"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Konsultativ ta`sir etish texnologiyasi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

5-Mavzu: Konsultativ ta`sir etish texnologiyasi.
Reja: 
1.Konsultatsiyani o`tkazishning besh qadamli modeli.
2.Konsultatsiya o`tkazish mikrotexnikalari.
3.Suhbatning boshlanishi.
4.Psixologik qo`llab-quvvatlash vositalari.
5.Hissiyot va emotsiyalardan ozod bo`lish.
6.Patsient “to`lqinlanishlariga” mayl bildirish.
Tayanch iboralar: Konsultatsiyani o`tkazishning besh qadamli modeli. 
Konsultatsiya o`tkazish mikrotexnikalari. Suhbatning boshlanishi. Psixologik 
qo`llab-quvvatlash vositalari. Hissiyot va emotsiyalardan ozod bo`lish. Patsient 
“to`lqinlanishlariga” mayl bildirish.
 
Psixologik maslahatlar texnikasi to`grisida tushuncha va boshlangich 
mulohazalar. 
Psixologik maslahatlar texnikasi deganda, psixolog maslahatchi maslahatning 
u yoki bu amallari doirasida harakat qilib, psixologik maslahat har bir 
bosqichlarida mana shu amallarni bajarish uchun foydalanadigan maxsus uslublari 
tushuniladi. Avvalgi bobda o`rganib chiqqanligimiz sababli bevosita ular bilan 
bog`liq bo`lgan psixologik maslahatlar texnikasini to`la ta’riflashga kirishamiz. Bu 
texnika psixologik maslahatlar barcha bosqichlarida bir xilda muvaffaqiyat bilan 
qo`llaniladigan universal, psixologik maslahatning u yoki bu, xususan bir bosqichi 
uchun mos keladigan o`ziga xos texnikasi bo`lishi mumkin. Psixologik maslahat 
texnikasini biz universal xususiyatli maslahatlar uslublariga alohida ajratmay, 
maslahatlar turli amallari bilan bog`liqlikda bosqichma-bosqich ko`rib chiqamiz. 
Psixologik maslahatda mijozni kutib olish. Mijozni kutib olish umumiy amali 
doirasida (psixologik maslahatning birinchi bosqichi) psixolog-maslahatchiga 
quyidagi texnik uslub tavsiya etiladi: mijozni kutib olishda u bilan yo`zma-yo`z 
duch keladigan vaziyatni egallab, uni o`z o`rniga ko`zatib qo`yi- ladi. Bu yerda 
o`zini boshqacha tutish kerak bo`ladigan qator alohida holatlar uchrab turishi 
mumkin. Mana shu vaziyatlarni ko`rib chiqamiz. 
Psixolog-maslahatchi yoki uning yordamchisi imkon qadar maslahat 
o`tkaziladigan joyni mijozga ko`rsatib uni oldinga o`tkazib yuborishlari va birinchi 
bo`lib o`z o`rnini egallashga unga imkon berishlari kerak. Mijozdagi tortinish 
kuchi yo`zaga kelishini oldini olish va uni noqulay holatga solib qo`ymaslik, unga 
o`zini erkin va mustaqil tutishi, vaziyatni psixologik belgilab berishi uchun 
shunday harakat qilishi kerak. Bundan tashqari mana shu paytda mijoz o`z joyiga 
qanday borayotganligini, u qanday o`tirishi shu bilan birga qanday holatda 


o`tirishini ko`zatib psixolog-maslahatchi maslahatlarni muvaffaqiyatli olib borishi 
uchun ko`plab foydali xulosalar chiqara oladi. Agarda psixolog-maslahatchi joyiga 
birinchi bo`lib o`tirsa, unda mijoz buni maslahatchining undagi o`zini ustunligini 
namoyish etish kabi tushunishi mumkin, psixologik maslahatning yaxshi o`tishi 
uchun esa bu umuman kerak emas. Agarda mijozning o`zi obro`li va o`zini hurmat 
qiladigan inson bo`lsa, psixolog-maslahatchining bunday no`rin harakat- lari 
psixologik maslahat o`tkazishga katta ta’sir ko`rsatadi. Har qanday sharoitda ham 
psixologik maslahatda psixolog maslahatchi o`z o`rnini mijozdan keyin yoki bir 
vaqtda egallashi kerak. Mijozning joyiga borib qulay joylashib olmagunicha, u 
bilan hech qanday maxsus suhbat boshlash tavsiya etilmaydi. Birinchidan, odam 
harakatlanayotganida, ayniqsa joyiga borib o`tirayotganida gaplashish odobdan 
emas. Ikkinchidan, odam to o`z joyini topib o`tirmagunicha, butun diqqatini 
bajarayotgan ishiga jalb etadi va natijada psixolog-maslahatchining gaplarini 
diqqat bilan tinglay olmaydi, uchinchidan, psixologik maslahatga birinchi bor 
kelgan har qanday inson o`zining muammosi to`g`risida psixolog-maslahatchi 
bilan jiddiy va mazmunli suhbatga tayyor bo`lmaydi. Mijoz yoki hayajonlanadi 
yoki qanchadir vaqt o`zining ilgarigi ishlari bilan bog`liq tashvishlar, fikrlar ta’siri 
ostida bo`ladi. Har qanday holda ham mijoz tinchlanishi va maslahatchi bilan 
jiddiy suhbatga psixologik tayyor bo`lishi uchun vaqt talab etiladi. 
Psixolog-maslahatchining kiyimi qanday bo`lishi to`g`risida ikki og`iz so`z. 
Iloji boricha u oddiyroq, lekin did bilan, bayramona emas, lekin juda ham sodda 
bo`lmagan kiyimda bo`lgani ma’qul. Psixolog-maslahatchi maxsus ishchi 
kiyimlari kiyishi tavsiya etilmaydi. Masalan, shifokor xalatini kiyib qabul qilish 
mijozni xavotirga soladi, u psixologik maslahat xonasini xayolan tibbiyot 
muassasasiga o`xshatadi, bu umuman kerak emas. Agarda mijoz jismoniy va 
psixologik sog`lom inson bo`lsa, u o`z-o`zidan bemorga qilinadigandek 
munosabatda bo`lishdan xafa bo`ladi. U agarda haqiqatdan ham bemor bo`lsa, 
lekin yanglishib shifokorga emas, balki psixolog-maslahatchiga murojaat qilsa 
(masalan, u xohlagan yordamni tibbiyot muassasalari ko`rsata olmagan bo`lsa) 
unda xalat kiyib kutib olgan kishini mijoz avvalgi muvaffaqiyatsiz tajribasini 
eslab, yana qattiq tashvishlanadi. Buning natijasida mijozda psixolog-
maslahatchiga ishonchsizlik yo`zaga keladi va unga haqiqatda yordam bera 
olishiga ishonmaydi. Boshqa tomondan bayramona qiyinib olgan psixolog-
maslahatchining oldida odmigina kiyimda bo`lgan mijoz g`alati ko`rinishi 
mumkin, bunday holatdan ham mijoz o`zini noqulay his qiladi. Masalan, bunday 
hollarda mijozning fikr yuritishicha, psixolog-maslahatchida qandaydir muhim bir 
uchrashuv yoki bayram bo`lmoqda, hozir mijozning tashvishlari uni qiziq- 
tirmaydi degan, fikr paydo bo`lishi mumkin. Bu albatta, mijozni maslahatchiga 
ishonch bilan ochiq munosabatda bo`lish, tashvishga solayotgan muammosini u 


bilan keng muhokama qilish imkonini bermaydi. Nihoyat juda ham oddiy, 
tartibsiz, deyarli uy kiyimida bo`lsa psixolog-maslahatchini ko`rib, mijoz uni 
shaxsan hurmat qilmaydi, degan fikrga kelishi mumkin. 
Mijoz bilan suhbat boshlash. Mijoz bilan suhbatni boshlash bo`yicha texnika 
psixolog-maslahatchi mijoz bilan shaxsan tanishayotganida va uning muammosini 
batafsil aniq- lashga kirishayotganda foydalanishi mumkin bo`lgan uslublarni o`z 
ichiga oladi. Mijoz bilan yo`zma-yo`z uchrashib, o`z joyiga joylashib o`tirib 
olganidan keyin, psixolog-maslahatchi liqqat va do`stona munosabat, yo`zida 
tabassum va shirin so`zlar bilan munosabatda bo`lishi kerak. Masalan «men sizni 
bu yerda ko`rganimdan judayam xursandman, siz bu yerga murojaat etib, to`g`ri 
qilgansiz.
SHundan keyin mijozning o`zi suhbatni davom ettirsa, psixolog-maslahatchi 
uning gapini bo`lmasdan sabr, chidam bilan va bir do`stining dardini 
tinglayotgandek tinglashi kerak. Agarda mijoz qiynalib, hayajonlanib gapirmasa, 
gapni nimadan boshlashni bilmay to`xtab qoladigan bo`lsa, psixolog- maslaxatchi 
mijozga berilgan savollar mazmuni yoki mijoz javob bergan savollar mazmuni 
asosida oson javob berishi mumkin bo`lgan qo`shimcha savollar beradi. Agarda 
psixolog- maslaxatchi ancha tajribali bo`lsa qo`shimcha va yo`naltiruvchi savollar 
yordamida tezda mijozni gapirtirishga erisha oladi, psixologik to`siqni yo`qotadi 
va keraqli ma’lumotlarni oladi. Psixolog-maslahatchining savollariga javob 
qaytarishda mijoz jiddiy qiyinchilikka duch kelgan hollarda mijozning ortiqcha 
psixologik asabiylashishini yo`qotishga uni ancha ochiq gaplashishiga yordam 
beruvchi quyidagi uslublardan foydalanish tavsiya etiladi: 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə