"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


Psixologik maslahatning asosiy bosqichlari



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Psixologik maslahatning asosiy bosqichlari 
Psixologik-maslahat butun jarayoni boshidan-oxirigacha maslahatlar asosiy 
bosqichlari ketma-ketligidan iborat bo`lishi mumkin. Maslahatlar davomida 
ulardan har biri o`ziga zarur, alohida bir masalani hal qiladi va o`ziga xos 
xususiyatga ega. 
Psixologik maslahat o`tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1 .Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda psixolog-maslahatchi qayd etish 
jurnalidagi dastlabki yozuvlar hamda uchinchi shaxslardan, masalan, maslahat 
o`tkazishga mijozdan buyurtma qabul qilgan psixologik maslahat xodimidan mijoz 
to`g`risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqadi. Ishning bu bosqichida psixolog-
maslahatchi bundan tashqari ushbu bobning avvalgi bo`limida aytib o`tilgan 
barcha ishlarni bajarib, o`zi ham psixologik maslahat o`tkazishga tg „srlanadi. 
1. Yo`naltirish bosqichi. Bu bosqichda psixolog maslahatchi mijoz bilan 
tanishadi va mijoz birgalikda ishlarga tayyor- lanadi. Mijoz ham o`zi tomonidan 
shunday qiladi. Agarda maslahat o`tkazish uchun boshqa barcha tayyorgarliklar 
amalga oshirilgan bo`lsa, bu bosqich o`rtacha 5-7 daqiqa vaqt talab etadi. 
1.
Diagnostik bosqich. Ushbu bosqichda psixolog - maslahatchi mijozning 
muammolarini tinglaydi va uni tahlil qilish asosida mijozning muammosini 
tushunib, aniqlab oladi. Ushbu bosqichning asosiy mazmuni mijozning o`zi va o`z 
muammosi to`g`risidagi ma’lumotlari hamda mijozning muammosini aniqdash va 
uni hal etishning to`g`ri yo`lini topish uchun mijozni psixodiagnostik tekshiruvdan 
o`tkazishdan iborat bo`ladi. Psixologik maslahat o`tkazish uchun aniq vaqtni 
belgilash ancha qiyin, chunki vaqtni belgilashda ko`p narsa mijozning muammosi 
va uning individual xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Aslida bu vaqt psixologik 
testlar o`tkazishdan tashqari, kamida bir soatni tashkil etadi. Ba’zida psixologik- 


maslahatning bu bosqichi to`rt soatdan 6-8 soatgacha vaqt talab etishi mumkin 
bo`ladi. 
Tavsiyalar berish bosqichi. Psixolog - maslahatchi avvalgi bosqichlarda mijoz 
va uning muammosi to`grisida yetarli ma’lumotlar to`plab, ushbu bosqichda 
mijoz bilan birgalikda uning muammosini hal etish bo`yicha amaliy tavsiyalar 
ishlab chiqadi. Bu yerda tavsiyalar aniqlashtiriladi, oydinlashtiriladi, har 
taraflama puxta ishlab chiqiladi. Psixologik maslahatning bu bosqichini 
o`tkazishga sarf- lanadigan o`rtacha vaqt odatda, 40 daqiqadan bir soatgacha 
vaqtni sarflaydi. 
Nazorat bosqichi. Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi va mijoz bir-biri 
bilan mijoz olgan tavsiyalar va amaliy maslahatlarning qanday amalga oshirilishi, 
qanday nazorat qilib borilishi va baholanishi to`grisida kelishib oladilar. SHu 
yerning o`zida ishlab chiqilgan tavsiyalarning bajarilishi davomida yo`zaga kelishi 
mumkin bo`lgan qo`shimcha masalalarni psixolog-maslahatchi va mijoz
keyinchalik qaerda va qanday qilib muhokama qilishlari to`g`risidagi masala ham 
hal qilinadi. Ushbu bosqich oxirida, agarda zarurat yo`zaga kelsa, psixolog-
maslahatchi va mijoz bir-birlari bilan keyingi gal qachon uchrashishlari to`g`risida 
kelishib olishlari mumkin. Psixolog-maslahatchining ushbu yakunlovchi bosqichi 
20-30 daqiqa davom etadi. 
Agarda yuqorida aytilgan barcha fikrlarni xulosa qilib aytmoqchi bo`lsak, 
psixologik-maslahatning beshta bosqichini ham o`tkazish uchun (psixologik 
testlar uchun vaqtni hisobga olmaganda) ikki soatdan 10- 12 soatgacha vaqt kerak 
bo`lishini aniqlash mumkin. 
Psixologik maslahat amallari deyilganda, psixologik maslahatning alohida 
masalasi hal etilishida yordam beradigan psixologik maslahat olib borish usullari 
bo`yicha birlash- tirilgan guruhlari tushuniladi. Psixologik maslahatning natijaliligi 
bevosita uning amallari puxta o`ylanganligiga bog`liq bo`ladi. Odatda amallar 
psixologik maslahat aniq bir bosqichi bilan bogliq bo`lganligi sababli biz avvalgi 
bobda ko`rsatilgan va ta’riflangan bosqichlar bilan bog`lab, ularni ajratamiz va 
ko`rib chiqamiz. Psixologik maslahat birinchi bosqichida, odatda hech qanday 
maxsus amallar ajratilmaydi va qo`llanilmaydi. 
Ikknnchi bosqichda mijoz bilan uchrashish, maslahat o`tkazishga mijozni 
umumiy, emotsional-ijobiy tayyorlash, mijoz bilan psixolog-maslahatchi 
munosabatlarida psixologik to`siq- larni yo`qotish amallari qo`llaniladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə