"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


Psixolog - maslaxatchi ishi olim - psixolog va psixologiya o`qituvchisi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Psixolog - maslaxatchi ishi olim - psixolog va psixologiya o`qituvchisi 
faoliyati dan iborat. Psixolog — maslahatchi uchun hozirgi kunda fanda 
hatto u psixologik maslahat o`tkazadigan sohalarda to`plangan barcha 
bilimlarni bilishi shart emas, biroq psixologik maslahatda odamlar bilan 
amaliy ishlarda foydali bo`lishi NtynvncnH bo`lgan barcha axborsgglarni u 
bilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. 
SHu bilan birga psixologik maslahatlar ushbu sohalarida ko`plab xususiy 
ancha nozik va murakkab o`ziga xos masalalar mavjud. Bu masalalarni bilish 
o`zoq vaqtni talab etadi, amaliy muvaffakiyatni hal etish esa - mustahkam malaka 
va ko`nikmalar talab etadi. 
Tajribali mutaxassis rahbarligi ostida amaliyot o`tayotgan psixolog-
maslahatchi rolida ishlash psixolog-maslahatchiga kasbiy tajriba orttirish va 
amalda keraqli malaka va ko`nikmalarni egallab olish uchun zarurdir. 
Bo`larning barchasiga ma’ro`zalar tinglash va kitob o`qishdan ko`ra boshqalar 
tajribalarini o`rganib olish ancha osondir. Bundan tashqari psixolog-maslahatchi 
amaliy ishida oldindan bilib bo`lmaydigan va o`quv faoliyati davomida qoniqarli 
javob olib bo`lmaydigan ko`plab kutilmagan masalalar yo`zaga keladi. Malaka 
boshqalar kasbiy ishlariga taqlid qilish davomida amaliy ishlab chiqiladi. 
2
.Psixolog — maslahatchining savollari albatta, mijozga yomon ta’sir qilmasligi, 
ya’ni uning xayolini, fikrini bo`z- masligi, jahlini chiqarmasligi, keskin vaziyatga 
olib kelmas- ligi, hatgoki suhbatni to`xtatish istagi paydo bo`lmasligini ko`zatib 
borishi yoki boshqa mavzuda gaplashishi kerak bo`ladi. Mijozni tinglayotgan 
maslahatchi ismlar, kun, hodisa, faktlarni eslab qolishi kerak. Bu mijozning 
shaxsini tushunib olish, uning muammosini hal etish uchun to`gri yo`lni tanlash. 
samarali xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Eng yaxshi usul, 
bu mijozdan olinayotgan ma’lumotlarni yozib bormasdan eslab qolish hisoblanadi. 
Biroq maslahatchida eslab qolish xususiyati sust bo`lsa, mijozdan ruxsat so`rab 
eshitgan gaplarini yozib borishi mumkin. Mijoz chin ko`ngildan gaplarini aytib 
bo`lgandan keyin psixolog - maslahatchida mijozning muammosi mazmuni 
to`grisida ma’lum tushuncha yo`zaga kelishi kerak hamda muammoning mumkin 
bo`lgan sabablari va uni hal qilish usullari to`g`risida tasavvur paydo bo`lishi 
kerak. Maslahatchi fikrini jamlab olishi, mijoz esa 
maslahatchini diqqat bilan tinglashga tayyor bo`lishi uchun zarur bo`lgan 
kichik bir tanaffusdan so`ng, barchasini psixolog- maslahatchi mijozga 
tushuntirib aytishi kerak. Keyin suhbatni psixolog-maslahatchi davom 
ettiradi. Mijoz endi maslahatchini tinglashi va agar xohlasa o`zini 
qiziqgiruvchi savollar berishi, o`zining gaplariga qo`shimchalar kiritishi 
mumkin. Bundan tashqari maslahatning bu qismida mijoz psixolog 
maslahatchidan eshitgan gaplar to`grisida o`z fikrini aytishi mumkin. Ba’zida 


mijoz o`zi va o`z muammosi to`g`risida aytib berganlari psixolog - 
maslahatchi uchun yetarli bo`lmasligi mumkin. Mijozning muammosi 
mohiyati va yechimiga nisbatan to`g`ri xulosa chiqarish va asosli tavsiyalarni 
ifoda etish uchun psixolog-maslahatchiga qo`shimcha ma’lumotlar kerak 
bo`ladi. Bunday hollarda o`z fikr va xulosalarini ifoda etishdan avvap 
psixolog-maslahatchi mijoz bilan yoki mijozda yo`zaga kelgan muammoga 
aloqasi bo`lgan boshqa, ya’ni maslahat uchun foydali ma’lumot bera 
oladigan shaxslar bilan qo`shimcha suhbatlar o`tkazadi. 
Mijozni empatik tinglash paytida psixolog maslahatchi bir vaqtning o`zida o`z 
rolida qola turib, o`zini mijoz bilan psixologik o`xshatadi. Mijoz gapirayotganlar 
haqida o`ylash, taxmin qilishni, fikr yuritishni davom ettiradi. Biroq bu alohida 
fikrlash hisoblanadi. Bunday fikrlash jarayonida psixolog maslahatchi mijoz 
obraziga kirib, uning gaplarini o`zida psixologik baholash va tushunishga harakat 
qilib mijozni o`z o`rniga qo`yib ko`radi. Mana shunga empatik tinglash deb 
ataladi. Bu psixologik maslahatning ikkinchi bosqichi asosiy amali sanaladi. 
Mijozni fikrlashi va xotirasini faollashtirish amali deganda, ularni qo`llash 
natijasida mijozning kognitiv jarayonlari, xususan muhokama etilayotgan 
muammo, uni to`g`ri amaliy hal etish bilan bog`liq bo`lgan mijozning xotirasi va 
fikrlashini faollashtiradigan, yanada mahsuldor bo`lib qoladigan uslublar tizimiga 
aytiladi. Ushbu amalni qo`llash natijasida mijoz uning muammosi bilan bog`lik 
xulosalar va faktlarni aniqroq va to`laroq eslay boshlaydi. O`zi va uni diqkat bilan 
tinglayotgan psixolog-maslahatchi uchun avval ongida yashirin bo`lgan holatlarni 
ochadi. Fikrlashni faollashtirish amaliga tinglab tasdiqlash, mijoz aytgan gaplar 
to`g`risida ma’lum, ko`pincha ijobiy munosabatni bildirish uslublari, mijozda 
aytgan gaplarini to`g`ri ifoda etishda qiyinchiliklar yo`zaga kelganida unga amaliy 
yordam ko`rsatish kabi usullar kiritilishi mumkin. Bunga mijozning o`zini 
dovdiratib qo`yadigan nutqidagi tutilishlarni psixolog- maslahatchi to`ldirishi, 
uning gaplari bir tekis bog`liqligini ta’minlashi va psixologik to`siqlarni 
yo`qotishi, mijozga esa bundan keyin nimalar to`g`risida gapirishini eslashga 
yo`naltiruvchi, mijozning xotirasi va fikrini rag`batlantiruvchi savollarni kiritishi 
mumkin. Qo`llab-quvvatlab turish amali mijozni tinglab turib psixolog-
maslahatchi vaqti-vaqti bilan ko`pincha mijozning o`zi maslahatchi tomonidan uni 
gaplarini ma’qullashini istab turgan paytlarda - so`zlar, ishoralar, mimikasi, 
pantomimika va boshqa mumkin bo`lgan ekstra hamda paralingvistik vositalar 
bilan mijoz aytgan gaplarni ma’qullab, uni qo`llab turishdan iborat. Psixolog - 
maslahatchining mijoz fikrini oydinlashtirib turishi, mijozning gaplarini tinglab 
borayotganda va uning fikri unchalik tushunarli yoki mijoz tomonidan aniq ifoda 
etilmaganda vaqti-vaqti bilan suhbatlashib, ovozini chiqarib mijoz fikrini o`zi 
uchun aniqlashtirib yoki unga fikrini aniqroq ifoda etishga yordam berib turishdan 


iborat bo`ladi. Mijozning o`zi psixolog-maslahatchiga qanday tushuntirib 
berayotganidan qoniqmagan paytlarda ko`pincha shunday amallardan foydalanish 
zarur bo`ladi. Psixologik maslahat o`tkazish to`rtinchi bosqi- chida quyidagi 
amallardan foydalanish mumkin bo`ladi: ishontirish, tushuntirish, o`zaro mos 
keladigan yechimni izlash. aniqlik kiritish, har tomonlama puxta o`ylab chiqish. 
Bu amallarning barchasi psixolog-maslahatchining mijoz bilan birgalikdagi ishlab 
chiqilgan maslahatlar va tavsiyalarni uning ongiga yetkazish bilan bog`liq bo`ladi. 
Bu amallardan maqsad, psixolog-maslahatchi chiqargan xulosa va yechimlarni 
mijoz to`la va chuqur tushunib yetishiga hamda mana shu yechimlarni bajarishga 
uni yo`naltirishga erishishdan iborat. 
Agarda mijoz ushbu savollarni darhol muhokama qilishni, bundan tashqari u 
qo`yilgan masalalarni hozirning o`zidayoq hal etishni talab etsa, unda psixolog-
maslahatchi quyidagicha yo`l tutishi mumkin: 
a.
Maslahatni vaqtinchalik to`xtatadi va iloji boricha janjalli savollarni 
tezroq hal etishga harakat qiladi; 
b.
Psixologik maslahatni qoldiradi va uni boshqa mos keladigan, barcha 
masalalar hal etib bo`linganidan keyingi vaqtga ko`chiradi; 
c.
Mijozdan muloyimlik bilan kechirim so`rab, maslahatlar nima uchun 
to`xtatshtganligi va qo`yilgan masalalarni nima uchun hal eta 
olmasligiggi, da’volari esa qoniqtirilishini tushuntirib, psixologik-
maslahatni bundan keyin davom ettirishdan umuman voz kechadi. 
Agarda mijoz psixolog-maslahatchiga maslahag o`tkazish sharoitlari to`gridan-
to`g`ri aloqador bo`lmagan, lekin muhokama etilayotgan muammo mohiyati bilan 
bog`liq gapni gapirayotgan bo`lsa, bunday holatda maslahatchi mijoz qo`ygan 
masala bo`yicha suhbatga qo`shilishi mumkin. Unga qaramay dardini aytish 
paytida iloji boricha psixolog-maslahatchi biror-bir masa- lada mijoz fikriga 
qo`shilmasligini aytgani ma’qul bo`ladi. Yaxshisi, mijozga e’tiroz bildirmay, balki 
quyidagicha yo`l tutish kerak: 
Mijozning gaplari va harakatlarini muhokamg etishl i e’tiroz bild' oishini talab 
etuvchi qismlarini o`zi uchun belgilab olib, . 'ijozning gaplarini diqqat bilan 
oxirigacha tinglaydi. Savollarni muhokama qilishga esa faqat maslahat 
yakunlangandan keyin va mijozni tashvishlantiruvchi asosiy muammo bo`yicha 
karor qabul qilishdan keyin qaytish kerak bo`ladi. 
Nazorat savollari. 
1.
Konsultatsiyada psixolog qanday mikrotexnikalardan foydalana oladi?? 
2.
Suhbatni ijobiy boshlashni tashkillash yo’llari qanday?? 
3.
Psixolog mijoz bilan suhbat boshlayotganda avval nimasiga e’tibor qaratishi 
lozim? 



Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə