"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


 Qo‘rquv borasidagi ilmiy qarashlarning rivojlanishi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

1.2. Qo‘rquv borasidagi ilmiy qarashlarning rivojlanishi 
SHaxsdagi xavotirlilik va qo‘rquv holatlari orqali insonda turli xissiy kechinmalar 
namoyon bo‘lishi mumkin hamda bu holat shaxs kamolotiga ta’sir etishi mumkin. 
Bu boradagi g‘oyalar sharq allomalari tomonidan ham ilgari surilgan bo‘lib,
shaxsning his-kechinmalari, qo‘rquv va xavotirlanish kabi tuyg‘ularning namoyon 
bo‘lish holatlari haqidagi fikrlarini o‘z asarlarida bayon etganlar . 
SHarq allomalari asarlarida shaxs shakllanishi masalasi dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. SHaxsning shakllanishi jarayonida ro‘y beradigan psixik-jismoniy
o‘zgarishlar muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turishi borasida qator fikrlar 
ilgari suriladi. 
SHarqning qomusiy olimlaridan Abu Rayhon Beruniy insondagi axloqiy 
sifatlarning tarkib topishida ulardagi qo‘rquv, xavotirlanish holatlarini muhim 
sanaydi. 
Abu Ali ibn Sino esa o‘zining keng doiradagi psixonevrologik amaliyotida 
ob’ektiv ko`zatish metodiga juda katta e’tibor beradi. SHunga ko‘ra turli 
emotsiyalar organizmda, yurakda, qon tomirlarida, nafas olish organlarida har xil 
o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi, nerv iztiroblari, kechinmalar va qo‘rquv 
organizmning madorsizlanish holatiga olib kelishi mumkinligini isbotlaydi. 
SHunday qilib, ibn Sino fiziologik hodisalar bilan ruhiy hodisalar o‘rtasidagi 
bog‘lanish borligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. U ruhiy kasalliklar jismoniy 
betoblik natijasi, deb hisoblaydi. Ibn Sino o‘z faoliyati davomida markaziy nerv 
sistemasining yetakchilik roliga qayta ahamiyat berib, asab bo`zilishi (qo‘rquv, 
asabiylik, iztiroblanish) butun organizmning darmonsizlanishi va susayishiga olib 
keladi, deb ko‘rsatgan edi.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida, sharoitlar, vaziyatlar, ob’ektlar insonlarni 
cho‘chitishi yoki yashirin qo‘rqituvchi bo‘lish mumkin. Boshqa fundamental 
hissiyotlardan ko‘ra qo‘rquvni ilmiy o‘rganishning zaruratini shu bilan izohlash 
mumkin. Qo‘rquvni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar ushbu hissiyotni yanada 
kengroq tushunish imkonini beradi.
Qo‘rquv – insonning fundamental emotsiyalari kategoriyasiga kiradi (Gelg`gorn 
E, Lufbor – Roudj, 1966). Qo‘rquv emotsiyasi xavf solayotgan stimulga nisbatan
javob reaktsiyasi sifatida yo`zaga keladi deb tasavvur etish mumkin. Xavfni 
tushunish, uni anglash hayotiy tajriba va shaxslararo munosabat jarayonida 
shakllanib boradi. Lekin bola uchun ba’zi indefferent qo‘zg‘atuvchilar asta- sekin
xavfli ta’sirlar harakteriga ega bo‘ladi. 


Qo‘rquv hissi ixtiyorsiz ravishda yo`zaga kelib, kuchli his-hayajon, xavotirlik yoki 
dahshat hissi bilan birgalikda kechishi mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib 
chiqib, qo‘rquv – affektiv xavfni qabul qiluvchi insonning his- kechinmalari va 
uning natijasidir deb aytish mumkin.
Qo‘rquv o‘zining intensivligiga qarab odamda avvaldan sezish, ishonchsizlik, 
himoyasizlik sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu vaziyat insoning o‘z hayotiga, tanasiga yoki ruhiy holatiga nisbatan xavfni his 
qilganda aks etadi. 
Ballning yozishicha, qo‘rquv sezgisi o‘zining eng oddiy shaklida aniq qarama- 
qarshi tabiatga ega bo‘lib, tadqiq qilish instinkti va o‘z jonini saqlashga intilish 
instinkti o‘rtasidagi ko‘rashning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bu ikki qarama- 
qarshi tendentsiya qo‘rquvni boshlang‘ich holatda hayratda qolish va so‘nggida 
o‘ziga xos moslashish fe’l - atvorini namoyon qilishda ko‘rinadi. 
Qo‘rquv «qorong‘ulikdan paypaslab qutilish» kabidir, ya’ni u xavfni durustroq 
baholashdan oldin sodir bo‘ladi.
Qo‘rquv o‘zining salbiy jihatlariga qaramasdan, insonning ruhiy hayotida turli xil 
funktsiyalarni bajaradi: Qo‘rqish xavf- xatarga javob reaktsiyasi sifatida u bilan 
to‘qnashishdan qochishga imkoniyat yaratadi, ruhiy o‘z- o‘zini boshqarish tizimida 
himoyaviy, moslashtiruvchi rolni o‘ynaydi.
3
.K.Izardning ta’kidlashicha, qo‘rqish xavfni oldindan tasavvur qilish, 
tashvishlanish, xavfsirash sifatida boshdan kechadi. Insonda go‘yo vaziyat 
nazoratdan chiqib ketgandek hissiyot paydo bo‘ladi va odam o‘zida borgan sari 
ishonchsizlik seza boshlaydi. Qo‘rquv odamda mutlaqo himoyasizlik va o‘zining 
xavfsizligiga ishonmaslik sifatida kechadi. Izard qo‘rquv sabablarini 4 turga 
ajratadi:
a) Tashqi hodisalar va jarayonlar. 
b) Xohish, intilish va ehtiyoj. 
v) Emotsiyalar. 
g) SHaxsning kognitiv jarayonlari. 
SHu sabablar natijasida kelib chiqqan qo‘rquvlar tug‘ma yoki orttirilgan 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
A.Kempinski o‘z tadqiqot ishlarida qo‘rquvning 4 to`rini tasvirlab beradi. Bo`lar: 
biologik, ijtimoiy, ma’naviy hamda dezintegratsion.
Biologik qo‘rquv odamning o‘z hayotiga yoki nasliga xavf bilan bog‘liq. Ijtimoiy 
qo‘rquv ijtimoiy sohada aloqalar bo`zilgan vaziyatda paydo bo‘ladi. Ma’naviy 
qo‘rquv esa shaxs o‘zining xulq-atvori me’yoriy orientiri sifatida atrofdagilar 
taklifini qabul qilmaslik natijasida paydo bo‘ladi.
Dezintegratsion qo‘rquv informatsion oqim tizimining o‘zgarishi natijasida 
yo`zaga keladi.


O‘smirlik davri ham inson hayotining eng murakkab davrlaridan biri 
hisoblanadi. Fiziologik o‘zgarish va jinsiy yetilishlar, bosim ostidagi ijtimoiy va 
akademik talablar, shubha – gumonlaru, o‘z-o‘zini ayblash ko‘pgina o‘smirlarni 
qo‘zg‘aluvchan hamda tushkun holatlarga solib qo‘yadi. Tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, bugungi kun o‘smirlari ko‘p hollarda o‘z hayotlaridan mamnun 
bo‘lsalar-da, 10 yil avvalgi tengdoshlariga qaraganda o‘zlariga va atrofdagilarga
nisbatan ishonchlari past hamda ta’sirchanroqdirlar .
Bu davr haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, o‘smirlik 
ontogenetik rivojlanish pog‘onasining bir bosqichi sifatida bolog‘atga yetish 
davrining o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat 
motivlari ifodalanishi va vujudga kelishining murakkabligi bilan inson 
kamolotining boshqa yosh davrlaridan keskin farq qiladi . 
Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik 14-15 yoshlarni o‘z ichiga oladi. 
Bu davrning eng muhim xislati shundan iboratki, u bolalikdan o‘spirinlik, 
kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘smirlik qarama- qarshiliklarga boy davrdir. Uni 
ba’zi olimlar “krizislar, tanazzullar” davri deb ham ataydilar. Sababi, o‘smir 
ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko‘p bo‘ladiki, u bu inqirozni bir 
tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga imkoniyati, 
kuchi va aqli yetishmaydi. Lekin shularga qaramay, bola o‘zi bilib- bilmay o‘z 
aqliy salohiyatini o‘stirishga tirishadi, chiroyli fikrlashga tashna bo‘ladi va bu 
uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarish hisoblanadi.
O‘smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan 
biri o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishdir. Kichik maktab yoshidagi 
boladan farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lishi,o‘qituvchining 
maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari 
orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallashi, kelajakda yaxshi odam bo‘lishi uchun 
o‘qish motivlari ustivor bo‘la boradi. Lekin I.V.Dubrovning bergan ma’lumotlariga 
ko‘ra, o‘quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega 
bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi. O‘qishga 
og‘rinib kelib, salbiy emotsiyalar va xavotirlik hislarini boshdan kechiradilar 
(o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning o‘smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.
O‘smirlik yoshidagi o‘g‘il bolalarda kasallanib qolishdan qo‘rqish 
maksimal darajaga yetadi (shuningdek, yuqumli kasalliklar bilan og‘rish – 39 %, 
13 yoshlarda), qo‘rqish (11-12 yoshda 50-52%) balandlikdan qo‘rqish (14 yoshda 
35%) kabilar uchraydi. Qizlarda maksimal darajaga yetmasa ham hayvonlardan 
qo‘rqish (14 yoshda 51%), chuqurlikdan qo‘rqish (11 yoshda 50 %) va kechiqib
qolishdan qo‘rqish (10-11 yoshlarda 10%) yetarlicha ifodalanadi. Eng yuqori omil 
bo‘lib (o‘g‘il va qiz bolalarda 61%) uxlash oldidan va qorog‘ulikdan qo‘rqish 


hisoblanadi. Bu qo‘rquvlar universal tabiatga egaligi bois, ular boshqa 
qo‘rquvlarning namoyon bo‘lishi uchun o‘ziga xos sharoit yoki asos hisoblanadi. 
SHunga qaramasdan qiz bolalar va o‘g‘il bolalarda ham qo‘rquvlarning o‘rtacha 
miqdori maktabgacha yoshdagilar bilan solishtirganda o‘smirlik davrida ancha 
kamayishini ko‘rish mumkin. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z jonini saqlashga qaratilgan qo‘rquvlar 
ko‘proq bo‘lsa, o‘smirlik davrida esa ijtimoiy tabiati bo‘yicha shaxslararo 
munosabatlardan qo‘rqish solishtirma og‘irligi ortadi. 
Asosan o‘smirlik davrida uchraydigan qurquvlardan biri bu- sotsiofobiyadir. 
Bu holat kichik guruh yoki chegaralangan muhitda atrofdagi odamlar tomonidan
e’tiborning qaratilishi natijasida qo‘rquvning vujudga kelishidir (masalan, maktab 
sinflarida). Sotsiofobiya bilan aziyat chekkan insonlar bilimlari yetishmasligidan
yoki o‘zlarining kamchiliklari boshqa odamlar guvohligida namoyon bo‘lib 
qolishidan cho‘chiydilar hamda uquvsiz hamkor bo‘lib qolishdan qo‘rqadilar. 
SHuning uchun ular ko‘pchilik orasida o‘zlarini ko‘rsatishdan, notanish odamlar 
bilan suhbat qurishdan va uchrashishdan qochadilar. Sotsiofobiyaga uchragan 
o‘smirlar darsda javob berishdan bosh tortadilar. Ular boshqa bolalarga nisbatan 
odamoviroq bo‘lib, tanqidni hamda ularni muhokama qilishlarini yoqtirmaydi. 
Ularga maktabga borish, jamoat ishlarida qatnashish yoqmaydi, ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida ba’zi malakalarni o‘zlashtirishlari qiyin kechadi. 
Sotsiofobiya bilan og‘rigan odamlar boshqalarning diqqat markaziga tushib 
qolganda yo`zlari qizarib, qo‘llari titrashi, ko‘ngil ozishi, peshob ajralib chiqishi
kabi holatlar ko`zatiladi. Ular ba’zan odamlardan “qochish”larida aynan mana shu 
somatik holatlarni asosiy sabab deb hisoblaydilar. 
Psixologlar va psixoterapevtlar sotsiofobiyani ijtimoiy qo‘rquv yoki 
muloqot qo‘rquvi deb ham ataydilar. Darhaqiqat sotsiofobiyaga duchor bo‘lgan
insonlarning 
aksariyat 
qismida 
muloqot 
ko‘nikmalarining 
yaxshi 
shakllanmaganligini ko‘rish mumkin. Muloqotdan qo‘rqish turli insonlarda 
turlicha kechadi. Ba’zi odamlar omma oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqsa, ba’zilar 
yangi tanishuv va munosabatlardan qochadilar, yana ba’zilarda esa bu holat o‘z 
shaxsiy fikrini bayon etishdan qo‘rqish, uyalish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, sotsiofobiya, asosan, o‘smirlik davridan boshlab
shakllanadi. Bunday o‘smirlar boshqalar e’tibori ularga qaratilishi mumkin bo‘lgan 
vaziyatdan qochadilar. Ba’zilar hatto uncha katta bo‘lmagan jamoa oldida so‘zga 
chiqishdan, boshqalar oldida ovqatlanishdan, qarama-qarshi jins vakillari bilan
so‘zlashishdan qo‘rqadilar. Bunday paytda ularda qizarib ketish, tovushning 
o‘zgarishi, qo‘lning qaltirashi, hatto ko‘ngil aynishi kabi belgilar ko`zatiladi. 
Aslida bu belgilar qo‘rquv tufayli sodir bo‘lishiga qaramay, sotsiofobiyaga


duchor bo‘lgan insonlar bu vaziyatni aksincha bu kabi belgilar odamlardan 
qochishga sabab bo‘lgan, deb e’tirof etishadi.
O‘zbek psixologlari tomonidan hali sotsiofobiya muammosi o‘rganilmagan 
bo‘lsada, ammo umumiy jihatdan qo‘rquv muammosiga to‘xtalib o‘tilgan. 
Jumladan, D.R.Rahmonova o‘zining “O‘smirlarda qo‘rqinch determinatsiyasi 
xususiyatlarining turli vaziyatlarda rivojlanishi” mavzusidagi ilmiy ishida 
mehribonlik uylarida, oilada va mehnat to`zatish koloniyalarida yashovchi 
o‘smirlar o‘rtasida tadqiqot olib borgan bo‘lib, psixik og‘ishish chegaraviy 
zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, biologik va ijtimoiy tarkibiy 
qismlarini aniqlashga imkon beradigan qo‘rqinch determinatsiyasi mexanizmlarini 
yoritib bergan va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo munosabatlar 
jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yo`zaga keladigan qo‘rqinchning o‘smirlar 
psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tgan. 
Demak, sotsiofobiya hozirgi kunda keng tarqalgan, o‘rganilishi lozim bo‘lgan 
va hal qilish yo‘llarini izlashni taqazo qiluvchi muammolardan biridir. Aynan 
mazkur jarayonning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi stimullarni o‘rganish va buni 
keng jamoatchilikka tadbiq etish juda muhimdir. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qo‘rquvning juda ham ko‘p turlari mavjud bo‘lib, 
ularning har biri o‘ziga xos kechish mexanizmiga ega va har birining keltirib 
chiqaruvchi omillari har xildir. SHu tufayli hali bu muammoning ochilmagan 
qirralari talaygina. Bu holat esa bu borada hali ko‘p ilmiy izlanishlar olib borishni 
taqozo etadi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə