil etib, sinfiy, ilmiy, irkiy, professional belgilar, 
ularning shu guruxga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruxlarni tashkil etuvchilar 
ko`psonli bo`lganligi va ular xulk-atvorini belgilovchi mexanizmlarni o`ziga 
xosligi tufayli bo`lsa kerak ijtimoiy psixologiyada olimlar ko`pinchacha kichik 
guruxlarda ish olib borishni afzal ko‘radi. Lekin katta kishilar uyushmasining 
psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siesiy mavko‘raviy axamiyatga ega. 
Bu soxadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, ko`pchilikni 
qamrab olishda qiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchidan tomondan katta guruxlar 
psixologiyasini o`rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. 
Masalan: Ishchilar yoki zielilar sinfi psixologiyasini o`rganish kerak, deylik.
Etnik guruxlar psixologiyasi. 
Ijtimoiy psixologiyada katta guruxlar ichida etnik guruxlar psixologiyasi ya’ni 
etnopsixologiya bo`yicha ko`prok tadqiqotlar o`tkazildi. Ayniqsa xozirgi davrda 
har bir jumxuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavkeini olgan, lekin boshqa 
tomondan karaganda xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar o`rtasida 
muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, ilmiy psixologiya masalalari kun 
tartibida avvalgidan xam muxim masala sifatida kuyilmokda. SHuning uchun xam 
katta guruxlar ichida milliy guruxlarga ko`prok e’tibor berish lozim deb topdik, 
bunday e’tiborning yana bir boisi – O`zbekistonda bu soxada ayrim tadqiqotlarni 
o`tkazilganligi, lekin ular ko`p xolatlarda milliy psixologiya doirasida olib 
chikilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o`rganish mumkin? Bu xozirda, ya’ni 
mustaqil O`zbekiston sharoitida ko`pgina tadqiqotchilarni qiziktirayotgan 
masalasidir. CHunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar 
kutmokdaki, u faqatgina milliy ongga taalukli bo`lgan xozirgi va o`tmishdagi 
xolatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi tomonga 
o`zgarishini, millatlararo sodir bo`ladigan jarayonlarni bashorat kilmogi lozim. 
Buning uchun unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak, 


O`zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta 
e’tibor bermokdalar. Luriya bochiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba 
kozongan O`zbekiston sharoitida turmush tarzining o`zgarishi bilan o`zbek xalki 
psixologiyasining xam o`zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad – bilim 
jarayonining o`zgarganligini isbot qilish bo`lsa xam tadqiqotchilar o`z-o`zini 
anglash va o`z xulk-atvorini analiz qilish borasida xam uyda o`tiradigan ayollar, 
endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar hamda 
pedogogika bilim yurtlarida ta’lim olaetgan qizlar o`rtasida fark bor-yo`qligini 
tekshirishdi. Tadqiqot asosan o`z-o`zini analiz qilish metodi yordamida o`tkazilgan 
bo`lib ayollarga turli savollar orkali o`z shaxsiga xos xususiyatlarini, o`zidagi 
yetakchi sifatlarini aniqlash va ba’zi psixologik xolatlarga baxo berish topshirigi 
berildi. Lekin javoblarning sifati to`liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy 
aloqalar tizimida tutgan o`rniga bog`liq bo`lib chikdi. Uyda utirgan ayollar ko`p 
xollarda qo`yilgan savolni xam anglamasligi ma’lum buldi. Luriya shu narsaga 
ikror buldiki, o`zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog`liq ekanligi, 
tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan: ayollarga o`zidagi yomon 
sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon qushinilarni ko`rsatishar va 
umuman o`z-o`zini baxolashdan ko‘ra boshqalarni baxolash ularga sifat 
harakteristikalari berish ancha oson tuyulardi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik 
xususiyatlarni o`rganishda tarixiy printsipga tayanish lozimligini isbotlash, hamda 
milliy psixologiyani xayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari 
tizimida tutgan o`rniga bevosita bog`liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning 
axamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o`rganishga 
yordam beruvchi metodlar va metodik printsiplar sinab kurilgandi. To`g`ri bu 
tadqiqotda to`plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib 
bo`lmaydi, kolaversa, bu kontseptsiyaning o`zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, 
lekin milliy psixologiya bo`yicha o`tkazilgan kross – tadqiqot sifatida uning 
axamiyati kattadir. Kullangan piktogramma – «so`z portretlari»ni, o`z-o`zini analiz 
qilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadqiqotlarda xam faqat yangicha 
metodologik printsiplarda qo`llash mumkin. 
CHet ellarda va mamlakatimizda kilingan ilmiy ishlarni analiz kilar ekanmiz, 
epnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo`llanilganining guvoxi 
bulamiz. CHunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini urganuvchi turlicha 
testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko`rinishlari 
so`roq metodlari - anketa, intervg`yu, sotsiometriya, metodlari va boshqalar 
ishlatiladi. Bu metodlar xozirgi kunda xam «Madaniy muxit va shaxs» guruxlararo 
munosabatlar hamda kiyosiy tadqiqotlarda qo`llanilmokda. Bunday ishlarni 


faqatgina ijtimoiy psixologik emas, balki umumiy psixologiya bilan 
shugullanuvchi olimlar xam o`tkazmokdalar. Lekin shunday bo`lishiga karamay, 
epnopsixologik metodlarning tankisligi kun sayin sezilmokda. CHunki 
etnopsixologiya muammosi bilan shugullanishni maqsad qilib kuygan har bir 
tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o`zgartirishga yoki bo`lmasa, 
o`zicha yangi metodlarni kashf qilishga majbur bo`lmoqda. Nihoyat, 
etnopsixologik metodlarni qo`llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada 
juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to`plangan metodika Osiyo 
mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani 
ulchamasligi mumkin. Masalan: Ravenning matrik testi va muxit ta’sirlari daxlsiz 
deb xisoblngan. Kettelning intellekt testi xam baribir, qisman bo`lsada, muxit 
sharoitlarini xisobga olishni talab qiladi. Kolaversa ularni sharxlash masalasida 
alohida extiyotkorlik zarur. SHuning uchun xam xozirda butun jahon olimlari har 
qanday madaniy muxitni xam yuqori turadigan, universal test yoki metodika 
yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmokdalar. 
Etnopsixologik tadqiqotlaro`tkazishni maqsad qilib kuygan har qanday tadqiqotchi 
asosiy printsiplar sifatida madaniy muxit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning 
o`zaro bir-biriga ta’sir ko`rsatishini inobatga olishi lozim. Bu narsa etnopsixologik 
tadqiqot dasto`rini to`zishda albatta xisobga olinishi kerak. Misol uchun, 
O`zbekiston sharoitida tadqiqot o`tkazmokchi bulinsa, quyidagi narsalarga 
e’tiborni qaratish lozim: 
1)
SHu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy 
psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; 
2)
Faqat o`zbek millatiga xos bo`lgan umumiy psixologik sifatlar va omillarni 
aniqlash; 
3)
Aniqlashni omillarni yoki psixologik sifatlarni o`lchaydigan yoki 
eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni 
konkret sharoitlarga moslash; 
4)
Tadqiqotchi guruxini tekshirilayotgan milliy gurux tilini, urf-odatini 
biladigan xodimlar bilan ta’minlash. CHunki tadqiqot ob’ekti xisoblangan guruxda 
o`sha gurux tipida tadqiqot o`tkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qo`yilgan har 
bir talab, savol va topshiriklar ular uchun tushunarli bo`lsin. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy gurux psixologiyasini, undagi 
etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo`q, shuning uchun 
xam tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga 
moslash, kerak bo`lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida 
shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, 
so`roqlar, shkalalar, savollarni) tarjima qilish, tarjimondan yo`qsak bilimdonlik va 


professional sifatlarni talab qiladi. Aks xolda metodika o`z qimmatini yo`qotishi 
yoki keraqli sifatni aniqlamasligi yoki ulchamasligi mumkin. Xattoki, verbal 
(ogzaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo`lab, olingan ma’lumotlarni 
sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o`zgarganligi ko`plab 
tadqiqotlarda isbotlangan. SHuning uchun xam har qanday metodik uslubni 
qo`llashdan oldin uni kichikroq gurux doirasida sinab ko`rish va natijalarni 
ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovlar 
o`tkazish yo`li bilan tekshirib olish maqsadga muvofikdir. 
Konkret- etnopsixologik tadqiqotlarga kuyiladigan yana bir talab-tadqiqotni tabiiy 
sharoitlarda tekshiriluvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda qisqa ko`rsatmalar 
berish yo`li bilan o`tkazishdir. CHunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko`pinchacha 
turli yesh, kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar ishtirok etadi. SHuning uchun 
xam ularning barchasiga tushunarli, aniq topshiriklar tizimini to`za olish xam 
psixologlardan qator professional malakalarni talab qiladi. 
2
.Bizning nazarimizda, xozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng 
muximi u yoki bu millat vakillaridagi etnik steriotiplarni tadqiq qilishdir. Bunda 
qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G.U.Ktsaevaning 
yozishicha, bu yerda turt guruxli metodlarni ko`rsatish mumkin:
1 SHkalali ulchov metodlari- ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik 
ustanovkalarni tekshiradi. Masalan: Bagardusning mashxur shkalasi: kiyosiy 
fikrlash yo`li bilan berilgan juftliklar ustanovkalarini har bir tekshiriluvchi 
tomonidan aniq baxolanishga asoslangan. Yoki Laykartning «baxolashlar 
yigindisi» metodi xam u yoki bu millat vakiliga xos ustanovka- fikrlarga 
tekshiriluvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jahon 
mikyosida ko`pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitida moslashtirish 
jixatdan rekord kuygan desak bo`ladi. 
2 Kuzatish va so`roq metodlari- bunda o`sha madaniy muxitga xos bo`lgan uning 
bevosita boyliklari xisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy 
sharoitlar, odatlar, an’analar va xokazolar tashkari urganiladi. So`roq metodlari 
ichida ko`prok anketa usuli qo`llaniladi, bunda xam millat vakilining turmush 
tarzi,avtobiografik ma’lumotlari o`rganilib umumiy xulosa lar kontent-analiz 
qilinadi.Amerikalik olimlar D.Katts va Breylilar so`roq metodining o`ziga xos 
ko`rinishini etnik steriotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan: ularni 
qiziktirayotgan masala bo`yicha imkoni boricha ko`p javoblar ro`yxatini 
tekshiriluvchilarga berib, undan shu javoblar ichidan «o`zinikini» tanlab 
belgilashni surashgan. Bundan tashkari 84 xil sifatni o`z ichiga olgan ro`yxatni o`z 
millatiga va boshqa millatga xos bo`lgan besh yetakchi sifatni ajratib berish 
topshirigini berishgan.. SHu yo`l bilan etnik steriotiplar aniqlangan.


3 Proektiv metodlar- bu guruga asosan Rorshaxning «siyox doglari» testi, 
tematik appertseptsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, 
fotosuratlarni baxolash testi, Lovenfelg`dning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. 
Mavxbum berilgan topshiriklarni bajarish sifati va javoblarni yo`nalishi bo`yicha 
xam turli millatlarga oid steriotiplar urganilgan.
4 SHaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan: 
G.Deyker va N. Friydlarning milliy harakter va xususiyatlarini o`rganishga 
qaratilgan testlar, ular asosan shaxs ta’sirchanligi va xissiy reaktsiyalarni urganadi. 
Bundan tashkari shu gurux testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy 
dunekarashni o`rganish, adolat xissini aniqlash,badiiy did testlari va boshqa testlar 
kiradi 
Ayniqsa, milliy steriotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik 
uslublari bilan urganib chiqish xam juda qimmatli ma’lumotlar to`plash imkonini 
beradi. CHunki til u yoki bu millat vakilining o`zi millatga xos milliy qadriyatlarni, 
steriotiplarni o`zlashtirishda asosiy vosita rolini uynaydi. SHuning uchun xam 
etnopsixolog o`z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchi 
xamkorligida o`tkazadi. 
Yuqorida aytib utilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani 
o`rganishda faqat asosiylari xolos,chunki millatning ko`p kirralik psixik xolatini 
o`rganishda yana ko`plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning 
maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog`liq. 
SHaxslararo munosabatlar doirasida odamlar bir-birlari bilan munosabatda 
bo`lganlarida rolli o`zaro aloqalar ma’lum qoidalarini bo`zishlari natijasida 
ko`plab muammolar kelib chiqadi. Bu qoidalardan ba’zilarini misol tariqasida kel- 
tiramiz: 
Ta’lim tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning eng muxim 
vazifalaridan biri bu o`quvchilar jamoasini shakllantirish va rivojlantirishdir. Bu 
nafaqat u yoki bu ta’lim tarbiya muassasinigina emas konkret o`quv guruxi sinfga 
xam ta’lukli. CHunki kaerda, kaysi jamoada shaxslararo munosabatlar yaxshi 
tashkil etilgan bo`lsa, shu jamoa o`z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni 
muvofakiyatli bajarishga asos yaratilgan bo`ladi. Bunday jamoada o`z-o`zligini 
boshqarishni joriy qilish xam yaxshi samaralar berishi mumkin. Bugungi kun 
o`qituvchisi, sinf raxbarlari, psixologlarini kiynayotgan muammolardan biri bu 
o`quvchilar 
guruxlarida 
shaxslararo 
munosabatlarni 
tashkil 
kila 
bilish 
imkoniyatlarini beruvchi maxsus psixodiagnostik vositalarning yetishmasligidir. 
SHaxslararo munosabatlardan, o`rganish metodlaridan biri, sotsiometriya 
metodidir. Sotsiometriya tushunchasi Amerika olimi J.Moreno tomonidan taklif 
etilgan bo`lib, guruxdagi o`zaro munosabatlarni o`rganish degan ma’noni bildiradi. 
Sotsiometriya metodi turli guruxlarda, jamoilarda shaxslararo munosabatlar 


xususiyatlarini o`rganishning psixologiyada keng qo`llaniladigan eng samarador 
vlsitalaridan xisoblanadi. Sotsilmetrik taxlil ma’lumotlari shaxsning guruxda 
tutgan o`rni, guruxda shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari gurux 
yo`ldo`zlari, gurux lideri (guruxning tan olingan sardori) guruxning yakkalanib 
kolgan (izolatsiyaga) tushib kolgan a’zosi guruxdagi kichik guruxchalar (mikro 
gruppalar) ularning tarkibi, o`zaro munosabatlari va yana qator shu kabi 
ma’lumotlarni olish imkonini beradi, sotsiometrik tadqiqotni o`tkazishda avvalo 
shaxslararo munosabatlarning u yoki bu jixatini baxolovchi muxim mezon tanlab 
olinadi, buning uchun ma’lum bir real vaziyatga taalukli bo`lgan savol to`ziladi. 
Bu savol sotsiometrik mezon bilan xizmat qiladi. Sinaluvchilar shu berilgan 
savollarga o`zlariga shu guruxdan shirik tanlash bilan javob berishlari kerak 
bo`ladi. 
Sotsiometrik mezon bilan tadqiqot maqsadiga mos tushgan xolda 
shaxslararo munosabatlarning ma’lum bir jixatiga qaratilgan bo`lishi lozim. 
Sotsiometrik mezonlarni shartli ravishda quyidagicha bo`lish mumkin. 
1.
«Agar sen sinf (gurux) boshligi bo`lsang, biron bir jiddiy 
vazifani, topshirikni bajarish uchun ajratilgan gurux tarkibiga 
kimni kiritgan bo`lar eding». 
2.
Funktsiyali (funktsional) «Sening fikringcha sinfdoshlaringdan 
(guruxdoshlaringdan) Kim sinf (gurux) boshligi bulla olishi 
mumkin». 
3.
Amaliy: «Agar sinf (gurux) tarkatib yuboriladigan bo`lsa, unda 
sen 
Yangi 
sinfga 
(guruxga) 
shu 
sinfdoshlaringdan 
(guruxdoshlaringdan kim bilan birga tushishni xoxlar eding)». 
4.
Emotsional: O`zing uchun og`ir damlarda sinfdoshlaringdan 
(guruxdoshlaringdan) kimga murojat kilgan bo`lar eding. 
5.
Kommunikativ: 
o`z 
ta’tilingni 
sinfdoshlaringdan 
(guruxdoshlaringdan) kim bilan birga o`tkazishni xoxlar eding. 
 
PSIXOLOGIK korrektsiya, yuqorida aniqlaganimizda, mijozning qabul 
kilingan meg`erlarga mos kelmaydigan ruxiy rivojlanishining xususiyatlarini
«tugirlashga», qaratilgan mutaxasisning faoliyatini aks etdiradi. G.S.Abromova
fikricha, shaxsiy psixologik korrektsiya -- odamning ichki dunesini diskret
tafsifiga (psixologning) asosli tag`sir qilishidir. SHaxsiy yendashuv asosida, 
Adler tomonidan yaratilgan yo‘nalish shaxsiy psixologiyaning ba’zi negizlarini 
o‘z ichiga olgan va moxiyati bo`yicha gumanistik psixologiya va
ekzistentsializmni ko`pkina holatlarini maftun kilgan. Asosiy tushunchalari: 
«odam», «shaxs», shaxsiy rivojlanish, «turi», «eshi» tengligi stres,


«frustratsiya»debqabulkilingan. Odam – «Erda hayot rivojlanishini yuqori 
pogonasini gavdalashtirgan zot», ijtimoiy – tarixiy faoliyat sub’ektidir. 
SHaxs - ijtimoiy rivojlanish fenomeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik 
odam
SHaxsiy rivojlanish - ijtimoiylashtirish va tarbiyaalanish natijasida o`rni
ijtimoiy xususiyati sifatida shaxsni shakillanishi jarayonidir.
SHaxs shakillanishini tabiatdan anatom—fiziologik shart—sharoitlariga
ega bo‘lgan bola ijtimoiylashtirishi jarayonida insoniyatning yutuklarini
o‘zlashtirib olam bilan o‘zoro ta’sirga kirishadi. Ushbu jarayonda shakillangan
qobiliyat va vazifalar shaxsda shakillangan odamning sifatlarini takror ishlab
chiqaradi
Individ - (individiuum ) - Inson birligining alohida namoendasi; kurol, 
belgilardan foydalanuvchi va ular orkali shaxsiy fe’l—atvori va ruxiy
jaraenlari ega buluvchi, tabiiy( biologik ) chegaradan tashkariga chikuvchi
ijtimoiy mavjudot, Ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi
chambarchas bog`liqdir, u hamda boshqa odamlardan ijtimoiy ahamiyati
tomonidan farklanadigan odamdir individning shaxsi va o‘ziga xos ruxiyati
uning 
takrorlanmasligi.
Yosh—shaxsiy rivojlanishini vaqtinchalik xususiyatlarini belgilash uchun
xizmat qiladigan turkum. Psixologiyada yeshini xronologik tushunchalari
muhokama 
qilinadi,
Xronologik yesh –«to`rni to`g`ilganida boshlab yashash davomiyliligini aks
etdiradi», 
Psixologik yesh -- «xronologik yeshdan farkli ravishda» –bu organizm
shakillanish qonuniyatlari yashash o`qish va tarbiyalanish sharoitlarini
asoslaydigan hamda muayyan—tarixiy kelib chiqishga bolalik ega antoginetik
rivojlanishining o‘ziga xos aniq sifatli tushunchasini bildiradi.
Yosh inkirozi - keskin psixologik o‘zgarishlar bilan harakterlanadigan
ontogenezni alohida nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy
va jaroxatli harakterga ega tangliklardan farkli ravishda shaxs rivojlanishining
me’eriy ketma – ketligiga zarur bulgn me’erlarga taalluklidir,
Ctress - turli xil ekstremal ta’sirlar --- stresorlarga javoban yo`zaga 
keluvchi keng doiradagi holatlarni belgiluvchi holat.
Frustratsiya – ma’lum maqsad yo`lidagi mavjud mavxum tusiklarni 
paydo bo`lishiga nisbatan hosil bo‘ladigan muvaffakiyatsizlikni boshdan
kechiruvchi ruxiy holat,
Psixokorrektsiyaning asosiy maqsadi mijozning yesh va turi
xususiyatlari shuningdek sub’ektiv vokeligidan kelib chiqib tushuntiriladigan


shaxsni resurslarini faollashtiruvchi va me’erga mos keluvchi holatga olib
kelishdir. 
Psixokorrektsiyaluvchi ta’sirning asosiy kuroli sifatida psixolog
chikadi korrektsion jaraen psixolog - mijoz juftligida kechadi. Mijozlarni
turli xil talablarni shakillangan vaziyatga munosabatlarini to`rta asosiy
strategiyaga birlashtirish mumkin. 
1) vaziyatni o‘zgartirish; 
2) vaziyatni o‘zgartiris h uchun o‘zini o‘zgartirish;
3) vaziyatdan chiqib ketish;
4) mazkur vaziyatda xayotni yangi xususiyatlarini tanish.
Psixokorrektsiyaning sungi vazifalari uchta asosiy soxalarni istalgan
o‘zgarishlariga erishishidir:
- kongnitiv; 
- emotsional; (xis- tuyg‘u). 
- o‘zini tuta bilish. 
SHaxsiy psixokorrektsiyaning xususiyatlarini xisobga olib uchta alohida 
soxalarning har birida aniq vazifalarni joylashtirish mumkin.
Kognitiv soxa; (shaxsiy psixokorrektsiyada yetakchi, biografik-
tushuntirishi): 
1) o‘zining xulki – atvori, munosabati, rektsiyasi sababini anglash;
2) xis-tuyg‘u va xulk – atvor stereotiplarni anglash;
3) psixologik omillar va somatik buzilishlar orasidagi bog`liqlikni
anglash; 
4) mojarolar va ruxiy jaroxatlovchi vaziyatlarni kelib chiqishida
o‘zining roli va javobgarligini xis qilishi; 
5) boshdan kechirishi sabablari va munosabat usullarini, o‘zining
munosabati shakillanishi sharoitlarini anglashi. 
1) mijozni mutaxassis tomodidan emotsional qo`lab—quvvatlash;
2) mijoz tomonidan tuyg‘ularni anglab va yo`zaga chiqarish; 
3) o‘ziga nisbatan yanada samimiy munosabatni shakillantirish; 
4) boshdan o‘tkazish va emotsional munosabatlar usullarini o‘zgartirish; 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə